QARSHI KURASHISH MUXIM VAZIFALARDAN BIRI
Nabiyev Sanjar Hamraqul o‘g‘li
Qashqadaryo viloyati Koson tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizlik
xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda voyaga yetmaganlar xamda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishning chora-tadbirlari xamda samarali usullari taxlil etilgan. Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari yoritilib, unga tasir etuvchi omillar o‘rganiladi va misollar keltiriladi. Yoshlar jinoyatchiligi avvalo yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishdan boshlanishiga ilmiy mazmunda to‘xtalib o‘tildi.
Kalit so‘zlar: voyaga yetmaganlar, yoshlar, huquqbuzarlik, yoshlar jinoyatchiligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, profilaktik chora-tadbir.
Bugungi kunda mustaqil yurtimiz kun sayin chiroy ochib gullab yashnab bormoqda, minglab millionlab o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. So‘ngi 5 yilni oladigan bo‘lsak yurtimizda xar bir inson uchun ko‘plab shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Ayniqsa mustaqil O‘zbekistonda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoit va berilayotgan imkoniyatlarni chek chegarasi yo‘q. Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan yoshlarga xar soxada xox talim xox sport v.k barcha yo‘nalishlarda cheksiz imkoniyatlar yaratib berilayotganligi bu yurtimiz yoshlariga nisbatan berilgan katta ishonchdan dalolat beradi, zeroki yurt kelajagi yoshlar qo‘lida.
Yurtboshimiz xar gal yoshlar bilan uchrashganlarida yoshlarga qarata: “Sizlarni O‘zbekistonni eng katta boyligi, bebaxo xazinasi sifatida qadrlayman”, -deya takidlab keladilar.1
Ammo ming afsuski yurtimizda ana shunday yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish o‘rniga qimmatbaxo vaqtlarini bekorchi va yod narsalarga sarflab buning oqibatida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etib kelayotgan voyaga yetmaganlar va yoshlar xam uchrab turibdi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishni eng avvalo oiladan boshlash kerak, oilani mustaxkamlash kerak, qadim-qadimdan ota-bobolarimizdan o‘tib kelayotgan bir naql bor: “Vatan ostonadan boshlanadi”. Farzand oilada dunyoga kelgan vaqtdan boshlab shu oilaning tarbiyasi ila kamol topib boradi, shu oilada muxit qanday bo‘lsa shu muxitda o‘sadi. Shu boisdan avvalo oilani mustahkam qo‘rg‘onga aylantirmoq lozim, farzand katta bo‘lgani sari ota-onasi u uchun idial shaxs sifatida ko‘rina boshlaydi, ota-ona oilada o‘qimishli, ziyoli shaxs bo‘ladigan bo‘lsa farzand xam ulardan o‘rnak olib boradi. Biroq bugungi kunda jamiyatimizning ayrim oilarida ota-onaning mavjud uquvsizligi, farzandga bo‘lgan etiborsizligi, oiladagi o‘zaro ichki nizolar, ota-onaning kelishmovchiligi, kunda oilada takrorlanib kelayotgan janjallar natijasida ushbu oiladagi farzandlar tashqi muxitga qarab qochishni boshlaydilar va tashqi muxitdagi ayrim illatlarga qo‘shilib qolishlari natijasida asta-sekinlik bilan oxiri berk bo‘lgan qorong‘u yo‘lak sari yura boshlaydilar, buning oqibatida esa huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishni boshlaydilar.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi. E’tirof etish kerakki, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni bir qismi tayin bir o‘qish yoki ish joyiga ega bo‘lmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Buning oldini olishda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan jinoyatchilikni oldini olishda mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 19.01.2022 yildagi PQ 92-son qarori2 bilan har bir maxallada “Yoshlar yetakchisi” lavozimi joriy etilib ularga maxalladagi har bir yosh bilan individual o‘rganish olib borgan xolda bandligi ta’minlanmagan yoshlarni istak va qiziqishlarini inobatga olgan xolda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash kabi bir qator aniq vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 24 dekabr kunidagi PQ 4075-sonli qarori3 bilan har bir maxallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruxlari tashkil etilib, ushbu gurux tarkibiga:
-maxalladagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash niyatida mudofaa ishlari bo‘yicha tuman bo‘limiga murojaat qilgan harbiy xizmatga chaqiriluvchilar;
-respublika oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlar;
-ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlar orasidan shakllantirish nazarda tutilib, ushbu guruxga a’zo bo‘lgan yoshlar bilan maxallada bu mening uyim, bu mening maxallam, bu mening vatanim, men maxallamda jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymayman shiori ostida tungi vaqtda profilaktika inspektori bilan birga belgilangan yo‘nalish bo‘yicha umumiy 100 soatdan kam bo‘lmagan vaqt miqdorida patrullik qilgan yoshlarga profilaktika inspektori va maxalla raisi bilan birgalikda xizmatga, o‘qishga tanlov o‘tkazishda inobatga olinadigan tavsiyanomalar berilishi bu xam yoshlar uchun katta imkoniyatlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yuqorida belgilab o‘tilgan ushbu davlat organlarining har birining vazifalari aniq belgilab berilgan bo‘lib, ushbu davlat organlari tomonidan bugungi kunda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan