ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya metodlari

초록

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tarbiya fanini o'qitishda o'qituvchilarning darslarda pedagogik texnologiya, boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya metodlari

Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li

DTPI, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Choriyeva Diyora Muhiddinovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta'lim

yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya:Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tarbiya fanini o'qitishda o'qituvchilarning darslarda pedagogik texnologiya, boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: texnikaviy, axborotli, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik.

Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan. Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanildi. Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun ta'lim samaradorligi pedagog va o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq.

Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kengayib, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o'zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o'zining ma'lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo'lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni aniq voqelikka aylantirdi.

Ta'lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi. An'anaviy o'qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o'g‘zaki so'zlarga tayanib ish ko'rishi tufayli axborotli o'qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o'qituvchi faoliyati birgina o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta'kidlagan holda baxolanmoqda.Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», Zigzag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda . Ta'limiy o'yinlarning o'tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim. «Zigzag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda.Ta'lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o'qituvchi tomonidan yaratiladi, ta'lim-tarbiya bosqichlarini o'zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchida shakllantirish ko'zda tutilgan ma'naviy sifatlarni o'zlshtirishga yo'naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o'z ichiga oladi.

Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin .

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.

1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.

2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.

XULOSA

Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.Bizning fikrimizcha, ta'limiy o'yinlarga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Ta'limiy o'yinlar o'quvchilar yoshiga mos bo'lishi kerak;

2. O'yinlar o'tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo'lishi lozim;

3. Ta'limiy o'yinlarni o'tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;

4. Ta'limiy o'yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi kerak.

5. Ta'limiy o'yinlarning o'tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

2. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

3. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т.

1. – №. 5. – С. 186-190.

4. Rustam o‘g A. T. et al. XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA

O ‘QUVCHILARNING BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI //Journal of

Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 94-100.

5. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

6. Rustam o‘g A. T. et al. Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 88-93.

7. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) 1(6), 886-889

8. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from

9. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from

10. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.

(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING

BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from

11. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna. (2023). TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 503–508. Retrieved from

12. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.

(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI

TA’LIMOTLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665

13. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY

QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/666

14. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023).

1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI

SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363– 373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.