ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA TA’LIM-TARBIYAGA OID PEDAGOGIK- DIDAKTIK USLUBLARI

초록

Ushbu maqolada Abdurauf Fitratning tarbiya masalariga nisbatan pedagogik qarashlari va "Oila "asarining yoshlar orasida tarbiyaviy va axloqiy vazifasi va uning ahamiyatga molik jihatlari, yurt farovonligi uchun oilaning ahamiyati haqida soʻz boradi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

OID PEDAGOGIK- DIDAKTIK USLUBLARI

Omonaliyeva Munavvar Mamanazar qizi

DTPI Pedagogika fakultetimPedagogika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdurauf Fitratning tarbiya masalariga nisbatan pedagogik qarashlari va "Oila "asarining yoshlar orasida tarbiyaviy va axloqiy vazifasi va uning ahamiyatga molik jihatlari, yurt farovonligi uchun oilaning ahamiyati haqida soʻz boradi.

Аннотация: В данной статье педагогические взгляды Абдурауфа Фитрата на воспитательные вопросы и воспитательно-нраственную роль произведения "Семья" среди молодежи и его значение. В нем говoрится о важности семьи для благосостояния страны.

Annotation: In this article, Abdurauf Fitratʼs pedagogical views on educational issies and the educational and moral role of the work "Family" among young people and its importance. It talkis about the importance of the family for the well being of the country.

Kalit soʻzlar: Taʼlim, tarbiya, odob, axloq, sogʻlom fikrlilik, pedagogik-didaktik uslub, kishilik jamiyati, shaxsiy erkinlik.

Ключевые слова: Образование, воспитание, нравы, здравы смысл, педагогико-дидактически метод, индувидуальное общество, личная своба.

Key words: Education uprbringing, manners common sense, pedagogic-didactic method, individual socienty, personal freedom.

Kirish: Abdurauf Fitrat yirik davlat arbobi taniqli tilshunos va adabiyotshunos olim Oʻzbekistonda maktab va taʼlim- tarbiya rivojiga katta hissa qoʻshgan yetuk maʼrifatparvar islohotchi pedagog sifatida xalq xotirasida qoldi. Fitrat bitta narsa bilan cheklangan olim emas har jabhada oʻziga xos oʻringa ega boʻladi. U zullisonayn yozuvchi turk(oʻzbek )tilining asoschisi boʻlmish Alisher Navoiy asarlarini davom ettirib, oʻzbek va fors-tojik tillarida birday mukammal asarlar yaratgan buyuk mutafakkirdir. Bundan tashqari taʼlim-tarbiya masalalariga bagʻishlangan odob axloq qoidalari haqidagi asarlarning muallifi.

Asosiy qisim: Shular jumlasiga "Rahbari najot "asarini kiritishimiz mumkin.Adib ushbu asarida taʼlimning bola hayotida alohida oʻrin egallaganligi va tarbiya bilan taʼlim har qanday vaziyatda bir birini toʻldirib turishi va bir biri bilan chambarchas bogʻliqligi toʻgʻrisida va yana asarning uchinchi bobi oila masalalariga bagʻishlanganligi hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir.

Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari milliy oʻzlikni anglash haqidagi gʻoyalar asosan uning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Oila asradagi axloqiylik va milliy oʻzlikni anglash masalalari barcha yoshlarni ilm maʼrifatga va tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Oila asarida ham tanqidiy ham da'vat ruhi kuchli. Fitrat ona Turkistonini ozod koʻrishni istaydi buning uchun esa har bir turkistonlik odob-axloq va erk oʻchogʻi boʻlishi lozim edi. Fitrat ota-onaning vazifasi oʻz bolalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligi uqtiradi - bunda:

1) jismoniy tarbiya –salomatlik;

2) aqliy tarbiya -sogʻlom fikrlilik;

3) axloqiy tarbiya -axloqi sano;

ya'ni axloqiy poklikka eʼtibor berish kerakligi taʼkidlanadi.

