ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Assessment and Support Model for Export Competitiveness of Small Businesses in the Region

초록

The article discusses the importance of assessing and supporting the export competitiveness of small businesses in the region. The authors analyze the current state of export competitiveness of small businesses in Uzbekistan and identify the main factors affecting it. They also propose a model for assessing and supporting the export competitiveness of small businesses, which includes factors such as production efficiency, digital infrastructure, financial support, and logistics. The article concludes that the development of export competitiveness of small businesses is crucial for the economic growth of the region.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

MINTAQAVIY KICHIK BIZNESNING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH MODELI

Mamadjanova Tuyg’unoy Axmadjanovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Iqtisodiyot kafedrasi , i.f.f.d., dotsent

tuygunoy_mamadjanova@tues.uz

Kichik biznesning eksport salohiyatini baholash va uni qo‘llab-quvvatlash masalasi bugungi global iqtisodiyotning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Xalqaro amaliyotda kichik bizneslar nafaqat iqtisodiy faollikni, balki tashqi savdo diversifikatsiyasini ham ta’minlaydigan “drayver” sifatida e’tirof etiladi [1]. Shu bois, ularning eksport salohiyatini aniqlash, o‘lchash va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ilmiy asosda shakllantirish mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish strategiyalarining markaziy bo‘g‘iniga aylanmoqda.

BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) 2024-yilgi “Trade and Development Report”ida kichik biznes eksport salohiyatini kuchaytirishning uch asosiy vektori belgilab berilgan:

 mintaqaviy darajada eksport tayyorlik indeksini ishlab chiqish;

 raqamli savdo va logistika infratuzilmasini rivojlantirish;

 davlat siyosati va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini uyg‘unlashtirish [2]. Ushbu uch yo‘nalishning uyg‘unligi “integratsion model” konsepsiyasining nazariy asosini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasida Prezidentning 2025-yil 4-martdagi farmonida kichik biznes eksport hajmini 9 milliarddan 12 milliard AQSh dollarigacha oshirish, 1,5 million doimiy ish o‘rinlarini yaratish va eksportni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy mexanizmlarni kengaytirish belgilab berilgan [3]. Shu bilan birga, 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan “Eksportni rivojlantirish strategiyasi” doirasida xalqaro savdo tashkiloti (WTO) talablariga mos ravishda sertifikatlash, bojxona va eksport jarayonlarini soddalashtirish yo‘lga qo‘yilgan [4].

Kichik biznesning eksport salohiyatini baholash masalasi so‘nggi o‘n yillikda xalqaro iqtisodiy adabiyotlarda alohida tadqiqot yo‘nalishiga aylandi. Chunki kichik biznes eksportni faollashtirish orqali nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, balki mintaqaviy iqtisodiyotda innovatsion o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratish mexanizmlarini faollashtiradi. Melitz tomonidan ilgari surilgan “heterogen firmalar modeli” eksport faoliyati natijasida ishlab chiqarish omillarining qayta taqsimlanishini tushuntirib, faqat samarali firmalar eksportga kirish imkoniga ega ekanligini ta’kidlaydi [5]. Bu nazariya kichik biznesning eksportga tayyorligini baholashda asosiy nazariy tayanch sifatida ishlatiladi, chunki u raqobatbardoshlik va samaradorlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlashtiradi.

Helpman, Melitz va Yeaple tadqiqotida eksport intensivligi va firmalarning innovatsion faoliyati o‘rtasida mustahkam sabab-oqibat bog‘liqlik mavjudligi empirik ravishda isbotlangan [6]. Ularning fikricha, eksportchi korxonalar o‘z faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtiradi, texnologik yangilanishlarni tezroq joriy etadi va bu holat mehnat unumdorligini oshiradi.

