ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

BADIIY TARJIMANING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

초록

This article discusses the fact that literary communication is one of the most necessary factors for the development of any literature, how laborious the art of translation is in translating samples of Uzbek literature into English, and how poetic works differ from prose works in the same way and to the same extent. The existence of primary rules for a translator in translation, translation is a type of literary art, and translation is a science. In this sense, if a translator, as an artist of words, knows another language perfectly, but does not know his own language well, the work will be very strange and dull. The work of a translator and the relevance of literary translation today are discussed.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

BADIIY TARJIMANING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

S.T.Akobirova,

Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi

professori v.b., f.f.f.d (PhD)

Telephone: +998908055822

Annotation. This article discusses the fact that literary communication is one of the most necessary factors for the development of any literature, how laborious the art of translation is in translating samples of Uzbek literature into English, and how poetic works differ from prose works in the same way and to the same extent. The existence of primary rules for a translator in translation, translation is a type of literary art, and translation is a science. In this sense, if a translator, as an artist of words, knows another language perfectly, but does not know his own language well, the work will be very strange and dull. The work of a translator and the relevance of literary translation today are discussed.

Keywords: literary communication, translation, poetic works, rules for a translator, literary art, language, literary translation.

Аннотация. В данной статье обсуждается тот факт, что литературная коммуникация является одним из самых необходимых факторов развития любой литературы, насколько сложным является искусство перевода образцов узбекской литературы на английский язык и чем поэзия отличается от прозы так же, как поэтический перевод отличается от прозаического перевода. В переводе существуют основные правила для переводчика: перевод - это вид литературного искусства, перевод - это наука. В этом смысле, если переводчик, как художник слова, в совершенстве владеет другим языком, но плохо знает свой собственный, то работа будет очень странной и скучной. Обсуждается работа переводчика и актуальность художественного перевода в наши дни.

Ключевые слова: литературная коммуникация, перевод, поэтические произведения, правила для переводчика, литературное искусство, язык, художественный перевод.

Annotatsiya. Mazkur maqolada adabiy aloqa har qanday adabiyotning rivoji uchun nihoyatda zarur omillardan biri ekanligi, oʻzbek adabiyoti namunalarining ingliz tiliga tarjima qilinishiga tarjima sanʼatining naqadar mashaqqatli ish ekani va sheʼriy asar nasriy asardan nima bilan farqlansa, nazm tarjimasi ham nasriy tarjimadan xuddi shunday va shunchalik farqlanishi haqida fikr yuritilgan. Tarjimachilikda tarjimon uchun birlamchi qoidalar mavjudligi, tarjima - adabiy sanʼat turi, tarjima ilm Shu maʼnoda, tarjimon soʻz sanʼatkori sifatida oʻzga tilni mukammal bilgani holda, oʻz tilini yaxshi bilmasa, asar juda gʻarib, nursiz boʻladi.tarjimon faoliyati va adabiy tarjimaning hozirgi kundagi dolzarbligi haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: adabiy muloqot, tarjima, she’riy asarlar, tarjimon qoidalari, adabiy san’at, til, badiiy tarjima

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir. Albatta, Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun, avvalo, uning mustahkam iqtisodiy, moddiy-texnik asoslarini yaratish kerak” [1].

Davlat rahbari: “Biz Oʻzbekistonda “Adabiy doʻstlik – abadiy doʻstlik” degan chuqur maʼnoli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga gʻoyat jiddiy eʼtibor qaratmoqdamiz. “Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki boʻlgan mingminglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik boʻyicha oʻziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida taʼkidlash lozim” [2].

Oʻzbek adabiyoti namunalarining ingliz tiliga tarjima qilinishiga nazar tashlash mobaynida shu narsaga ishonch hosil qilish mumkinki, ham mumtoz, ham zamonaviy maʼnoda, oʻzbek adabiyoti purmazmun, zalvorli asarlarga boydir. Uni keng targʻib etish, nafaqat ingliz, balki jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilish hamisha dolzarb muammolardan boʻlib qolaveradi.

Adabiy aloqa har qanday adabiyotning rivoji uchun nihoyatda zarur omillardan. Oʻzbekistonda mustaqillik davrida adabiy aloqa va tarjima masalalariga davlat miqyosida eʼtibor berilib, keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, buni hech mubolagʻasiz adabiy aloqalarning yangi bosqichi deb atasak yanglishmaymiz.

