ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA EKOLOGIK TUSHUNCHALARNI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH KOMPONENTLARI

초록

ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda atrof-muhitga munosabatni shakllantirishning mazmuni, ekologik ta’lim-tarbiya unsurlari, kreativ yondashuvni takomillashtirishning komponentlari, boshlang’ich sinf o‘quvchilarining tabiiy bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligi, ekologik tushunchalarni shakllantirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlardan foydalanish, ekologik savodxonlik va madaniyatni oshirish, tabiatni muhofaza qilish jarayonlari bayon qilingan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH KOMPONENTLARI

Eshboyeva Surayyo Qaxramon qizi,

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

Termiz (O‘zbekiston). surayyoeshboyev93@gmail.com

Tel: +99899 643-69-99

Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda atrof-muhitga munosabatni shakllantirishning mazmuni, ekologik ta’lim-tarbiya unsurlari, kreativ yondashuvni takomillashtirishning komponentlari, boshlang’ich sinf o‘quvchilarining tabiiy bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligi, ekologik tushunchalarni shakllantirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlardan foydalanish, ekologik savodxonlik va madaniyatni oshirish, tabiatni muhofaza qilish jarayonlari bayon qilingan.

Kalit so’zlar: boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, kreativ shaxs, ekologiya, tushuncha, kreativlik, pedagogika, shakl, baholash, metod, tarbiya, tabiat, komponent, tabiiy bilimlar, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik savodxonlik.

Аннотация: в данной статье рассмотрены содержание формирования отношения к окружающей среде в начальной школе, элементы экологического образования и воспитания, компоненты совершенствования творческого подхода, эффективность овладения учащимися начальных классов естественными знаниями, внеклассная деятельность в формировании экологических концепций oписаны процессы использования образования, повышения экологической грамотности и культуры, охраны природы.

Ключевые слова: начальная школа, ученик, творческая личность, экология, понимание, творчество, педагогика, форма, оценка, метод, образование, природа, компонент, естественные знания, экологическое образование, экологическая грамотность.

Abstract: in this article, the content of forming an attitude to the environment in primary education, elements of environmental education and upbringing, components of improving a creative approach, the effectiveness of primary school students' acquisition of natural knowledge, extracurricular activities in the formation of environmental concepts The processes of using education, increasing environmental literacy and culture, and protecting nature are described.

Key words: elementary school, student, creative person, ecology, understanding, creativity, pedagogy, form, assessment, method, education, nature, component, natural knowledge, ecological education, ecological literacy.

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirish zaminida o‘quvchilarga atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish ta’lim tizimining dolzarb masalasiga aylandi. Yangi asrning barkamol o‘sayotgan o‘quvchisi o‘zida ekologik ta’lim-tarbiya unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik tushuncha - bu atrofmuhit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simlik va hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir.

Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishning metodik tuzilmasini tashkil etuvchi komponentlar (motivatsion-shaxsiy, kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ) asosida natijadorlikni ta’minlashga qaratilgan samarador integratsion-didaktik muhitni yaratishga imkoniyat yaratadi.

Zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotlarda kreativ yondashuvni takomillashtirishning komponentlariga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ushbu yondashuvlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishga qaratilgan komponentlar tuzilmasi o‘z aksini topgan (1-jadval).

shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish komponentlari

Komponentlar O‘quvchi sifatlari

Motivatsion-shaxsiy shaxsga yo‘nalganlik, shaxs bilan muloqotga

yo‘nalganlik, shaxsiy motivatsiyaga yo‘nalganlik.

Kognitiv - kreativ

o‘z-o‘zini anglash va intellektual rivojlanish,

shaxs ijodkorligini takomillashtirishga intilish, ijodiy

yondashuvni o‘z zimmasiga olish, bilimlarni

o‘zlashtirish jarayonida atrofdagilar bilan hamfikrlilik.

Jarayonli-integrativ o‘z faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, o’zaro

bog’lash, faoliyatda o‘z-o‘zini nazorat qilish.

Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish jarayonida uchta tarkibiy qismni o‘zida aks ettirishga qaratilgan integratsion-didaktik muhitni yaratishning metodik tuzilmasi komponentlari aniqlandi. Unda motivatsion-shaxsiy va kognitiv-kreativ, jarayonli-integrativ komponentlar, shuningdek, ushbu komponentlar bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ekologik ta’lim-tarbiyani shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishda motivatsion-shaxsiy komponent avvalo, boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiiy bilimlarni o’zlashtirishda barqaror motivatsiyani tashkil etuvchi ijobiy munosabat, ehtiyojlar va qiziqishlarni rivojlantirishni anglatib, o‘zida boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning o‘ziga xosligi, muloqot va motivatsiyaga yo‘nalganligi kabi shaxs sifatlarini ifodalaydi.

Kognitiv-kreativ komponentlar-boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda o‘z-o‘zini anglash va intellektual rivojlanishga intilish, shaxs ijodkorligini takomillashtirishga intilish, ijodiy yondashuvni o‘z zimmasiga olish, bilimlarni o’zlashtirish jarayonida atrofdagilar bilan hamfikrlilik kabi shaxs sifatlarini ham o‘zida ifodalaydi. Ushbu sifatlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiiy bilimlarni qurollantirishda zamonaviy bilimlarni egallagan bo‘lishlari, ekologik burch, axloqiy tamoyillar va me’yorlar haqidagi bilimlar tizimining mavjudligini talab etadi.

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda kognitiv atamasining ma’nosi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni (idrok), atrof-olam haqidagi ilmiy manbalarni o‘rganish, anglash kabi ma’nolarni anglatadi.

Jarayonli-integrativ komponent quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: o‘z faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, o‘zaro bog‘lash va faoliyatda o‘z-o‘zini nazorat qilishni aks ettiradi. Shuningdek, ushbu tarkibiy qism tabiiy bilimlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishning integrativ bilimlarni o‘rganish sohasida o’quv faoliyatga muvofiq axloqiy me’yor va qoidalar, ekologik etika to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va ma’naviy-axloqiy motiv hamda ehtiyojlarni rivojlantirishni nazarda tutadi. shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish dars mashg‘ulotlaridan tashqarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar (seminar-trening, ekskursiya, konferensiya, bahs-munozara kechalari, savol-javob soatlari)ni pedagogik talablarga tayangan holda, ta’lim texnologiyalari, ya’ni, ta’lim shakllari, vositalari va metodlari bilan birgalikda amalga oshirilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ma’naviyma’rifiy tadbirlarni kichik guruhlarda va jamoaviy guruhlarda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra o‘tkazilgan mashg’ulotlar asosida o’quvchilarda ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirish hamda shaxs ma’naviyaxloqiy olamiga atrofdagi insonlarning ta’siri, buyuk shaxslarning hayot tarzi, ulardagi komil inson shaxsining shakllanishiga va o‘z-o‘zini baholashi, mulohaza yuritish, munosabat bildirish, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni takomillashtirishdan iborat [10].

Ana shu xislatlarni o‘zida aks ettira olgan insonni ekologik ta’lim-tarbiya egasi deb atash mumkin. Iste’moldan ortiqcha suv jo‘mraklardan oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv xavzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar joylarni ozoda saqlash, ko‘chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko‘rinishlari hisoblanadi.

Ekologik ta’lim-tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo‘ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish, bog‘u rog‘lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg‘otishdan iboratdir [1].

Ekologik tushuncha insonda tabiatga atrof-muhitga mehr uyg‘otish, tejamkorlik xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish, uni avaylab asrash tuyg‘ularini inson tafakkurida shakllantirishdan iborat. Shuningdek, ekologik tarbiyalash jarayonida o‘quvchilarga tabiat boyliklarini tejab-tergashga, tabiatni muhofaza qilishga da’vat etadi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi jamiyat kishilarini ekologik jihatdan savodxonligini, madaniyatini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ozoda-toza saqlash, hayvonot olamiga, o‘simliklarga mehr uyg‘otish orqali tabiat ne’matlarini parvarishlashdan iborat bo‘ladi.

Bugungi ekologik ta’lim tizimida dolzarb muammo bu mamlakatda uzluksiz ekologik ta’lim modeliga amal qilish natijasida yagona tabiat va jamiyatdagi o‘zaro uyg‘unlik, birlik imkoniyatlarini shakllantirishdir. Uzluksiz va xavfsiz ekologik ta’lim tizimi orqali jamiyatni shakllantirishga erishish uchun uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘inida tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan metodlarni ishlab chiqish zarur [11].

