ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA FARZAND TARBIYASI

초록

Ushbu maqola Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Oila” asarida farzand tarbiayasiga bag‘ishlangan o‘gitlari, pand-nasihatlari va ularning tahlili haqida. Shuningdek, “Oila” asarida farzand tarbiyasida jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda ushbu tamoyillarga asoslanish kerakligi ta’kidlangan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA FARZAND TARBIYASI

Alibekova Hafiza Suvon qizi

O‘zDSMI “Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish hamda

boshqarish ta’lim yo‘nalishi” 3-bosqich talabasi

hafizaalibekova766@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqola Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Oila” asarida farzand tarbiayasiga bag‘ishlangan o‘gitlari, pand-nasihatlari va ularning tahlili haqida. Shuningdek, “Oila” asarida farzand tarbiyasida jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda ushbu tamoyillarga asoslanish kerakligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:Farzand, jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, bilim, tarqqiyot, zakovat, badan tarbiyasi, idrok, xotira, diqat, din, siyosat, ta’lim.

Abstract: This article is about the teachings, advice and their analysis in the work “Oila” written by Abdurauf Fitrat. Also, in the work “Oila”, it is emphasized that physical, mental and moral education should be paid great attention to the upbringing of children, and it should be based on these principles when raising children to maturity.

Key words: Child, physical education, mental education, moral education, knowledge, progress, intelligence, physical education, perception, memory, attention, religion, politics, education.

Bu dunyo kurash maydonidir. Bu

maydonning quroli sog‘lom jism-u tan, aql

va axloqdir.

Abdurauf Fitrat

KIRISH

Bugungi globallashuv davrida mamlakatimiz ham yangi dunyoga, jahon innovatsion iqtisodiyotiga yuz tutdi. Mustaqilligimizga endi chorak asr bo‘lgan bo‘lsada, yurtimiz rivojlanish va tarqqiyotda dunyoning boshqa rivojlangan davlatlaridan hech ham ortda qolmay balki, peshqadamlikda bormoqda. Yurtimiz bayrog‘i jahon minbarlarida baland hilpiramoqda, madhiyamiz jahon arenalarida yangramoqda. Albatta, bu kunlarga erishish oson bo‘lmadi. bugungi kunlarga yetishishimizda tarixda ajdodlarimiz, jadid bobokalonlarimiz, allomalarimizning xizmati beqiyos ulkandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shulardan biri buyuk jadid allomasi, birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitratdir. Yurtimizning barqaror rivojlanishida farzandlar tarbiyasining o‘rni benihoya kattadir. Abdurauf Fitrat ham yurt kamoli, xalq farovonligini farzandlar tarbiyasi bilan uzviy bog‘liq ekanligini angladi va kelgusi avlodlarga ham shu fikrlarni anglashlariga ko‘makchi bo‘ldi. Ushbu yo‘lda Abdurauf Fitratning “Oila” asari yo‘lchi yulduz vazifasini bajaradi. Asarda, Fitrat o‘zining pedagogik va axloqiy qarashlari orqali farzand tarbiyasining nazariyasi va amaliyotiga oid muhim g‘oyalarni ifodalaydi. “Oila” asarida Fitrat farzand tarbiyasiga chuqur va keng qamrovli yondashadi, axloqiy, ilmiy va ma'naviy tarbiyaning ahamiyatini o‘quvchilarga etkazishga harakat qiladi. Bu asar faqat o‘z davrining tarbiya tizimi haqida emas, balki hozirgi kunda ham oila tarbiyasiga oid dolzarb g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. “Oila” asarining 2-qismi farzand tarbiyasiga haqidadir. Ushbu qismda Fitratning farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan hikoya, rivoyat, pand-nasihat, o‘git va hikmatlari keltirilgan.

Jumladan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda farzand tarbiyasida jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyaga katta e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda quyidagi tamoyillarga asoslanish lozim ekianligini keltiradi.

NATIJALAR

2-qism 9 bobdan iborat. 1-bob. Farzand tarbiyasi haqida.

Odamning siyosiy, diniy, ijtimoiy inqiloblarining asosi- “farzand tarbiyasi” dan iboratdir. Zero, bola tarbiyasi farzandni jismonan, fikran,va va axloqan tarbiya qilib, kamolga yetishtirish demakdir.

2-bob. Badan tarbiyasi.

Bolani badan tarbiyasi 7 yoshgacha ota-onaning vazifasi sanaladi. Bolani harakat, yorug‘lik, havodan doimo bahramand etish joizdir. Ushbu bobda bolaning badan tarbiyasi, jismoniy barkamollikka yetishishi uchun barcha chora-tadbirlar keltirib o‘tilgan. Bolani yo‘rgaklashdan to uni yeyish-ichish, yuvintirilishi, emlanishi barcha-barchasi mufassal yoritilgan. Shuningdek bolaning ovqatlanishida halollik, intizom va kifoyaga amal qilish lozimdir. Fitrat shunday deydi: “Badanning rohati harakat sanaladi”.

