QARASHLARI
Saidova Parvina Mirzo qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
parimirzaevnadtpi@gmail.com
Saparova Shalola Sheraliyevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
saparovashalola@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’naviy tarbiyaning Abdurauf Fitratning “Oila” asaridagi pedagogik qarashlari mazmuni, ota-ananing haq-huquqlari, farzand tarbiyasi,er-xotin va farzandlarning o’zaro munosabati oilaning jamiyatdagi o’rni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning insonlar komilligiga ta’siri xususida so’z yurutilgan.
Kalit so’zlar: tarbiya, ta’lim, axloq, ma’naviy tarbiya, saodat, oilani boshqarish, ma’naviy-axloqiy ong, yoshlarning tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirish, , maʼnaviy qiyofa, diyonat, tanqidiy ruh,
Kirish. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi1. Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari insonni keng mushohadaga chorlaydi. Allomaning bunday qarashlari, asosan, o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davrdagi oilaviy munosabatlarni to`g`ri yo`lga solish hamda go`zal insoniy fazilatlarni oiladan boshlab shakllantirish xususidagi g`oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslubda yozilgan. Sababi, o‘sha davrdagi tuzum shunday buyuk asarlarga ehtiyoj sezgandi. “Oila” asarida ham xuddi shunday tanqidiy ruh hamda 1O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son da’vat ruhi kuchlidir. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, tarbiya va erk o‘chog‘i bo‘lishi lozimligini anglaydi. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da’vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…”, — deb ta`kidladi u.
Asosiy qism. Barchamizga ma’lumki, tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiytarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Axloq esa ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. “Axloq (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis – xulq-atvor) – ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatani, xalq uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning fe’l-atvori va faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Axloq talablari kishilarning fa’l-atvori va faoliyatida o‘z ifosadini topadi. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o‘z talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq me’yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning buyrug‘i bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon bo‘ladi.
Davlatimiz kelajagi ham, rivojlangan mamlakatlar orasida tutgan mavqei va salohiyati ham, dunyoqarashi, bilimi, aql-zakovati, Vatan, jamiyat va oila oldidagi burchi va mas’uliyatini to`g`ri anglashi, bugungi avlodga bog‘liqdir. Zero bilim va kasb-hunarga qiziqish, ota-onaga xurmat, do‘stga sadoqat, mehr-shafqat, halollik va poklik kabi axloqiy fazilatlar oilada shakllanadi va sayqal topadi. Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari oilaning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga bag‘ishlangan. Ayniqsa, asarning “Uylanish yoki uylanmaslik xususida”, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi haqida”, “Er-xotinning qanday yashamoqliklari xususida”, “Oilaning maishati va idorasi” qismlarida bu masalalar haqida fikr yuritib o`tgan.
Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila uchun qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan masalalarni yoritadi. U vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, kitobning birinchi qismiga, ayniqsa katta e`tiborni qaratadi. Undan nafaqat o`sha davr balki hozirgi kunda ham yangi oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida foydalanishi mumkin.Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo‘lgan holatlarning axloqiy asoslari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu jihatlarni o‘sha davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak juda ijobiy jihat hisoblanadi. Chunki, bu davrda Turkistonda hali meditsina unchalik rivojlanmagan, kishilarning turmush madaniyati ham u qadar yuqori emas edi. Fitrat ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o‘rganish zarur bo‘lgan, turmush tarziga oid juda ko‘p tajriba orttirgan edi. Er-xotin va farzandlardan iborat, bir shaxs boshchiligida, birga yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil etadi. Asarda har bir oila manfaatini himoya qilish maqsadida turli qonunlar ishlab chiqilgani, ular «manzil tadbir» (ro‘zg‘or tebratish tadbiri) deb atalgani ta’kidlanadi. SHu ma’noda, muayyan mamlakat aholisi axloqsizlik oqibatida oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l bersa, shu millatning saodati ham, hayoti ham shubha ostida qoladi.
Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat quyidagi rivoyatni ham keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: “Eng komil mo‘minlar xushhulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z xotinlariga mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik”. Fitrat nazarida mamlakat taqdiri va istiqboli barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina belgilanmaydi. Mazkur asarda millatning ma’rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan munosabatda ham yorqin namoyon bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan.
Kitobning ikkinchi qismi va muhim qismlaridan yana biri farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. Fitrat ham tarbiyani an’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy inson kamol topadi, deb hisoblaydi . Kitobning bu qismida Fitrat, ma’lum ma’noda, o‘ziga xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim qiladi. U ixtiyor erkinligi muammosini mayl tushunchasi orqali o‘rtaga tashlaydi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga mehr-muhabbat mayli va h.k. Bularning hammasida ham insonni jamiyat a’zosi sifatida, ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u izzat-nafs, ayniqsa, iroda masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. “Iroda va ixtiyor” sarlavhasi ostidagi kichik bobda Fitrat farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining to‘rt banddan iborat qoida-bos-qichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota-onaning zo‘ri emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini ta’kidlaydi.
