KORREKSIYANING (BAK) O‘RNI
Sodiqova Maftuna Lutfullaqizi
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti
Asab kasalliklari, bolalar nevrologiyasi
va tibbiy genetika kafedrasi 1-kurs magistranti
Madjidova Yoqutxon Nabiyevna
Asab kasalliklari, bolalar nevrologiyasi
va tibbiy genetika kafedrasi t.f.d., professor Kirish. Affektiv-respirator paroksizmlar (ARP) erta yoshdagi bolalarda uchraydigan, asosan emotsional reaktivlik va vegetativ disfunktsiyalar bilan kechuvchi funksional holat hisoblanadi. Ushbu holat bolaning psixofiziologik rivojlanishiga, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. An’anaviy simptomatik muolajalar bu holatni to‘liq bartaraf eta olmaydi. Shu bois, yangi, noinvaziv, neyrofiziologik asoslangan muolaja – bioakustik korreksiya (BAK)ga ehtiyoj ortib bormoqda. BAK orqali miyaning elektr faolligini boshqarish, stress va vegetativ tizim buzilishlarini kamaytirish mumkin Tadqiqot maqsadi. Affektiv-respirator paroksizm tashxisi qo‘yilgan 0–5 yoshdagi bolalarda bioakustik korreksiya muolajasining samaradorligini klinik, neyrofiziologik va neyropsixologik jihatdan baholash. Materiallar va usullar.Tadqiqot 2024–2027 yillar davomida Toshkent shahridagi “Reasentr” xususiy klinikasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Tadqiqotda 0 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan, maktabgacha yoshdagi, har ikki jinsdagi 30 nafar bola ishtirok etadi. Baholash usullari quyidagilardan iborat: - Klinik va nevrologik tekshiruvlar - Miya neyrosonografiyasi va elektroensefalografiya (EEG) - Vegetativ testlar (Klemens-Schmidt testi, yurak urish tezligi, teri-dermal javoblar) - Neyropsixologik kuzatuv va ota-onalar so‘rovnomasi Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lingan: - Asosiy guruh (n=15): bioakustik korreksiya (BAK) muolajasini olgan - Nazorat guruhi (n=15): faqat simptomatik davo olgan Tadqiqot natijalari. Asosiy guruhda BAK muolajasidan so‘ng quyidagi ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi: - ARP xurujlari chastotasi: 3,4 ± 0,7 martadan 1,2 ± 0,4 martagacha kamaydi (p < 0.01) - 12 nafar bolada (80%) xurujlar yengillashdi yoki butunlay to‘xtadi - EEGda 10 bolada (66,7%) fon faolligi yaxshilandi, frontal asimmetriya kamaydi -Vegetativ disfunktsiyalar 11 bolada (73%) kamaydi - 9 bolada (60%) diqqat, xotira va emotsional barqarorlikda ijobiy siljishlar qayd etildi -Uyqu sifati 10 bolada (66,7%) yaxshilandi - Ota-onalarning subyektiv bahosiga ko‘ra 13 bola (86,7%) tinchroq, kamroq xurujli, hissiy jihatdan barqaror bo‘lgan Nazorat guruhida esa o‘zgarishlar ancha cheklangan bo‘ldi: - Xurujlar chastotasi deyarli o‘zgarmadi: 3,3 ± 0,6 → 2,9 ± 0,7 - EEGda faqat 3 bolada (20%) ijobiy dinamika kuzatildi - Vegetativ va neyropsixologik belgilar, uyqu sifati bo‘yicha ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmadi. Xulosa. Bioakustik korreksiya (BAK) – affektiv-respirator paroksizmga chalingan bolalar uchun samarali, xavfsiz va noinvaziv yordamchi muolaja hisoblanadi. BAK yordamida nafaqat xurujlar chastotasi va og‘irligi kamayadi, balki EEG ko‘rsatkichlari, vegetativ tizim faoliyati va neyropsixologik funksiyalar ham yaxshilanadi. Ushbu tadqiqot natijalari BAKning bolalar nevrologiyasida qo‘llanilishini kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.