KO‘ZGUSI SIFATIDA
Ro‘ziyeva Manzura Quvondiqovna
Samarqand shahar 8-IDUM boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida savodxonlik va nazariy bilimlar bilan amaliyotning bog‘liqligi, savodxonlikka erishishning metod va usullari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish omillaridan biri ekanligi xususida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: savodxonlik, yozma nutq, uzviylik va izchillik, xalq ta’limi, imloviy savodxonlik, mantiqiy izchillik, imlo lug‘at.
ОРФОГРАФИЧЕСКАЯ ГРАМОТНОСТЬ В НАЧАЛЬНЫХ
КЛАССАХ КАК ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЕ ЗЕРКАЛО
Аннотация. В статье рассматривается связь между грамотностью и теоретическими знаниями и практикой в системе начального образования, а также методы и приемы достижения грамотности, являющиеся одним из факторов развития системы государственного образования.
Ключевые слова: грамотность, письменная речь, членство и последовательность, государственное образование, орфографическая грамотность, логическая последовательность, орфографический словарь.
SPELLING LITERACY IN ELEMENTARY GRADES AS A WINDOW
OF EDUCATION
Abstract. The article discusses the connection between literacy and theoretical knowledge and practice in the primary education system, the methods and techniques of achieving literacy is one of the factors in the development of the public education system.
Keywords: literacy, written speech, membership and consistency, public education, scientific literacy, logical consistency, spelling dictionary
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF – 5712- sonli Farmonida qayd qilinganidek, “ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirishni, pedagogik psixologiyani tushunish, ta’lim berishga kompetentlik hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashni ko‘zda tutgan holda pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish” talabi ham savodxonlik bilan chambarchas bog‘liqdir. [1].
O‘qituvchilar malakasini oshirish tizimidagi ko‘p yillik pedagogik faoliyatim davomida amaliyotchi o‘qituvchilar bilan o‘quvchilarning savodxonligi muammosi yuzasidan ko‘p martalab suhbatlashishga to‘g‘ri keladi. Kuzatishlarga qaraganda, hamkasblarimizning aksariyati savodxonlikni til ta’limi bilan bog‘lab asoslashga harakat qiladilar. Aslida-chi?
“Savodxonlik” atamasi nafaqat imloviy xatolarsiz yozish, balki boshlang‘ich sinflardan boshlab alifbeni o‘qitish jarayonida tovush va harfni tanib-bilib olish orqali o‘qish va yozishni egallash ma’nosida ham tushuniladi. “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da ham “savodxonlik” so‘ziga “o‘qish va yozishni biladigan, xat-savodli odam“ tarzida izoh berilishi bejiz emas. SHu ma’noda ”yozma nutq savodxonligi“ birikmasi ham keng qamrovli mazmunga ega bo‘lib, fikr mazmunini ifodalovchi so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, ularni gap qurilishida o‘rinli qo‘llash, ortiqcha ko‘p so‘zlilikka yo‘l qo‘ymaslik, fikrni ixcham tarzda aniq ifodalay bilish, fikrning mantiqiy izchilligi va uzviyligiga erishish, mavzuni yoritish jarayonida nutqni to‘g‘ri boshlash, davom ettirish, yakunlash va xulosa chiqarish kabilarni nazarda tutadi. Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinflarda imloviy savodxonlikka erishish doimiy ravishda maqsadga yo‘naltirilgan izchil metodik mashqlarni taqozo etadi.
Imloviy savodxonlik masalasining dolzarbligi shundaki, maktab o‘quvchilaridan tashqari, OTM talabalari va hatto amaliyotchi o‘qituvchilar yozma nutqida ham turli darajadagi imloviy xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini kuzatish mumkin. Vaholanki, imloviy savodxonlik fikrning to‘g‘ri va ravon ifodalanishi bilan birga kishining madaniyma’rifiy saviyasini belgilovchi omillardandir. Fikrni ixcham va to‘g‘ri, mantiqiy jihatdan asosli tarzda ifodalash uchun har bir madaniyatli xalq va uning har bir a’zosidan imloviy va punktuatsion savodxonlik talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrni to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat” belgilab qo‘yilgan. [2].
Sir emas, ta’lim tizimida imloviy savodxonlikni shakllantirish borasida hal qilinishi kerak bo‘lgan ko‘pgina muammolar bor. Fikrimizcha, buning sababi quyidagilardan iborat.