Tarjima nima? Taʼbir joiz boʻlsa, matematika tili bilan aytganda, bu – yozuvchi yoki shoir tomonidan tarjimonga berilgan masala. Tarjimon boshqa milliy, tarixiy, adabiy muhitda, oʻzga til materiali asosida ana shu masalani yechishi kerak. Masalaning shartlari ham, yechimi ham berilgan. U ning shartlarini oʻzgartirishga tarjimonning haddi sigʻmaydi. (Adabiyotda umuman olganda shartlari asosli ravishda oʻzgartirib yechilgan masala originallik kasb etadi.) Aniq fan boʻlmish matematikada ham oʻziga xos ijodiylik bor: hatto qatʼiy shartlar asosida ifodalangan masalani ham bir nechta (baʼzan oʻnlab) yoʻllar, usullar, variantlarda yechish mumkin. Xuddi shuningdek, ayni bir avtorning muayyan asarini maʼlum bir tilga bir necha martalab tarjima qilishga yoʻl qoʻyiladi. Chunki bir tarjimaning oʻzida asl nusxaning bir yoʻla yuz maʼnosini kashf qilib boʻlmaydi – yuzinchi maʼno “dilda” boʻladi.

Shu oʻrinda adabiyotshunos olim Suvon Melining 2007-yilda aytgan fikrini yodga olaylik [3]: “Hozirgi zamon chet el adabiyoti haqida gap ketganda, aytish joizki, nimani tarjima qilish va nimani targʻib qilishni ham bilish kerak, shekilli. Gʻarbda bestsellar boʻlgan asar bizda ham shunday boʻladi, deb oʻylash xato. Bundan tashqari, bestseller va chinakam badiiy asar sifat-saviya jihatidan boshqa-boshqa hodisa ekani ham bor gap. Biri ommaviy, ikkinchisi – badiiy hodisa! Ommaviy hodisa badiiy, badiiy hodisa ommaviy boʻlmasligi mumkin. Aytaylik, Paulo Koeloning “Alximik”ka oʻxshash asarlarining shov-shuvli maqtoviga joʻr boʻlish tanqidchilik obroʻyiga putur yetkazadi, kitobxon didini chalgʻitadi. Ustiga ustak, bu adabiy kuchlarning isrof boʻlishiga olib kelmaydimi? Bu oʻrinda men “Alximik”ning bir yoʻla uch tarjimon tomonidan oʻzbekchaga agʻdarilganini nazarda tutayapman. Meningcha, “Alximik”ning loʻnda bahosi — adabiy kompilyatsiya”. (Toʻrtinchi tarjima ham nashr etilibdi, tarjimon Gulchehra Azimova. 20.02.2020.)

Sheʼriy asar nasriy asardan nima bilan farqlansa, nazm tarjimasi ham nasriy tarjimadan xuddi shunday va shunchalik farqlanadi. Sheʼriy asar, janr taqozosiga koʻra, shaklan qatʼiy chegaralangan, uning tarjimasida esa ana shu chegaralanganlik yanada ortadi. Chunki maʼlum sistema, vazn, oh angdorlik nuqtayi nazaridan muayyan bir oʻlchovga solingan badiiy asarni boshqa tilda qayta yaratish juda murakkab ijodiy jarayondirki, bu muammoni shoirlik iqtidoridan tashqari, ikki tilni mukammal egallagan mohir tarjimon -adibgina hal qila oladi (Gʻaybulloh as-Salom).

Sheʼriy tarjima dialektikasiga xos umumiy, tipik xususiyat shundaki, asl nusxaning faqat lugʻaviy mazmunini toʻkis berishga rujuv qilish uning badiiy, nazmiy tabiatiga lat yetkazadi, yoki aksincha, “sheʼr asosida sheʼr” yaratishga zoʻr berish tarjimonni – avtordan, tarjimani – originaldan uzoqlashtirib yuboradi [4] (Gʻaybulloh as-Salom).

Badiiy tarjimani adabiyotshunoslik muammolaridan ajratib amalga oshirish maqsadga muvofiq emas. Badiiy asar tarjimonining vazifasi faqat asar mazmunini, uning tilini mutanosib qayta yaratishdan iborat boʻlmay, balki muallifning individual uslubi, uning qaysi adabiy oqimga mansub ekanligini ham aks ettira olishdir. Buning uchun esa u faqat oʻz milliy adabiyotshunosligi bilan chegaralanmay, asliyat tili adabiyotshunosligi taraqqiyotini ham eʼtiborga olishi kerak.Tarjimachilikda tarjimon uchun birlamchi qoidalar mavjud. Tarjima — adabiy sanʼat turi, tarjima ilm ham. Shu maʼnoda, tarjimon soʻz sanʼatkori sifatida oʻzga tilni mukammal bilgani holda, oʻz tilini yaxshi bilmasa, asar juda gʻarib, nursiz boʻladi.

