mazkur maqolada boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarining dars jarayonidagi pedagogik samaradorligini oshirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy taʼlimda jismoniy tarbiya darsining faqat harakat koʻnikmalarini shakllantirish vositasi emas, balki oʻquvchilarda sogʻlom turmush madaniyati, ijtimoiy faollik, intizom, oʻz-oʻzini nazorat qilish va shaxsiy masʼuliyatni rivojlantiruvchi kompleks pedagogik jarayon ekanligi bilan izohlanadi. Boʻlajak oʻqituvchining samarali dars tashkil etishi kasbiy bilim, metodik mahorat, pedagogik muloqot, motivatsion boshqaruv, xavfsizlikni taʼminlash, differensial yondashuv va refleksiv tahlil qobiliyatining uygʻunlashuviga bogʻliq. Maqolaning maqsadi jismoniy tarbiya darsida pedagogik samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi kompetensiyaviy, shaxsga yoʻnaltirilgan, faoliyatli, differensial, sogʻlomlashtiruvchi va refleksiv yondashuvlarning nazariy mazmunini asoslashdan iborat. Ishda nazariy tahlil, qiyosiy taqqoslash, ilmiy manbalarni interpretatsion sharhlash, pedagogik modellashtirish va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanildi. Zamonaviy taʼlim tizimida jismoniy tarbiya fani oʻquvchilarning faqat jismoniy rivojlanishini taʼminlovchi oʻquv predmeti sifatida emas, balki ularning sogʻlom turmush tarzi, ijtimoiy faolligi, intizomi va psixofiziologik barqarorligini shakllantiruvchi muhim pedagogik tizim sifatida qaralmoqda. Boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlash jarayonida nazariy bilimlarni alohida oʻzlashtirish va real pedagogik vaziyatlarni yetarli darajada modellashtirmaslik oqibatida talabalarda yuklamani meʼyorlash, xavfsizlikni nazorat qilish va darsni refleksiv tahlil qilishda metodik qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, bu esa ushbu nazariy asoslarni amaliy sharoitda ongli qoʻllash samaradorligini oshirishni dolzarb muammoga aylantiradi.
В данной статье анализируются теоретические основы повышения педагогической эффективности будущих учителей физической культуры в процессе урока. Актуальность исследования определяется тем, что современный урок физической культуры рассматривается не только как средство формирования двигательных навыков, но и как комплексный педагогический процесс, направленный на развитие культуры здорового образа жизни, социальной активности, дисциплины, самоконтроля и личной ответственности учащихся. Эффективная организация урока будущим учителем зависит от интеграции профессиональных знаний, методического мастерства, педагогического общения, мотивационного управления, обеспечения безопасности, дифференцированного подхода и рефлексивного анализа. В данной статье анализируются теоретические основы повышения педагогической эффективности будущих учителей физической культуры в процессе урока. Актуальность исследования определяется тем, что современный урок физической культуры рассматривается не только как средство формирования двигательных навыков, но и как комплексный педагогический процесс, направленный на развитие культуры здорового образа жизни, социальной активности, дисциплины, самоконтроля и личной ответственности учащихся. Эффективная организация урока будущим учителем зависит от интеграции профессиональных знаний, методического мастерства, педагогического общения, мотивационного управления, обеспечения безопасности, дифференцированного подхода и рефлексивного анализа.