sport va talim yo‘nalishida bugungi kunda yoshlarimiz Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan turnerlar, nafaqat respublika balki Osiyo davlatlari xamda jaxon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib kelishmoqda, bu esa ushbu davlat organlari tomonidan ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi. Shu boisdan xam bugungi kunga kelib yoshlarimiz tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etish xolatlari kamayishiga erishildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ammo ana shunday yutuqlarimiz bilan faxrlanib turgan bir vaqtning o‘zida ming afsuski ayrim yoshlarimiz o‘rtasida bugungi kunda qonun buzish xolatlari, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish xolatlari va eng achinarlisi yoshlarimiz tomonidan jinoyat sodir etish xolatlari xaligacha davom etib kelmokda. Jumladan yoshlarimiz tomonidan bungi kunda:
- gurux-gurux bo‘lib maishatbozlik qilish;
- tungi vaqtlarda ko‘ngilochar joylarda bo‘lib qarovsiz xolatda qolib ketish;
-tungi vaqtlarda nazoratsiz xolda ko‘chalarda bemaqsad yurgan xolda har-xil turdagi huquqbuzarlik sodir etilish xolatlariga qo‘shilib qolish;
-giyoxvandlik va psixatrop moddalarni istemol qilish uning noqonuniy aylanmasiga aralashish;
-o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida katta miqdorda pul topish evaziga o‘g‘irlik va firibgarlik qilish xolatlari;
-ota-onalarni farzandga bo‘lgan etiborsizligi va farzandini qarovsiz qoldirishi oqibatida voyaga yetmagan bolalar tomonidan avtomobil boshqarish uchun huquq beruvchi xaydovchilik guvoxnomasi yo‘q bo‘la turib yashash xonadonida mavjud bo‘lgan avtomashinani boshqarib ko‘chaga chiqib ketishi va yo‘llarda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport xodisalarini sodir etayotganlari;
-ko‘chalarda guruhbozlik qilish, ko‘pchilik bo‘lib o‘zaro sama sudlar qilish va buning natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etilishi kabi xolatlar bugungi kunda yoshlarimiz o‘rtasida uchrab turganligi ming afsuski haqiqat.
Shu boisdan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan bunday huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishda bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasining quyidagi:
*huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;
*huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi;
*huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;
*huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi4 kabi turlarini qo‘llagan xolda yoshlarni ma’lum toifalarga bo‘lgan xolda ular bilan doimiy tarzda samarali profilaktik tadbirlarni amalga oshirib borish lozim. Bugungi kunda yangilanayotgan O‘zbekistonda bir qator keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan yoshlarga oid davlat siyosati ilgari surilmoqda, buning misoli o‘laroq yurtboshimiz tomonidan O‘zbekistonda 2024 yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash” yili deya elon qilinishi xam katta ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining quyida asosiy:
*ochiqlik va shaffoflik;
*yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
*yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
*ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
*yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi5 kabi prinsiplarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish lozim.
Shuningdek maҳallalarda yoshlarni doimiy tarzda o‘rganib borgan holda dunyo qarashi o‘zgargan, ota-onaning nazoratidan chetda qolib ketgan, yoshlar bilan mahallada keng jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yib ushbu toifadagi yoshlar bilan ko‘maklashish lozim bo‘ladi. Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sport va ta’lim sohasiga juda katta etibor qaratish lozim. Har bir maxallada yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun qulay sharoitga ega, yoshlar shug‘ullanishlari uchun sport zallar xamda turli xildagi to‘garaklarni doimiy tarzda tashkil etib borish lozim.
Xulosa kilib aytadigan bo‘lsak yurtimiz kelajagi yoshlar ko‘lida, shu kelajak mustaxkam bo‘lishi, yoshlarimiz xar tomonlama yetuk, bilimli, zukko, mard va oliyjanob bo‘lib kamol topishi zarur, buning uchun esa yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun avvalo har bir oila, mahalla tuzilmalari, keng jamoatchilik vakillari, barcha davlat tashkilotlari va huquqni muxofaza qiluvchi davlat organlari yuqoridagi masala yuzasidan keng ko‘lamli isloxotlarni amalga oshirmog‘i lozim.
Ey muhtaram yoshlar! Aziz birodarlar, o‘g‘ul to‘ylarig‘a sarf qilaturgon aqchalaringizni mana shul ilm zamoni yo‘lig‘a sarf etingiz, sizdan o‘g‘lungizg‘a mol meros qolmasun, balki, albatta, ilm va tarbiya qolsun6.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidagi so‘zlagan nutqidan.
2. LEX.UZ https://www.lex.uz. 19.01.2022 y
3. LEX.UZ https://www.lex.uz. 24.12.2018 y
4. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 may kunidagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ 371-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentabr kunidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ 406-son qarori.
6. Mahmudxo‘ja Behbudiy “Jadidlar” to‘plamidan.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.