“Ota-onalarning haq-huquqlari” bobida ham balog‘atga etgan farzandning erkinlik darajasi haqida fikr yuritiladi. Muallif millat taqdirini, uning baxt-saodatini jamiyatdagi oilaviy munosabatlar kamoli bilan bog‘laydi. Uning fikriga ko‘ra, dunyoda izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm yo‘q. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shunchalik kuchli va mustahkam bo‘ladi. Fitrat millat kamchiligi sifatida iqtisodiy savodsizlikni keltiradi. Masalan, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi haqida” deb nomlangan bobini olaylik, bizning odamlar butun umr yiqqan mol-dunyosini bir kunlik to‘yga sarflashini, qayerdagi bemaza orzu-havaslarga berilib isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yishini asarida qattiq tanqid qiladi. Mutafakkir to‘yni kichik davrada isrofgarchiliksiz o‘tkazib, undan qolgan mablag‘ni yoshlarni ilm olishlariga, sog‘liklarga sarflashlarini ta’kidlaydi. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, Fitaratning ushbu fikrlari xali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Sababi, bugun ham jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga ko‘p pul sarflayotgan kimsalar hali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif alohida ta’kidlaydi. Masalan, hamma pul to‘yga sarflangandan keyin yosh oilalar ro‘zg‘or tebratishga qiynaladi. Qarz-havola qilib o‘tkazilgan to‘yni qarzlari to‘lanadimi yoki ro‘zg‘or tebratiladimi? Bu kabi muammolar bugun ham jamiyatimizda yo‘q emas.Umuman olganda, Fitratning “Oila” asari tom ma’noda yosh avlod uchun hayotiy qo‘llanma bo‘luvchi tarbiyaviy asar deb hisoblayman. Lekin unda pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi ustunroq.
Fitrat uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan mustahkam bog‘liq. Turkiston va turkistonlikni ozod ko‘rish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Uni o‘qigan kishi nafaqat axloqiy fazilatlar nimalardan iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nimayu, uni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkinligini anglab oladi. SHu bois mutafakkirjadid Abdurauf Fitratning “Oila” asari Turkiston milliy Uyg‘onishida benihoya katta rol o‘ynadi, deyish mumkin. Ayni paytda u hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ajoyib axloqiy-ma’rifiy risola sifatida alohida e’tiborga molik. Fitratning axloqiy qarashlarining dolzarbligi shundaki u o‘z davrini axloqiy hayotini o‘zgartirmoqchi va insonlarni o‘z davrining milliy ozodlik g‘oyasiga chorlaydi. Uning bizga qoldirgan merosi chinakamiga bizning amaliy faoliyatimizga to‘g‘ri keladigan axloqiy ongimizni, o‘zimizni tutishimiz, xatti-harakatlarimiz, muomala odoblarimizni yaxshilash va boyitishga katta hissa qo‘shadi.
Fitratnig “Oila” asari o‘z davrining va bugungi kun insoniyatining ma’naviy dunyosini boyitishda katta rol o‘ynaydi.Har qanday jamiyatda ham oila ijtimoiy taraqqiyot manbai va axloqiy tarbiya o'chog'i bo'lib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat ulug'lari oilani nafaqat jamiyat, balki davlatchilik asoslarining qurilishida ham ilk maktab deb hisoblaganlar. Milliy taraqqiyotga yuz tutgan mustaqil yurtim izda komil insonni tarbiyalash va huquqiy davlatchilik asoslariga poydevor qurish davrida 1998- yil — Oila, 2012-yil esa Mustahkam oila yili deb belgilanganligi bejiz emas. Nafaqat ijtimoiy va siyosiy, balki ma'naviy va m a’rifiy ahamiyatga molik ushbu holni proffesor Fitrat birgina islomiy oila timsolida anglatgan. Inson m uhabbatdan tug'ilgan, oiladagi ilk onalik mehri va otalik muhabbati bilan yo'rgaklangan. Go'dakning insoniy sifatlari kamol topishida ham mana shu mehr-m uhabbat tarbiya maskani hisoblanadi. Aytib o`tish mumkinki, nikohdan birinchi maqsad ham nasl qoldirishdir.