1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning imloviy savodxonlik ustida doimiyva izchil shug‘ullanmasligi hamda bu boradagi ishlarni amalga oshirish qat’iy tartibda rejalashtirilmasligi.
2. Imloviy savodxonlikni shakllantirish ona tili ta’limning eng muhim vazifasi sanalsa-da, imloga o‘rgatish matematika, tabiat, musiqa, rasm, mehnat, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ham vazifalari doirasiga kirishiga nopisandlik bilan qarashning mavjudligi.
Ma’lumki, matematika, tabiat, musiqa, rasm, mehnat, jismoniy tarbiyaga oid atamalarona tili darslarida kam qo‘llanishi yoki umuman qo‘llanmasligi ham mumkin. Lekin o‘quvchi ularga o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa yozma aloqa munosabatida ham murojaat qilishi hisobga olinsa, har bir fan o‘qituvchisining o‘z darslarida shu fanga oid atamalarning lug‘aviy etimologik ma’nosidan tashqari, imlosi ustida ham ishlashi zarurligini ko‘rsatadi. Demak, savodxonlikni shakllantirish ma’lum ma’noda maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarning vazifasi doirasiga kiradi.
3. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning imloviy savodxonligini belgilaydigan so‘z minimumi va so‘z maksimumi aniqlab olinmaganligi.Ta’kidlash lozimki, ona tili ta’limida buni belgilash tamoyillari haligacha ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham boshlang‘ich sinflarning ona tili dasturida bu muammo o‘z echimini topmagan. 4-sinf o‘quvchilari imlosini bilishlari kerak deb berilgan so‘zlar 1- sinf dasturidan ham o‘rin olganligi shu tufaylidir.
4. Imloga o‘rgatishning “Imlo lug‘ati” kabi qo‘shimcha vositalari ham borki, bunday lug‘atning 1973 yilda yaratilgani nazarda tutilsa, u til taraqqiyotining hozirgi talablariga javob bermasligi o‘z o‘zidan anglashilarlidir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqidagi imlo xatolarining kelib chiqish sababini aniqlamasdan turib, imloviy savodxonlikni shakllantirish haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Kuzatishlarga qaraganda, asosida boshlang‘ich ta’limda imlo xatolarining kelib chiqish sabablarini quyidagicha ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Imlo xatolarga sabab bo‘ladigan tashqi ta’sirlar:
1) imlo rejimiga to‘liq amal qilinmaslik ( sinf va maktab jihozlarida imloga e’tiborsiz qarash);
2) tevarak-atrof ta’siri ( ko‘cha-ko‘ylardagi shiorlarga, bino peshtoqlaridagi yozuvlarga bolaning ko‘zi tushadi, natijada ularning imlosi tasavvurida muhrlanib qoladi);
3) sinf jamoasinig tarkibi ( turli sheva vakillarining yoki tarbiyaviy jihatdan turli darajadagi oilalar farzandlariningbir sinfga jam bo‘lishi va ularning bir-biriga ta’siri).
2. Ona tili ta’limi jarayonida imlo xatolariga sabab bo‘ladigan holatlar:
1) imloga o‘rgatishda izchillik va uzviylikka amal qilinmasligi;
2) imloga o‘rgatishning metod va usullarini to‘g‘ri tanlay olmaslik;
3) izohlashning turli omillariga e’tibor bermaslik.( o‘qituvchining mavzuni tushuntirishda, mustahkamlashda, o‘quvchilar bilimini nazorat qilishda o‘z nutqidagi muayyan so‘zlarga asoslanib qolishi, misollar xilma-xilligiga e’tibor qaratmasligi; oqibat-natijada o‘quvchilarning o‘qituvchi aytgan misol – so‘zlar bilangina cheklanib qolishi);
4) o‘quvchilarda imlo qoidasini amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasining shakllantirilmaganligi;
5) imloviy sezgirlikning rivojlantirib borilmaganligi.
