ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

BOSHLANG’ICH SINFLARDA BADIIY ASARLARNI TAHLIL QILISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

초록

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda asarlarni tahlil qilish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rni ulardan foydalanish usullari shartlari hamda yutuqli taraflari, xususiyatlari haqida atroflicha ma'lumot berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Atamurotova Qunduzoy Abdugʻaniyevna Denov tadbirkorlik va pedagogika ininstitu Pedagogika fakulteti boshlangʻich taʼlim

metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi

Omonqulova Zilola

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalish

2-bosqich talabasi

Jo‘rayeva Komila

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalish

2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda asarlarni tahlil qilish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rni ulardan foydalanish usullari shartlari hamda yutuqli taraflari, xususiyatlari haqida atroflicha ma'lumot berilgan.

Kalit so’zlar: tarbiyaviy pedagogik g'oya, adabiyot nazariyasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning yuksalishida faoliyat olib borgan olimlar, muhim metodik qoidalar.

Barkamol avlodni tarbiyalash "Milliy o‘quv dasturi" va Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qishiga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o’ta ma’suliyatli munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasbhunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to’g’ri yo’l topa olish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi.

Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o’qituvchi-murabbiylarga ko’p jihatdan bog’lliqdir O’quvtarbiya ishlari jarayonida o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, o’zgaruvchan vaziyatlarga o’rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari, elеktrondarsliklar, vеrsiyalar va multimеdialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Adabiyot o‘qitishdagi eng ilg‘or tajribalarni umumlashtirmay, deyarli barcha darslarda qo‘llash mumkin bo‘ladigan universal qonuniyatlarni kashf etmay turib, yoshlarga adabiy tarbiya berish samaradorligiga erishib bo‘lmaydi. Adabiyotshunoslik nazariyasi fani adabiy ta’lim kechimidagi ana shu eng umumiy jihatlarni o‘rganadi, adabiyotni anglatishda qo‘llaniladigan metod va usullarni tahlil qiladi. Ammo “universal qoidalar” tushunchasini har qanday holatda ham hech bir o‘zgarishsiz qo‘llayverish mumkin bo‘lgan doimiy usullar tarzida qabul etmaslik kerak. Negaki, pedagogika ilmi va amaliyoti jabhasiga, yoppa universalizmni tatbiq etish mumkin emas. Metodikadagi universalizm deyilganda, adabiy ta’lim jarayonida bir martadan ko‘proq ishlatish mumkin bo‘lgan didaktik usul va yechimlar nazarda tutiladi. Har bir o‘qituvchi u yoxud bu pedagogik muammoni o‘z tajribasi va bilimi darajasidan kelib chiqib, o‘zicha hal etishini ko‘zda tutgan holda muayyan umumiy qonuniyatlarni topish va ulardan foydalanib, adabiy ta’limni yaxshiroq yo‘lga qo‘yish mumkin.

Adabiyotshunoslik nazariyasi, xususan, badiiy asar tilini o‘qitish samaradorligini oshirish yuzasidan beriladigan tavsiyalar retsept yo‘nalishida, bir marta o‘rganib olib umr bo‘yi qo‘llayveradigan axborot sifatida emas, balki konseptual tabiatga ega bo‘lib, har qanday masala echimining turli variantlari bo‘lishi mumkinligi ko‘zda tutiladi.

Umuman olganda, adabiy ta’lim jarayonini o‘rganish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish hamda bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning o‘ziga xos metodlari mavjuda. Kuzatish, so‘rov, tabiiy sinov, laboratoriya eksperimenti, ta’lim hujjatlarini o‘rganish, talabalarning yozma ishlarini tadqiq etish, og‘zaki javoblarni tekshirish singari qator ilmiy-tadqiqot metodlari borki, ular ko‘magida adabiyot ilmi bo‘yicha nazariy tadqiqotlar olib boriladi.

Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi olgiga qo’yilgan muhum vazifalardir. Pеdagogik tеxnologiyalarni tadbiq qilish muammolari haqida A.G.Rivin va V.K.Dyachеnko tomonidan jamoaviy o’qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta'lim to’g’risidagi qarashlar o’z vaqtida ma'lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta'lim tеxnologiyalari: dialеktik o’qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o’qitishning individual yo’nalishli usuli (A.A.Yarulov), evristik o’qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Biblеr, S.Yu.Kurganov), loyihali o’z-o’zini rеflеksiya (G.P.Shеdrovitskaya) va boshqa rus olimlarini misol kеltirishimiz mumkin.

Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko’rsatiladiю Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko’rsatiladi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uni pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash bugungi ta’limning oldiga qo’yilgan talablardan biridir. Chunki pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini oson va qiziqib o’rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o’qituvchining ham professional o’sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.

Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va mеxanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur va ijtimoiy xulqatvor andozalarini o‘zgartirish, rеspublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, tеxnika va tеxnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbеkitson taraqqiyotining muhim shartidir.

Boshlang'ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:

1. Asar m azmunini tahlil qilish va to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning m azm unini tushuntirishga oid topshiriq o'qish malakalarini takomillashtirish topshirig'i ham hisoblanadi).

2. Asarning g'oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig'i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o'quvchilam ing shaxs sifatida um umiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog'lanishli nutqining o'sishi (lug'atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi.

3. O'quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.

4. Sinfda o'qishga o'quvchilam ing bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-m uhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.

Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo'lgan muhim omillardan biri uning o'quvchilarga hissiy ta ’siridir. O'quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish o'quvchida fikr qo'zg'atishi, hayotiy tajribasining m uallif qayd etgan dalillarga to'g'ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go'zalligi ham alohida qayd qilib o'tiladi.

O'qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o'qishni to'g'ri uyushtirish uchun o'qituvchi badiiy asarning o'ziga xos xususiyatlarini, ta ’limning turli bosqichlarida o'qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o'quvchilam ing matnni idrok etish va o'zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Adabiyotshunoslik nazariyasi predmetining badiiy asar tili bo‘limi pedagogika ilmining xususiy bir sohasi sifatida, birinchi navbatda, pedagogika bilan bog‘liq. Chunki bu bo‘lim jzasidan chiqariladigan xulosa va berilajak tavsiyalar talabalarning fiziologik va ruhiy xususiyatlariga maksimal darajada mos kelishi kerak. Shuning uchun ham u psixologiya fani yutuqlariga tayangandagina samarali ish ko‘ra oladi.

Badiiy adabiyot o‘z holicha inson hayotiga bevosita kerak emasday bo‘lib tuyulsada, amalda insonning odamlik martabasiga yuksalishi uchun xizmat qiladigan ma’naviy sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. CHunki badiiy adabiyotda inson ruhiyati aks etadi. Binobarin, o‘z ahlida ezgu ruhiy sifatlarni qaror topdirmoqchi bo‘lgan millat ta’lim muassasalarida adabiyot o‘qitishni imkon qadar samarali yo‘sinda tashkil qilishga e’tibor qaratadi. Negaki, adabiyot yordamida bilvosita shakllantirilgan ma’naviy sifatlar inson ruhiyatining ezgu bo‘lishiga olib keladi. Ezgu ma’naviy fazilatlar esa, shaxs takomilining, binobarin, jamiyat taraqqiyotining omilidir.

