O’STIRISHDA IBORALARNING O’RNI.
Qurbanova Umida Axror qizi Denov TPI Talim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) magistranti
Umidaqurbanova360@gmail.com
Tel. +998990312923
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili hamda oqish, ona tili va o’qish savodxonligi darslarida iboralardan samarali foydalanish natijasida o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirishning metodologik va ilmiy asoslari masalalari yoritilgan.
Аннотация
В данной статье освещены вопросы методологических и научных основ развития устной и письменной речи учащихся в результате эффективного использования выражений на занятиях родным языком и чтением, родного языка и читательской грамотности в начальных классах.
Annotation
This article covers the issues of methodological and scientific foundations of the development of students' oral and written speech as a result of the effective use of expressions in the classes of native language and reading, native language and reading literacy in primary grades.
Boshlang'ich siflarning o'qish kitobi hatto ona tili kitoblarini kuzatganimizda iboralarga oid ma'lumotlar berilmagan. Lekin boshlang'ich sinf o'qish kitoblarining aksariyatidagi matnlarda iboralar berilgani bu boshlang'ich sinflarda iboralar mavzusi dolzarb ekanligidan darak beradi. Xususan, boshlang‘ich sinf o'qish kitobida iboralar juda ko'plab matnlarda qo'llanilgan. Bu iboralar to'g'risida o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga ma'lumot berishni talab etadi.
2010 yilda qabul qilingan “Uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standartida va o'quv dasturida boshlang‘ich sinf o'qish kitobi fanidan “matndagi so'z, ibora, gaplarning ma'nolarini izohlay olish” deb uqtirilgan. O'quv dasturining mazmunida o'qish ko'nikmasi bo'limida esa “so'zlarning butunicha sidirg'a o'qish; matn mazmunini ongli o'zlashtirish shakldagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashda o'zaro bog'lanishi, tasviriy vositalarni matnda qo'llanishini bilish, maqol va iboralardan so'zlarni to'g'ri tanlay olish, mavzuni adabiy tilda talaffuz etishga o'rgatish deb belgilab qo'yilgan.
Matn ustida ishlash bo'limida “Asarda voqealarning bir-biri bilan uzviy bog'liq holda asta-sekin rivojlanib borishi, matn qismlarining mazmunan bog'liqligini mustaqil belgilay olish, asar tahlililda matndan misollar tanlay olish, asar qaxramonlarining xatti-xarakatlarini baholash, ularga o'z munosabatlarini bildirish, murakkab bo'lmagan asardan asosiy fikr (g'oya)ni ajrata olish, o'qishga bog'liq xolda nutq qo'nikmalarining shakllanishini ta'minlash, badiiy matndagi so'z ma'nolarini aniqlash, tanlab o'qish matndagi asar qaxramonlari, tabiat manzarasini ifodalash uchun zarur bo'lgan so'z va iboralarni topa olish, nasriy asar mazmunini to'liq, qiskartirib, shaxsni o'zgartirib hikoya qilish, ijodiy hikoyalar tuzish va ularga mos sarlavha topib qo'yish, o'qigan asarlari muallifi va nomlarini ayta olish, badiiy asarlarni bir-biri bilan taqqoslash, muayyan xulosalar chiqarish, darsliklardagi savol va topshiriqlar ustida mustaqil ishlash, mundarijadan foydalanish, rasmlar asosida og'zaki va yozma hikoyalar tuzish” deb belgilab qo'yilgan.
Bundan shuni bilish mumkinki, 4 sinf o'qish fanidan kitob bilan ishlash, so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish tez, to'g'ri, ravon va ifodali o'qishga erishish, o'zbek va xorijiy bolalar yozuvchilari asarlarini o'qish, badiiy asarlarni sharhi, ifodali o'qish. Asar so'z boyligini oshira borish va nutqda faol qo'llash, o'qigan asarlar yuzasidan savol topshiriqlar tuzish, badiiy asarlarni o'zaro qiyoslab, tegishli xulosa chiqarish bilan birga izoxlash, iboralar ustida ishlashga xam katta urg'u berilgan. Yana shuningdek, “Mazkur standart mezonlarning o'zaro uzviy bog'liqligi (integrasiyasi), o'qish, ona tili ta'limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omil xisoblanadi”, -deb belgilab qo'yilgan. Bunda o'qish kitobidagi matnlardagi iboralarni ona tilidan o'tilgan iboralar to'g'risidagi ma'lumot orqali iboralar ustida ishlash mumkin.
