ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ASPIRATSION SINDROMDAN NOBUD BOʼLGAN CHAQALOQLAR BUYRAGINING MORFOLOGIK OʼZGARISHLARI

초록

Erta neonatal davrda aspiratsiya sindromi  neonatologiyada hali ham dolzarb tadqiqot mavzusi bo'lib qolmoqda, klinik ahamiyatiga qaramay, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va chaqaloqlarda tug'ruqdan keyingi aspiratsiyaga hali ham kamroq e'tibor qaratilаdi. Neoanatal davr shartli ravishda ikkita davrni oʼz ichiga oladi. Erta neonatal davr chaqaloq tugʼilganidan 0-7 kungacha boʼlgan va kechki neonatal davr 8-28 kungacha boʼlgan muddat . Neonatal davrda aksariyat ichki aʼzolarning rivojlanishi xar qanday taʼsirlovchi omillarga javoban tizimli javob reaktsiyasi koʼrinishida namoyon boʼladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

BUYRAGINING MORFOLOGIK OʼZGARISHLARI

Egamov Bunyodbek Jumanazarovich,

Salaeva Zulfiya Shanazarovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

Kalit soʼzlar: chaqaloq, neonatal davr, buyrak morfologiyasi

Mavzuning dolzarbligi:Erta neonatal davrda aspiratsiya sindromi neonatologiyada hali ham dolzarb tadqiqot mavzusi bo'lib qolmoqda, klinik ahamiyatiga qaramay, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va chaqaloqlarda tug'ruqdan keyingi aspiratsiyaga hali ham kamroq e'tibor qaratilаdi. Neoanatal davr shartli ravishda ikkita davrni oʼz ichiga oladi. Erta neonatal davr chaqaloq tugʼilganidan 0-7 kungacha boʼlgan va kechki neonatal davr 8-28 kungacha boʼlgan muddat . Neonatal davrda aksariyat ichki aʼzolarning rivojlanishi xar qanday taʼsirlovchi omillarga javoban tizimli javob reaktsiyasi koʼrinishida namoyon boʼladi.

Tadqiqot obʼekti va predmeti. Respublika patologik anatomiya markazida 2018-2022 yillardagi neonatal davrda jami 72 nafar neonatal davrning erta (0-7 kunlik) davrida nobud boʼlgan chaqaloqlar va nobud boʼlgan chaqaloqlarning buyrak toʼqimasi materiallari olingan.

Olingan natijalar. Buyrak toʼqimasining mikroskopik tekshiruvlari neonatal davrda aspiratsion sindrom tashxisi bilan kasallanib nobud boʼlgan chaqaloqlar autopsiyasida ajratib olingan buyrak toʼqimasini morfologik oʼzgarishlarini oʼrganishimiz shuni koʼrsatadiki, hali takomil topayotgan buyrak toʼqimasining poʼstloq qavatida joylashgan koptokchalar shaklan xali takomil topmaganligi, filьtratsiya qilingan birlamchi siydik tarkibida eritrotsitlarning boʼlishi, koptokchalar tomonidan filьtratsiyalangan birlamchi siydik tarkibidagi oqil tuzilmalarini proksimal kanalcha devori va boʼshligʼi boʼylab kondensatsiyalanishi, shu bilan bir qatorda xali takomil topayotgan proksimal kanalcha epiteliylalarining infiltrativ funktsiyasining yetishmovchiligi oqibatida distal kanalchaldarda xam gomogen toʼrsimon koʼrinishdagi oqsil tuzilmalarining uchrashi aniqlanadi