Ayniqsa, inson omilining salmog‘i ortib, bir odamning qo‘lidan ulkan yaxshiliklar ham, tengsiz yovuzliklar ham kelishi mumkinligi talabalarga imkon qadar ko‘proq ezgu sifatlarni singdirish kerakligini taqozo etadi. Binobarin, adabiyotshunoslik nazariyasi fanining predmeti muhim ijtimoiy salmoq kasb etadi. Badiiy asar o‘qishga doimiy ehtiyoj, adabiyotdan xabardorlik, o‘qiganlarni tushunish va tahlil qila olish hamda bu xususda istasa og‘zaki, tilasa yozma shaklda ravon fikr bayon qilabilish millat ahli intellektual rivojidan dalolat bo‘ladi. SHuning uchun ham adabiyot o‘qitishni samarali yo‘lga qo‘yish talabalarning o‘zlashtirishini yaxshilashga qaratilgan didaktik tadbirgina bo‘lmay, yoshlarda ezgu ma’naviy sifatlar tarkib topdirishga yo‘naltirilgan umumilliy ahamiyatga ega yumushdir.Ta’limning gumanitarlashishi, o‘quv-tarbiya ishlarining gumanizatsiyalashuvi, ta’limning differensiallashuvi, o‘quv fanlarining integratsiyalashuvi, o‘qitish saviyasining ham adabiyotshunoslik va pedagogika ilmining hozirgi darajasiga ko‘tariluvi adabiy ta’limga tamomila o‘zgacha yondashish zaruriyatini tug‘diradi. Aytish kerakki, XX asrning 60-yillaridan e’tiboran pedagogika ilmida paydo bo‘lgan konstruktiv pedagogika nazariyasi bugunga kelib, adabiyotshunoslik nazariyasining tabiatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatib, uning mohiyatini o‘zgartirib yubormoqda. SHuningdek, ta’lim nazariyasi va amaliyotiga “texnologik ta’lim” tushunchasining kirib kelishi fanni o‘qitishda ham bir qator yangiliklar sodir bo‘lishini taqozo etmoqda. Ko‘pincha, pedagogik texnologiyaga ta’lim jarayonini osonlashtirishga, uni ma’lum darajada isloh qilishga qaratilgan amaliyot tarzida qaraladi. Holbuki, bu tushunchani “pedagogik texnologiya” emas, balki “texnologik ta’lim” tarzida qo‘llash hamda uning o‘qitish sohasida tub inqilobiy o‘zgarishlar qilish yo‘li ekanligini tushunish kerak bo‘ladi.

Texnologik ta’limning o‘qitish jarayoniga industrial tovar ishlab chiqarishdagi kabi konveyer usulini joriy etish, o‘qitishning texnologiyasini faqat qobiliyatli va intizomli talabalar emas, ta’lim jarayoniga tortilgan barcha talabalar ham mo‘ljal qilingan natijalarga erisha oladigan tarzda tashkil etish mumkinligi adabiyot ilmi mutaxassislari oldiga ham jiddiy talablarni qo‘ymoqda. Binobarin, bugungi kunda adabiyotshunoslik nazariyasini o‘rganayotgan bo‘lajak mutaxassislar yaqin vaqtlarda, o‘zining pedagogik iste’dodidan qat’i nazar, barcha talabalarning konveyer yo‘sinida yaxshi o‘qiy olishlarini yo‘lga qo‘yish sirlarini egallab olishlari lozim bo‘ladi. Endilikda o‘qituvchining talanti va mahorati emas, balki ta’lim mazmunininig strukturasi hamda pedagogik muhit va sharoitning uyushtirilishi o‘qitishning samaradorligini ta’minlashiga erishish ko‘zda tutilmoqda. Zotan, badiiy asar tanlanganlarga nasib qilganiday, uni birdaniga oson va to‘g‘ri tushunish ham hammaga xos emas. Bu o‘qituvchining zimmasida bo‘lgan mas’uliyatdir. Badiiy asar tiliga maftun bo‘lgan yoki aksincha aynan til tufayli uni yoqtirmay qolgan talaba o‘z hissiyotlari boisi asar tilida ekanini xayoliga ham keltirmasligi mumkin. O‘qituvchi shu jihatni nazardan qochirmasligi, butun auditoriyani qamraga holda talabalar e’tiborini badiiy asar tiliga qarata bilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.

2. Matlab Tilavova Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi. -Toshkent Muharrir nashriyoti. 2021.-268 b

3. Adizov B.R., Najmiddinova G.N., Roziqova O.R. Didaktika. –Toshkent, 2012, -336 b.

4. www.ude.uz – Masofaviy taʼlimga bagʻishlangan veb sayti.

5. htpp: //www.ziyonet.uz - Axborot taʼlim tarmogʻi.

6. tdpu-INTRANET. Ped

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.