ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART - SHAROITLARI

초록

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali tarbiyachilar ijodiy yondashuv, innovatsion fikrlash, hamda zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkinligi asoslab berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART - SHAROITLARI

Saidova Dilnoza Baxtiyor qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti

saidovadilnoza366@gmail.com

ORCID:009000467960724

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali tarbiyachilar ijodiy yondashuv, innovatsion fikrlash, hamda zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada pedagogik jarayonda raqamli texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar — texnik, metodik va psixologik omillar tahlil etilgan. Muallif ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli resurslarni integratsiyalash orqali tarbiyachilar faoliyatida ijodkorlikni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni ilgari suradi.

Kalit so‘zlar: bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy ijodkorlik, raqamli texnologiyalar, pedagogik shart-sharoitlar, innovatsion ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli kompetensiya

KIRISH.Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagog kadrlar, xususan, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. XXI asrda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga chuqur integratsiyalash, shuningdek, pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Ana shunday sharoitda tarbiyachilar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, shuningdek, ijodkorlik bilan faoliyat yuritishi talab etiladi.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar nafaqat ta’lim mazmunini boyitmoqda, balki tarbiyachining kasbiy shakllanishida ham muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Interaktiv platformalar, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali tarbiyachilarning o‘qitish va tarbiyalash jarayonidagi yondashuvlari takomillashmoqda. Raqamli muhitda samarali ishlash, innovatsion vositalardan ijodkorona foydalanish tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, ularni samarali yo‘lga qo‘yish muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari, ularni tatbiq etishdagi pedagogik, metodik va texnologik shart-sharoitlar, shuningdek, tarbiyachilar faoliyatida ijodkorlikni shakllantirishga oid mexanizmlar atroflicha yoritiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashga oid ilmiy-tadqiqotlar soni ortib borayotgan bo‘lishiga qaramay, ularning bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishdagi roli hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu boisdan mavjud ilmiy manbalarni tahlil qilish, bu boradagi ilg‘or tajriba va nazariy yondashuvlarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlarning asarlarida raqamli texnologiyalarning pedagogik jarayonga ta’siri, ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari, o‘qituvchining raqamli kompetensiyasi, shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida ijodiy fikrlashni shakllantirishga oid fikrlar ilgari surilgan. Jumladan, A.V. Khutorskoy, E.S. Polat, T.I. Shamova, M.V. Klarin, N.S. Serova kabi pedagog-olimlar o‘z tadqiqotlarida raqamli vositalarning ta’limdagi metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlarini yoritib berganlar.

O‘zbekistonlik olimlardan esa G'.Yo. Khamidov, M.T. Ismoilov, S.Q. Juraev, D.Sh. G‘ofurov va boshqalar tomonidan raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyalash, ta’limning raqamlashtirilgan muhitini yaratish, raqamli savodxonlik va pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish masalalari atroflicha yoritilgan. Jumladan, S.Q. Juraev raqamli ta’lim muhitida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi interaktiv munosabatlarning ahamiyatini ta’kidlaydi. G‘.Yo. Khamidov esa raqamli vositalarning kasbiy kompetensiyani rivojlantirishdagi rolini chuqur tahlil qilgan.Bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy faoliyatga tayyorlanar ekan, ularning ijodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, kreativ yondashuvlar, loyiha usullari, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) bilan uyg‘unlashgan metodik ishlanmalar orqali amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bu jarayonni tezlashtiradi, samaradorligini oshiradi hamda individual yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha P. Torrens, G. Aliev, D.B. Bogoyavlenskaya kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy modellarda ijodiy tafakkur, muammoli vaziyatlarda yangicha yondashuv, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarining rivoji asosiy mezon sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ko‘nikmalarni shakllantirishda raqamli texnologiyalar — virtual trenajyorlar, interaktiv ilovalar, multimediali simulyatsiyalar va masofaviy o‘quv kurslar muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotda quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlari qo‘llanildi:

π Nazariy tahlil – mavjud ilmiy adabiyotlar, konseptual yondashuvlar, davlat ta’lim

standartlari va ilg‘or xorijiy tajriba tahlil qilindi. Bu metod orqali raqamli

texnologiyalarning tarbiyachilar tayyorlovidagi o‘rni asoslandi.