3-bob. Aqliy tarbiya.

Aqliy tarbiya, ya’ni odam aqlini tarbiyalash bu odam zehni, aql-idrokini kamolga yetkazishdir. Odam aqlining kamoli esa yaxshi bilmoq, yaxshi o‘rganmoq va mukammal fikr qilmoqdir. Ushbu bobda muhokama, zakovatning 3qismi ya’ni isbot, fikrning to‘g‘ri kelishi, qaror va bular asosida hukm chiqarish, diqat, idrok, xotira va shu kabi mukammal tafakkur omillari batafsil yoritilgan.

4-bob. Axloqiy tarbiya.

Ushbu 3 ta tarbiyaning eng muhimi axloqiy tarbiya hisoblanadi. Fitrat axloqiy tarbiyani quyidagi tamoyillarga bo‘ladi:

-Ixtiyoriy amal va harakatlar;

-Fe’llarning tamoyillari va tarbiyasi;

Axloqiy tarbiya uchun mayl va istaklarning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lish lozim. Olimlar odam ruhining mayllarini 3 qismga bo‘lganlar: shaxsiy mayl, ijtimoiy mayl va oily mayl. Shaxsiy mayl ham 3qismdir: baxt mayli, faoliyat mayli, izzat mayli. Ijtimoiy mayllar ham 3 xil: aloqa mayli, o‘zgalarga nisbatan mehr-muhabbat mayli va ibrat olib e’tiborda bo‘lish mayli. Oliy mayl ham 3 xil bo‘ladi: bilish istagi, go‘zallikka mayl, fazilatga mayl. Farzand tarbiyasida axloqiy tarbiyaning yuqorida keltirilgan omillari iroda va ixtiyor bilan chambarchas bog‘liqdir. Iroda va ixtiyor- tasavvur, muhokama, solishtirish, qaror va ijroning natijasidir.

5-bob. Maktab.

7 yoshdan farzandlarimiz maktabga borishadi. U yerda ilm olib, o‘qituvchilardan ta’lim-tarbiya olishadi. Maktab – ta’lim maskani, tarbiya o‘chog‘idir. Ushbu bobda farzandlarimizni qanday maktablarda o‘qitish lozimligi haqida gap boradi. Islom olimi va arab faylasufi Abdurahmon ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridan: “Ta’lim va tarbiya jarayonida bolaning harakatlarini qat’iy chegaralamang, jahl va zulm qilmang” [1:123- bet], kabi fikrlari keltiriladi. Zero, mamlakatdagi maktablarning ahvoli shu yurtda ilm va ziyolilarga bo‘lgan e’tiborni bildiradi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonimizda ta’lim va tarbiyaga, ilm maskanlariga e’tibor yuqori darajada. Ilmga talpingan va bilimli yoshlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Zero, xalqimiz ishonadiki, ertangi kunimiz salohiyatli va ilmli yoshlarimiz qo‘lida.

6-bob. Qizlar ham ilm olishlari kerakmi?

Ushbu bobda Fitrat ayollarning ilm olishlari, albatta zarur ekanligi haqida dalillar keltirib isbotlaydi. Ayollarning ilmli bo‘lishlari islom millatining umumiy axloqini isloh etish bilan uzviy bog‘liq. Farzandlarimiz yaxshi xulq, imonli, fidokor, g‘ayratli, barkamol bo‘lib yetishishlari uchun ayollarimiz – millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim, axloq va bilimlarini kamolga yetkazishlari zarur. Bu xususda janobi payg‘ambarimiz (s.a.v): “Ilm olish har bir muslim va muslimalar uchun farzdir”, – deya marhamat qilganlar. Hozirgi kunda mmlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ayollarimiz ham jamiyatning har sohasida o‘z o‘rinlarini topmoqdalar, ilm yo‘lida ham yuksak cho‘qqilarni zabt etmoqdalar. Ayollarimizning erkaklar bilan teng huquqliligi bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 58- moddasi da erkaklar va ayollar teng huquqliligi va Konstitutsiyaning 50-moddasida bugungi kunda har kim ayolmi, erkakmi ilm olish huquqiga o‘zaro teng huquqliligi, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim barcha uchun bepul va majburiy ekanligi, bularning barchasi davlat nazoratida ekanligi qayd etilgan.

7-bob. Ota-onaning haq-huquqlari.

