ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ASSOSIRLANGAN SEREBROVASKULYAR YETISHMOVCHILIK FONIDA KOGNITIV BUZILISHLARNI OLDINI OLISH

초록

Nevrologik va somatik kasalliklar kognitiv buzilishga olib keladi. Kognitiv buzilishlar har doim ham birlamchi miya kasalligi natijasida rivojlanmaganligi sababli, nevrologik holatni baholashdan tashqari, organlar va tizimlarni umumiy fizik tekshiruvdan oʻtkazish kerak. O‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash bilan chuqur demensiyani oldi olinadi.  Neyrodegenerativ kasalliklar –“Asr kasalliklari” (Altsgeymer, Parkinson, Gentington, Pik kasalliklari), infektsiyalar va parazitozlar, jarohatlar, noto‘g‘ri ovqatlanish, metabolik  buzilishi kasalliklari, patologik qaramliklar, kontraversiyalar: “Yangi” infektsiyalar, Stress-indusirlangan patologiya, psixosomatik patologiya – asr muammosi sanaladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

UDC: 616-009:616-08

FONIDA KOGNITIV BUZILISHLARNI OLDINI OLISH

Rasulova Rayxon Pardayevna,

TTA Termiz filiali. Termiz. O‘zbekiston.

1rrasulova2003@gmail.com

ANNOTASIYA

Nevrologik va somatik kasalliklar kognitiv buzilishga olib keladi. Kognitiv buzilishlar har doim ham birlamchi miya kasalligi natijasida rivojlanmaganligi sababli, nevrologik holatni baholashdan tashqari, organlar va tizimlarni umumiy fizik tekshiruvdan oʻtkazish kerak. O‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash bilan chuqur demensiyani oldi olinadi. Neyrodegenerativ kasalliklar –“Asr kasalliklari” (Altsgeymer, Parkinson, Gentington, Pik kasalliklari), infektsiyalar va parazitozlar, jarohatlar, noto‘g‘ri ovqatlanish, metabolik buzilishi kasalliklari, patologik qaramliklar, kontraversiyalar: “Yangi” infektsiyalar, Stress-indusirlangan patologiya, psixosomatik patologiya – asr muammosi sanaladi.

Kalit so‘zlar: assosirlangan kasalliklar, kognitiv buzilish, demensiya, MMSE shkalasi, MOCA.

ПРОФИЛАКТИКА КОГНИТИВНЫХ НАРУШЕНИЙ НА ФОНЕ

АССОРИРОВАННОЙ ЦЕРЕБРОВАСКУЛЯРНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ

Расулова Райхон Пардаевна,

Моннонов Мухтар Замонович, Шералиева Шаходат Хамраевна

Термезский филиал ТМА. Термез. Узбекистан.

АННОТАЦИЯ

Некоторые неврологические и соматические заболевания приводят к когнитивным нарушениям. Поскольку когнитивные нарушения не всегда развиваются вследствие первичного заболевания головного мозга, в дополнение к неврологическому обследованию необходимо проводить общее физикальное обследование органов и систем. При своевременной диагностике и лечении предотвращается глубокая деменция. Нейродегенеративные заболевания - «Болезни века» (болезни Альцгеймера, Паркинсона, Пика, Гентингтона), инфекции и паразитарные заболевания, травмы, недостаточность питания, нарушения обмена веществ, патологические зависимости, контраверсии: «Новые инфекции», Стресс-индуцированная патология, психосоматическая патология - проблема век.

Ключевые слова: сопутствующие заболевания, когнитивные нарушения, деменция, шкала MMSE, MOCA.

PREVENTION OF COGNITIVE IMPAIRMENTS DUE TO

ASSOCIATED CEREBROVASCULAR INSUFFICIENCY

Rasulova Raykxon Pardayevna,

TMA Termez branch. Termiz. Uzbekistan.

ANNOTATION

Some neurological and somatic diseases lead to cognitive impairment. Since cognitive impairment does not always develop as a result of a primary brain disease, a general physical examination of organs and systems should be performed in addition to a neurological examination. With timely diagnosis and treatment, profound dementia is prevented. Neurodegenerative diseases – “Century diseases” (Alzheimer’s, Parkinson’s, Peak, Gentington diseases), infections and parasites, injuries, malnutrition, metabolic disorders, pathological addictions, contraindications: “New infections”, Stress-induced pathology, psychosomatic pathology is the problem of the century.

Keywords: related diseases, cognitive impairment, dementia, MMSE scale,

MOCA.

