ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

10-11-SINF O‘QUVCHILARI MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI “IJTIMOIY ODOBLAR” ASARI VOSITASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

초록

Ushbu maqolada 10-11-sinf o‘quvchilari ma’naviy kompetentligini “Ijtimoiy odoblar” asari vositasi asosida rivojlantirish mazmuni, zamondoshimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ibratli pand-u nasihatlari, o’quvchi-yoshlarning kompetentligi haqida so’z yurutilgan


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

ODOBLAR” ASARI VOSITASI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

To‘raqulov Akbar Rustam o‘g‘li

DTPI Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

To‘ychiyeva Manzara Muzaffar qizi

DTPI.Pedagogoka fakulteti Boshlang‘ich talim yo‘nalishi talabasi.

Boltayeva Zuhra Abduraimovna

DTPI.Pedagogoka fakulteti Boshlang‘ich talim yo‘nalishi talabasi

@zuxraboltayeva3@gmailcom

Annotatsiya. Ushbu maqolada 10-11-sinf o‘quvchilari ma’naviy kompetentligini “Ijtimoiy odoblar” asari vositasi asosida rivojlantirish mazmuni, zamondoshimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ibratli pand-u nasihatlari, o’quvchi-yoshlarning kompetentligi haqida so’z yurutilgan.

Kalit so’zlar: ma’naviyat, kompetentlik, ma’naviy kompetentlik, “Ijtimoiy odoblar”, rivojlantirish, telefon odobi, internet odobi, tarbiya, yoshlar odobi, elektron pochta odobi, kasb odobi, shaxs ma’naviyatini shakllantirish.

Kirish. Jahon umumta’lim tizimi jarayonida o‘quvchilarning ma’naviyat va madaniyat uyg‘unligida shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuv jarayonlarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, talabalarda ijtimoiyemotsional va ma’naviy-axloqiy malakalarni tarkib toptirish yo‘llar, axborotkommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalar ma’naviy kompetentligining rivojganligini tashxis etishning interaktiv tizimini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda bo‘lajak mutaxassislarda hozirgi zamon talablari xos fazilatlar majmuining yaratilganligini alohida e’tirof etish lozim.

Dunyoda umumtalim maktab o‘quvchilarida ochiqko‘ngillik, o‘zgalarga hurmat, qonunga itoat qilish, masalalarga tanqidiy baho berish va har tomonlama fikr yuritish kabi ijtimoiy fazilatlarni rivojlantirish, maktab talimida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning pedagogik dasturlar va yo‘llarini takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, o‘quvchilarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish orqali kasbiy-ma’naviy sifatlarni tarkib toptirish, ma’naviy komptentlik modelini samarali qo‘llash asosida umumta’lim maktablarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishning yaxlit tizimini yaratish, o‘quvchilarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilishning tashkiliy va ilmiy jihatlarini takomillashtirish, maskur yo‘nalishda davlat tashkilotlari: umumtalim maktablablari, ijtimoiy institut hisoblanmish mahalla hamda otaonalarning ijtimoiy hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yishga katta ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ularning ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, mazkur sohaga doir ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilishga1 katta e’tibor qaratilmoqda. Ana shu nuqtai nazardan o‘quvchilarda ma’naviy kompetentlikni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” asaridan foydalanib rivojlantirish maqsadida joriy tizimga yangi vaziyatlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’naviyat barkamol insonni tarbiyalaydi, shuningdek, o‘quvchilarni haqiqiy vatanparvar bo‘lishi, ona Vatanga cheksiz mehr-muhabbatni qaror toptirish, O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishda eng oliyjanob ishlarda faol qatnashishga undaydi. Chunki «Ma’naviyat (arabcha «ma’nolar majmui») - kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadilar”2. Ma’naviyat insonning diniy-axloqiy, huquqiy-falsafiy tasavvurlarini o‘zida namoyon etuvchi ma’naviy manba hisoblanadi, u kishilarni bir-birlariga yaqinlashtiradigan va ularni hamjihatlikka bolishiga yordam beradigan, hamkorlikning yangi qirralarini ochadigan omildir. Ma’naviyat tariximiz, qadriyatlarimiz asosini tashkil etib, yoshlarni madaniy boyliklarga hurmat-e’tibor va ularni yanada rivojlantirish, iqtisodiy rivojlangan kuchli mamlakatni qurishga undab, zamonaviy bilimlarni, yuksak tajribalarni egallashga chorlaydi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son Qarori // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2021-yil 27-mart, № 62 (7842). 2 Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug’at. Ikkinchi nashri. - Toshkent.: Sharq. 2000. - V. 144.