Mintaqaviy yondashuv nuqtai nazaridan, Krugman tomonidan ishlab chiqilgan “Increasing Returns and Economic Geography” modeli eksport salohiyatining hududiy konsentratsiyasi — ya’ni, iqtisodiy faoliyatning markaz-periferiya tamoyiliga binoan taqsimlanishi — hududlar o‘rtasida ishlab chiqarish samaradorligining farqiga sabab bo‘lishini ko‘rsatadi [7]. Bu nazariya shuni anglatadiki, kichik bizneslarning eksportga chiqish imkoniyati ularning geografik joylashuvi, infratuzilma sifati va transport-logistika imkoniyatlariga bevosita bog‘liqdir. Shu yondashuvni rivojlantirgan Fujita, Krugman va Venables o‘zining “The Spatial Economy” asarida klasterlar shakllanishi va hududiy integratsiya eksportni rag‘batlantiruvchi eng muhim mexanizmlardan biri ekanligini asoslab berdi [8].

Davlat siyosati bilan bog‘liq yondashuvlarda Lederman, Olarreaga va Payton “Export Promotion Agencies: Do They Work?” nomli tadqiqotida davlat tomonidan yaratilgan eksportni qo‘llab-quvvatlovchi agentliklar iqtisodiy natijalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini empirik asosda ko‘rsatgan [9]. Ularning natijalariga ko‘ra, eksportni moliyaviy rag‘batlantirish, tahliliy ma’lumot bazalarini kengaytirish va marketing xizmatlarini soddalashtirish kichik biznes eksport salohiyatini o‘rtacha 20 foizga oshiradi. OECD (2022) hisobotida esa kichik biznes eksport tayyorligini aniqlashda uchta asosiy omil — raqamli infratuzilma, xalqaro sertifikatlash tizimlari va moliyaviy inklyuziya — hal qiluvchi rol o‘ynashi ta’kidlangan [10].

Milliy miqyosda olib borilgan tadqiqotlar ham ushbu xalqaro natijalarni tasdiqlaydi. Масалан, Umurzakov bozor infratuzilmasi, logistika tizimi va hududiy innovatsion muhitning eksport tayyorlikka ta’sirini tahlil qilib, mintaqalar o‘rtasidagi tafovutlar ko‘p hollarda institutsional sharoitlar bilan belgilanadi, degan xulosaga kelgan [11].

Yuqoridagi ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes eksport salohiyatini baholashda mikroiqtisodiy omillar bilan bir qatorda mintaqaviy integratsiya, fazoviy bog‘liqlik, innovatsion muhit va davlat siyosatining o‘zaro ta’siri ham kompleks tarzda o‘rganilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, “Mintaqaviy kichik biznes eksport salohiyatini baholash va qo‘llab-quvvatlashning modeli”ni ishlab chiqish dolzarb ilmiy yo‘nalish hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi mintaqaviy kichik biznesning eksport salohiyatini baholash va uni qo‘llab-quvvatlash uchun integratsion model ishlab chiqishga qaratilgan. Мазкур мodelda kichik biznes eksport tayyorligini aniqlovchi asosiy omillar — ishlab chiqarish samaradorligi, raqamli infratuzilma, moliyalashtirish imkoniyatlari, sertifikatlash darajasi va logistika qulayligi — o‘zaro bog‘liq holda baholanadi. Shu orqali har bir mintaqaning eksport salohiyati ko‘rsatkichlari aniqlanadi va ularni taqqoslash imkoniyati yaratiladi.

Empirik tahlilda 2016–2024-yillar oralig‘idagi rasmiy statistika ma’lumotlaridan foydalaniб, panel ma’lumotlar bazasi tuzilib, fixed effects (FE) modeli orqali vaqt va hudud bo‘yicha o‘zgarishlar aniqlanadi. Fazoviy bog‘liqlikni o‘rganish uchun Spatial Durbin modeli (SDM) qo‘llanadi. Natijalar asosida kichik biznes eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, mintaqaviy nomutanosiblik darajalari va qo‘llab-quvvatlash siyosatining samaradorligi aniqlanadi. Ushbu metodologiya mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash va eksportni barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.

1-jadval.

