ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining didaktik-metodik kompetentligi xususiyatlari

초록

Ushbu maqola bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining didaktik metodik xususiyatlari, ularning kompetentligini rivojlantirish haqidagi fikr mulohazalardan iborat, o‘qituvchi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Badalov Kamoliddin Rahmat o`g`li

Termiz Iqtisodiyoy va servis universiteti

O`qituvchisi

kamoliddinb24@gmail.com

+998996776515

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining didaktik-metodik kompetentligi

xususiyatlari

Annotatsiya: Ushbu maqola bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining didaktik metodik xususiyatlari, ularning kompetentligini rivojlantirish haqidagi fikr mulohazalardan iborat, o‘qituvchi.

Abstract: This article consists of didactic methodical features of future elementary school teachers, opinions on the development of their competence, teacher.

Аннотация: В данной статье изложены дидактически-методические особенности будущих учителей начальной школы, мнения по вопросам развития их компетентности учителя.

Kalit so`zlar: boshlang‘ich, kognitiv, didaktik-metodik, emotsional, pedagogika, shaxs.

Key words: elementary, cognitive, didactic-methodical, emotional, pedagogy, personality.

Ключевые слова: элементарный, познавательный, дидактикометодический, эмоциональный, педагогика, личность.

Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirishda kognitiv komponentning ta’limiy jihatlarini shakllantirgan holda didaktik-metodik kompetentlikning barcha tarmoq sohalarida identifikatsiyalash bilan ta’lim sub’ektining ta’lim ob’ekti, guruh, guruh vakiliga o‘xshatish yoki tenglashtirishda emotsional-kognitiv anglash jarayonlarini alohida ajratib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Akademik R.X.Djuraev muallifligi asosida yozilgan pedagogik atamalar lug‘atida kognitiv, kognitiv ta’lim, kognitiv uslub, tushunchalari tahliliga quydagicha to‘xtalib o‘tilgan:

Kognitiv – shaxsning mustaqil fikrlash jarayoni.

Kognitiv ta’lim – alohida iqtidorli bolalarga ta’lim-tarbiya.

Kognitiv uslub – 1) shaxsning bilish jarayoni strategiyasida qo‘llaydigan o‘ziga xos bilish xususiyatlari; 2) maxsus tanlangan testlar to‘plamiga ko‘ra nazorat qilish usuli yoki xususiy bilish ko‘rsatgichlari majmui sifatlari deb ta’riflangan.

Kognitiv (lotinchadan - cognitio) – bilish. Shaxsning kognitiv nazariyasiga Dj.Kelli shunday to‘xtalib o‘tgan, har bir inson turli murakkablik va mazmunga ega bo‘lgan bilishga oid “shaxsiy tuzilishlar” tizimini tuzadi, u orqali tashqi olamga, boshqa insonlarga va o‘ziga baho beradi, inson xulqi uning bilimi bilan, ya’ni xabardorligi bilan belgilanadi deb etirof etgan. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda kognitiv ta’lim ham asosiy komponent sifatida quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi.

Pedagogikada o‘qituvchi bilimlari tizimining vazifasi – didaktik faoliyatning metodologik asosi sifatida va amaliy xatti-harakatlarning bevosita sifatida ikki tomonlama belgilanishini keltirish zarur (N.V.Kuzmina, I.G.Ogorodnikov, M.N.Skatkin, V.A.Slastenin, S.I.Arxangelskiy, V.V.Kraevskiy va b.q.

Motivatsion komponent motivlar tizimini kiritadi, ular faoliyatga (S.L.Rubinshteyn), jumladan o‘quv faoliyatga ongli undashni, insonning xulqi umuman belgilanadigan barcha psixik jihatlarning majmuini (P.M.Yakobson) ifodalaydi. Har qanday faoliyatda ish xususiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashqi motivatsiyani hamda mazmunli (M.G.Yaroshevskiy ta’biri boyicha) ichki motivatsiyani ajratish mumkin. Mazkur komponent ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib (A.N.Leontev, V.N.Myasishev, P.M.Yakobson va b.q.), ular o‘qituvchini tayyorlashda uni tizim hosil qiluvchi sifatida qarash lozim.