Oilaning asosiy vazifasi yosh avlodni tarbiyalashdir. Bolalar axloqiy tarbiyasida avvalo oʻzi yashayotgan atrof-muhit muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Olim ijtimoiy muhitning bola tarbiyasidagi ahamiyati juda katta ekanligini koʻrsatib beradi. U bolalarni suvga oʻxshatadi: “Suv qaysi rangli idishda boʻlsa, oʻsha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda boʻlsalar, oʻsha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundaki, bolalar koʻproq yaxshi va yomon ahvolini oʻz uylaridan, koʻchadagi oʻrtoqlaridan, maktabdagi oʻquvchilardan qabul qiladilar”. Bu fikrlari bilan aytmoqchimiz bola tarbiyasida faqatgina maktab emas balki avvalo oila va jamoatchilik shugʻullanishi toʻgʻrisida va oilada axloq tarbiyasi doirasida ota-onaning oʻrni beqiyos ekanligi haqida aytib oʻtgan.

Fitrat axloqi buzuq kishilarni maktabda muallimlik vazifasiga emas, balki maktab qorovulligiga ham yaqinlashtirmasliklarini juda toʻgʻiri harakat deb biladi. Yana u bolalar axloqiga zararli boʻlgan, yoshiga mos kelmaydigan kitoblarni bolalarning oʻqishlariga ruxsat bermaslik kerak deydi. Chunki oʻzi taʼkidlaganidek har qanday axloqida nuqsonlari bor inson oʻz-oʻzidan bola psixikasiga oʻz taʼsirini oʻtkazishi mumkin, shuning uchun iloji boricha unday insonlarni taʼlim dargohidan uzoqroqda tutishi kerak. Va faqatgina uzoqda tutish bilan ish bitmaydi bunday tarbiyasida kamchiligi bor insonlar oʻz ustida ishlashari va oʻzlarini taftish qilishi uchun imkoniyat yaratish kerak.

Fitrat oʻz asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, maqsad sari intilish, insonlarga mehr-shavqatli boʻlish, oʻz manfaatlaridan xalq manfaatini yuqori qoʻyish gʻoyalarini ulugʻlaydi. U oʻzining “Hind sayyohi”, “Rahbari najot” singari asarlari orqali maʼrifatparvar va yozuvchi sifatida musulmonlarni, eng avvalo yoshlarni gʻaflat uyqusidan uygʻotishga, eng muhimi, oʻzligini tanishga, fan-texnikani rivojlantirish uchun gʻayrat bilan oʻqish oʻrganishga undaydi.

Fitrat bolaga beriladigan bilim uning yoshi va bilish darajasiga mos boʻlishi, bolaga qiyinlik qilmasligini, agar beriladigan bilim bolaga juda oson yo juda qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishini uqtiradi. Fitratning “Oila” asari yosh avlod uchun qoʻllanma boʻluvchi hayotiy tarbiyaviy asardir. Ushbu asarda pedagogik-didaktik uslubdan ham mahorat bilan foydalanilgan.

Turkistonni va turkistonliklarni ozod koʻrish va milliy mustaqillik mafkurasi asarning ruhiga singdirilgan, uni oʻqigan kishilar nafaqat axloqiy fazilatlar va ularga qanday erishish kerakligini, milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nimayu, uni qanday qilib qoʻlga kiritish mumkinligini anglatuvchi adibning qalbidagi so’zlarni qalban his qildirguvchui tarbiyaviy asardir. Oila asarida oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur'oni Karimda shu masala boʻyicha olgʻa surilga fikr va gʻoyalar tashkil etadi.

Shuning uchun ham bu asar oʻz zamonidagi taraqqiyparvar yoshlar uchun iliq kutib olingan va hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan va hozirgi kun uchun ham muhim qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda. Chunki oila asosini toʻgʻiri qurmasdan va yosh avlodni toʻgʻiri yoʻlda tarbiyalamasdan turib jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yoʻnaltirish mumkin emas. Qayerda oila munosabatlari mustahkam va intizomli va kuchli boʻladigan boʻlsa jamiyat va davlat ham shunday boʻladi. Mamlakat rivojlanishi uchun avvalo tarbiyani oiladan boshlash kerak, oilada muhit qanday boʻladigan boʻlsa ushbu muhit jamiyat uchun ham oʻz taʼsirini oʻtkazadi.