AKTUALLIK

Assosirlangan serebrovaskulyar yetishmovchilik fonida bemorlarda kuzatiladigan kognitiv buzilish darajasini erta aniqlash va davolash jarayonida zamonaviy yondoshuv orqali demensiyani oldi olinadi. Boshqa har qanday kasallik kabi, kognitiv buzilishning oldini olish yoki erta bosqichlarda aniqlash va davolashni boshlash muhim vazifa xisoblanadi. Kognitiv funksiya nafaqat xotira, balki bosh miya barcha anatoma-fiziologik funksiyalarini qamrab oladi. Ba'zi nevrologik va somatik kasalliklar kognitiv buzilishga olib keladi. O‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolashni erta boshlash orqali bemor va uning yaqinlari hayot faoliyati yaxshilanishiga erishiladi va chuqur demensiyani oldi olinadi [1,4]. Neyrodegenerativ kasalliklar – “Asr kasalliklari” (Altsgeymer, Parkinson, Pik kasalliklari, Gentington), infektsiyalar va parazitozlar, jarohatlar, noto‘g‘ri ovqatlanish, metabolik buzilishi kasalliklari, patologik qaramliklar, kontraversiyalar: “Yangi” infektsiyalar, Stressindusirlangan patologiya, psixosomatik patologiya – asr muammosi sanaladi [5,6,7].

Hozirgi vaqtda neyroplastiklik nerv sistemasining neyronlarning sifat va miqdoriy qayta tashkil etilishi, neyron birikmalari va glial elementlarning o‘zgarishi orqali o‘z faoliyatini tiklash qobiliyati sifatida aniqlanadi [1,2,8].

Surunkali assosirlangan kasalliklari bor bemorlarda kuzatiladigan kognitiv buzilish darajasini erta aniqlash jarayonida zamonaviy yondoshuvni talab etadi.

Tadqiqot maqsadi: Surunkali assosirlangan serebral kasalliklarida kognitiv buzilish darajasini aniqlash va zamonaviy davolash chorasini belgilash. “Individual” vazifalar: yaxshilash, barqarorlashtirish, progressiyani sekinlashtirish.

Materiallar va tadqiqot usullari: Tadqiqot surunkali assosirlangan serebral kasalliklari bo‘lgan 48 nafar (12 erkak 25%, 36 ayol 75%) yoshi, jinsi, ma’lumoti, kasbi turlicha bo‘lgan bemorlarni tekshirish ma’lumotlariga asoslangan. Tekshiruvdagi barcha bemorlar ambulator anketalar, bosh miya MRT tekshiruvi va shkalalar (kognitiv buzilish darajasini baxolash): MMSE (Mini Mental State Examination), soat chizish testi, MOCA (Monreal kognitiv baholash shkalasi) yordamida kognitiv buzilish darajasini hisobga olgan holda klinik va nevrologik tekshiruvdan o‘tkazildi [6,7]. Nazorat guruhiga 24 nafar bir xil jinsli va yoshdagi amaliy sog‘lom odamlar olindi.

Kognitiv buzilish darajasi o‘rtacha baholangan bemorlarga neyroprotiktiv davo maqsadida sitikolin tavsiya qilindi [1,2].

Tadqiqot natijalari: Surunkali assosirlangan kasalliklari bor shifoxonaga yotqizilgan bemorlarda xotira pasayishi kuzatilgan. Asosiy shikoyatlari ish qobiliyatini pasayishi, fikrni jamlay olmaslik aniqlandi. Xozirgi voqialarni, ism-sharif va telefon raqamlarni eslab qolish qiyinligi, yon daftarchadan foydalanishi aniqlandi. Xotira pasayishi kundalik ish faoliyatiga, mustaqil fikr yuritish va qaror qabul qilishda qiynalishga ta’sir qilishi kuzatildi.

Davolashdan oldin bemorlarda kognitiv buzilish darajasi MMSE (Mini Mental State Examination) shkalasi bo‘yicha 22±1,8 ballni tashkil qildi, bu kognitiv buzilishning o‘rta darajasini belgilaydi. Soat chizish testi tekshiruviga ko‘ra bemorlar 6±1,0 ballni tashkil etdi, bu kognitiv buzilishning nodement kognitiv buzilish, yani “peshona-po‘stloq osti” tipi kognitiv buzilishini mavjudligini ko‘rsatadi, kognitiv buzilishning bu turi 32 nafar bemorda aniqlandi (66,7% bemorda).

MOCA (Monreal kognitiv baholash shkalasi) shkalasiga ko‘ra kognitiv buzilish ko‘rsatkichlari 22±2,2 ballni tashkil etdi, bu o‘rtacha kognitiv buzilish darajasini belgilaydi.

1-rasm: Tekshiruv va nazoratdagi bemorlar kognitiv buzilish darajasini baxolash (ball)

Tekshiruvdagi bemorlarnig 38 nafariga bazis terapiyaga qo‘shimcha tarzda xolin alfoscerat 1000-4,0 dan v/i.ga 20 kun. Terapiya kursi 3 oyda 2 marta takrorlandi. 10 nafar bemor hamrox kasalliklarining asosiy bazis terapiyasini qabul qildi.