N.L.Abulxanova-Slavskaya, L.N.Kogan va b.q. pedagog shaxsining qadriyatli komponentini ajratadilar. Mazkur tadqiqot ishi doirasida biz didaktik-metodik kompetentlikning har bir sohalarida motivatsion-qadriyatli komponentni ajratamiz. Motivatsion-qadriyatli komponent, didaktik sohadagi bilimlarni qadriyatli o‘zlashtirish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga yo‘nalganlikni ta’minlab, o‘z ichida motivlarni hamda bo‘lajak o‘qituvchini didaktika bilan bog‘liq qadriyatlarni kiritadi.

A.K.Markova, E.D.Telegina, V.T.Podvoyskiy va b.q. o‘quv va didaktik faoliyatning ijodiy motivatsiyasini ajratadilar. Tadqiqotchilar har bir talaba – bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida, shuningdek, amaliyotchi o‘qituvchilarda ustun va boysunuvchi motivlarni ajratish bilan ierarxik tashkil etilgan, tartibga solinadigan motivlarning o‘ziga xos tizimining mavjudligini ta’kidlab o‘tadilar.

Bilishga oid motivlar va didaktik-ijodiy yutuqlar motivlarining ahamiyatli hisoblanadi. Ijtimoiy aniqlash motivlari ota-onalarning, o‘quvchilarning, hamkasblar, kursdoshlarning hurmatini qozonishga intilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shaxsiyobro‘li motivlar didaktik faoliyatda shaxsning o‘z-o‘zini amalga oshirishi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadilar. Bilishga oid motivlar o‘z bilimlarini doimiy rivojlantirishga intilish, psixologiya va pedagogikadagi murakkab nazariy va metodologik muammolarni o‘rganishga, muayyan pedagogik texnologiyalarini egallashga yo‘nalganlik ko‘rinishida ifodalangan.

Faoliyatning individual uslubi pedagogik texnologiyani kiritish yoki uni idrok etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida OTMdagi individual uslubni shakllantirish va o‘z-o‘zi rivojlantirish zarur ekanligini ko‘rsatadi.

Individual-ijodiy komponentning shakllanishi jarayonida bo‘lajak o‘qituvchining o‘zini ma’lum ijodiy individuallik sifatida anglashini, kelgusi takomillashtirish va tuzatish kiritishni talab etuvchi didaktik-shaxsiy sifatlarini aniqlashini hamda o‘z individualligini ma’lum pedagogik texnologiya bilan bog‘lashini nazardada tutadi.

Didaktik-metodik kompetentlikning barcha sohalariga kiradi. Pedagogik refleksiyaga bag‘ishlangan tadqiqotlarga tayanib (V.V.Kraevskiy, A.K.Markova va b.q.), pedagogik refleksiya ostida quyidagilarni tushunamiz: o‘qituvchining o‘z faoliyati asoslarini anglashi, uning davomida o‘z shaxsiy qobiliyatlari, didaktik xattiharakatlarini baholash va qayta baholash sodir bo‘ladi, pedagogik vaziyatlar hisobga olinadi va h.k.

Mazkur komponent quyidagi ko‘nikmalardan tashkil topgan: pedagogik faoliyat natijalarini, tahlil uchun namunalar va sxemlarning mavjudligida o‘quvtarbiya jarayoni loyihalashtiradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi – bu bir-ikki aloqador fanlarni emas, balki maktabning mazkur bosqichida barcha o‘quv fanlarining asosini o‘qitish bilimlari va metodikalarini egallagan umumiy o‘rta maktabdagi yagona mutaxassisdir. U har kuni 3-4 fan mutaxassislarining tor rolini bajaradi, shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi alohida fanlar boyicha metodik bilimlarni sintezlashiga to‘g‘ri keladi. Mazkur qoida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari didaktik faoliyatlarining metodik sohasini ajratishga asos bo‘lib xizmat qildi. A.A.Verbitskiy pedagogning didaktik muhim komponentlari kompleksiga hozirgacha hal etuvchi ahamiyatli sifatida xizmat qilmagan komponentlarni qo‘shadi: o‘qituvchining umumiy madaniyatining yuqori darajasi, psixologik-pedagogik va metodik kompetentligi. Didaktik-metodik kompetentlikning tahlili dasturi quyidagi bo‘limlardan tashkil topdi:

