ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

초록

KIRISH: mazkur maqolada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining pedagog kadrlar tayyorlashdagi o‘rni ochib berildi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi samaradorligini oshirishi asoslandi. MAQSAD: maqola maqsadi bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash hamda uni shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik yondashuvlarni asoslashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy-tahliliy metod hamda pedagogik tajribalarni umumlashtirish kabi metodlardan foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki kasbiy kompetentlik hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi pedagoglarni zamonaviy ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorlaydi. XULOSA: xulosa oʻrnida qayd etish joizki, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish uzluksiz, tizimli va innovatsion jarayon bo‘lishi zarur. Kompetensiyaviy yondashuv, metodik tayyorgarlik hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi pedagoglarni zamonaviy ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Ushbu yondashuv biologiya ta’limining sifatini oshirish, ilmiy tafakkurga ega yosh avlodni tarbiyalash hamda raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi.


INTRODUCTION: this article analyzes the theoretical and methodological foundations of developing professional competence in future biology teachers. The study substantiates the importance of competency-based education, learner-centered approaches, and digital technologies in improving teacher training quality. AIM: the aim of the article is to identify the theoretical foundations for developing the professional competence of future biology teachers and to substantiate effective pedagogical approaches that contribute to its formation. MATERIALS AND METHODS: in the course of the study, methods such as the analysis of pedagogical and psychological literature, the comparative-analytical method, and the generalization of pedagogical experience were employed. DISCUSSION AND RESULTS: the analysis results showed that the integration of professional competence and digital educational technologies prepares teachers for effective work in the modern educational environment. CONCLUSION: in conclusion, it should be noted that the development of the professional competence of future biology teachers must be a continuous, systematic, and innovative process. The integration of a competency-based approach, methodological training, and digital educational technologies prepares educators for effective performance in the modern educational environment. This approach is a crucial condition for improving the quality of biology education, fostering a scientifically minded younger generation, and training competitive pedagogical personnel.

전체 PDF 문서

관련 논문

전문

IMKONIYATLARI

Hamdamova Nozima Mukimovna, Buxoro davlat pedagogika instituti o`qituvchisi, Buxoro, O’zbekiston Shamsiyeva Shaxrizabonu Rustamovna, Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktaranti, Buxoro, O’zbekiston

Annotatsiya

KIRISH

mazkur maqolada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining pedagog kadrlar tayyorlashdagi o‘rni ochib berildi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi samaradorligini oshirishi asoslandi.

MAQSAD

maqola maqsadi bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash hamda uni shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik yondashuvlarni asoslashdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqot jarayonida pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy-tahliliy metod hamda pedagogik tajribalarni umumlashtirish kabi metodlardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki kasbiy kompetentlik hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi pedagoglarni zamonaviy ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorlaydi.

XULOSA

xulosa oʻrnida qayd etish joizki, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish uzluksiz, tizimli va innovatsion jarayon bo‘lishi zarur. Kompetensiyaviy yondashuv, metodik tayyorgarlik hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi pedagoglarni zamonaviy ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorlaydi. Ushbu yondashuv biologiya ta’limining sifatini oshirish, ilmiy tafakkurga ega yosh avlodni tarbiyalash hamda raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi.

Kalit sо’zlar: kasbiy kompetentlik, biologiya ta’limi, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli pedagogika, metodik tayyorgarlik.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ЦИФРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ

БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ БИОЛОГИИ

Ҳамдамова Нозима Мукимовна, Преподаватель Бухарского государственного педагогического института, Бухaрa, Узбекистан Шамсиева Шахризабону Рустамовна, Базовый докторант Бухарского государственного педагогического института, Бухaрa, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в статье рассматриваются теоретические и методологические основы развития профессиональной компетентности будущих учителей биологии. Обоснована роль компетентностного подхода, личностно-ориентированного обучения и цифровых образовательных технологий в подготовке педагогических кадров.

ЦЕЛЬ

цель статьи заключается в определении теоретических основ развития профессиональной компетентности будущих учителей биологии, а также в обосновании эффективных педагогических подходов, способствующих её формированию.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫВ

в процессе исследования были использованы такие методы, как анализ педагогической и психологической литературы, сравнительно-аналитический метод, а также обобщение педагогического опыта.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

результаты анализа показали, что интеграция профессиональной компетентности и цифровых образовательных технологий подготавливает педагогов к эффективной деятельности в современной образовательной среде.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

в заключение следует отметить, что развитие профессиональной компетентности будущих учителей биологии должно носить непрерывный, системный и инновационный характер. Компетентностный подход, методическая подготовка и интеграция цифровых образовательных технологий подготавливают педагогов к эффективной деятельности в современной образовательной среде. Данный подход является важным условием повышения качества биологического образования, формирования научного мышления у молодого поколения и подготовки конкурентоспособных педагогических кадров.