MMSE

shkalasi (ball) Soat chizish

testi (ball) MOCA (ball)

Tekshiruvdagi

Nazorat

2-rasm: Asosiy terapiya va gliyaton qabul qilgan bemorlarda kognitiv buzilish darajasi dinamikada ifodalanishi

Tekshiruv va kuzatuv natijasiga ko‘ra surunkali assosirlangan kasalliklari bo‘lgan bemorlar bazis terapiyaga kognitiv buzilish jarayonini sekinlashtirish va ish qobilyatini oshishiga qo‘shimcha tarzda Xolin alfoscerat qo‘llash orqali erishilganligi aniqlandi. Xolin pozitiv terapevtik natija va xotira xamda xulq-atvorni yaxshilaydi.

Terapiyadan oldin

Terapiyadan

keyin 3 rasm: Bazis terapiya + xolin alfoscerat qabul qilgan va bazis terapiya qabul qilgan bemorlar kognitiv buzilish darajasi dinamikada ifodalanishi

XULOSA

Surunkali assosirlangan kasalliklari bor bemorlarni xolin bilan uzoq muddatli terapiya kognitiv funktsiyalarni sezilarli darajada yaxshiladi va barcha yosh guruhlaridagi bemorlarning hayot sifatini yaxshi tomonga o‘zgartirdi, ish qobilyatini oshirdi. Tekshiruv va kuzatuv natijasiga ko‘ra “Individual” vazifalarga: yaxshilash, barqarorlashtirish, progressiyani sekinlashtirishga erishildi. Og‘ir surunkali kasallik bo‘lsa ham, kasallikning eng erta tashxisi va davolanishga kompleks yondashuv bemorlarning xayot faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi va ularning umr ko‘rish davomiyligini oshiradi.

6,5

Bazis terapiya +

xolin alfoscerat

Bazis terapiya

ADABIYOTLAR

1. Gusev, E.I. Nevrologiya va neyroxirurgiya: 2 jildda / E.I. Gusev, A.N. Konovalov, V.I. Skvortsova. –– M.: “GEOTAR-Media” nashriyot guruhi, 2007. –– T. 1. –– 612 b.

2. Gusev, E.I. Nevrologiya va neyroxirurgiya: 2 jildda darslik / E.I. Gusev, A.N. Konovalov, V.I. Skvortsova. –– M.: “GEOTAR-Media” nashriyot guruhi, 2013. –– T. 1. –– 624 b.

3. Gusev, E.I. Nevrologiya va neyroxirurgiya: 2 jildda darslik / E.I. Gusev, A.N. Konovalov, V.I. Skvortsova. –– M.: “GEOTAR-Media” nashriyot guruhi, 2013. –– T. 2. –– 419 b.

4. Latisheva, V.Ya. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va chaqaloqlarning nevrologik tekshiruvi: ta'lim usuli. nafaqa / V.Ya. Latisheva, M.V. Olizarovich. –– Gomel: EE “Gomel davlat tibbiyot universiteti”, 2007. –– 55 p.

5. Latisheva, V.Ya. Nevrologiya va neyroxirurgiya: darslik. nafaqa / V.Ya. Latisheva, B.V. Drivotinov, M.V. Olizarovich. –– Minsk: Vish. maktab, 2013. –– 511 b.: kasal.

6. Latisheva, V.Ya. Miya travmatik shikastlanishi: tasnifi, klinik ko'rinishi, diagnostikasi va davolash: darslik. nafaqa / V.Ya. Latisheva, M.V. Olizarovich, V.L. Sachkovskiy. - Minsk: Oliy maktab, 2005. - 110 p.

7. Petruxin, A.S. Bolalar nevrologiyasi: darslik: ikki jildda / A.S. Petruxin. –– M.: GEOTAR-Media, 2009. –– T. 1. –– 272 b.

8. Petruxin, A.S. Bolalar nevrologiyasi: darslik: ikki jildda / A.S. Petruxin. –– M.: GEOTAR-Media, 2009. –– T. 2. –– 560 b.

9. Asab tizimi kasalliklarining klinik diagnostikasini shakllantirish bo'yicha qo'llanma / Ed. V.N. Shtoka, O.S. Levina. –– M.: MChJ “Med. ma `lumot agentlik”, 2006. –– 520 b.

10. Kranial nervlar (anatomiya, diagnostika, davolash va reabilitatsiya): darslik. nafaqa / V.Ya. Latisheva [va boshqalar]. - Minsk, Belarus". - 2003. - 95 b.

11. Yaxno, N.N. Umumiy nevrologiya: tibbiyot universitetlari talabalari uchun darslik / N.N. Yaxno, V.A. Parfenov. –– M.: Med. ma `lumot agentlik, 2006. –– 199 b.

12. Yaxno, N.N. Xususiy nevrologiya: darslik. Tibbiyot universitetlari talabalari uchun qo'llanma / N.N. Yaxno, V.A. Parfenov. –– M.: Tibbiy axborot agentligi, 2006. –– 186 b.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.