--⊱⊱ 84 ⊰⊰--
RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI
Rahimova Naima Sobirjon qizi, Gʻaybullayeva Jasmina Xayrullo qizi
Toshkent viloyati pedagogik mahorat
markazi katta oʻqituvchilari
Annotatsiya: Mazkur maqolada amaliy fanlarni oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarda kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning asosiy mexanizmlari yoritilgan. Amaliy mashgʻulotlarning taʼlim jarayonidagi oʻrni, ularning samaradorligini oshirish omillari, oʻquvchilarni real ishlab chiqarish muhitiga yaqinlashtirish imkoniyatlari hamda kompetensiya asosida taʼlimni tashkil etish tamoyillari tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar: Kasbiy kompetensiya, amaliy fanlar, taʼlim texnologiyalari, dual taʼlim, amaliy mashgʻulot, ishlab chiqarish amaliyoti, innovatsion yondashuv, kasbiy malaka, oʻqitish metodlari, pedagogik monitoring.
Аннотatsiя: В данной статье раскрыты основные механизмы развития профессиональной компетентности студентов при использовании современных педагогических технологий в обучении практическим дисциплинам. Анализируется роль практических занятий в образовательном процессе, факторы повышения их эффективности, возможности приближения учащихся к реальной производственной среде, а также принципы организatsiи обучения на основе компетентностного подхода.
Ключевые слова. Профессиональная компетентность, практические дисциплины, образовательные технологии, дуальное обучение, практические занятия, производственная практика, инновatsiонный подход, профессиональные навыки, методы обучения, педагогический мониторинг.
Annotation: This article discusses the main mechanisms for developing studentsʼ professional competence through the use of modern pedagogical technologies in teaching practical subjects. The role of practical training in the educational process, factors that enhance its effectiveness, opportunities for bringing learners closer to real production environments, and principles of competence-based education are analyzed.
Bugungi kunda Oʻzbekiston taʼlim tizimida kasbiy kompetensiyani rivojlantirish masalasi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Raqobatbardosh mutaxassis tayyorlash, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga mos malakalar shakllantirish, amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash taʼlim mazmuniga bevosita bogʻliqdir. Xususan, amaliy fanlarni oʻqitish jarayoni talabaning kasbiy shakllanishida asosiy bosqich boʻlib, nazariy bilimlarni real vaziyatlarda qoʻllay olishni taʼminlaydi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun (2020-yil), “Professional taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi”, Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi kabi normativ hujjatlarda aynan kasbiy kompetensiya, amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻquv jarayonlari va ishlab chiqarish bilan hamkorlikni kuchaytirish talablari belgilangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish beruvchilar talab qiladigan kompetensiyalar — muammoli vaziyatni tahlil qilish, texnologiyalarni amaliy qoʻllay bilish, jamoada ishlash, texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, innovatsion fikrlash — talabalarni amaliy mashgʻulotlar orqali shakllantiriladi. Shu sababli amaliy fanlarni oʻqitish jarayonini modernizatsiya qilish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
--⊱⊱ 85 ⊰⊰--
Asosiy qism
1. Amaliy fanlarning kasbiy kompetensiyani shakllantirishdagi oʻrni Amaliy fanlar talabaning quyidagi kompetensiyalarini rivojlantiradi:
Texnik kompetensiya — kasbga oid uskunalar, jihozlar va texnologiyalarni amalda qoʻllay olish.
Amaliy koʻnikma — nazariy bilimlarni real jarayonga tatbiq etish.
Loyihalash kompetensiyasi — mustaqil tarzda amaliy loyiha ishlab chiqish va uni bajarish.
Kommunikativ kompetensiya — jamoa bilan hamkorlikda ishlash va muammolarni birgalikda hal qilish.
Muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish — ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, amaliy fanlar ulushi koʻp boʻlgan taʼlim dasturlarida bitiruvchilarning ishga joylashish koʻrsatkichi 35–40% ga yuqori boʻladi (Iqtisodiy tadqiqotlar instituti maʼlumotlari, 2022).
Amaliy fanlarni oʻqitishning samarali mexanizmlari
Dual taʼlim tizimi
Dual taʼlim — oʻquv jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish mexanizmi boʻlib, talaba vaqtining 40–60% gacha qismini korxonalarda oʻtkazadi. Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya tajribalari shuni koʻrsatadiki, dual tizimda oʻqigan talabalar ishlab chiqarishga tezroq moslashadi. Oʻzbekistonda 2023-yilga kelib 300 ga yaqin kollej va texnikumlarda dual taʼlim joriy qilinishi natijasida oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalari sezilarli oshgan.
Amaliy fanlarni oʻqitish orqali kasbiy kompetensiyani rivojlantirish zamonaviy taʼlimning eng muhim vazifalaridan biridir. Olib borilgan tahlillar shuni koʻrsatadiki: Kompetensiyaga yoʻnaltirilgan yondashuv talabalarning malakasini oshiradi. Dual taʼlim tizimi real ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvni tezlashtiradi. Innovatsion texnologiyalar amaliy mashgʻulotlarning samaradorligini oshiradi. Amaliy fanlarni modernizatsiya qilish ish beruvchilar talablariga mos mutaxassis tayyorlashga xizmat qiladi.
Shu bois, oliy va professional taʼlim muassasalarida amaliy mashgʻulotlarni tizimli ravishda takomillashtirish, ishlab chiqarish bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda oʻquv dasturlarini kompetensiya asosida qayta koʻrib chiqish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, 2020-yil.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
3.Professional taʼlimni rivojlantirish strategiyasi, 2021.
4. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education
(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022
5. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771- 2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548
6. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.