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi didaktik faoliyatining o‘ziga xosligini aniqlash, uni shakllantirishning sharoitlarini aniqlash;

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari didaktik-metodik kompetentliklarining funktsional va strukturaviy komponentlari mazmunining tahlili va holatini o‘rganib chiqish.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining didaktik-metodik kompetentligi ostida o‘qituvchining didaktik faoliyati uchun zarur bo‘lgan va mazkur kompetentlikni didaktik kompetentlikning xususiy ko‘rinishi sifatida ajratishga imkon beruvchi pedagogik ob’ektlar bilan ishlash bilim, ko‘nikma, malakalari va maqbul metodlari birligi tizimini tushunamiz.

Mazkur tadqiqot vazifalarini hal etishda talabalarida didaktik-metodik kompetentlik shakllanganligi holati ta’kidlovchi tajriba-sinov davomida o‘rganib chiqildi. Didaktik-metodik kompetentlikda kognitiv komponentni ajratib, biz o‘qituvchining pedagogik jarayonni samarali amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan pedagogda didaktik bilimlar tizimini shakllantirishni nazarda tutamiz. Bizning tadqiqotimizda didaktik-metodik kompetentlik pedagogik jarayonni ko‘rish jarayonida mazmunli va operatsional bilimlarning birligini nazarda tutadi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida didaktik bilimlar shakllanganligining holatini taxlil qilamiz. O‘qituvchilik toifalarini: didaktik kompetentlik, didaktik-metodik kompetentlik, pedagogik texnologiyani o‘rganishimizda ma’lumotlarning tahlili ahamiyati katta bo‘ldi. So‘rov metodlari anketa, intervyu, suhbat yordamida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining sifatli tahlili mazkur pedagogik toifalarni anglashda quyidagi yo‘nalishlarni ajratishga imkon berdi.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarni yagona tushunish mavjud bo‘lmaganligi sababli, o‘qituvchilar orasida bu atama mazmuni boyicha turli ma’nolarda qo‘llanadi: pedagogik jarayonni amalga oshirish boyicha xatti-harakatlar tizimi sifatida, o‘qituvchi va o‘quvchilar xatti-harakatlari ketma-ketligi sifatida, pedagogik usullarning ma’lum to‘plami sifatida, pedagogik tizim tavsifi va h.k.

«Didaktik-metodik kompetentlik», «didaktik kompetentlik» tushunchalarini ta’riflashda o‘qituvchilarning ish stajlaridan qat’iy nazar qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bunda ularning bir qismi didaktik-metodik kompetentlikning yuqori darajasini belgilovchi mezon bo‘lib, o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish boyicha alohida amaliy usullarning ma’lum miqdorini bilish va egallash deb hisoblaydilar. O‘qituvchilarning boshqa qismi maqsad va vazifalar, ma’lum mavzuning mazmuniga eng ko‘p mos keluvchi pedagogik ta’sir etish vositalari va usullarini tanlashga ko‘maklashuvchi shaxsiy sifatlar va ko‘nikmalarning mavjudligiga katta ahamiyat berdilar.

O‘z didaktik faoliyatida u yoki bu psixologik-pedagogik g‘oyani amalga oshiruvchi o‘qituvchi talabalarni ijodiy izlanishga undaganliklari va bu bilan didaktikmetodik kompetentlikni shakllantirishga ta’sir etishlarini ta’kidlash zarur.