Fitrat qarashlarida islomiy oila mohiyatini anglash bo`lgani uchun oilada millatning qadri va sha’nini belgilovchi harakatlar, avvalo, er va xotinning iffat va diyonati bilan bog'liq ekanini hayotiy misollar bilan tushuntiradi. Er-xotinlikning birinchi sharti va oxir-oqibati farzand ekan, bu maqsadga erishish vositasi va sababi visoldir. Visol ishtiyoqi yoshlarda ertaroq tug'ilishiga qaram asdan «hakimlar erkaklarga 23 yoshdan oldin uylanmaslikni va qizlarga 18 yoshdan oldin turmushga chiqmaslikni maslahat beradilar». Abdurauf Fitrat ushbu «maslahat»ning ham fiziologik va genetik, gigiyenik va sihattalab maqsadlariga qaratilganini eslash barobarida oilaning sog'lom va barkam ol farzand yetishtirishdagi vazifalarini erinmay birm a-bir uqtirib o'tgan. Oilani janjal, fisq, xiyonat va, boringki, taloq kabi kushandalardan saqlab turuvchi vosita madoradir, ya'ni er-xotinning murosasidir. Tabiiyki, tartibli oilada nikoh, homiladorlik va uning nihoyasi farzanddir. Fitrat farzand tug'ilishi bilan bog'liq barcha shar’iy hukmlarni eslatish barobarida asosiy e'tibomi farzand parvarishiga qaratgan.
Shuning uchun ham kitobning ikkinchi bobi «Farzand tarbiyasi» deb nomlanadi. Tarbiya masalasiga ham millatga buyuk foyda yetkazuvchi soha deb qaramoq va uni boshqalarga ishonib topshirib qo'yish oilaning mas’uliyatsizligidandir, degan zarur xulosaga keladi. Fitrat tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda: badantarbiya, aqliy va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib ham bo'lmaydi. Ular o'zaro shunday bog'liqdirki, biriga ziyon yetsa, boshqalarida ham nuqson paydo bo'ladi. Biriga foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo'ladi. Oiladagi oddiy mojaro va harakatlar bilan o'ralashmay, bolalarning aqliy, ya'ni fikriy tarbiyasi millatning niyati bilan uyg'un bo'lishi lozim.
Axloqiy tarbiya kishi axloqini kamolga yetkazish, odamning fe’li va harakatiga yaxshi fazilatlarni singdirish demakdir. Hayot binosini qurishda va uning taraqqiyotida avlod tarbiyasining rolini ta’kidlar ekan, Fitrat uch narsa: tansihatlik, sog'lom fikr va yaxshi axloq muhimligini aytib o`tadi. So'ngra esa mana shu tarbiya uchun zarur bo'lgan turli xil vazifalarni ohm jamiyat a'zolari oldiga qo'yish bilan o'z risolatadqiqotini yakunlaydi. Tarixchi olimlarning fikriga qaraganda, odamlar xalq bo'lishlaridan oldin jamoa bo'lib yashash zarur ekanligini bilmaganlar. Shu bois ular tabiiy mushkulotlar ostida azob chekib, hayvonlar hujum laridan halok bo'lganlar. V aqt o'tishi bilan odamlar jamoa bo'lib yashash lozimligini tushundilar. Ularning birinchi jamoalari «oila», y a’ni «ahli bayt» bo'lgan. Ahli bay! jamoalari asta-sekin rivojlanib qavm va qabila jam oasiga aylangan. Bu m uqaddim adan m a’no shuki, oilaning shakllanishi, ya'ni ahli bayt jamoasi, boshqacha aytganda, oila boshqarishga asos solish bani Odam m adaniyatining asosi ekan. Bizga m a'lum ki, odam lar qayerda qavm yoki qabila bo'lib yashasalar, tinchliklarini saqlash uchun va bir-birlarining huquqlarini muhofaza qilish uchun bir nizom (tartib) va qonun joriy etib, shu qonunlar asosida baxt va saodatga erishganlar. Aks holda o'rtalarida tartibsizlik ro'y bergan zahoti nizom -u qoida yo'qolib, darhol nobud bo'ladilar yoki e ’tiborsiz va xor bo'ladilar. Aslida bu tabiiy va zarur bir hodisadir, chunki odam tabiatan manfaatparast va g'arazli bo'ladi. Bir nechta odam jam bo'lib qolsa, har biri o'z manfaatlariga asir bo'lib, boshqalarning huguqiga tajovuz qilib uni poymol qilmoqchi bo'ladi. Buning natijasi notinchlik va intizomsizlik bo'lib, oqibati yana o'sha nest-nobudlikdir. Albatta, bu tajovuz va bosqinchilikning oldini olish uchun qonun lozim. Ushbu risolaning asosiy mavzusi «oila»dir. Oila er-xotin va farzandlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, oila bir shaxs boshchiligida bir uyda yashovchilardir. Shu ta'riflardan ma’lum bo'ladiki, oila ham bir necha odam lardan iborat bo'lgan jamoa ekan. Ularning har biri insonga xos narsaga, ya'ni o'z manfaatlariga asir bo'ladi. Biri ikkinchisining huquqini tasarruf qilib bosib olishi mumkin. Ana shu tajovuz oldini olish uchun oila a'zolari o'rtasida ham bir qonun lozim. O'tgan olimlar-u hakimlar shu masalada sa'y -harak at qilib qonunlar ishlab chiqqanlarki, ularning umumiy hay'atini «manzil tadbiri» (ro'zg'or tebratish tadbiri) deb ataydilar.
