Amudaryo hozirgi deltasining kichik deltalarining strukturaviy yaxlitligi va
ularning tabiiy-meliorativ sharoitini baholashdagi ro‘li
Tajiyev Qudrat Qadirberganovich
Urganch davlat universiteti dotsenti, PhD
Tojiboyeva Madina
Urganch davlat universiteti talabasi
Annatsasiya: Ushbu maqolada Amudaryo hududning yer suv resurslaridan oqilona foydalanishda tabiiy-meliorativ rayonlarning ro‘li borish haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit soʼzlar: tabiiy- meliortiv, grunt suvlar, landshaft, relyef plastikasi, tuproqlarning sho‘rlanish.
Amudaryo xozirgi deltasi chap qirg’og’idagi yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash uchun eng avvalom bor tabiiy meliorativ sharoitining yamonlashish sabablarini ilmiy asoslab berish lozim.
Amudaryo hozirgi deltasini chap qirg’og’ining sug’orilmaydigan xududlarida asosan Qipchoqdaryo va Oqboshli kichik deltalarini hamda Amudaryo o‘zan bo‘yi balandliklari joylashgan. Shu bilan bir qatorda Raushan kichik deltasining asosiy qismi Ustyurt kollektor havzasida, faqat janubiy qismi Qo‘ng’irot kollektor tizimida joylashgan sug’orilmaydigan xududlardagi kichik deltalarining strukturaviy yaxlitligi xar bir kichik deltalarining genezisi bilan bog’liqdir. Bizga malumki, Amudaryo xozirgi deltasining geologiyasini tadqiq qilgan G.V.Lopatin [64] deltani ikki qisimga ajratadi: 1 Avtomorf va gidromorf rejimlaridagi janubiy qism: Qizkentgen - Chimboy, Sho‘rtanboy, Erkindaryo kichik deltalari Amudaryo xozirgi deltasining o‘ng qirg’og’ida; Uldaryo va Qiyatjargan kichik deltalari Amudaryo hozirgi deltasining chap qirg’og’ida joylashgan. 2. Gidromorf rejimidagi shimoliy, yani “tirik qismi” Kunadaryo-Kazakdaryo kichik deltasi Amudaryo hozirgi deltasining o‘ng qirg’og’ida Raushan , Oqboshli Qipchoqdaryo kichik deltalari Amudaryo xozirgi deltasining chap qirg’og’ida joylashgan Shimoliy qismining “tirik qismi” deb aytilishiga asosiy sabab, bu yerdagi gidromorf tuproqlarning rivojlanishi davom etmoqda edi . Xaqiqatdan ham, deltaning bu shimoliy “tirik qismi’’da 1961 yilgacha gidromorf rejimidagi tuproqlar ustunlik qilgan, ya’ni bir tamondan Amudaryo va uning tarmoqlarida Qozoqdaryo, Oqboshli, Qipchoqdaryo va boshqalar suv deyarli ko‘p bo‘lsa ikkinchi tamondan esa deltaning «tirik qismi»ga Orol dengizining tasiri juda kuchli bo‘lganligi bilan baxolanadi. Agar biz, Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg’og’ining sug’orilmaydigan hududlarida joylashgan Raushan, Oqboshli, Qipchoqdaryo kichik deltalariga etibor beradigan bo‘lsak, so‘nggi kichik deltadir 1961 yildan boshlab Amudaryo suv sarfining cheklanganligi sababli bundan so‘ng chap qirg’oqda kichik deltalar xosil bo‘lmagan, Amudaryodan bo‘linib chiqqan har bir tarmoq o‘zining kichik deltasini xosil qiladi. Agar biz xududning relyef plastikasi kartasini taxlil qiladigan bo‘lsak , eng katta maydonga ega bo‘lgan o‘zanlaro plastiklar Amudaryo o‘zan bo‘yi balandliklarining g’arbi bilan Qipchoqdaryo kichik deltasining sharqida joylashgan . Bu o‘zanlaro plastiklarda bir tamondan relyef juda past bo‘lganligi, ikkinchi tamondan esa yer usti suv oqimlarining so‘ngi xududi bo‘lganligi sababli tuproqlarda doimo sho‘rlanish jarayoni ustunlik qiladi Boshqacha qilib aytganda, tuproqlarning sho‘rlanish darajasiga yer usti va grunt suvlari tabiiy oqimining ta’siri juda kuchli bo‘ladi .