Shu tariqa, ma’lum pedagogik amaliyotni kuzatish, tushunish va tahlil qilishdan kelib chiqqan holda biz ta’kidlashimiz mumkinki: pedagog o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishda qanday maqsadlar, qadriyatlar, ideallarga asoslansa, boshqarish xususiyati va uning ta’limiy natijalari, shuningdek ma’lum pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi ham shunday bo‘ladi hamda bu bilan o‘qituvchining didaktik-metodik kompetentligining u yoki bu darajasi belgilanadi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining didaktik-metodik kompetentligining o‘ziga xosligi boshlang‘ich ta’limda ta’lim va tarbiyaning maqsadi va vazifalari, bola shaxsini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining yosh xususiyatlari va bilishga oid imkoniyatlari; boshlang‘ich sinflarda elementar asoslari o‘rganiladigan qator fanlarning mazmuni va mantiqi bilan; quyidagi maktab turlari kiruvchi zamonaviy ta’lim muhitining o‘zgarishi bilan belgilanadi: an’anaviy maktab (bilim berishga yo‘naltirilgan), bir yoki bir necha fanlarni chuqurlashtirilgan o‘rganish bilan maxsus maktablar, gimnaziyalar, litseylar, mualliflik dasturlariga, yangi metodlar, o‘qitish vositalaridan foydalanishga asoslangan innovatsion maktablar, rivojlantiruvchi turdagi maktablar (L.V.Zankov boyicha, D.B.Elkonin bo`yicha, V.V.Davidov boyicha o‘qitish), bir yoki bir necha ta’lim tizimlariga yo‘naltirilgan maktablar.

Didaktik-metodik kompetentlik shakllanganligining ma’lum o‘quv-pedagogik vazifalar turlarini yechish ko‘nikmalarining rivojlanganligi darajasiga bog‘liqligini ta’kidlash lozim. Didaktik-metodik kompetentlikning yuqori darajasiga ega o‘qituvchi didaktik faoliyat natijalari ishonchliligi va barqarorligining yuqori darajasi bilan ajralib turadi, pedagogik vazifalarning turli guruhlarini bir xilda muvaffaqiyatli hal etadi.

Bizning tadqiqotimiz, pedagogik texnologiyalar darajasidagi ish hozirgi vaqtda har bir o‘qituvchi uchun ham amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hisoblanadi. Didaktik-metodik kompetentlikda mos bilim, ko‘nikma va metodlarning mavjudligi pedagogik texnologiyani yanada to‘liq egallashga imkon berishini amalga oshirishni nazarda tutadi.

O‘qituvchilar, maktab direktori, direktor o‘rinbosarlari, OTM o‘qituvchilari bilan suhbatlarning natijalari to‘liqligigada’vo qilmagan holda, kompetentsiyaviy faoliyatni ta’minlovchi quyidagi sharoitlarni ajratishga imkon beradi:

1) o‘rganish predmeti sohasidagi chuqur bilimlar, o‘qituvchining u yoki bu o‘qitish texnologiyasidagi printsiplar, kontseptual g‘oyalarni anglashi;

2) maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalash, tashkil etish va boshqarishning alohida metodlari, usullarining keng ko‘lamini erkin qo‘llay olishi;

3) o‘qitish metodlari tizimini qurish, pedagogik texnologiyalar doirasida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish mantiqini texnologiyani tanlashning to‘g‘riligini ta’minlovchi o‘quvchilarning haqiqiy shaxsiy tavsiflari bilan bog‘lash ko‘nikmasining rivojlanganligi;

4) u yoki bu pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish va undagi printsiplar va kontseptual g‘oyalar doirasida uni tuzatish davomida refleksiya qobiliyatiga egalik.

Bizning tadqiqotimizda mezon bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z majburiyatlarini ongli bajarishga qanchalik tayyorligi to‘g‘risida xulosaga kelish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichni ifodalaydi. Boshqacha aytganda, mezon – tashhis etiladigan sifat, shaxs xususiyati yoki o‘quv-didaktik ko‘nikmaning shakllanganligi darajasi ko‘rsatkichi.

Adabiyotlar

1. N. V. Kuzmina. Pedagogik faoliyatni tadqiq qilish usullari.

2. Markova A.K. Professionalizm psixologiyasi / A.K.Markova.  M.: Znanie, 1996 yil

3. Badalov K. R. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning pedagogik shart sharoitlari.. «МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ

БИЛИМЛЕНДИРИЎ» № 2/2Нөкис — 202

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.