Imlo qoidalari bir so‘znigina emas, balki umumiylik mavjud bo‘lgan so‘zlar guruhining yozilishini tartibga soladi. O‘quvchida imloviy sezgirlik shakllanganda bir imlo qoidasini boshqa so‘zlarga tadbiq eta oladi. Bu o‘quvchini har bir so‘zning imlosini yodda saqlashdan qutqaradi. Negaki barcha so‘zlarni yodda saqlab ham bo‘lmaydi. Imloviy sezgirlikni shakllantirishda “So‘zlarning qaysi o‘rinlarida xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin?“ degan savoldan foydalanish;
6) o‘quvchining shaxsiy nutqiy nuqsonlari ustida tegishli darajada tushuntirish ishlari olib borilmaganligi;
7) til ta’limida tayanch va fanga oid kompetensiyalarga qat’iy amal qilinmasligi.
Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standarti va ona tili dasturida o‘quvchilarning imloviy savodxonligiga qo‘yilgan talablarni bajarishda imloga o‘rgatishni quyidagicha ikki xil yo‘l bilan amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
1) imloviysavodxonlikgrammatik mavzular asosida shakllantiriladi. O‘quvchioldin grammatikaga oidnazariy bilimlarbilantanishtiriladi, so‘ngra ma’lumotlarga asoslanibimlogao‘rgatiladi.
2) Imloviy savodxonlik mashq matnlaridan kelib chiqqan holda tahlil-tarkib metodlari orqali amalga oshiriladi. Imlosi o‘rgatiladigan so‘z bo‘g‘in-tovush, tovushharf tomondan tahlil qilinadi va bir butun holda yozish mashq qildiriladi.
Yozma nutq savodxonligiga erishish uchun yuqoridagi ilmiy-nazariy va metodik qarashlar asosida imloviy mashqlar, o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish hamda ularni amalda qo‘llash usullarini belgilab olish bu boradagi muammolar echimiga xizmat qiladi.
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy o‘quvchilarning orfografikko‘nikmalari ustida ishlashdan oldin ularning grammatik bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozimligini alohida ta’kidlab ko‘rsatgan. O‘quvchilar grammatik tushunchalar va bilimlar bilan tanishgach, orfografik qoidalarni o‘zlashtiradilar. SHundan so‘ng orfografik mashqlar ustida tizimli tarzda tahliliy ishlar olib boriladi. K.D.Ushinskiy sistematik mashq tushunchasiga alohida diqqat qaratib shunday yozadi: ”Muvaffaqiyatning eng birinchi va bosh asosi sistematik mashq, muvaffaqiyatsizlikning bosh sababi sistematik mashqdagi nuqsonlardir. Bu uzoq vaqt ko‘plab tashkil qilingan mashqlarning samarasiz natijasiga sabab bo‘ladi”. [3].
Orfografik mashqlarni tizimli tarzda tashkil qilish lozimligi boshqa olimlarning ishlarida ham ta’kidlangan. Ular har qanday orfografikmashqning oldingi mashq bilan bog‘liq bo‘lishi ishning bir qadam oldinga siljishiga olib kelishiga alohida e’tibor qaratganlar. Orfografik mashqlardagi tizimlilik turli darajada bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyatlariga qarab imlosi o‘rganilayotgan so‘zlar mashq tarkibiga kiritiladi.Mashq ustida ishlash davomida qancha ko‘p so‘zlar taqdim qilinsa, o‘qituvchi o‘quvchilarga shuncha kam yordam ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Orfografik mashqlar o‘quvchilarning lug‘atini so‘zlar bilan bilan boyitishga xizmat qilishidan tashqari, ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirishdaham muhim o‘rin tutadi.
Orfografik ko‘nikmalar uzoq vaqtli mashqlar natijasida malakaga aylanadi. Orfografik malaka o‘quvchining yozuv jarayonida orfografik qoidalarni eslamasdan yozishini anglatadi. Avtomatlashgan malaka ongli o‘zlashtirilgan bilimlar asosida g‘ayri shuuriy ravishda amalga oshiriladigan jarayondir. Ko‘rinib turibdiki, onglilik va avtomatlashish bir-birini inkor qilmaydigan o‘zaro bog‘liq holatlardir. Orfografik bilimlarsiz, bilimga asoslanilmagan holatda so‘zlarni mexanik ravishdato‘g‘ri yozish mumkin. Lekin bunday malaka bir necha yillar davomida ko‘chirib yozish asosida shakllanadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida olib borilgan pedagogik kuzatishlarimiz natijasida shunday xulosaga keldikki, o‘quvchilar tomonidan savodli yozuvni egallash malakasini shakllantirishda grammatikaga asoslanilgan holda yozuvni amaliy mashq qilish talab etiladi.
