BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MATBUOTDAGI O‘RNI
Yaxshiboyeva Fardona Nodir qizi
TDShU 3-kurs talabasi
Tel: +998906062270
Annotatsiya: Bugungi kunda zamonaviy texnalogiyalar rivojlanagn XXI asrda bosma OAV raqobatdosh holati, yutuq va kamchiliklari haqida raqbotlashish jarayonida uning mavqeini oshirish bo‘yicha maqolada batafsil yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Axborot, qonun, Reuters, France Press, matbuot.
Keyingi yillarda Oʻzbekistonda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash uchun ochiq maydon yaratildi. Bunday imkoniyatdan foydalanish yoʻlidagi turli gʻovlar: maʼmuriy, norasmiy cheklovlar deyarli olib tashlandi. Jamiyatda har kim oʻz fikrini bemalol bildirishi, murojaat va eʼtirozlari, taklif hamda shikoyatlarini erkin ifoda etishi uchun zarur huquqiy baza yaratildi va u takomillashtirilmoqda. Fuqarolar, jurnalistlar, blogerlarga katta minbarlar berildi. Bular internet, undagi ijtimoiy tarmoqlar, portallar, gazeta-jurnallar, TV va radio, xullas, axborot yetkazishning barcha vositasini, onlayn va oflayn, anʼanaviy va noanʼanaviy instrumentlarni qamrab oldi. Shunga yarasha insonning soʻz va axborot olish erkinligi, jurnalistik faoliyat erkinligi kafolatlari tubdan mustahkamlandi, bunday huquqlarga daxl yoki qarshilik qilganlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari kuchaytirildi. Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o‘ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo‘gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo‘lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir.
O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o‘rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta’minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bu axborot olishdagi ba‘zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Bosma OAVlari hali ham raqamli ommaviy axborot vositalariga qaraganda o’zining afzalliklariga ega. Jumladan, nashriyotlar o’quvchilarga o’qishni o’rganish va savodxonlik ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Matbuotning mazmunini yozma so’z orqali ifodalovchi o’ziga xosligi, birinchi navbatda, radio va televideniyega qaraganda matnlarning ko’proq tahliliyligidadir. Shuningdek, mavzular va yangiliklarni raqamli media mualliflariga nisbatan chuqurroq yoritishi mumkin. Bosma OAVlarning eng qadimgi shakli kitoblar bo’lib, ular aloqa va axborot vositasi sifatida ishlatiladi. Ular yozuvchilarning ma’lum bir mavzu bo’yicha bilimlarini oshiribgina qolmay, balki bizni qiziqtiradigan adabiyot, tarix, badiiy hikoyalar va boshqa ko’plab mavzularni o’z ichiga oladigan turli xil platformadir. Dunyoda kuzatilayotgan axborotlashtirish jarayonining global tabiati, shuningdek, axborot texnologiyalari va yangi ommaviy axborot vositalarining jadal rivojlanishi odamalar uchun maxsus axborot tayyorlash zarurligini ko’rsatadi. Aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, nashriyotlar bosma OAVlar yuksalishiga alohida e’tibor qaratyabdi. Chunki, bugungi kunda O’zbekiston Milliy kutubxonasida jami vaqtli matbuot nashrlariga buyurtmalar (gazeta va jurnallar) 613045 nusxani tashkil etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Bosma ommaviy axborot vositalari hanuzgacha muhim ma’lumot manbai bo’lib qolmoqda. Jahon gazetalar assotsatsiyasi ta’kidlaganidek, dunyoda bir milliard odam har kuni gazeta o’qiydi. Bosma ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, davlat va nodavlat davriy bosma nashrlar, tahririyatmatbaa komplekslarining miqdor va sifat jihatidan o’sishi, fuqarolik jamiyati institutlari, shakllanishiga sabab bo’ladi. Ma’lumotlarni o’tirgan joyingizda internet orqali bilish yaxshi lekin, kunlik, haftalik, yoki oylik gazetalarga obuna bo’lib, olib o’qishingiz savodxonligingizni oshiradi, u yerdagi krasvordlar miya faoliyatining charxlanishiga sabab bo’ladi yoki turli reklamalardan xabardor bo’lishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda kunlik yangiliklar e’lon qilinadi ammo, aniq ma’lumot ekanligiga ishonish va ishonmaslik holatlari yuz beradi. Nashriyotlar esa chuqur tahlil va keng yoritishi bilan ahamiyatlidir.
Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda ko‘pchilikning e'tiborini o‘ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so‘ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo‘la boshladi. O‘zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko‘ndalang qo‘yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Xudoyqulov, M (2005) Jurnalistikaga kirish : O’quv qo’llanma: Toshkent:
2. Xudoyqulov, M. Qozoqboyev, T. (2008) Jurnalistikaga kirish: Toshkent: Iqtisod-moliya.
3.O‘zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. –T.: Adolat, 2008.
4. O‗zbekiston Respublikasining ―Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida‖gi (yangi tahriri) qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‗plami. –T.: Adolat, 2008.
5. To‘lqin Eshbekov. Axborot xizmatlari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2019.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.