Kompetentlik – ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon beradigan bilimga ega bo‘lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etadigan atama. Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim, ko‘nikma va tajribani mujassamlashtiradi. Kompetentlik insonga muayyan masalalarda fikr bildirish, ma’lum qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish yoki o‘zi qaror qabul qilish imkonini beradi. Hozirgi zamon fanida kasbiy kompetentlik ilmiy, boshqaruv, pedagogik, didaktik, metodik, ijtimoiypsixologik kompetentlikka oid tadqiqotlarda keng qo‘llanadi. Boshqaruvga oid kompetentlik ana shu sohaga taalluqli bilim va ko‘nikmalarning, rahbarlik faoliyatida amaliy tajribaning mavjudligi bilan belgilanadi3. “Kompetentlik – bilimdonlik, kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, rahbarlik faoliyatiga singdirib borish”.

Kompetentlik – biror sohani chuqur bilish, ko‘p narsalardan xabardorlik, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini tasvirlashda foydalangan bo‘lsa, ba’zi olimlar rivojlangan shaxsning turli xususiyatlarini ifodalashda qo‘llashgan.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, mazmunan ma’naviy kompetentlik madaniy hodisa sifatida integrativ tavsifga ega bo‘lib, umuminsoniy qadriyatlar va zamonaviy sharoitda muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishning muayyan darajasini o‘zida aks ettiradi. Ma’naviy kompetentlik shaxs integrativ xususiyati sifatida o‘zida ma’naviy bilimdonlik, ma’naviy qadriyatlar tizimida o‘z o‘rnini aniqlash imkoniyati va hayotiy vaziyatlarning keng ko‘lamida ma’naviy yetuklikni namoyon qilish qobiliyatini birlashtiradi. Respublikamizda ta’lim markazlarida kitoblar ta’minoti, ularni o‘quvchilar auditoriyasiga yetkazib berish, xorij namunalari asosida so‘nggi texnologiyalar bilan o‘quv adabiyotlarni nashrga tayyorlash yuqori sifat darajasini bevosita ko‘rishimiz mumkin. Biz tadqiqot olib borayotgan “Ijtimoiy odoblar” asari yuzasidan ijtimoiy odoblar tushunchasiga tarif berib o‘tishni zarur deb bildik. Odob so‘zi arabcha “adab” so‘zidan olingan bo‘lib yaxshilikka chaqirishni anglatadi. Odobning quyidagi ta’riflari ham bor: “Maqtovga sazavor so‘z va amalni ishlatish, qilish odobdir”, Karamli axloqlarni ushlash odobdir”, “ O‘zingdan kattani ulug‘lab, o‘zingdan maydaga mehr 3 Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’oyi. – T.: G’. G’ulom. 2009. B.313. ko‘rsatishing odobdir”. Demak, odob yaxshilik demakdir. “Falon kishi odobli ekan” o‘sha kishining yaxshiliklari ko‘p ekan, deganidir. “Kiyinish odobi” deganda yaxshilab kiyinish tushuniladi, “Suhbat odobi” deganda suhbatni eng yaxshi saviyada olib borish ko‘zda tutiladi. “Ijtimoiy odoblar” ijtimoiy muammalarni eng yaxshi tarzda olib borish deganidir.