Imloga o‘rgatish tarixida grammatikaga asoslanilmagan holda orfografik ko‘nikmalarni shakllantirish mumkinligi haqidagi ta’limotlar ham mavjud bo‘lib, ularda orfografiyani o‘zlashtirish ko‘ruv sezgisi orqali asta-sekin shakllanib boradigan jarayon deb izohlanadi. Masalan, XIX asrning 40 yillarida olmoniyalik olimlar ko‘chirib yozuv usulini imloviy savodxonlikning asosi deb ko‘rsatganlar. Rossiyalik V.P.SHeremetev, A.K.Solomonovlar esa orfografik ko‘nikmani egallashda ko‘ruv sezgisiga asoslanishga alohida diqqat qaratganlar. [4]. Ulardan tashqari, ayrim metodistlar orfografik ko‘nikmalarning shakllanishida ko‘ruv, eshituv va qo‘l motorikasini asos qilib ko‘rsatish orqali imloviy savodxonlikda grammatikaning o‘rnini inkor qiladilar. Keyingi davrlarda rus metodist olimlari orfografik ko‘nikmalar asosida grammatik bilimlar yotishini tan oldilar. Ularning qarashlarida orfografik ko‘nikmalarni shakllantirishda ko‘ruv, eshituv, nutqiy harakat, motorika va fikrlash asosiy omil hisoblanadi degan xulosa ilgari suriladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda orfografik ko‘nikmalarni shakllantirishda orfografiyaning psixologik tabiatidan kelib chiqishi amaliyotda allaqachon o‘z tasdig‘ini topgandir. Darhaqiqat, orfografik ko‘nikmalar ko‘p martalik takrorlashlar natijasidagina shakllanib qolmay, ongli murakkab amaliy mashqlar asosidavujudga kelishi ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining orfografikko‘nikmalari 1-sinfdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirib boriladi. Orfografik ko‘nikmalarning muvaffaqiyati o‘qituvchi qo‘llagan metodik usullarga bog‘liqligi sir emas.
O‘quvchilar tomonidan orfografik ko‘nikmalarning pishiq-puxta egallashi quyidagitalablarga rioya qilishni taqozo etadi:
1.O‘quvchilarning nutqini doimiy tarzda kuzatib borish. O‘quvchilarning noto‘g‘ri talaffuz qilgan biror so‘zini yoki iborasini nazardan qochirmaslik va to‘g‘rilamay o‘tib ketmaslik.
2.Har qanday yangi materialni, jumladan, imlosi o‘rganilayotgan so‘z va imlosi ilgari o‘rganilgan so‘zlarni ham matnga kiritish.
3.O‘quvchilarning imloga doir bilimlarini aniq ifoda qilishini va qayta so‘ralganda uni yangi misollar – so‘zlar bilan isbotlashini talab qilish.
4.O‘quvchilar bilan so‘zni tarkibiga ko‘ra ko‘proq tahlil qilish: ongli ravishda so‘zning asosini aniqlash, unga asosdosh so‘z topish, iloji boricha asosdosh so‘zlarning turli turkumlarga xos bo‘lishiga harakat qilish.
5.Imloviy malakalarni so‘zni ko‘chirib yozish, xotirasida saqlash va yozish orqaliasta-sekinlik bilan shakllantirish.
Buning uchun bir imlo qoidasidan ikkinchi imlo qoidasiga o‘tadigan takroriy mashqlarni amalga oshirish. Masalan: maktabda, maktabdan, maktabga kabi so‘zlar orqali b va d, b va g tovushlari yonma-yon kelganda p-t, p-k kabi talaffuzdan bd, bg talaffuzga o‘rgatish kabi.
6.Tahliliy mashqlar materialiga imlosi qiyin so‘zlarni kiritib borish.
7. O‘quvchilarning diqqatini imlosi qiyin so‘zlarning yozilishiga qaratish. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning diqqatini so‘zning talaffuziga, bo‘g‘in tuzilishiga, talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasida farqqa qaratadi. Berilgan so‘zlarning talaffuzini oldin o‘qituvchi, so‘ngra o‘quvchilar mashq qilib ko‘rsatadi. So‘ngra mazkur so‘zlar doskada va daftarlarga yozdiriladi. Masalan: Men hozir so‘zni talaffuz qilaman, siz eshiting. Siz uning yozilishini esingizda olib qolishga harakat qiling: chuqur, uchqur. [5].