O'quvchilar lug'at boyligining muhim qismi ibora va tasviriy ifodalar tashkil etadi. Ibora odatda bir so'zga teng keladigan so'zlar qo'shilmasi bo'lib, u nutq mazmunini boyitadigan, go'zallashtiradigan va ta'sirchanligini oshiradigan muxim vositalardan biri sanaladi. O'quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish maqsadida berilgan iboralarni so'zlar o'rnida iboralarni almashtirish yoki aksincha so'zlar o'rnida iboralarni qo'llash, iboralarning ma'nosini sharhlash, berilgan iboralarga yangi ma'noli iboralar tanlash, berilgan iboralarga qarama-qarshi ma'noli iboralar tanlash kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin.
DTS talablari doirasida o'quvchilarning nutqini o'stirish, imlo savodxonligini o'stirish, talaffuz me'yorlarini shakllantirish va rivojlantirish, ifodali o'qish uchun zaruriy bilim ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish – ta'lim prinsiplariga qat'iy amal qilish, dars metodlari, vositalari va usullarini to'g'ri belgilash, ta'lim tarbiya va rivojlanishini uyg'unligini ta'minlsh, qayta xotirlash, qisman ijodiy va to'liq ijodiy topshiriqlar o'rtasidagi mutanosiblikni tanlash, ijodiy fikrlashga undaydigan o'quv topshiriqlariga keng o'rin ajratish, bilim ko'nikma va malaka hosil qilganda o'quvchilar yoshi, o'qish imkoniyatlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, bolaning savodxonligi, yozma nutq belgilarini talaffuzda almashtirish ko'nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan bu parametr orqali o'quvchining notanish bo'lgan matnni ifodali o'qiy olish ko'nikmasi aniqlanadi. Bunday miqdoriy ko'rsatkich sifatida ifodali o'qish tezligi, ya'ni bir daqiqada berilgan matndan nechta so'z o'qiy olish ko'rsatkichi olingan. O'quvchi sinfdan sinfga ko'chgan sari so'z miqdorining ham murakkablik darajasi xam ortib boradi.
4 sinfda o'qish kitobi darsligidagi matnlardagi iboralarni o'rgatishda baxs munozara darslari ancha samaralidir. O'qish darslarining samaradorligi ko'p jixatdan o'quvchilarning mustaqil ijodiy fikrlashi bilan bog'liq. Ijodiy fikrlashga o'rgatishda baxs-munozara muxim axamiyatga ega. Bu narsalarning o'ziga xos xususiyati shundaki, o'rganiladigan material o'quvchilarga oldindan ma'lum qilinadi, muxokamaga tashlanayotgan masala xususida xar bir o'quvchi o'zining shaxsiy fikrmuloxazalarini bildiradi. Baxs- munozara uchun tashlanadigan savollar o'quvchi tomonidan puxta o'ylangan bo'lishi lozim. Masalan. Iborlar yuzasidan baxs munozaraga quyidagi muammo o'rtaga tashlanishi mumkin.
1. Kim iboralar biladi?
2. Matndagi iboraning ma'nosini izoxlang.
3. Shu ibora orqali ko'proq gap tuzing va xoqazo....
Odam nutq yordamida o'qishni, fikrlarri, his-tyg'ulari, istaklarini bayon etadi va boshkalarning fikrlari, xis tuyg'ulari, istaklarini anglab oladi. Inson nutqi rang-barang.
Inson butun umr davomida o'z nutqini takomillashtirib boradi. U tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli qoydalanish oraqali nutqning go'zal, ravon, ifodali, ta'sirchan bo'lishiga intiladi. Bu jarayon ayniqsa bolalik davrida samarali tus oladi. Kichik bolalik davridan boshlab u aloqa aralashuviga extiyoj sezadi, o'zgalarning fikrini tinglash va o'z fikrini bayon qilishga tobora ko'proq zaruriyat seza boshlaydi.