Oila Fitratning talqinida uch muhim komponentdan iborat:

1)Er

2)Xotin

3)Farzandlar

Ana shu uch komponentning har biri nozik spesefik jihatlarga ega. Chunki er va xotin uchun oila qurish asosiy muammo. Koʻramizki oila va farzand masalasi erkak va ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona hayotining davomi balki ayni paytda millatning ham iqtidori, obroʻ-eʼtiborini belgilaydigan zanjir xalqasidir. Millat esa Vatan mamlakatning yuragi demakdir. Oila masalasi oʻz oʻrnida uchga boʻlinadi:

1)Millat;

2)Mamlakat;

3)Kishilik jamiyati:

degan uchlikni tashkil etuvchi omillar xalqni tashkil etadi. Mana shu uch bob birlashib butun bir xalqni tashkil qiladi. Bundan kelib chiqadiki biz qanchalik mamlakatni rivoj toptirishga harakat qilar ekanmiz avvalo oiladan boshlashimiz kerak barcha ishni oiladagi muhitga va tarbiyaga asosiy eʼtiborni qaratishimiz kerak.

“Oila” asari Turkiston milliy uygʻonishida benihoya katta rol oʻynaydi. Ayni paytda ham ushbu asar maʼnaviy maʼrifiy ahamiyatini yoʻqotmagan holda hozirgi yoshlar uchun ham ahamiyatga molik. Asarning ikkinchi bobi farzand tarbiyasiga bagʻishlangan. Fitrat oʻz oʻrnida tarbiya muhimligi va uni oʻz oʻrnida uchga boʻlish mumkin deydi: Yani bular: aqliy tarbiya, jismoniy tarbiya va ruhiy tarbiyani nazarda tutadi. Darhaqiqat bu uchalasi bir biri bilan chambarchas bogʻliq va bir-birini toʻldirib turadi va bolani komil shaxs qilib tarbiyalash uchun asosiy komponent hisoblanadi.

Xulosa:

“Bu dunyo kurash maydonidir, bu maydonning quroli sogʻlom jism-u tan va aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz zang bosib chirib ketgan, Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor”. Bundan kelib chiqadiki bizning asosiy qurol aslahamiz yosh avloddir. Yosh avlodga qanchalik darajada yaxshi taʼlim tarbiya beradigan boʻlsak, ularda hozirdan bilim koʻnikma va malakalarni shakllantirib boradigan boʻlsak, ertangi kunda mamlakat ravnaqiga hissa qoʻshadigan farzandlar yetishib chiqadi. Axir muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov bekorga aytmagan: “Biz oldingi bizdan oʻtgan ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz, lekin hozirgi kunda faqatgina faxrlanishning oʻzi yetmaydi oʻzimiz ham ularga munosib avlod boʻlish uchun harakat qilishimiz kerak” deya taʼkidlagan. Shunday ekan mamlakat ravnaqi va xalq osoyishtaligi uchun oila juda katta ahamiyatga ega. Axir shu oilada Oʻzbekistonning ertangi egasi tarbiya topayapti.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Islom Abdugʻaniyevich Karimov “Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch”

2. Abdurauf Fitrat “Oila”

3. Sanobar Nishonova Komiljon Hashimov “Pedagogika tarixi”

4. Asqar Zunnunov, Muzaffar Xayrullayev, Boqijon Tuxliyev Narimon Xotamov “Pedagogika tarixi”

5. Norbutaevna, N. D., & Kizi, M. R. S. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM

FOR FORMING SPIRITUAL COMPETENCE OF STUDENTS IN MODERN

CONDITIONS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 754- 760.

6. Donaeva, N. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING

SPIRITUAL MATURITY IN STUDENTS IN INFORMATION

ENVIRONMENT. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 64-72.

7. Donayeva, N. N., & Normurodova, F. A. (2021). O’QUVCHILARDA

MANAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY

AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 214-216.

8. Donayeva, N. N. T. (2020). ZAMONAVIY AXBOROT MUHITIDA

O’QUVCHI YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI

YUKSALTIRISH. Студенческий вестник, (22-8), 65-66.

9. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.

10. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.

11. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.

12. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).

TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE

SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF

STUDENTS.

13. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-

ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E

Conference Zone (pp. 110-115).

14. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА

УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.

15. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION

MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.

16. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and

innovation, 1(B7), 815-821.

17. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.

18. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^

УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

19. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM

MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG

NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from

20. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.

(2022). IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS BY DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL

CRAFTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.

21. Абдуразаков, Ф. (2022). O ‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.

22. ABDUNAYEVICH, F. тикланишдан-миллий юксалиш” деган дастурий ғоя ёшларни Она юртга са-доқат руҳида тарбиялаш, уларда ташаббускорлик, фидойилик, ахлоқий фази-латларни шакллантириш-ўта шарафли вазифа эканлигини таъкидлаган

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.