ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Amir Temur davridagi ijtimoiy - siyosiy qarashlarning xalq faravonligini ta’minlashdagi o‘rni.

초록

Ushbu maqolada Temuriylar sulolasi davrida Xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qilgan ijtimoiy-siyosiy qarashlarning mohiyati va ularda ilgari surilgan g‘oyalarning aholi turmush darajasiga ta’siri haqida qisqacha fikr yuritiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Amir Temur davridagi ijtimoiy - siyosiy qarashlarning xalq faravonligini

ta’minlashdagi o‘rni.

Norqulova Dilnoza

Termiz davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat

asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Temuriylar sulolasi davrida Xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qilgan ijtimoiy-siyosiy qarashlarning mohiyati va ularda ilgari surilgan g‘oyalarning aholi turmush darajasiga ta’siri haqida qisqacha fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Tuzuk, adolat, farovonlik, siyosat, ijtimoiy qarash.

Temuriylar davlati Movarounnahrdagi yuzaga kelgan eng qudratli davlatlardan hisoblangan. XV-asrning 2-yarmi va XVI-asrning boshlariga qadar Movarounnahr temuriylar boshqaruvida bo‘lgan. Bu davrda Movarounnahr har tomonlama rivojlandi. Temuriylar davlatining yuzaga kelishi va taraqqiy etishida Amir Termurning o‘rni beqiyosdir.

Amir Temur – sha’n shavkatimiz, g‘urur, iftixorimizdir. Sohibqiron- xalqimiz dahosining timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Amir Temur shaxsi yana vatan va millat timsoliga aylandi. Istiqlolimizning har bir tadbirida, mustaqil davlatimizning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrox-u hamnafas bo‘lib bormoqda.

Mamlakatimizda har yili Amir Temurning tavallud sanasi keng nishonlanadi. Sohibqiron nomi, uning faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar alohida ko‘tarinki ruhda o‘tadi. Boshqacha aytganda, Amir Temur nomi uning siymosi yuksak vatanparvarlik, adolat va ozodlik timsoli sifatida xalqimizni birlashtirish jipslashtirishda iymon-oqibatli bo‘lishda, buyuk kelajagimizni qurishda bizga yangidan-yangi kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziytoyevning “Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz Oqsaroy peshtoqiga “Adolat – davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”, degan hikmatli so‘zlarni yozdirgani bejiz emas, albatta. Ushbu ulug‘vor g‘oya inson qadir qimmatini oliy darajaga ko‘tarish borasidagi amaliy harakatlarimiz poydevoriga aylandi”, degan so‘zlari bu ulug‘ zotning hamisha xalq baxt-u saodati, farovonligini o‘ylab, davlatni adolat ila boshqarganidan dalolat berib turibdi. Buyuk ajdodimizning eng muhum fazilatlaridan biri shu bo‘lganki , u hech bir davlat o‘z qo‘shinlari bilan yaxshi aloqalar, manfaatli hamkorliksiz yorqin istiqbolga ega bo‘lmasligini teran anglagan. Shu sababli, u Yevropa va Osiyoni bog‘lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatgan, hamda munosabatlarni mustahkamlashga intilgan1. Amir Temurning kuchli markazlashgan davlat barpo etishi natijasida Movarounnahrda o‘zaro urush va nizolarga barham berildi uning barcha hududlarida tinchlik va osoishtalik o‘rnatildi. Fan, madaniyat, hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon yaratildi.

Sohibqiron Amir Temur davrida asos solingan ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar uning avlodlari davrida ham, asosan, davom ettirildi. Albatta, amir, bek va sultonlar o‘rtasida olib borilgan o‘zaro urushlar o‘lkaning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo ijtimoiy hayot to‘xtab qolgani yo‘q. Temuriylar davrida ancha nufuzga ega bo‘lgan yerlardan biri bu masjid, madrasalarga tegishli yerlar bo‘lgan. Vaqf mulklariga odatda yer suvlaridan tashqari ko‘plab do‘kon, korxona,tegirmon, objivoz, bozor karvonsaroylar ham vaqf qilib kiritilgan. Ulardan tushgan daromatlar asosan xayriya ishlari uchun sarflangan, yani masjid, madrasalarning ta’mirlanishi tabib va talabalarga beriladigan pullar hamda langarxona va shifoxonalarning kundalik sarf –harajatlari uchun ishlatilgan. Bulardan ko‘zlangan maqsad xalq farovonligini taminlashdan iborat edi.

Temuriylar hukmronligi davrida sug‘orma dehqonchilik madaniyatini rivojlantirish, ariq va kanallar chiqarish kabi masalalarga katta e’tibor berilgan hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlanishi, mog‘ullar davrida ancha qiyin ahvolga tushib qolgan xalqning hayotini yaxshiladi.