π Empirik kuzatuv – pedagogika kollejlarida va oliy ta’lim muassasalarida olib

borilayotgan ta’lim jarayonlari, raqamli vositalardan foydalanish holatlari

o‘rganildi.

π So‘rovnoma va suhbat – bo‘lajak tarbiyachilar va ularni tayyorlovchi pedagoglar

o‘rtasida kasbiy ijodkorlik va raqamli texnologiyalarning o‘zaro aloqasi yuzasidan

so‘rovnomalar tashkil etildi.

π Tajriba-sinov ishi – ayrim o‘quv guruhlari misolida raqamli texnologiyalarning

kasbiy ijodkorlikka ta’sirini amaliyotda sinovdan o‘tkazish yo‘li bilan pedagogik

shart-sharoitlar aniqlab olindi.

π Statistik tahlil – tajriba natijalari asosida kvantitativ va sifatli ma’lumotlar tahlil

qilinib, ularning pedagogik asoslangan xulosalari chiqarildi.

Ushbu metodlar orqali bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi, ularni qo‘llashdagi mavjud muammolar, shuningdek, bu borada zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar aniqlab olindi.

MUHOKAMA.Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki, raqamli texnologiyalar bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda. Biroq ularning salohiyatidan to‘laqonli foydalanish ko‘p jihatdan ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar, texnik infratuzilma, metodik ta’minot va psixologik muhitga bog‘liq.

Biroq, bu jarayonda muammolar ham kuzatildi. Jumladan, ayrim ta’lim muassasalarida internet tezligi pastligi, texnik vositalarning yetarli emasligi, pedagoglarning raqamli kompetensiyasi sustligi hamda mavjud raqamli resurslarning metodik jihatdan to‘liq ishlab chiqilmaganligi kabi omillar samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, pedagogik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga kiritishda ularni faqat texnik vosita sifatida emas, balki ta’limiy strategiya, ijodkorlikni shakllantiruvchi muhit va o‘zaro interaktiv aloqa vositasi sifatida ko‘ra bilish lozim. Aks holda, texnologiyalardan foydalanish yuzaki va formal tus oladi. Bu esa tarbiyachilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish o‘rniga, ularni passiv ishtirokchiga aylantirishi mumkin.Tadqiqot davomida aniqlangan pedagogik shart-sharoitlar qatoriga quyidagilar kiradi:

Ushbu shart-sharoitlar amalga oshirilgan taqdirdagina raqamli texnologiyalar orqali bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.Xalqaro tajriba ham ushbu holatni tasdiqlaydi. Masalan, Finlyandiya, Estoniya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda raqamli texnologiyalar asosida qurilgan ta’lim tizimlarida ijodkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli ta’lim muhitida ijodiy yondashuvlar, loyiha asosidagi o‘qitish, masofaviy hamkorlik, o‘zini o‘zi baholash va refleksiya metodlari orqali tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodiy salohiyati yuqori darajada shakllanadi.Shunday qilib, raqamli texnologiyalarni o‘qituv jarayoniga samarali jalb etish, bu boradagi shart-sharoitlarni yaratish va ularni ijodiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish bo‘lajak tarbiyachilar tayyorlovining sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

NATIJALAR.O‘tkazilgan ilmiy-nazariy tahlillar, empirik kuzatuvlar va tajriba-sinov ishlari asosida quyidagi asosiy natijalarga erishildi: Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar muhim pedagogik vosita ekanligi isbotlandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligini oshiradi, mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi va ijodiy yondashuvni

• kompyuterlar, planshetlar, proyektorlar, interaktiv

doskalar, barqaror internet aloqasi va dasturiy

ta’minot mavjud bo‘lishi;Texnik ta’minot

• raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq o‘quv-metodik

materiallar, video-darsliklar, virtual laboratoriyalar va

elektron platformalarning mavjudligi;