Xulosa. Aslida dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi. Hozirgi Yevropa olimlari ham o'z xalqlari intizomi va oilalarining rohati uchun harakat qilib yuzlab kitoblarni yozib nashr qilmoqdalar. Ishonchim komilki, oila saodati va baxti uchun qabul qilingan eng maqbul qonun islomiy qonunlar bo'ladi. Lekin olamda eng badbaxt oilalar ham biz musulmonlarning ichimizda bo'ladi, chunki biz ilohiy qonunlarning birontasiga rioya qilmay qo`yganmiz. Baxtsizligimizning sababi oiladorlik xususidagi har bir harakatimiz, sarob orzularimiz va xato fikrlarimizning natijasi bo'lib, aksariyati muqaddas Qur'oni karim hukmlariga ziddir. Shuning uchun zulm va tajovuz ko'rmagan oilalar bizda nihoyatda kam ko'rinadi. Hozirda taraqqiy etayotgan islomiy o'lkalarda turk, arab, fors olimlari o'z millatlarining kimligini anglab yetib, oila nizomi va tinchligi haqida ancha kitob yozdilar. Bu kitoblarda ular diniy va dunyoviy hukmlarga tayanib oilaviy masalalarga izoh berganlar. Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy vazifa yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir ijtimoiy vazifa ekanligi barchamizga ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qoʻyilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning taʼsiri sezilarli boʻladi. Taʼlim muassasalari va mahalla-ko`y, umuman, ijtimoiy muhit inson farzandini to hayotining soʻngi daqiqasigacha taʼqib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va maʼnaviy takomilida ham muhim oʻrin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oila yoki oila boshqarish tartiblari / A. Fitrat; tarjimon va izohlar muallifi Sh. Vohidov; mas'ul maharrir H. Boltaboyev. — Toshkent: Cho'lpon nomidagi
NMIU, 2013 — 144 b.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllabquvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938 sonli Farmoni
3. A. Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”. T., “O’qituvchi”. 1994
4. M. Imamova. Oilada bolalarning ma`naviy axloqiy tarbiyasi — T. “O’qituvchi”. 1999
5. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10- 11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.
6. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari
//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.
– №. 5. – С. 186-190.
7. Xudayqulov, X., & Odinaboboev, F. (2022). ПЕДАГОГИК МОДУЛЛИ
ЎҚИТИШДА ИННОВАЦИОН ТАРАҚҚИЁТНИНГ УСТУВОР
ЙЎНАЛИШЛАР. Science and innovation, 1(B7), 960-967.
8. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.
9. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D. (2022).
IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS BY
DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL CRAFTS. Web of Scientist
International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.
10. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.
11. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.
12. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).
TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE
SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF
STUDENTS.
13. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-
ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E
Conference Zone (pp. 110-115).
14. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА
УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.
15. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В
УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.
16. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION
MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.
17. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ
МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and
innovation, 1(B7), 815-821.
18. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.
19. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В
УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.
20. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^
УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.
21. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM
MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG
NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from
22. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.
(2022). IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL
STUDENTS BY DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL
CRAFTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.
23. Абдуразаков, Ф. (2022). O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.
24. Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li. (2023). MILLIY
HUNARMANDCHILIKNING MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI
KASBIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH (1-4-sinflar misolida). Journal of Universal Science Research, 1(4), 507–514. Retrieved from
25. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from
26. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from
27. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.
(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING
BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from
28. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.
(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI
TA’LIMOTLARI . Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665
29. Eshqorayev, S. S., Ro’zimurodov, B. I., & Choriyeva, M. S. (2022).
YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA QIZIQTIRISHNING
NOAN’ANAVIY USULI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(6), 308-310.
30. Choriyeva, M. S. qizi, & Eshqorayev, S. S. o’g’li. (2022).
MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG`RIKENGLIK O’ZBEK
XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR. INTERNATIONAL СONFERENCE ON
LEARNING AND TEACHING, 1(3), 46–51. Retrieved from
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.