Ahd-paymon qoidasiga binoan har bir haq-huquqning vazifasi va har bir vazifaning burchi mavjud. Ota-ona farzandlariga nisbatan shuncha vazifalarni bajarib kulfat tortar ekanlar evaziga farzandlarning bo‘yniga haqlari ham tushadi. Ushbu bobda esa Fitrat otaonaning farzandi ustidagi haq-huquqlarini keltirib o‘tgan. Farzandning vazifasi haqida Qur’onda shunday keltirilgan: “Xudoga ibodat qiling, o‘zgani unga sherik qilmang va otaona haqlariga mehribonlik va yaxshilik qiling”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila masalasiga alohida XIV bob tashkil qilingan bo‘lib, u 76-80- moddalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasida: “Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deya keltirilgan [2:45-bet].

8-bob. Yetimlarning haq-huquqlari.

Bu bobda yozuvchi inson rahmdil va muruvvatli bo‘lishi lozimligini keltiradi. Rahmdil va muruvvatli odam yetimlar haqqiga yaxshilik qiladi, deyiladi asarda. Bu borada ham Fitrat bir qancha oyatlar va hadislarni keltirib o‘tadi. Imom Buxoriy Sahl ibn Sa’d va Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarimiz (s.a.v) ikki barmoqlarini birlashtirib aytdilar: “Kimki yetimlar saodatini o‘z zimmasiga olsa, ikkalamiz ana shu ikki barmoqdek u bilan bir-birimizga yaqin bo‘lamiz” [3:141-bet].

9-bob. Xizmatkorlar huquqlari.

Bir oiladagi oxirgi munosabatlardan biri uy egalarining xizmatkorlar bilan bo‘lgan munosabatlari bo‘ladi. Bu bobda Fitrat xizmatkorlarga muomala va munosabatlarini oqilona tavsif etgan. Hadislar yordamida ushbu munosabatni yanada oydinlashtirgan.

MUHOKAMA

Abdurauf Fitratning “Oila” asari behad ajoyib asardir. Asarning davlat va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sanalmish oila to‘g‘risidagf ekanligi undagi barcha haqhuquqlar va majburiyatlar batafsil yoritilganligi bilan e’tiborga molikdir. Har bir millatning asosi oila va mana shu oilaning davomchilari, asosiy negizi farzandlardir. Fitrat asarining bosh mavzusi ham mana shu g‘oyalarga yo‘g‘rilgan. Abdurauf Fitratning qarshlari millat taraqqiyotining asosiy omili frarzandlarimiz tarbiyasi ekanligining yorqin dalilidir. Zero, har qachon har qayerda najot-ilm, ta’lim-tarbiyadadir.

1991-yil 25-sentabrda adibga o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan xissasi uchun, xususan o‘zbek drammarurgiyasini rivojlantirishdagi, realistik tanqidchilik va adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi [4]. Buxoro shahrida Fitrat haykali o‘rnatildi. 1996-yil Abdurauf Fitrat tavalludining 110- yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. “O‘zbekiston pochtasi” tomonidan Fitratga bag‘ishlangan pochta markalari chiqarildi [5]. Abdurauf Fitrat va uning asarlari haqida gap borar ekan muhtaran prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tishim joiz: “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib, izzat-hurmat topishi,jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq” [6:3-bet].

XULOSA

Darhaqiqat, bugungi kunda jadidlarimiz, xususan Abdurauf Fitrat siymosi va uning asarlari o‘rganilmoqda. Uning hayoti va ijod yo‘li, asarlari ustidan ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda. Fitratning biz yoshlarga qarata aytgan pand-nasihatlari millatimiz uchun behad qadrli va e’tiborlidir. Bugun yoshlarimiz Abdurauf Fitrat va uning asarlarini katta qiziqish va jo‘shqinlik bilan o‘rganishmoqda. Uning shiorlari esa ilmga chanqoq va tirishqoq avlodlar tilida yangramoqda. Ta’lim – tarbiya yo‘lida aytgan so‘zlariga bugun xalqimiz amal qilmoqda va farzandlariga o‘rgatmoqda. Tobora rivojlanib, taraqqiy etib boryotgan davlatimizda bugun Abdurauf Fitrat orzu qilgandek yoshlarga, ilm, ta’limtarbiyaga katta e’tibor berilmoqda. Yurtimizda amalga tatbiq etilyotgan barcha islohotlar zamirida ham shu orzu-niyatlar mujassamdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Abdurauf Fitratning “Oila” asari. 123-bet.

2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 45-bet.

3. Abdurauf Fitratning “Oila” asari. 141-bet.

4. “Qatag‘on va qalam:Abdurauf Fitrat”.bbc.com. (2016.26-aprel)

5.uz.wikipedia.org/wiki/Abdurauf Fitrat.

6.Jadidlar to‘plam. Abdurauf Fitrat.3-bet.

7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

8.Unutilmas siymolar (Jadidchilik harakatining namoyondalari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DJQA “Akademiya” Toshkent.1999.

9. Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE AND

ART." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.

10. Samiyev, Baxtiyor Norbobo O‘G‘Li, and Mo‘Minmirzo Xolmo‘Minov.

"YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA AXLOQIY

O ‘GITLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 359-364.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.