Metodik

qo‘llab-

quvvatlash

• erkin fikrlash, yangi g‘oyalarni ilgari surish, sinov va

xatolarga yo‘l qo‘yish imkonini beruvchi ijobiy

psixologik va pedagogik muhitni yaratish.Ijodiy muhit shakllantiradi.Kasbiy ijodkorlikni rivojlantiruvchi pedagogik shart-sharoitlar tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizimga texnik infratuzilma, metodik ta’minot, raqamli kompetensiyani shakllantirish bo‘yicha dastur va ijodiy muhitni yaratishga qaratilgan omillar kiritildi.Raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan ta’limiy faoliyatda bo‘lajak tarbiyachilarning bir qator kompetensiyalari faollashdi. Xususan:

λ kreativ fikrlash,

λ muammoli vaziyatlarni hal qilish,

λ axborot resurslaridan samarali foydalanish,

λ vizual va interaktiv materiallar bilan ishlash ko‘nikmalari aniq o‘sish

ko‘rsatdi.

Ushbu natijalar asosida raqamli texnologiyalarni pedagogik jihatdan asosli tarzda tatbiq etish bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Xulosa Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirish va rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonni sifatli va samarali tashkil etishda raqamli texnologiyalar salmoqli o‘rin egallaydi. Olib borilgan nazariy tahlillar, empirik kuzatuvlar va tajribasinov ishlari shuni ko‘rsatdiki, raqamli vositalardan oqilona va maqsadli foydalanish tarbiyachilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish, o‘quv jarayoniga yangicha yondashuvlarni tatbiq etish imkonini beradi.

Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalar orqali kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik shart-sharoitlar tizimi aniqlab olindi. Bu tizim texnik va metodik ta’minot, raqamli kompetensiyani shakllantirish, ijodiy muhit yaratish kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Tajriba ishlari raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim berilgan guruhlarda ijodiy faoliyat, tanqidiy fikrlash va kommunikativ ko‘nikmalar sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi.Shu asosda aytish mumkinki, raqamli texnologiyalarni pedagogik jarayonga samarali integratsiyalash orqali bo‘lajak tarbiyachilar:

• yangi g‘oyalarni ilgari surish,

• muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish,

• mustaqil qaror qabul qilish,

• hamkorlikda ishlash kabi kasbiy muhim kompetensiyalarni egallaydi.

Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar – bu nafaqat o‘quv vositasi, balki tarbiyachining kasbiy o‘sishi va ijodiy rivojlanishi uchun qudratli vosita hisoblanadi. Ularni ta’limga to‘g‘ri va tizimli ravishda joriy etish orqali nafaqat individual pedagogik mahorat, balki umuman olganda, ta’lim tizimining sifatini oshirishga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. SH.M. Mirziyoyev – “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan

birga quramiz” (2017), Toshkent: O‘zbekiston, 2-bet.

2. SH.M. Mirziyoyev – “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz” (2017), Toshkent: O‘zbekiston, 10-bet.

3. SH.M. Mirziyoyev – “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlar” (2017), Toshkent: O‘zbekiston, PF-5198 sonli

farmon, 7-8-bet.

4. B.R. Djurayeva, H.M. Tojiboyeva, G.M. Nazirova – “Maktabgacha ta’lim

yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari” (2015),

Toshkent: O‘zPFTTI nashriyoti, 198-bet.

5. Muslimov N.A. – “Bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish”

(2004), Toshkent: Fan, 360-bet.

6. Muslimov N.A. – “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini

shakllantirish texnologiyasi” (2013), Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti,

520-bet.

7. Sayidahmedov N. – “Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya” (2003),

Toshkent: Fan va texnalogiya, 340-bet.

8. R.A. Mavlonova, N.H. Rahmonqulova, K.O. Matnazarova, M.K. Shirinov, S.

Hafizov – “Umumiy pedagogika” (2018), Toshkent: Fan va texnalogiya, 210-bet.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.