Ilmiy izlanishlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishda ekologiyaga oid manbalar deyarli atroflicha yo‘lga qo‘yilmagan. Jumladan, I.I.Malozyomova o‘z ma’lumotlarida, ekologik ta’lim usullarini o‘rganishda asosiy vazifa o‘qituvchining bilimi, mahorati va uning ongida shakllangan ekologik madaniyatning yuksakligiga bog‘liq deb ta’kidlaydi [2].

Ekologik manbalarni o‘qituvchi dars jarayonida yangi metodlarni qo‘llash natijasida va o‘z metodlari orqali o‘quvchiga ma’lumot yetkazadi deb hisoblaydi S.A.Stepanov [3] va G.A.Yagodin [4].

O‘qitish metodi orqali o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlari yordamida ma’lum bir fanni o‘rganadi, o‘qitish metodlari aynan dars jarayonida qo‘llaniladi va zamonaviy o‘qitish vositalari bilan uzviy bog‘lik bo‘ladi. Turli o‘qitish metodlaridan foydalanishning asosiy maqsadi bilimni o‘quvchilarga yetkazishdan iborat bo‘ladi [5].

Shuningdek, bugungi kunda tabiiy fanlarni o‘qitishda bir qator zamonaviy o‘qitish metodlari mavjud bo‘lib, bu metodlarni qo‘llash aslida juda murakkab va o‘z navbatida, ular oddiy ham bo‘lishi mumkin. Chunki tabiiy fanlar boshqa fanlardan farqli o‘laroq, o‘z metodlarini tabiat jismlari yoki ularni o‘rganishda foydalanadi, bu obyektlarni ba’zan qo‘l bilan ushlab ko‘rish mumkin, ba’zan esa ularga mutlaqo yaqinlashib bo‘lmaydi [9]. shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirishning shakl, metod va vositalarini ishlab chiqishda quyidagi ish turlarini bajarishni talab etadi:

ekologik ta’lim-tarbiyaga oid tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud ekanligi;

darslarni tashkil qilishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish;

fanlararo integratsiya ekologik ta’lim-tarbiya asosi ekanligi;

muammoli vaziyat yaratish;

test sinovlarini o‘tkazish;

ekologik ta’lim-tarbiya mazmunida mashq bajarish va masalalar yechish, test, diktant, insho va bayon yozish;

ekologik tarbiya mazmunida qiziqarli o‘yinlar: krossvord, rebus va ijodiy topshiriqlarni bajarish;

darslik bilan ishlash.

Tabiat xilma-xil va go‘zal, tabiat va inson bir butun. Tabiat jonli va jonsiz tabiatga ajraladi. Jonli tabiat bu-o‘simliklar, hayvonlar, odamlar. Jonsiz tabiatga esa tuproq, suv, havo, foydali qazilma va hokazolar kiradi. Shuningdek, tabiatda barcha narsa, ya’ni jonli va jonsiz tabiat o‘zaro bog‘langan bir butundir [6].

Tirik mavjudotlarni o‘rab olgan narsa atrof-muhit. Ana shu atrof-muhitni toza saqlab, uni muhofaza qilish har bir insonning burchidir. Agar biz tabiat oldidagi burchimizni unutsak, tabiatga ziyon yetkazamiz. Tabiatdan foydalanishda odamlarning yo‘l qo‘ygan ziyonlari, albatta, o‘z javobini qaytaradi. Ya’ni son-sanoqsiz ekologik muammolarni yuzaga keltiradi. Bu muammolar oldida har bir inson o‘z javobgarligini his qilgan holda tabiatni asrab-avaylashi lozim [7].

Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatning buzilishi ekologik muammolarni yuzaga keltirdi. Ya’ni inson tabiatga ziyon yetkazsa, uni muhofaza qilmasa, tabiatda ekologik zanjirlar buzilib ketadi. O‘simliklar bilan hayvonlarning birgalikda yashaydigan guruhlari ekologik zanjirni hosil qiladi. Tabiatda bunday ekologik zanjirlar hamma joyda bor. Agar ekologik zanjir buzilsa, tabiat ekologik halokat qurshovida qoladi. Inson ona-tabiatning bir bo‘lagi bo‘lib, jonli va jonsiz tabiatni muhofaza qilishi va ekologik muammolar oldini olishi shart. Ekologik muammolar yechimini birgalikda izlashni unutmaslik kerak.