Ключевые слова: профессиональная компетентность, биологическое образование, компетентностный подход, цифровое обучение.

PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN

DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE BIOLOGY

TEACHERS

Hamdamova Nozima Mukimovna, Teacher at Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan Shamsiyeva Shaxrizabonu Rustamovna, Doctaral student of Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION

this article analyzes the theoretical and methodological foundations of developing professional competence in future biology teachers. The study substantiates the importance of competency-based education, learner-centered approaches, and digital technologies in improving teacher training quality.

AIM

the aim of the article is to identify the theoretical foundations for developing the professional competence of future biology teachers and to substantiate effective pedagogical approaches that contribute to its formation.

MATERIALS AND METHODS

in the course of the study, methods such as the analysis of pedagogical and psychological literature, the comparative-analytical method, and the generalization of pedagogical experience were employed.

DISCUSSION AND RESULTS

the analysis results showed that the integration of professional competence and digital educational technologies prepares teachers for effective work in the modern educational environment.

CONCLUSION

in conclusion, it should be noted that the development of the professional competence of future biology teachers must be a continuous, systematic, and innovative process. The integration of a competency-based approach, methodological training, and digital educational technologies prepares educators for effective performance in the modern educational environment. This approach is a crucial condition for improving the quality of biology education, fostering a scientifically minded younger generation, and training competitive pedagogical personnel.

Keywords: professional competence, biology education, competency-based approach, digital pedagogy.