O‘qituvchi butun sinf o‘quvchilarining diqqatini bir yo‘la so‘zni eshitib yozilishini doskada kuzatishga jalb qiladi. Doskaga xato yozishlari mumkin bo‘lgan harflarning rangli bo‘r bilan yozib ko‘rsatilishi mazkur so‘zlarning imlosi o‘quvchilar yodida qolishiga yordam beradi. O‘qituvchi “So‘zni yozing” deyishdan oldin o‘quvchilarning diqqatini so‘zlarning talaffuzini eshitishga, yozilishini kuzatishga tortishi lozim. O‘quvchilarning diqqatini so‘zlarning yozilishiga qaratish boshqacha usulda ham amalga oshirilishi mumkin. SHunisi xarakterliki, dastlabki paytda o‘quvchilarning eslab qolishi uchun 1-2 tadan ortiq so‘z berilmaydi.
O‘qituvchi har bir orfografik mashq ustida olib boradigan tahliliy ishlarini ijodiy yondashgan holda tashkil qilishi lozim. Ayniqsa xotirasi sezilarli darajada bo‘sh o‘quvchilar tez unutuvchan bo‘ladi. Ular uchun individual tarzda maxsus orfografik mashqlar ishlab chiqish talab etiladi.Boshlang‘ich sinflarning imloviy savodxonligi yuzasidan olib borgan kuzatishlarimiz imlosi qiyin so‘z va iboralarni doskadan ko‘chirib yozishga, shunday so‘zlarni sinfda tuzilgan “Imlo lug‘ati”dan topib ko‘chirib yozishga ruxsat berish hamda zaruriy hollarda yakka tarzda tushuntirish kabi yordamchi usullarni qo‘llashamaliy mashqlarning samaradorligiga muayyan darajada yordam berishini ko‘rsatdi.
Ammo mazkur usullar savodxonlikni to‘liq ta’minlamaydi.
Imloviy savodxonlik o‘quvchilarning o‘qituvchi yordamida gap va matn mazmunini, uning mantiqiy izchilligini tushunishlarini ham talab etadi. Zarurat sezilganda gapni bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajratib tahlil qilish o‘quvchilarning savodxonlik bilan nazariy bilimlarini boyitadi. Bundan tashqari, gapni mantiqiy, uslubiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qoidasini zarur so‘zga tadbiq etishga yordamlashadi. Masalan, kelishik qo‘shimchalaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishda maktabga bordi, tog‘ga chiqdi, elakka ketdi, quloqqa eshitildi kabi birikmalarning talaffuzi va yozilishiga oid usullar o‘quvchilarning grammatikadan olgan bilimlarini yozuvda qo‘llashlariga yordam beradi.
Diktant, bayon va insho kabi yozma ishlar o‘quvchilardan xotiraviy zo‘riqish bilan butun diqqatini to‘plab, matnni yozishni talab etadi. SHuning uchun diktant yozishdan asta-sekinlik bilan bayon va insho yozishga o‘tilar ekan, o‘qituvchi, birinchidan, ayni vaqtda o‘quvchilarning ishini baholi qudrat amalga oshirish holatini belgilab olishi; ikkinchidan, o‘quvchilarni bayon va insho yozishga tayyorlovchi butun jarayonni jiddiy o‘ylab ko‘rishi zarur. Demak, o‘qituvchi darsning asosiy maqsadini aniq shakllantirishi, ish turlari va usullarini amalga oshirish rejasini tuzishi shart.
Zero, “xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan PLSA (The Rrogramme for International Student Assessment) umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish” da savodxonlikka erishish xalq ta’limini rivojlantirishning muhim omillaridan ekanligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF – 5712- sonli Farmoni. QHMMB: 0619/5712/3034-con, 29 04.2019 y.
2. Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi.//Boshlang`ich ta`lim ona tili dasturi. –T.: 2017.
3. K.D.Ushinskiy. Sbor.soch. –M.: 1949. Tom – 7. –Str. 321.
4. N.S. Rojdestvenskiy. Obuchenie orfografii v shkole. –M.: 1960.
5. K. Qosimova va b. Ona tili o`qitish metodikasi. –Toshkent: Noshir. 2009.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.