Umumta’lim muassasalarida 10-11-sinflar mo‘ljallangan fanlar doirasida o‘quvchilarda ma’naviy kompetetnlikni rivojlantirish uchun “Tarbiya”, “Adabiyot”, “Ona tili”, “O‘zbekiston tarixi”, “Iqtisod”, “Informatika” fanlari doirasida integratsiyalashgan ta’lim asosida biz ma’naviy kompetentlikni tadqiq etishimiz mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan fanlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Ularning barchasida uyg‘unlik mujassamlangan. Tadqiqot mavzuyimiz yuzasidan oladigan bo‘lsak, Biz 10- 11-sinf o‘quvchilari ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlaridan foydalanish “Ijtimoiy odoblar” asari misolida tadqiq etmoqdamiz. “Ijtimoiy odoblar” asari orqali o‘quvchi-yoshlarni ma’naviykompetentlik shakllantirish, tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda fanlararo integratsiyani targ‘ib etmoqchimiz.

“Ijtimoiy odoblar” asari odob-axloq, axloq qoidalari to‘g‘risidagi Islom ta’limotining zamonaviy asarlarimiz sirasiga kiradi. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (r.a.) hazratlari zamondosh shayxlarimizdan biri hisoblanadi. Biz bu inson bilan bir diyorda yashab istiqomat qilib, ul kishining o‘rgatgan pand-u nasihatlari asosida jamiyatimizdagi yomon illatlarni bartaraf etishda daxldorlik tuyg‘usini his eta oldik. Bu insonning nafaqat mamlakatimiz oldida balki butun islom olami uchun qilgan xizmatlari tahsinga loyiq. Shuning uchun ko‘pchilik insonlar qalbida chuqur o‘rin egallaganlar. “Ijtimoiy odoblar” asari orqali bugungi bizga lozim bo‘ladigan ma’naviyaxloqiy fazilatlar keltirilgan. Biz asarda keltirilgan “Ijtimoiy odoblar”ni bir butunlikda jamladik. Quyidagi ko‘rinishda tarmoqlab chiqdik (1-rasm):

2.1. 1-rasm. “Ijtimoiy odoblar klasteri”.

Ushbu klaster orqali biz asarda keltirilgan odob turlarini keltirib o‘tdik. Misol uchun “Ijtimoiy odoblar” asarida berilgan yoshlar odobiga to‘xtaladigan bo‘sak, “Inson hayotining har bir bosqichi muhimdir, Maskur muhim bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik inson umrida eng nozik davr hisoblanadi. Yoshlik insonning quvvatga to‘lgan va xarakatchanligi zioyoda bo‘lgan vaqtdir. Shu bilan birga yoshlik davri insonning hayot yo‘llari chorraxasida turgan payti hamdir. Agar o‘sha chorraxada inson yaxshi yo‘lga kirib qolsa, o‘zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilikka yuz burgan bo‘ladi, bu ini dunyo va oxirat baxtiga, saodatiga erishtiradi. Agar, Alloh taolo ko‘rsatmasin, mazkur chorrahada yomon yo‘lga burilib ketsa, o‘zi, oilasi, qarindoshlari, xalqi v avatani uchun o‘ta ko‘ngilsiz hodisa sari qadam qo‘ygan bo‘ladi. Bu bilan uning dunyo va oxirati yaxshilikka erishishi qiyinlashib qoladi.

Yoshlar har bir millatning kelajagi ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ularga e’tibor berishning ahamiyat yana ham ziyodalashadi. Zotan har bir shaxsning kim bo‘lishi yoshligidan ayon bo‘ladi, ularning kamoloti aynan yoshligidan boshlanadi.Yoshlik paytida shakllanib qolgan sifatlariinsonga umr bo‘yi hamroh bo‘ladi. Shuning uchun ham yoshlarning odobli bo‘lishlari uchun harakat qilish juda ahamiyatli ish hisoblanadi.”4 “Ijtimoiy odoblar” asarida yoshlarga xos odoblardan biri sifatida katta yoshdagi har bir kishini ehtirom qilish nazarda tutiladi. “Yoshlar o‘zidan katta yoshdagi har bir kishini, hususan, qari yoshdagi otaxon va onaxonlarni ehtirom qilishi zarurligi dinimizdagi katta ahamiyat berilgan odoblardan biridir.