Hozirgi yoshlarning voyaga yetish vaqtida jamiyat hayoti, butun yer taqdiri uchun javobgarlik va mas’ullik hissini singdirgan holda ta’lim-tarbiyani tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ularda tabiatga muhabbat, barcha tirik mavjudotlarga hurmat, o‘zlarining tabiatdagi xulq-atvorining oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini shakllantirish juda muhimdir.

Xulq-atvorning ekologik madaniyati bu bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar estetik tarbiya asosida shakllantirilib, o‘quvchilarda tirik mavjudotlarga hamdard bo‘lishni o‘rgatish, tirik mavjudotga zarar yetkazmaslik, o‘simlik va hayvonlarni nobud qilmaslik, tabiat yaratgan narsani yo‘q qilishga haqqimiz yo‘qligini anglatish shart [8].

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ yondashuvni takomillashtirish mazmunidagi materiallarni tanlash tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarda ziyraklik, mustaqillik, ijtimoiy foydali va unumli mehnatni sevish kabi sifatlarni shakllantiradi. Bundan tashqari, o‘z o‘lkasi ekologiyasiga nisbatan hurmat hissi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Buning uchun eng avvalo qo‘shimcha ekologik ta’lim tizimini rivojlanishidagi yetakchi bosqichlarni tahlil qilish va modellashtirishning umumiy yondashuvlarini ko‘rib chiqishni talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Камышникова Ю.С.Глобализм и современные экологические проблемы. Автореф. канд. филос. наук.-Санкт-Петербург, -2006 .

2. Малозёмова И.И. Развитие направлений экологического образования в современном ВУЗЕ.// Международная научно-практическая конференция «Биологическое и экологическое образование в школе и ВУЗЕ. Теория, методика, практика». 2017. -С. 127-131.

3. Степанов С. А. Экологическое образование для устойчивого развития как важное направление модернизaции высшей школы России. //Автореф.дисс. докт. пед. наук. -М., 2011. -57 с.

4. Ягодин Г.А. Некоторые аспекты экологического образования в школе. Развитие непрерывного экологического образования. // Материалы 1-й Москов. науч-практ. конф. по ЭО. М. МНЭПУ. 1995.-С. 26-29.

5. Norbo‘tayev X.B. Maktab o‘quvchilarida ekologik tafakkurni tabiiy fanlararo sinxron va asinxron aloqadorlikda rivojlantirish metodikasi (biologiya, kimyo, fizika o‘quv fanlari misolida). Monografiya. -Toshkent: “Yangi nashr”, 2019. - 114 b.

6. Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari: diss.ped. fan.dok. - Toshkent, 2006. - 263 b..

7. Saydamatov F.R. Maktab geografiya ta’limida ekologik o‘lkashunoslik vositasida o‘quvchilarning ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish metodikasi: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss... avtoref.- Chirchiq, 2021. - 45 b.

8. Ахмедов Н. Эколого-физиологические основы повышения продуктивности тутового шелкопряда: aвтореф. дисс. док. с.х.наук. - Ташкент, 1999. - 41 с.

9. Эшбоева С. и др. Бошланғич таълимда экологик таълим-тарбияни шакллантиришда креативликни такомиллаштириш методикаси //E Conference Zone. – 2023. – С. 29-36.

10. Эшбоева, С. (2023, January). Бошланғич таълимда экологик таълимтарбияни шакллантиришда креативликни такомиллаштириш методикаси. In E Conference Zone (pp. 29-36).

11. Эшбоева С. и др. Бошланғич синф ўқувчиларининг экологияга оид тушунчаларини креатив ёндашув асосида такомиллаштиришнинг ўзига хос хусусиятлари //E Conference Zone. – 2022. – С. 124-130.

12. Eshboeva S. Creative approach to forming ecological concepts in primary class students. – 2022.

13. Eshboyeva, S. (2022). Didactic possibilities of creative approach in forming ecological concepts in primary class students. Conferencea, 200-205.

14. Eshboyeva S. Didactic possibilities of creative approach in forming ecological concepts in primary class students //Conferencea. – 2022. – С. 200-205.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.