ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ASTRONOMIYADAN MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTER PAKETLARI VA INNOVATSION DASTURLARDAN FOYDALANISH

초록

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgach, u jahon hamjamiyatida va rivojlanish taraqqiyotida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi, shuningdek, XXI asr – axborot texnologiyalari asri va axborotlashgan jamiyat sari ildam qadamlar bilan kirib keldi. Shu bois ham bugungi ilg‘or ta’lim berish jarayonida informatika va axborot texnologiyalarining o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Bugungi kunda har bir pedagog uchun ushbu axborot texologiyalari uning o‘quv ishlanmasida eng yetakchi vazifani bajarmog‘i lozim.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

PAKETLARI VA INNOVATSION DASTURLARDAN FOYDALANISH

Haydarova Dilorom- Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi,

Ilmiy rahbar: Sayfullayeva Gulhayo- Navoiy davlat pedagogika instituti

dotsenti

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishgach, u jahon hamjamiyatida va rivojlanish taraqqiyotida o‘zining munosib o‘rnini mustahkam egallab oldi, shuningdek, XXI asr – axborot texnologiyalari asri va axborotlashgan jamiyat sari ildam qadamlar bilan kirib keldi. Shu bois ham bugungi ilg‘or ta’lim berish jarayonida informatika va axborot texnologiyalarining o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Bugungi kunda har bir pedagog uchun ushbu axborot texologiyalari uning o‘quv ishlanmasida eng yetakchi vazifani bajarmog‘i lozim. Chunki, o‘quvchi yoshlar ongida dars ishlanmasi yaqqol puxta ochib berilishi lozimdir. Ana shundagina ta’lim yanada sifatli hamda maroqli tarzda o‘quvchilar ongida shakllanadi. Yetakchi ta’lim bilan bir qatorda o‘quvchilarga axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish masalasi ham turadi. Chunki, hozirgi kunda insoniyat, shuning-dek, informatika fani muqarrar haqiqat bilan yuzma-yuz kelmoqda. Uning asosiy masalasi, muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo‘lmaganuchramagan axborot inqirozini (behisob ko‘payib ketishini) yengib o‘tishdir. Ammo qo‘yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmuyi bo‘lgan komputer texnikasi va global tarmoqlar, Internet umumjahon tarmog‘idan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin.

Zamon talablariga mos mutaxassislarni shakllantirishda kam samarali an’anaviy o‘qitish metodlari o‘rniga ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya imkoniyatlariga tayanadigan hamda o‘quvchi talabalarni o‘quv jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yangi axborot texnologiyalari, innovatsion pedagogik va interaktiv metodlardan foydalanib o‘qitishni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda o‘qitish maqsadi va usullarini o‘zgarishiga qarab fan predmetlarini mavjud o‘qitish metodlarini zamonaviy talablar asosida qayta takomillashtirish zarurati yuzaga keladi.

Ta’kidlash kerakki, hozirda ko‘plab fanlarni o‘qitishda turli innovatsion metodlarni amaliyotda joriy etilib samarali natijalarga erishilayotgan bo‘lsada, bu holatni astronomiya fani uchun aytish qiyin. Gap shundaki, astronomiya fani oldinlari alohida fan sifatida o‘qitilgan, keyinchalik uni fizika fani bilan integratsiyalab o‘qitila boshlandi, 2017 yildan yana alohida fan sifatida o‘qitilmoqda va unga juda oz soat ajratilgan.

Hozirda o‘qitilayotgan astronomiya ta’limi tahlilini ko‘rsatishicha o‘rta maktablarda astronomiyani o‘qitish sifati o‘ta past. O‘quv materiallari va o‘qitish metodlari zamon talablari bo‘yicha boyitilmagan. Bu fan o‘qituvchilarida hali ham an’anaviy holdagi nimani o‘qitish kerak tushunchasidan qanday o‘qitish orqali samarador natijaga erishish mumkin tushunchasi to‘la shakllanmagan.

Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o'rganish oliy maktab o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.