Yerlarning tabiiy meliorativ sharoitini sug’orma dehqonchilik uchun baxolashda kichik deltalarining strukturaviy yaxlitligini xisobga olish lozim. Sabab landshaftlarning tabiiy -meliorativ sharoiti kichik deltalarning yuqori qismidan quyi qismi tamon tartibli xolda o‘zgaradi . Boshqacha so‘z bilan aytganda , tabiiy meliorativ sharoitining murakkablik darajalari B.B.Polinov ajratgan [80] elementar landshaftlarning guruhlari bilan chambarchas aloqadorlikda bo‘ladi. Bu aloqadorlik ideallashtirilgan kollektor xavzasida yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu yerda shuni alohida takidlab o‘tish kerakki , D. B.Xursanov [120;121,122] o‘zining ilmiy ishida bir tamondan relyef plastikasi kartasi asosida elementar landshaft guruhlarini ajratgan bo‘lsa, ikkinchi tamondan esa ana shu ajratilgan elementar landshaft tiplarining o‘zaro aloqadorligini o‘rganadi . Biz esa o‘z oldimizga Amudaryo xozirgi deltasi chap qirg’og’ining tabiiy -meliorativ sharoitini baxolashni asosiy maqsad qilib qo‘yganimiz uchun xududning yirik masshtabli relyef plastikasi kartasi negizida elementar landshaft guruhlarini ajaratdik va ana shu elementar landshaft guruhlari bilan tabiiy -meliorativ sharoitining murakkablik darajalari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rgandik .Bu esa o‘z navbatida, xududda ilgari olib borilgan baxolash ilmiy ishlaridan tubdan farq qiladi
Sug’oriladigan hududlarda tabiiy meliorativ sharoitning murakkablik darajalari kollektor havzalari ichki tuzilishi bilan bog’langan bo‘lsa sug’orilmaydigan xududlarda esa kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligi bilan bog’langandir. Shunday qilib sug’orilmaydigan xududlarda kichik deltalardagi balandliklar va pastliklarda bir biriga bo‘lgan munosabati to‘g’ridan to‘ri tabiiy meliorativ sharoitining murakkablik darajalarini belgilab beradi.
Xulosa
Amudaryo xozirgi deltasida chap qirg’og’ining tabiiy meliorativ sharoitini baholashda shu narsa ma’lum bo‘ldiki tabiiy meliorativ sharoitning murakkablik darajalari elementar landshaft guruhlari o‘z navbatida, kollektor xavzasida tartiblik bilan joylashgan bo‘lib ularning yig’indisi kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligini hosil qiladi. Amudaryo xozirgi deltasining chap qirg’ogidagi Qo‘ngirot kollektor tizimi va ustyurt kollektor xavzalarida tabiiy meliorativ sharoitning murakkablik darajalari elementar landshaft guruhlari bilan o‘zaro aloqador bo‘lganligi sababli Ustyurt kollektor xavzasining tizimiga nisbatan ijobiy xususiyatlarga ega. Sug’orilmaydigan xududlarda tabiiy meliorativ sharoit to‘g’ridan-to‘g’ri kichik deltalarining strukturaviy yaxlitligi bilan bog’langan bo‘lib ular kichik deltalarining yuqori qismidan quyi qismiga tamon tizimli o‘zgaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ибрагимова Р.А. Орол табиий географик округи. Геогр. фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореферати. — Т.: 2012. -25 б.
2. Когай Н.А. Туранская физико-географическая провинция //Тр. ТашГУ. — Ташкент: Изд-во ТашГУ, 1969. —Вып. 353. — 138 с.
3. Корытный Л.М. Бассейновая концепция в природопользовании. 2001. Иркутск: Из-дво Ин-та географии СО РАН. 163 с.
4. Рафиков А.А. Природно-мелиоративная оценка земель Голодной степи. — Ташкент: Фан УзССР, 1976. -160 с.
5. Рўзиқулова О.Ш. Зарафшон дарё ҳавзаси воҳа геотизимларининг мелиоратив ҳолатини баҳолаш. География фанлари номзоди учун ёзилган диссерт. автореферати. —Тошкент, 2008. -25 б.
6. Тажиев Қ.Қ. Кичик ҳудудлар тупроқ қоплами структурасини ўрганишда рельеф пластикаси карталаридан фойдаланиш //Ўзбекистон география жамияти ахбороти. — Тошкент. 2011, -37-жилд. —Б. 29-31.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.