Maktabda fan asoslarini o'rganish jarayonida o'quvchi nutqini rivojlantirish inson umrining boshqa davrlariga nisbatan ancha samarali kechadi. Chunki har bir bola nutqini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi va u ona tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanishga yo'l ochadi.
O'qish darsligi fan sifatida ana shu imkoniyatlarni birlashtirib, tilning fikrini ifodalashdagi yangi rang-barang qirralarini ochib beradi, nutqini go'zal olamga olib kiradi. O'qish darsi ona tili darsidek,o'quvchi nutqini yaxshilaydi, boyitadi, unga badiiy bo'yoq beradi, nafosat bag'shlaydi. Masalan 4 sinf o'qish kitobidagi matnlarni tez, to'g'ri, ravon va ifodali shqish, badiiy asarlarni sharhi, ifodali o'qish, so'z boyligini oshira borish va nutqida faol qo'llash, o'qigan asarlari yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, matndagi iboralarni nutqda to'g'ri qo'llash.
Qanday nutqni yaxshi nutq deb atash mumkin? O'quvchi nutqiga qanday talablar qo'yiladi? Bu savollarga javob topmay turib bolalar nutqining boshqa muammolari xaida fikr yuritish qiyin. O'quvchi nutqiga qo'yiladigan asosiy talablardan biri nutqning nutq sharoitiga mosligidir. Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda so'zlovchi va tinglovchining sharoiti tushniladi. Bu sharoit bexad ko'p tarkibli, serqirra bo'lib so'zlovchi va tinglovchini nutq paytida qurshab turgan barcha narsa, buyum, holatlardan tortib, ularning bilim saviyasi, kasb-kori, so'zlovchining maqsadi va imkoniyatlrigacha bshlagn barcha narsalarni o'z ichiga oladi. Nutq sharoiti nutq shaklini belgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoq turgan so'zlovich va tinglovchi faqat yozma nutq (xat. Maktub, axborot, voqeanavislik va h.k.) vositasida fikr almashtira oladi. Tabiiyki, bu nutqning o'ziga xos xususiyatlari bor. Bir-biriga yaqin turgan so'zlovchi va tinglovchi orasida fikr almashishning eng qulay yo'li og'zaki nutqdir. Og'zaki va yozma nutqning o'z nutq sharoitlariga yarasha xilma-xil xususiyatlari bor. Chunonchi, so'zlovchi ko'p bo'lsa, so'zlovchining baland ovozda to'xtamlarga rioya qilib, imo-ishoralardan kamroq foydalanib, fikrini izchil va birbiriga bog'liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o'ziga xos ko'rinishi, o'quvchining masalalarini yoritish yoki uy topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida ma'lum bir mavzuni sinfda, biror yig'inda ochib berishdagi nutqida o'z aksini topadi. Shuning uchun bunday nutqda fikr izchilligi, gaplarning o'zaro to'g'ri bog'lanishi, bog'lovchilar, olmoshlar, soxa atamalari, iboralar, ovoz tembri, ohang kabilarni to'g'ri qo'llashga alohida e'tibor berish lozim.
O'quvchining bunday nutqi uzundan-uzun jumslalardan ortiqcha so'zlardan xoli bo'lishiga, nutq yaratilayotgan paytda o'quvchining so'zlovilarga nisbatan qanday turishga, qo'l, ko'z, bosh, bo'yin, oyoq harakatlariga alohida e'tibor berish kerak. Nutq sharoitining muxim tarkibiy qismlaridan biri so'zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishidir. Bu nutqning eng zaruriy tarkibiy qismlaridan biridir. Xalqimiz bunga juda katta e'tibor bergan. Shuning uchun “So'zim aytgin uqqancha”-kabi maqollarda xam nutqning tinglovchilarga tushunarli qilib bayon etish zaruriyati ta'kidlangan. Dindorlar orasida bir rivoyat keng tarqalgan. Tasavvuf ilmining buyuk namoyondalaridan biri Mansuri Xalloj (858-920 yilar) dunyoqarashiga binoan har bir odam Haqning bir zarrasidir. Shuning uchun u “Anal haq” (men ham haqman)-deb aytgan. Uni xudolikka da'vo qilayapti, deb bu so'zi uchun dorga osib o'ldirganlar. Shunda birovlar Mansuri Xallojni haq -to'g'ri, boshqalar nohaq- noto'g'ri deb baholashgan. Muridlari Mansuri Xallojnining xaq yoki nohaqligini aniqlash maqsadida buyuk olim Abdullo Ansoriyga (1066-1088) murojaat qilganlar.