Jahon ta’lim tizimida kechayotgan transformatsion jarayonlar pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirmoqda. XXI asr o‘qituvchisi bilim beruvchi emas, balki ta’lim jarayonini loyihalovchi, o‘quv faoliyatini boshqaruvchi va o‘quvchilarning mustaqil bilim olishiga yo‘naltiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ayniqsa, biologiya fani tez rivojlanayotgan ilmiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, genetika, biotexnologiya, ekologiya va raqamli biologiya kabi yangi sohalarning ta’limga kirib kelishi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini yangicha mazmunda tashkil etishni talab etadi. Shu sababli pedagogik ta’lim tizimida bilimga yo‘naltirilgan modeldan kompetensiyaga asoslangan modelga o‘tish zarurati yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda biologiya o‘qituvchisi nafaqat tayanch kompetensiyaga, balki metodik, kommunikativ, raqamli va refleksiv kompetensiyalarga ham ega bo‘lishi zarur. Kompetensiyaga asoslangan ta’lim modeli mutaxassisning real pedagogik faoliyatga tayyorligini belgilovchi muhim omil sifatida qaraladi [1].Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kasbiy kompetentlik – bu nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, pedagogik tafakkuri, kommunikativ madaniyati va innovatsion faoliyatga tayyorligining integrativ majmuasidir [2]. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda kompetentlik tushunchasi faoliyatni samarali bajarish qobiliyati, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, yuqori tanqidiy fikrlash yqobiliyatining rivojlanganligi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish mexanizmi sifatida talqin etiladi. Shu nuqtai nazardan, biologiya o‘qituvchisining kompetentligi quyidagi komponentlardan iborat. Fanga oid kompetensiya – biologik bilimlarning tizimliligi, ko‘nikma va amaliy faoliyatni samarali qo‘llay olish qobiliyatidir. Ya’ni, pedagog faqat nazariy ma’lumotni bilishi emas, balki o‘sha bilimni real pedagogik yoki kasbiy vaziyatda ishlata olishi bilan tavsiflanadi. Metodik kompetensiya – o‘qitish texnologiyalarini tanlash va qo‘llash, o‘quv fanini samarali o‘qitish uchun zarur bo‘lgan pedagogik metodlar, usullar, vositalar va texnologiyalarni tanlash, loyihalash hamda amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Biologiya o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida metodik kompetensiya alohida o‘rin tutadi. Biologiya fanini o‘qitishda metodik tayyorgarlik darajasi o‘quvchilarning biologik tafakkuri va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil ekani ta’kidlangan [3]. Muallif biologiya darslarida interfaol metodlar, tajriba va kuzatishlarga asoslangan yondashuvlar orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish mumkinligini asoslab bergan. Raqamli kompetensiya – bu pedagogning axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) ongli, samarali va xavfsiz foydalanish orqali ta’lim, kasbiy faoliyat va kundalik hayotdagi vazifalarni bajarish qobiliyatidir. Kommunikativ kompetensiya – bu o’qituvchining pedagogik yoki kasbiy faoliyat jarayonida samarali muloqot qilish, axborotni aniq yetkazish, hamkorlikni tashkil etish va o‘zaro tushunishni ta’minlash qobiliyatidir. Refleksiv kompetensiya – bu pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini ongli ravishda tahlil qilish, natijalarini baholash, kamchiliklarni aniqlash va faoliyatini doimiy takomillashtirib borish qobiliyatidir. Biologiya ta’limida tajribaviy metodlar, kuzatish, modellashtirish va muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantiradi [3]. Xalqaro tadqiqotlarda ham o‘qituvchi kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa bugungi kunda virtual laboratoriyalar, 3D-modellar, simulyatsiyalar va bioinformatik platformalar biologiya ta’limining ajralmas qismiga aylanmoqda. Raqamli vositalarga virtual laboratoriyalar, web-platformalar, mobil ilovalar misol bo‘ladi. Ta’lim jarayonida virtual lobaratoriyalardan foydalanish orqali murakkab biologik jarayonlarni vizual tushuntirish, tajribalarni xavfsiz muhitda modellashtirish, talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga jalb etish imkonini beradi. Masalan, UNESCO hisobotlarida zamonaviy pedagog “digital competence”ga ega bo‘lishi ta’lim sifati bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlanadi [7]. Shuningdek, Mishra va Koehler tomonidan ishlab chiqilgan TPACK (Technological Pedagogical Content Knowledge) modeli pedagogning texnologik, pedagogik va predmet bilimlari integratsiyasini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi. Bu model biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi[8]. Bo’lajak biologiya o’qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini bir necha indikatorlar orqali aniqlash mumkin. Jumladan talabalarga turli xildagi case (muammoli holatlar), pedogogik vaziyatlar taqdim etiladi, talabalar tomonidan ushbu vaziyatlar tahlil qilinib, muqobil yechim topish qobiliyatlari, mustaqil fikrlashi, vaziyatni bosqichmabosqich tahlil qila olishi kabi jihatlar baholanadi. Bunga qo’shimcha ravishda raqamli vositalardan samarali foydalanish darajasi ham alohida indikator sifatida qabul qilinishi mumkin. Ijodiy yondashuv va refleksiya darajasi ham alohida indikator hisoblanadi. Ijodiy yondashuv – bu kasbiy faoliyatda yangi, samarali va innovatsion usullarni ishlab chiqish qobiliyati. Pedagogik jarayonda bu shuni anglatadiki, o‘qituvchi yoki mutaxassis o‘quv vaziyatlarini oddiy standartlardan tashqarida, turli usullar va g‘oyalarni qo‘llab yechadi, masalalarni yangicha hal qiladi va o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini boyitadi. Refleksiya darajasi – bu o‘z faoliyatini, o‘z qarorlarini va jarayonlarni tahlil qilish, o‘rganish va takomillashtirish qobiliyatidir. Pedagogik kontekstdagi refleksiya shuni bildiradiki, mutaxassis o‘z ish uslublarini, o‘quvchilarga ta’sirini, dars strategiyalarini baholaydi va ularni yaxshilash yo‘llarini izlaydi. Kasbiy faoliyatda yangi va samarali yechimlarni ishlab chiqish hamda o‘z pedagogik ishini doimiy tahlil qilib, yaxshilash qobiliyatining rivojlanganlik darajasi orqali bo’lajak biologiya o’qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini tahlil qilish mumkin.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Muslimov N.A. Kasbiy kompetentlik va pedagogik faoliyat. – Toshkent: Fan, 2020.

2. Usmonboeva M.H. Pedagogik kompetensiya nazariyasi. – Toshkent, 2021.

3. Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

4. Abduqodirov A.A. Ta’limni axborotlashtirish nazariyasi. – Toshkent, 2016.

5. Ergasheva G.S. Kasbiy kompetensiyani shakllantirish bosqichlari. – Toshkent,

2019.

6. Axmedova N.K. Raqamli ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2023.

7. UNESCO. ICT Competency Framework for Teachers. – Paris, 2018.

8. Mishra P., Koehler M. Technological Pedagogical Content Knowledge

Framework. – Teachers College Record, 2006.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.