Har bir tarjima asari — oʻz davrining mahsulidir. Aytaylik, yuz yil oldin muayyan bir badiiy asarning oʻzbek tiliga qilingan tarjimasi bilan uning keyingi davrda qilingan tarjimalarini bir-biri bilan qiyoslansa, bundan turli davrlarda yashagan tarjimonlarning asar muallifini tushunish darajasi, ularning mahorati oʻrtasida koʻzga yaqqol tashlanadigan tafovutnigina emas, balki adabiy tilning turli davrlarda ishlanish darajasini ham koʻrish mumkin [5]. Shu oʻrinda Gʻaybulla Salomovning fikrini yoddan chiqazmaslik zarur [6]: “Har qanday tarjimani, xususan, badiiy tarjimalarni tadqiq qilishning eng toʻgʻri, qulay va samarali nazariy zamini stilistika, ikki til vositalari, ikki adabiy -tarixiy tajribani qiyosiy uslubiyot va tipologiya asosida tadqiq etishdir. Badiiy tarjimaga xalqlar oʻrtasidagi adabiy aloqalarning bogʻlovchi halqasi sifatida qaragan holda, uni qiyosiy-uslubiy-tipologik asnoda oʻrganish biryoqlamalikdan qochishga, badiiy tarjimaning adabiy estetik va til masalalarini qoʻshib, yaxlit va muntazam tahlil qilishga imkon tugʻdiradi”.

Tarjimon ishi masalasida shaxsiy fikrlarim: Tarjimon oʻzligidan kechib, oʻz hayotini va faoliyatini oʻzgani ishini mukammal qilishga baxshida etishga qodir boʻlgan shaxs. Masalan,har qanday adibning 10 ming kishi oʻqimaydigan asarini millionlab, kerak boʻlsa, milliardlab oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaza oladigan shaxsiyat. Butun bashariyatni, turli tilli millat va elatlardan iborat milliardlab xalqlarni biribiridan oʻrganish, ibrat olishini, muloqot qilishini, tushunishi, anglashi, oʻrganishi, saboq olishi, kerak boʻlsa, ibrat olish imkoniyatltarini begʻaraz tarzda yaratib, bashariyatga bemalol tuhfa qila olish darajasidagi muakammal maʼnaviyatli yetuk inson. Shuning uchun ham minglab adiblar bor-oʻ, ammo tarjimon yagona, sanoqligina xolos.

Tarjimonlar oʻz faoliyatlari bilan mutsaqillikning birinchi kunidan boshlab islohotlarga xizmat qilib kelmoqdalar, Yetakchilarimizni va ekspertlarimizni jahon tajribasi bilan tanishtirish hamda Oʻzbekistonni, xalqimiz qadriyatlarini, milliy adabiyotimiz va maʼnaviyatimiz ustunligini dunyoga tanitishga ular oʻz hayoti va sogʻligʻini tikib kelmoqdalar. Ayni paytda, ilm bilan ham shugʻullanib kelmoqdalar, ayniqsa. tarjimonlik va filologiya masalalari bilan, shu jumladan, davlat tilini rivojlantirish va boyitish sohasiga ham tarjimonlar oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Shuning uchun ham tarjimonlik kasbi BMT va uning YUNESKO tashkilotida oʻta noyob kasb sifatida roʻyxatga olingan.

ADABIYOTLAR

1. Mirziyoyev Sh.M. Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak // “Xalq soʻzi”, 2023-yil 23-dekabr, № 274 (8617).

2. Shavkat Mirziyoyev. “Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda oʻrganish va targʻib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik // “Xalq soʻzi”, 2018, 7-avgust.

3. Tarjima millatni jahonga tanitadi (davra suhbatini M.Saʼdiy va A.Otaboyev tayyorladi) // ”Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, 2007-yil 13-soni.

4. Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. 78- bet.

5. Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. –192 b.

6. Gʻaybulla Salomov. Tarjima tashvishlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983. 28- bet.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.