Ansoriy bu haqda lo'ndagina javob beradi: “So'zim tushungancha aytish kerak”. Agar Mansuri Xalloj olimlar va fozillar orasida ya'ni, “Anal haq” ma'nosini tushunadigan davrada shu gapni rytganida uni o'ldirmasliklari mumkin edi. Bu gapni tushunmaydigan avom oldidida aytish “men haqman” deyish xudolikka da'vo qilish bilan teng va bunday shaxs shariat hukmiga ko'ra o'ldirilishi lozim edi.
Rivoyatdan ko'rinib turibdiki, tinglovchilarning saviyasini hisobga olish faqat nutq taqdirini emas, balki notiq taqdirini ham hal qiladi. Shuning uchun o'quvchilarda o'z fikrini tinglovchining saviyasini, yoshi, mavqeini hisobga olgan holda bayon qilish ko'nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor berish kerak. Buning uchun o'quvchilar bilan ayni bir fikrni, o'quvchilarga o'zidan kichiklarga, tengqurlarga, o'zidan kattalarga “yaqinlarga, yaqindan tanish bo'lmagan shxslarga ifodalash ustida muntazam ish olib borishga to'g'ri keladi. Bolalarni maktublar yozishga o'rgatish, ayni bir fikrni turli kishilarga turli xilda bayon etish ko'nikmalarini shakllantirishga samarali ko'nikmalarini shakllantirishga samarali ta'sir ko'rsatadi.
O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan yana bir muhim talab mazmundorlikdir. Shuni unitmaslik lozimki, nutq sharoitiga mos tushsa, u 7 mazmunli bo'ladi. O'quvchi faqat bilan narsalarini, o'zi xabardor bo'lgan voqea xodisalarni og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon qilishi mumkin. Aniq dalillar , kuzatish yoki taassurotlar, his tuyg'ular asosida eritilgan fikrgina o'zgalar diqqatini o'ziga tortadi. Mazmunsiz fikr na o'quvchining o'ziga, na o'zgalarga ёqadi. Ko'p xollarda o'quvchiga noma'lum narsalar voqea hodisalar haqida gapirish yoki yozish vazifasi topshiriladi. Shubxasiz, bu hol fikriy sayozlikka, mavzuning yoritilmay qolishiga sabab bo'ladi. Shu uchun o'quvchiga o'zi o'qigan, kuzatgan, bo'lgan narsalar yoki voqealar, hodisalar xususida yozish vazifasi topshirilmog'i lozim. Suhbat, hikoya, insho uchun o'qilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar shaxsiy kuzatish va taassurotlar, kundalik hayot voqealariga boy materila bo'lib xizmat qiladi. O'quvchi nutqiga qo'yiladigan talablardan yana biri fikrning mantiqan to'g'ri, aniq va izchil bo'lishidir. Nutqda har bir fikr mantiqan asolangan bo'lsagina ta'sirchanligi ortadi. Bu xar bir o'quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to'g'ri baho bera bilish, shu yo'l bilan nutqini muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. O'quvchi fikrni bayon qilayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to'g'ri bog'lay olish, mavzuga aloqador bo'lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi, qaytariq fikrlarga yo'l qo'ymasligi kerak. Nutq – mantiqiy fikrlash mahsuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog'langan. Taqqoslash shunday bir mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqealarning bir-biriga o'xshashligi va bir- biridan farqi aniqlanib olinadi, shu asosda hukm va xulosalar chiqariladi. O'quvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib mantiqan to'g'ri fikr yurita olmaydi.