Bugungi axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan zamonda yaxshamoqdamiz. So‘ngi yillarda olomshumul ilm-fan yutuqlaridan bir hisoblangan “telefon” yaratildi. “Telefon” so‘zi ovozni uzoq masofaga uzatish ma’nosini bildiradi. Uyali aloqa vositasi hisoblanmish telefon nafaqat ovozni uzoq masofaga yetkazish vositasi, balki, surat olish, videotasvir olish, ovoz yozish, ularni boshqalarga yuborish, turli o‘yinlar o‘ynash, internetga kirish, qisqa maktublar yuborish kabi bir qancha ishlarni amalga oshirish vositasiga aylanib qoldi. Bu esa yoshlarning ta’lim olishga ketgan vaqtini o‘g‘irlab turli o‘yinlar o‘ynab, behoya surat va sahnalar ko‘rishmoqdaligi ayni achchiq haqiqatdir. Foydali narsalarning o‘ziga yarasha ziyon tarafi bo‘lganidek, uyali aloqa vositasining ham manfaatli va zarali taraflari bor. Ushbu ijtimoiy muammoni darhol anglagan fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘zining “Ijtimoiy odoblar” asarida “Uyali telefon odoblar” deb nomlangan bo‘limda ushbu muammoga alohida to‘xtalib o‘tadi. Biz o‘z tadqiqotimiz davomida yoshlarni ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda “Uyali telefon odoblar” bo‘limini juda muhim vosita deb hisobladik. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari “Ijtimoiy odoblar” asarida shunday yozadi:

“Bu muammoni hal qilishimiz uchun asosan, odob-ahloqni, ta’lim-tarbiyani yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Tarbiyali va odobli inson har qanday vaziyatda ham gunoh va beodoblikni o‘ziga ep ko‘rmaydi.”5

Ushbu muamolarni chuqur his qilgan fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari uyali aloqa vositasiga oid odoblar deb quyidagilarni nazarda tutadi: 4 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ijtimoiy odoblar”. HILOL-NASHR” nashriyoti. 2020 yil. 153-bet. 5 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ijtimoiy odoblar”. HILOL-NASHR” nashriyoti. 2020 yil. 239 bet.

➢ Telefon sotib olishda uni yaxshiliklarga, dunyo va oxirat uchun manfaatli narsalarga ishlatish niyatini qilish kerak;

➢ Uyali aloqa jihozini o‘z ehtiyojiga yarashasini olish kerak;

➢ Uyali aloqa vositasi oynasiga Alloh kafzini va Qur’oni karim oyatlarini qo‘ymaslik odobdandir;

➢ Uyali aloqa jihosining qo‘ng‘iroq tovushlariga Qur’on oyati, azon yoki Allohning zikrlarini qo‘yish mumkin emas;

➢ Uyali aloqa jihozida Islom ta’limotida tinglash yoki tomosha qilish man qilingan nasrsalarni joylashtirish haromdir;

➢ Uyali aloqa vositasi o‘zgaga tegishli bo‘lsa uni ruxsatsiz olish, undan birobga qo‘ng‘iroq qilish, uning ichidagi narsalarni ochib ko‘rish mutloqa mumkin emas;

➢ Uyali aloqa vositasi bilan o‘zining ruxsatisiz nirovni suratga olish yoki ovozini yozish mutloqa mumkin emas;

➢ Bolalarga uyali oloqa jihozini olib berishga shoshilmaslikm olib berganda ham, faqat zarurat yuzsidan ishlatilishini yulga qo‘yish lozim.

Biz ham ushbu odoblarni ma’naviy kompetentlikni rivojlantiruvchi vositalar deb hosibladik.