Tovar va pul munosabatlari o‘sishida, savdo – sotiq aloqalarida temuriylar zarb etirga kumush, mis tangalar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu davr tangalari asosiy shaharlarda zarb etirilgan. Savdo-sotiqning rivojlanishida, Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1428-yil muomalaga kiritilgan tangalarning ahamiyati katta fuqarolar o‘rtasida Ulug‘bekning “Fulusiy adliya”, yani “Adolatli chaqa” nomi bilan shuhrat topgan bu yangi mis tangalari Movarounnahrda savdo-sotiq muomalasini tartibga solishda ijobiy o‘ringa ega bo‘ldi.

Amir Temur hamda uning vorislari davrida Movarounnahrda me’morchilik va qurulish ishlari misli ko‘rilmagan darjada o‘sadi va rivojlanadi. V. V. Bartold bunday deb yozadi “Temur bir vaqtning o‘zida ashadiy buzg‘unchi va tashabbuskor quruvchi edi, u buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog‘u - rog‘lar bilan o‘radi. Shahar va 1 Bahodir Ermatov “Amir Temur G’arbiy Yevropa adiblari nigohida” T: “Navro‘z” 2019. 8-bet qishloqlarni tikladi, suv inshootlari barpo etdi va buzulganlarini tikladi. Madaniyat barpo etish mumkin bo‘lgan yer maydonlarini bo‘sh qoldirmas edi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayrongarchiliklari kabi kishini hayratda qoldirardi”2 .

Ma’lumki Movaraunnahr aholisi mo‘g‘ullar bosqini tufayli, ancha qashoqlashib qoladi. Talon-tarojlik, o‘g‘irlik ko‘payadi. Mo‘g‘ullar bosqinidan bir necha yuz yillar o‘tib ahvol biroz yumshab yaxshilanadi lekin xalq faravonligi to‘laligicha ta’minlanmaydi. Amir Temur butun hayoti davomida to‘g‘rilik, adolat, ezgulik kabi g‘oyalarga sodiq qoladi. Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi boʻlganligi, hamda uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, saltanat taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirgan islohotlari borasida uning zamondoshlari ham, keyingi davr olimlari va siyosatchilari ham oʻz fikrlarini bayon etganlar.

Endi ana shu fikrlar tahlili bilan yaqindan tanishishni lozim deb topdik. Amir Temurning zamondoshi muarrih Hofizi Abru yozishicha: “...hazrat Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar, muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi». Aytib oʻtish joizki, azaldan olimu fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va bunyodkorlar ) ijod qilish uchun qayerda qulay sharoit boʻlsa, shu tomonga talpinib yashagan.

Amir Temurni butun qalbi vujudi bilan yomon ko‘rgan Ibn Arabshoxdek muarrix ham buyuk Sohibqironning adolatpesha ulug‘ fazilatlarini tan olib yozishga majbur bo‘ladi. “Temur tamg‘asining naqshi “ rosti- rasti “ bo‘lib , bu haqgo‘y bolsang najot topasan”, demakdir3.

“Temur tuzuklari”da yozilganidek: «Raiyat ahvolidan ogoh boʻldim. Ulugʻlarini ota qatorida, kichiklarini farzand oʻrnida koʻrdim. Har yerning tabiati, har el-yurt va shaharning rasmu odatlari va mizojidan voqif boʻlib turdim. Har bir yurt va shahar aholisining ulugʻlari bilan doʻst tutindim. Ularning mizojlari va tabiatiga toʻgʻri kelgan, oʻzlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim.»

Amir Temur davlatini “Kuch-adolatda” degan tamoil asosida boshqardi mamlakatning barcha hududida adolat o‘rnatild. Mamlakatda talan - tarojlikka, poraxo‘rlikka qarshi amaliy ishlar olib boriladi. O‘sha davrda xalq orasida shunday ibora yuradi “ Samarqandan to Sultoniyagacha bir bola boshida tilla to‘la lagan bilan 2 R.Shamsutdinov, SH.Karimov, S.Hoshimov “Vatan tarixi” T: “Sharq”. 2020. 264-bet 3 O‘sha asar 265-bet. yo‘lga chiqsa , bola yetib borguncha o‘zi ulg‘aysa ulg‘ayadiki, boshidagi tilladan bir dona ham kamaymaydi “. Bu degani Amir Temir idora qilgan barcha hududlarda tinchlik va adolat o‘rnatilganidan dalolat beradi.

Xulosa o‘rnida shuni yozishimiz kerakki Amir Temur va Temuriylar davridagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar xalqning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilgan. Vatan ravnaqi yo‘lida olib borilgan iqtisodiy, siyosiy va harbiy harakatlar zamirida xalq faravonligiga erishish tamoyili yotgan. Kuchli davlatning aholisi farovon va ilmma’rifatli bo‘lsa davlatning qudrati yanada ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022-2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60 фармони. 2022 йил 28 январь.

2. Мухиддинова Ф. Сиёсий ва ҳуқуқий таълимотлар тарихи. – Тошкент, Тошкент давлат юридик институти, 2011.

3. Bahodir Ermatov “Amir Temur G’arbiy Yevropa adiblari nigohida” T: “Navro‘z” 2019.

4. R.Shamsutdinov, SH.Karimov, S.Hoshimov “Vatan tarixi” T: “Sharq”. 2020.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.