Nutqning mantiqan to'g'riligi esa avvolo fikrlarning aniq va bir-biriga izchil bog'langan bo'lishi, fikr yuritilayotgan mavzudan chetga chiqmaslik mazmunda mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, majmal jumlalar bo'lmasligi, hukm va xulosalar asosli, ishonarli bo'lishi demakdir. O'quvchi nutqiga qo'yiladigan yana bir muhim talab uning boy va rang-barang bo'lishidir. Nutqning boy va rang-barangligi avvalo fikrni bayon qilishda o'zbek tilining leksik imkoniyatlari, ma'nosi, u yondosh yoki qaramaqarshi ma'noli so'zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, shuningdek nutqning badiiy qiymatini oshiruvchi vositalar maqolva materiallardan, ulkan shoir va yozuvchilarning maqol va aforizmga aylanib qolgan iboralari va jumlalaridan, badiiy asarlardan olingan parchalr va yorqin adabiy timsollardan, o'zbek halqining qochirik so'zlari va frazeologik iboralardan, o'xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag'a kabi badiiy til vositalaridan, ritorik so'roqli gaplardan foydalanshda namoyon bo'ladi. Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa go'zallik, joziba va rang-baranglik baxsh etadi.
O'quvchi nutqiga qo'yiladigan talablardan yana biri uning ariq bo'lishidir. Nutqning aniqligi bu farqat narsa, voqea-hodisani tasvirlash yoki bayon qilish emas, balki shu narsa, voqea-hodisa uchun xos bo'lgan belgilarini aniqlash, ularning tasviriga mos tushadigan so'z, so'z birikmalari, iboralarva gaplar tunlashdan xam iboratdir. Aniqlik nutqning boyligi va rng-barangligi bilan chambarchas bog'liq. Ma'lum bir mazmunn turli shakllarda bila berish, nutq sharoitiga mos tushadigan tasvir usulini tanlash nutqqa aniqlik kiritadi.
Ohangdorlik ham o'quvchi nutqiga qo'shiladigan muhim talablardan biridir. Ohang o'quvchi nutqining t'sirchanligini oshirish vositalaridan biridir. Shuning uchun she'riy asarlar, nasriy parchalarni ohangdorlikka amal qilgan holda o'qiy olish malkasi ham o'quvchi nutqiga qo'yiladigan asosiy talablardan bri hisoblanadi. U ohang yordamida nutqni sintegmalarga bo'ladi. Mantiqiy urg'uni o'rinli qo'llaydi. Shuning uchun ifodali o'qish malakalari faqat adabiyot darsliklarining emas, balki ona tili, o'qish mashg'ulotlarining ham tarkibiy qismiga aylanmog'i lozim. Nutqning grmmatik qurilishi ham unga qo'yiladigan muhim talablardan biridir. O'quvchi so'z, ibora va gaplarni bir-biriga bog'lashi kelishik va egalik qo'shimchalarini o'rinli qo'llashi, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi shart.
Nutqqa qo'yiladigan yana bir muhim talab uning soddaligi va sofligidir. Sodda nutq avvalo, tushunarli bo'ladi. Nutqning tushunarli bo'lishi bir tomondan fikrni lo'nda, aniq bayon qilishi, tushunarli bo'lmagan g'aliz jumlalardan saqlanishda namoyon bo'lsa, ikkinchi tomondan tinglovchining tayyorgarlik darajsiga ham bog'liqdir. Demak, o'quvchi fikrni xam sodda xam ravon bayon qilishi o'zgalar fikrinng moxiyatini anglab, uni tushunish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Nutqning sofligi avvalo uning tozaligi demakdir. Ma'lumki, o'quvchilar nutqida xar xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o'zbek tiliga xos bo'lmagan gap, so'zlar anchagina qismini tashkil etadi, ular nutqining bunday so'zlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy tilda, uning boy imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish ona tili mshg'ulotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Biz yuqorida o'quvchi nutqiga qo'yiladigan asosiy talablarni sanab o'tdik. Bu talablar o'zro chambarchas bog'langan bo'lib, o'quvchi yaxshi nutqqa faqat shularning hammasiga amal qilishi orqali erishiladi. Shuning uchun o'qish kitobi darsliklarida, mashg'ulotlarida faqat bir tomonini kuchaytirib , ikkinchi talabini quyi sinfda , ikkinchini keyingi sinfga qoldirish mumkin emas. Bu talablarga doimiy amal qilinsagina, nutq o'stirish samarali kechadi. O'quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki, yozma shakllardan to'g'ri, ravon ifodalay olsalar, demak o'qish darslari samaral o'tadi. Ko'pchilik o'quvchi ijodiy fikrlash, fikr maxsulini og'zaki va yozm ravishda to'g'ri ifodalashda qiynaladilar. O'zbek adabiy tilining boy imkoniyatlarini nutqiy jarayonlarda qo'llay olmaydilar. Buning sababini aniqlay olish uchun bolalarnig nutqiy taraqqiyotini belgilovchi omillarning, ularning so'z boyligi, so'z va iboradan gapda o'rinli foydalanish, maxorati, gapning grammatik jixtadn to'g'ri qurish malakalari, fikrni turli nutq uslublardan to'g'ri, ixcham, ravon, tushunarli bayon qilish ko'nikmalari kabilarning alohida-alohida tahlil qilishga to'g'ri keladi.