Surxondaryo viloyatida kichik biznes eksportining tarmoqlar kesimidagi o‘sishi (%)1

Tarmoq yo‘nalishi 2015 2020 2024 10 yillik o‘sish (%) Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat 26.8 36.4 43.1 +60.8 1 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Moliya vazirligi maʻlumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan To‘qimachilik va tikuv-trikotaj 17.5 23.7 31.4 +79.4 Qurilish materiallari 13.9 18.2 22.6 +62.6 Kimyo va farmatsevtika 5.4 7.8 10.9 +101.8 Xizmatlar (logistika, IT, savdo) 36.4 38.9 42.0 +15.4

Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida kichik biznes eksportining tarmoq tarkibi 2015–2024-yillar davomida sezilarli darajada diversifikatsiyalangan. 2015-yilda eksportning katta qismi qishloq xo‘jaligi (26,8%) va xizmatlar (36,4%) tarmoqlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu nisbat ancha o‘zgargan: qishloq xo‘jaligi ulushi 43,1% gacha, to‘qimachilik 31,4% gacha oshgan. Eng yuqori o‘sish kimyo va farmatsevtika tarmog‘ida qayd etilgan — so‘nggi o‘n yilda eksport hajmi 101,8% ga ko‘paygan. Qurilish materiallari eksporti ham 60% dan ortiq o‘sish bilan viloyat sanoatining yangi tayanch yo‘nalishiga aylangan. Shu bilan birga, xizmatlar sektori eksportidagi o‘sish nisbatan sekin (15,4%) kechgan bo‘lib, bu xizmatlar eksportida raqamli infratuzilma yetarli darajada rivojlanmaganligini anglatadi.

Xulosa qilib aytganimizda, Surxondaryo viloyatida kichik biznesning eksport salohiyatini baholash, mintaqaviy tafovutlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlashning ilmiy asoslangan modelini ishlab chiqish natijasida kichik biznes eksportining tarmoqlar kesimidagi diversifikatsiyasi kuchaygani aniqlandi. Shuningdek, hududlar kesimida eksport faoliyatining Termiz va Denov tumanlarida markazlashuvi maʼlum boʻldi.Vviloyat eksportining 56 foizdan ortigʻini taʻminlab, “markaz-periferiya” modeli [9]ga mos ravishda eksport klasterlarining shakllangani aniqlandi. Biroq Sherobod, Qumqoʻrgʻon va Jarqo‘rg‘on tumanlarida infratuzilma zaifligi, transport aloqalarining cheklanganligi va investitsiya oqimlarining pastligi sababli eksport salohiyati nisbatan sust rivojlanmoqda. Shu sababli, ushbu tumanlarda logistika infratuzilmasini yaxshilash va klasterlashuv dasturlarini joriy etish talab etiladi. Эlektron savdo platformalarida faol korxonalar sonining 15 tadan 221 taga oshishi raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining shakllanayotganini va eksportni raqamlashtirish jarayonining boshlanganini anglatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Bernard, A. B., & Jensen, J. B. 1999. Exceptional exporter performance: Cause, effect, or both? Journal of International Economics, 47(1), 1–25.

2. UNCTAD. 2024. Trade and Development Report 2024: Shaping globalization for small enterprises. Geneva: United Nations.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-50-son Farmoni.

4. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan “Eksportni rivojlantirish strategiyasi” 2023-yil.

5. Melitz, M. J. 2003. The Impact of Trade on Intra-Industry Reallocations and Aggregate Industry Productivity. Econometrica, 71(6), 1695–1725. Massachusetts Institute of Technology.

6. Helpman, E., Melitz, M., & Yeaple, S. 2004. Export versus FDI with Heterogeneous Firms. American Economic Review, 94(1), 300–316. American Economic Association.

7. Krugman, P. 1991. Increasing Returns and Economic Geography. Journal of Political Economy, 99(3), 483–499. University of Chicago Press.

8. Fujita, M., Krugman, P., & Venables, A. J. 1999. The Spatial Economy: Cities, Regions and International Trade. Cambridge, MA: MIT Press.

9. Lederman, D., Olarreaga, M., & Payton, L. 2010. Export Promotion Agencies: Do They Work? Journal of Development Economics, 91(2), 257–265. Elsevier.

10. OECD. 2022. Boosting the Internationalisation of Firms through Better Export Promotion Policies in Uzbekistan. Paris: OECD Publishing.

11. Umurzakov, D. X. 2021. Kichik biznes eksport salohiyatining rivojlanish omillari. Tashkent: Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali, 5(2), 87–95.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.