“Ijtimoiy odoblar” asarining eng qiziqarli tomoni shundaki, bu asarda boshqa kitoblarda yoritilmagan odob turlarini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun “Internet odoblari” nomli bobda “Internetdan foydalanish odobi”, “Internetdagi aloqa odoblari”, “Elektron pochta odoblari” nomli qismlarda internet tarmoqidan qanday foydalanish yo‘l-yo‘riqlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan: “hozirda hamma xalqlar internetni rivojlantirish borasida qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rmoqda. Internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin ko‘payib bormoqda. Hamma ushbu osonlik va qulaylikdan bahramand bo‘lishga oshiqmoqda. Ammo shu bilan birga, internetga bog‘liq muammolar ham ko‘payib va jiddiylashib bormoqda. Barcha sohalardagi kabi internetning foydalari muqobilida zararlari ham ko‘payib bormoqda. Intetnetda foydali ma’lumotlar bilan bir qatorda zararli, buzuq ma’lumotlar ham tarqalmoqda. Bundan ko‘rinib turubdiki, internet ham ikki taraflama – ham yaxshilikka, ham yomonlikka xizmat qilishi mumkin bo‘lgan vositaga aylandi. Bizning vazifamiz uni yaxshilikka xizmat qildirib , yomonlikka boshlamasligi choralarini ko‘rish, uning zararlaridan chetlanishga harakat qilishdir. Buning uchun esa dinimizning umumiy ta’limotlari asosida internetdan foydalanish odoblarini yo‘lga qo‘yishimiz kerak bo‘ladi”.6

“Ijtimoiy odoblar” asari vositasida 10-11-sinf o‘quvchilarida ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishda o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirida tarbiyaviy va ta’limiy ishlarni amalga oshirish belgilandi: sifatida qabul qiluvchi yuksak axloqli, ijodiy, darajasini egallagan bo‘lishi lozim: ma’naviyaxloqiy, kasbiy, axborot-komunikatsiya vositalaridan foydalanish, estetik, ekologik, iqtisodiy va h.k.

Xulosa. Yuqoridagi muhim maqsadlarni ko‘zlab, yuqori sinf o‘quvchilarning ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ijtimoiy odoblar” asaridan foylanish maqsadga erishish samaradorligini oshiradi.

“Ijtimoiy odoblar” asarida yuqori sinf o‘quvchilari ma’naviy kompetentligini rivojlantiruvchi odoblar: “Yoshlar odobi”, “Kiyinish odobi”, Internet odobi”, “Kasb odobi” kabi odoblardan namunalar keltirilibgina qolmay, bu odoblarning ijtimoiy hayot uchun qanchalik ahamiyati yuqori eknaligi ham asoslab berilgan.

Ayniqsa, “Ijtimoiy odoblar” asarida shaxsning ma’naviyatini rivojlantiruvchi bir qancha odob turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, bu odoblarning Islom ta’limotining asosiy manbalarida keltirilgan misollar bilan asoslanganligi biz ko‘zlagan maqsadga erishish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

10-11-sinf o‘quvchilarining ma’naviy kompetentligini “Ijtimoiy odoblar” asari vositasida rivojlantirishning metod va vositalari ishlab chiqildi. Unda mavjud metodlarni “Ijtimoiy odoblar” asarida keltirilgan ma’lumotlar asosida tashkil etildi. Bu yuqori sinf o‘quvchilarining ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda katta yordam berdi.

Xulosa qilib aytganda, “Ijtimoiy odoblar” asari 10-11-sinf o‘quvchilarning ma’naviy kompetentligini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib, bugungi kun yuqori sinf o‘quvchilarining sotsiumga kirib kelishida hayotiy ko‘nikmalarini egallashida, o‘zaro aloqalardagi munosabatlar tizimini barqarorlashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 6 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ijtimoiy odoblar”. HILOL-NASHR” nashriyoti. 2020 yil. 249 bet.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son Qarori // “Xalq so‘zi” gazetasi, 2021-yil 27-mart, № 62 (7842).

2. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug’at. Ikkinchi nashri. - Toshkent.: Sharq. 2000. - V. 144.

3. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’oyi. – T.: G’. G’ulom. 2009. B.313.

4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ijtimoiy odoblar”. HILOLNASHR” nashriyoti. 2020 yil. 153-bet.

5. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

6. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.

– №. 5. – С. 186-190.

7. Rustam o‘g A. T. et al. Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 88-93.

8. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) 1(6), 886-889

9. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from

10. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from

11. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.

(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING

BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from

12. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna. (2023). TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 503–508. Retrieved from

13. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Choriyeva Diyora Muhiddinovna. (2023). Boshlang‘ich ta’limda tarbiya metodlari. Journal of Universal Science Research, 1(5), 509–512. Retrieved from

14. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.

(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI

TA’LIMOTLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665

15. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY

QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/666

16. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023).

1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI

SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363– 373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667

17. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.

18. Norbutaevna, N. D., & Kizi, M. R. S. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM

FOR FORMING SPIRITUAL COMPETENCE OF STUDENTS IN MODERN

CONDITIONS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 754- 760.

19. Donaeva, N. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING

SPIRITUAL MATURITY IN STUDENTS IN INFORMATION

ENVIRONMENT. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 64-72.

20. Donayeva, N. N., & Normurodova, F. A. (2021). O’QUVCHILARDA

MANAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY

AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 214-216.

21. Donayeva, N. N. T. (2020). ZAMONAVIY AXBOROT MUHITIDA

O’QUVCHI YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI

YUKSALTIRISH. Студенческий вестник, (22-8), 65-66.

22. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.

23. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.

24. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).

TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE

SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF

STUDENTS.

25. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-

ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E

Conference Zone (pp. 110-115).

26. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА

УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.

27. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.

28. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION

MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.

29. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and

innovation, 1(B7), 815-821.

30. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.

31. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.

32. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^

УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

33. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM

MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG

NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from

34. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.

(2022). IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS BY DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL

CRAFTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.

35. Абдуразаков, Ф. (2022). O ‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.

36. ABDUNAYEVICH, F. тикланишдан-миллий юксалиш” деган дастурий ғоя ёшларни Она юртга са-доқат руҳида тарбиялаш, уларда ташаббускорлик, фидойилик, ахлоқий фази-латларни шакллантириш-ўта шарафли вазифа эканлигини таъкидлаган1.

37. Аbdunаbiyеvich, А. F. (2023). ОLIY TА’LIM MUАSSАSАSI

TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG NUTQI. Journal of Universal

Science Research, 1(4), 16-23.

38. Eshqorayev, S. S., Ro’zimurodov, B. I., & Choriyeva, M. S. (2022).

YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA QIZIQTIRISHNING

NOAN’ANAVIY USULI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(6), 308-310.

39. Choriyeva, M. S. qizi, & Eshqorayev, S. S. o’g’li. (2022).

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG`RIKENGLIK O’ZBEK

XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR. INTERNATIONAL СONFERENCE ON

LEARNING AND TEACHING, 1(3), 46–51. Retrieved from

40. Xushboqov, Q. (2022). BIR YOZUVDAN IKKINCHI YOZUVGA O

‘TISHDAN TARXIY SABOQ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(5), 306- 310.

41. Qobilbek Shokirovich Xushboqov (2022). O‘ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI BORASIDAGI TURLI QARASHLAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (5), 385-391.

42. Djoraevich, E. B., Shokirovich, K. K., Shodievna, K. K., & Gayratovna, Y. G. A Commentary on a Poem. International Journal on Integrated Education, 4(3), 122-125.

43. Abdulloyevna M. Z. et al. SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI TA’LIMOTLARI //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 340-351.

44. Sheraliyevna S. S. et al. ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARI //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 352-362.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.