O'quvchi nutqining muxim ko'rsatkichlaridan biri uning so'z boyligidir. 4 sinf o'qish darsligida matnlardagi iboralarni o'quvchi qancha ko'p bilsa, ularning ma'nosini tahlil qila olsa, og'zaki va yozma nutqda qanchalik ko'p to'g'ri qo'llay olsa, uning so'z boyligi osha boradi. Masalan. 37-betdagi “Odamdan nima qoladi” hikoyasida “qo'ling el aro uzun bo'lsa ham, sen o'z fe'l atvoringni ham afzal qil”-gapidagi “qo'ling uzun bo'lsa” iborasi cheklanmagan imkoniyatga ega bo'lishlik, xar ishni bajara olishlik ma'nosini ifodalaydi. Shuni o'quvchi anglagan xolda o'z nutqida to'g'ri qo'llay olishi ham uning so'z boyligini oshira boradi.
Maktabda ona tili og‘zaki va yozma nutqni biladigan, til unsurlaridan o‘rinli foydalana oladigan, tom ma’nodagi savodli o‘quvchilarni tayyorlashni ta’minlaydigan vosita tarzida o‘rgatiladi. Ona tilini yaxshi bilish, mamlakatning siyosiy, madaniyma’rifiy, mafkuraviy, xo‘jalik hayotida faol ishtirok etishga yordam beradi. Turli maqsadlarga erishishda vosita hisoblanadi.
O‘zbek tili lug‘ati tarkibi jihatidan juda boy va rang-barangdir. Tilimizda mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lgan alohida so‘zlardan tashqari leksik ma’no ifodalaydigan turg‘un birikmalar-iboralar ham mavjud. Ularning ma’nolari tarkibidagi so‘zlarning yaxlit ma’nosi asosida yuzaga keladi va inson xotirasida bir butun va tayyor holda saqlanib, boshqa birikmalar bilan xuddi alohida so‘z kabi munosabatda bo‘ladi.
