VA MORFOLOGIYASI
I.Ismayilova., M.U.Odilbekova
dotsent, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti,
intizor1390@gmail.com
magistrant, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti,
muniraodilbekova@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu tezisda Artioshok o‘simligining sistematikasi va uning morfologiyasi ya’ni barglari, guli, urugʻi, mevasining tuzilishi va kimyoviy tarkibi haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: tikanli, curcundulus, yassi, tukli, bezchali, shohlangan, ispan, etli, tukchalar, sharsimon.
Аннотация. В диссертации представлена информация о систематике растения артишок и его морфологии, т. е. структуре и химическом составе его листьев, цветков, семян и плодов.
Ключевые: колючий, курчавый, плоский, железистый, чешуйчатый, ветвистый, испанский, мясистый, волосатый, шарообразный.
Abstract. This thesis provides information on the systematics of the artichoke plant and its morphology, i.e. of its leaves, flowers, seeds, and fruits the structure and chemical composition.
Keywords: spiny, curcundulous, flat, hairy, scaly, kingly, Spanish, fleshy, hairy, spherical.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5995-sonli “Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko`rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi, 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-sonli ”O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo`ljallangan strategiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi, 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son “Yovvoyi holda o`suvchi dorivor o`simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi, 2020-yil 26- noyabrdagi PQ-4901-son “Dorivor o`simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug`chiligini yo`lga qo`yishni rivojlantirish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar ko`lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmon va qarorlari hamda boshqa meʼyoriy hujjatlarda ko`rsatilgan. “Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda mevasabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog`lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko`paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSH dollariga oshirish” muhim strategik vazifalaridan biri qilib belgilab berilgan. Bu borada noanʼanaviy sabzavotlarni oziqaboplik va dorivorlik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Artishok o‘simligining sistematikasi. Bo‘lim: Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urugʻli) o ‘simliklar -Magnoliophyta Sinf: Magnoliyasimonlar (ikki urugʻpallalilar)-Magnoliopsida Qabila: Asterales Oila: - Qoqio‘tdoshlar-Astraceae Turkum: Artishok-Cynara Tur: Tikanli artishok-Cynara Scolmymus L.
O‘simlik morfologiyasi. O‘simlikning gullarining morfologiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, savatchalari yirik, sergulli, gomogamiyali, gomoxromli, shakli sharsimon, tashqi tomondan o‘rama bargchalari ko‘p qatorli, pastki qismi toraygan, deyarli to‘gʻri, patsimon, uchki qismi ingichkalashib boradi va tikancha hosil qiladi, ba’zi hollarda tikansiz chekkalari yumaloq, gul o‘rni yassi, biroz etli, uzun tukchalari bor. Ko‘k rangli, bir boshining diametri 8 smdan 25 smgacha, ogʻirligi esa 200 g gacha bo‘lishi mumkin. Urugʻchilari bir-biriga teng bo‘lmagan qismlarga bo‘lingan bo‘lib, to‘gʻri besh parrakli; yo‘gʻon naycha uzunligining yarmigacha yеtadi. Changchi iplari bezchali, changdonning pastki o‘simtasi qisqa, yuqoridagi o‘simtasi to‘mtoq bo‘ladi. Birinchi yili 5-7 ta to‘pgul, ikkinchi yilida 12-15 ta to‘pgul xosil qiladi.
Urugʻi: yo‘gʻonlashgan, teskari tuxumsimon, birmuncha shishgan va bilinar - bilinmas to‘rt qirrali, tuksiz, qattiq, silliq, deyarli to‘gʻri yoki birikib turgan joyiga tomon еngilgina egilgan va yuqorisi qiyasiz boladi. Tojchasi ko‘p qatorli, ko‘p sonli, qariyb bir xil uzunlikda, pastki qismi birmuncha pardasimon kengaygan tukli, pastki qismidagi birga to‘kiladigan halqalar bilan birikkan bo‘ladi. yo‘gʻonlashgan, teskari tuxumsimon, birmuncha shishgan va bilinar -bilinmas to‘rt qirrali, tuksiz, qattiq, silliq, deyarli to‘gʻri yoki birikib turgan joyiga tomon yеngilgina egilgan va yuqorisi qiyasiz boladi. Tojchasi ko‘p qatorli, ko‘p sonli, qariyb bir xil uzunlikda, pastki qismi birmuncha pardasimon kengaygan tukli, pastki qismidagi birga to‘kiladigan halqalar bilan birikkan bo‘ladi.
Poyasi: mustahkam to‘gʻri o‘sgan poyalari yo‘gʻon, tik, tukli, kulrang yoki oqimtir, yuzasi biroz qobirgʻachali. tik o‘suvchi, kulrang- yashil, shohlangan, bo‘yi 2 m gacha еtadi
Barglari: yirik, enli patsimon barglari mavjud Barglari poya asosida yigʻilib to‘pbarglarni hosil qiladi. Bargi yirik, yashil, tikanli, 50 sm uzunlikda, 20 sm kenglikda.
Gullari koʻk-binafsha rangda, yirik toʻpgul hosil qiladi (bir toʻpguli ogʻirligi 100- 200 g). Seret gulbandi va savatcha toʻpguli ovqatga ishlatiladi. Artishokda qand, oqsil (2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), B,B2 vitaminlari, karotin, urugʻida 30% gacha moy bor. Xom va konservalangan, qaynatilgan Artishok souslar bilan isteʼmol etiladi, salatlar tayyorlanadi. Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali boʻlgan inulin bor. Sugʻorilgan sharoitda sugʻorilmaganga qaraganda o‘simlik xomashyosi tarkibida makro-mikroelemetlar miqdor jihatidan farq qilishi mumkin. Artishokning navlarning gul o‘rni tarkibida 86,5% suv, 2,5% azotli moddalar, 1% qand, 2% dekstrin, 1,3% kletchatka va 1,3% kul moddasi mavjud. Savatcha o‘rama bargchalarining etli qismida 2,2% qand moddasi to‘planadi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sobirova M.B, Qiryigitov X.B Artishok (cynara scolymus l.) dorivor o‘simligini o‘sishi va rivojlanishida barqaror agrotexnik tadbirlar Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi –1/2020 66-68b 2. Mirzakarimov Hayotbek Xosilbekovich, Ismoilova Ma’mura Rahmonjon qizi, Saksonboyeva Mushtariybegim Lochinbek Qizi, To‘xtasinova Rayhongul Avazbek qizi “Artishok o‘simligini biologiyasi, foydali xususiyati va yetishtirish texnologiyasi” Academic research in modern science 228-230-b 3. Isomov, E. E., & Nomozova, Z. B. (2022). Chemical composition of cynara scolymus L. at different vegetative phases. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 75-77.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.