Natijada, juda ko‘plagan proksimal kanalcha epiteliylarida segmentar nekrotik nefrozning rivojlanishiga olib keladi. Bir vaqtning o‘zida perikanalikulyar joylashgan qon tomirlarda gidrostatik bosimning oshishi qon tomirlarning kengayishiga va to‘laqonlik rivojlanishiga olib keladi. Umumiy fonda buyrak kanalchalari atrofida uzun chiziqsimon venoz to‘laqonlik manazaralari shakllanadi.Oqibatda, podotsitlarning qirg‘oq bo‘ylab joylashishiva birlamchi siydikni filtratsiya qilish jarayoninga adaptiv moslashishi aniqlanadi (1 va 2 rasmlarga qarang). Koptokchalarda dimlangan birlamchi siydik dimlanishi koptokcha kapsulasi yassi epiteliylarini shikastlaniishga olib keladi va shu soxada fokal shaklan yarim ovolsimon deformatsiyalangan koptokchalaraning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Natijada birlamchi siydikning kam filtratsiyalanishi, xali infiltratsiyaga uchramagan birlamchi siydikni quyuqlashishiga va siydik tarkibini kontsentratsiyalanishiga siydik kislotalari kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi. Proksimal va distal kanalchalar bo‘shlig‘ida siydik kislotalarining kristallari paydo bo‘lishi, to‘rsimon gomogen oqsil tuzilmalarining distal kanalchalarda bo‘lishi (albuminuriya) ikkilamchi siydik xarakatini buzilishiga va kanalchalarning obturatsiyasiga olib kelishi mumkin (M.I. Lisenko. 2014). Bu o‘zgarishlar pnevmoniya sabali gipoksiya kuzatilayotgan chaqaloq juda ko‘plagan oraliq metabolitlarning xam xosil bo‘lishi sababli kuchayishi, takomil topayotgan epitelial xujayralarda apaptoz va nekroz jarayonini stimullaydi. Bu o‘zgarishlar koptokchalar shaklini o‘zgarishiga: yarimoysimon ko‘rinishdagi shishlar, ajoyib to‘r kapillyalrlari oralig‘ida mezangial xujayralaring proliferatsiyasiga va endoteliy xujayralarining shikastlanishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar klinik jihatdan o‘tkir buyrak yetishmovchili ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Proteinuriya xam distal kanalcha bo‘shliqlarida gomogen pushti rangli to‘rsimon tuzilmalar ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar asosoan segmentar yoi fokal nekrotik nefrozning rivojlanishi va klinikada o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan birga yuzaga kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlar makroskip jihatdan, buyrak to‘qimasini ko‘zdan kechirganda, po‘stloq va mag‘iz qavati chegaralarining ba'zi bir proyektsiyalarda aniqlash imkonini bo‘lmasligi bilan namoyon bo‘ladi. Po‘stloqda pushti och rangdagi vonsizlangan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

Xulosa. Erta neonatal davrdagi (0-7 kungacha bo‘lgan davr) chaqaloqlar buyragi homila ichi pnevmoniyasi bilan tug‘ilib 3 sutkada nobud bo‘lgan chaqaloqlar buyragida segmentar nekrotik nefroz o‘choqlarining rivojlanishi bilan namoyon bo‘ldi. 7 kungacha bo‘lgan davrda aspiratsion sindrom bilan kasallangan chaqaloqlar buyragi gipoksiya sababli, koptokchalarining shaklan deformatsiya-langani oqibatida, koptokcha ajoyib to‘r tuzilmalarida mezangial xujayralarning proliferativ faolligini oshganligi aniqlandi. Sog‘lom tug‘ilgan chaqaloqlar siydigi tarkibidagi siydik kislotalarining meyorda kattalarga nisbatan 3 baravar oshiq bo‘lishi va bu ko‘rsatkichlar gipoksiyaga olib keluvchi xar qanday sabablarda ya'nada oshib ketishi va distal kanalchalar ichki yuzasida siydik kislotali kristal cho‘kmalarining ya'nada ko‘p to‘planishiga olib kelishi aniqlanadi.

Adabiyot.

1. Зеленцова В. Л. Морфологические особенности почек у плодов и новорожденных, перенесших гипоксию / В. Л. Зеленцова, В. И. Шилко, С. Ю. Медведева // Архив патологии. – 2003. – № 6. – С. 40–44.

2. Попов С. В. Особенности нарушения функции мочевыделительной системы у новорожденных с гипоксическим поражением ЦНС тяжелой степени / С. В. Попов, В. Н. Облазницкий // Вісник СумДУ. Серія Медицина. – 2008. – Т. 2, – С. 88–91.

3. Estrada JL, Martens G, Li P, et al. Evaluation of human and nonhuman primate antibody binding to pig cells lacking GGTA1/CMAH/beta4GalNT2 genes. Xenotransplantation. 2015;22:194–202.

4. Konermann S, Brigham MD, Trevino AE, et al. Genome-scale transcriptional activation by an engineered CRISPR-Cas9 complex. Nature. 2015;517:583–588.

5. Liao HK, Hatanaka F, Araoka T, et al. In vivo target gene activation via CRISPR/Cas9-mediated trans-epigenetic modulation. Cell. 2017;171:1495–1507 e1415.

6. Niu D, Wei HJ, Lin L, et al. Inactivation of porcine endogenous retrovirus in pigs using CRISPR-Cas9. Science. 2017;357:1303–1307.

7. Qi LS, Larson MH, Gilbert LA, et al. Repurposing CRISPR as an RNAguided platform for sequence-specific control of gene expression. Cell. 2013;152:1173–1183.

8. Wang H, Yang H, Shivalila CS, et al. One-step generation of mice carrying mutations in multiple genes by CRISPR/Cas-mediated genome engineering. Cell. 2013;153:910–918.

9. Wang X, Cao C, Huang J, et al. One-step generation of triple genetargeted pigs using CRISPR/Cas9 system. Sci Rep. 2016;6:20620.

10. Yang L, Guell M, Niu D, et al. Genome-wide inactivation of porcine endogenous retroviruses (PERVs). Science. 2015;350:1101–1104.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.