Iboralar ham tilda aloqa-aralashuv, fikr almashuv vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga iboralar tilning leksik va stilistik imkoniyati, boyligini ko‘rsatuvchi sohasi hamdir. Shu ma’noda so‘zlar kabi iboralarni ham o‘rganish, o‘ziga xos tomonlarini, nutqdagi faoliyatini, emotsional-ekspressiv vazifalarni o‘quvchilarga yetkazish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Biroq iboralarni o‘zlashtirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bir muncha qiyinchilik tug‘diradi. Chunki iboralarning o‘zi to‘g‘risida nazariy ma’lumot berilmaydi, lekin boshlang‘ich sinf o‘qish va ona tili darsliklari matnlarida juda ko‘plab iboralar uchraydi. Albatta, dars berish davomida iboralar ustida maxsus ish olib borilmoqda, yani berilgan lug‘atlarda ayrim iboralar izohi berilgan. Ammo bu ish hamma vaqt ham zarur natijalarni bermoqda deb bo‘lmaydi. O‘rta maktabni bitirib chiqayotgan o‘quvchilar yetarli iboraviy birliklar boyligiga ega bo‘lmayotirlar. Buning sababi shundaki, iboralarni o‘rganish tizimi hali maqsadga bo‘ysundirilgan va qat’iy ishlab chiqilgan tizim darajasiga aylangan emas. Iste’molda ko‘p qo‘llanadigan hamda kam qo‘llanadigan, ya’ni nisbatan bir muncha qiyin ma’noli va sodda ko‘rinishli iboralarni o‘rgatishga bir xil vaqt sarflanishi, iboralarga doir mashqlarni o‘rganish xususiyati e’tiborga olinmaganligi iboralarni o‘rganishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Nutqni egallash jarayoni bola tafakkurining o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq holda yuz beradi. O‘quvchi o‘z fikrini ifoda etishda til unsurlari(elementlari)ni o‘zlashtirish davomida atrof-olamni his qila boshlaydi, borliqni bilib oladi. Bola ongida til vositalari yordamida aks ettirgan tushunchalar shakllana boradi. Bu holat bolaning faqat ona tilida fikrlashi, idrok etishi asosida ro‘y beradi. O‘quvchi aloqa-aralashuv davomida til unsurlarini egallay borar ekan, ular tilning murakkab hodisalariga duch kela boshlaydi. O‘quvchilar til hodisalarining shakli va mazmuni haqida mulohazalar yurita boshlaydi. Tilning, xususan, o‘zbek tilining shunday tushunchalari mavjudki, ular alohida usullar asosida o‘rgatishni talab etadi. Nutq ko‘rki — iboralar nafaqat murakkab til hodisasi, balki o‘rganilishi ham murakkabligi bilan ajralib turadi.
Boshlang‘ich sinflar ona tili o‘qitish metodikasida fonetika, leksika, grammatikani o‘qitish usullari haqida ko‘plab ilmiy mulohazalar, tavsiyalar, ko‘rsatmalar yaratildi va yaratilmoqda. Ammo iboralarni o‘qitishning usullari haqidagi tavsiyalar yetarli emas. Ona tili o‘qitish metodikasida iboralar o‘quvchilarning nutq malakalarini o‘stirish nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Asosiy e’tibor nutqiy faoliyatni kuchaytirish tizimining noyob boyligi bo‘lgan iboralarni mumkin qadar ko‘proq nutq iste’moliga kiritish malakasiga qaratiladi.
Iboralar juda murakkab va ko‘p qirrali hodisadir. Har bir ibora muayyan hajmdagi ma’noga, shaklga va qo‘llanish imkoniyatiga ega va ularning shakli ham o‘zgacha. Iboraning shakli deyilganda, uning fonetik, orfografik qurilish tarkibi va grammatik shakllari tushuniladi. Leksemaga qaraganda, iboralar ma’nolarining hajmi, ko‘p ma’noliligi bilan farqlanadi. Bu kabi holatlar iboralarni nutqqa olib kirishni qiyinlashtiradi. Aksariyat o‘quvchilar mumkin qadar ularni o‘z nutqida qo‘llamaslikka harakat qiladi. Sabab shundaki, o‘quvchilar iboralarning ma’nolarini hamma vaqt ham tushunib yetmaydi, ularning ma’nolarini fahmlay olmaydi. Bu esa iboralarni nutqdan chiqarib tashlash evaziga oddiy, sodda, qashshoq gapirishga undaydi. Shu ma’noda iboralarni o‘qitish va o‘rganishning optimal metodikasini yaratish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Qosimova K. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi.Toshkent: O’qituvchi.
2.Ashrapova T. va b. Ona tili o’qitish metodikasi. T. «O’qituvchi», 1984-yil. 102103-betlar.
3. L. O’rinboyeva (va boshqalar). 2-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligi –Toshkent Respublika ta’lim markazi.
4. Umarova M. O’qish kitobi. 3-sinflar uchun darslik. –Toshkent: Yangi asr avlodi. 2013-yil.
5.Shojalilov A. va boshqalar. O’qish kitobi. 4-sinflar uchun darslik. –Toshkent: O’qituvchi.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.