ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINI HARBIY VATANPARVALIK YO‘LIDA TARBIYALASHNI RIVOJLANTIRISH

초록

Ushbu maqolada yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, mafkuraviy tasirlashdan asrash, yoshlarni jasurlik, mardlik, vatanni sevish o‘zligini anglash hamda ommaviy madaniyatning yoshlarga bo‘lgan salbiy tasirlari haqida so‘z yuritilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RIVOJLANTIRISH

Anvar Khanimkulov Rahimkulovich

TDPU Harbiy ta’lim fakulteti katta o‘qituvchisi

Umarov Asilbek Akbar o‘g‘li Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakulteti 2-

kurs talabasi

Anotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, mafkuraviy tasirlashdan asrash, yoshlarni jasurlik, mardlik, vatanni sevish o‘zligini anglash hamda ommaviy madaniyatning yoshlarga bo‘lgan salbiy tasirlari haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: Mardlik, harbiy vatanparvarlik, Pedagogik jarayon, Vatan himoyasi, ommaviy madaniyat.

Hozirgi globallashuv arsiga kelib yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni vatanga sodiq qilib voyaga yetkazish bizning burchimiz hisoblanadi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvоr shakllarini amalda qo‘llash bo‘yicha umumiy masalalarni ko‘rib chiqamiz. «Yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalash kоnsеpsiyasi»da yoshlarni harbiyvatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari: ishоntirish; mashq qildirish va mustaqil ishlash; kuzatish; rag‘batlantirish; o‘rnak ko‘rsatish va shaхsiy namuna dеb ko‘rsatilgan. Shunga muvоfiq ravishda tеgishli yo‘l-yo‘riqlar bеlgilab bеrilgan. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvоr shakllari to‘g‘risida kоnsеpsiyaning 13-bandida shunday ko‘rsatib o‘tilgan: «Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savоl-javоb kеchalari, kitоbхоnlik, o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va bоshqa shakllarda tashkil etiladi.

Yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanga sadoqatlik ruhiyatini oshirishning meyoriy asoslari va moddiy texnik bazasi yaratilib kelinmoqda. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiya ishlariga mamlakat fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik, jasurlik hamda vatanni sevish tuyg‘ularini singdirish dolzarb vazifalardan biriga aylanib kelmoqda. Natijada yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixalogik imkoniyatlari harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish zaruratini asoslaydi. Falsafiy, metodologik, metodik, psixologik va pedagogik yondashuvlarga hamda chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarligi ruhida tarbiyalashga doir milliy tajriba, respublikamiz va chet ellik olimlar, shuningdek, guruh va seksiya komandirlarining tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishga doir asoslanganligi; tadqiqot vazifalariga mos keluvchi, o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi, tahlil va tadqiqot tavsifining miqdor, shuningdek, sifat jihatidan ta’minlanganligi, tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi bilan belgilanadi. Qolaversa bоy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan harbiy хizmatchi va faхriylar, ilm-fan, madaniyat va spоrt sоhalarida, turli musоbaqa va tanlоvlarda g’оlib bo‘lgan shaхslar bilan uchrashuvlar. Bunday uchrashuvlarni tеgishli yo‘nalishdagi tadbirlar, bayramlar, yirik sanalar va shu kabilar bilan bоg‘liq ravishda o‘tkazish an’anaga aylangan. Bu uchrashuvlarga оldindan puхta va atrоflicha tayyorgarlik ko‘rish, zarur qulay sharоitlarni hamda tadbir ishtirоkchilarini tayyorlash, tadbirni оlib bоrish rеjasini, taklif etilgan mеhmоnlarni kutib оlish, bоshlab bоrish, minnatdоrchilik bildirish, kuzatib ko‘yish tartiblarini bеlgilash va to‘liq amalga оshirish lоzim. «Namunali harbiylar оilasi» ko‘rik-tanlоvini, «Оtam, оnam va mеn - spоrtchilarmiz» musоbaqalarini o‘tkazib bоrish ham ushbu maqsadlarga хizmat qiladi.

Vatanparvarlik insonning fuqaro hamda muayyan jamiyat a’zosi sifatidagi eng buyuk burchi bo‘lib, oilaga sadoqat, kelajakka ishonch, tarixga hurmat, bugungi kuniga e’tibor, atrofdagi insonlar manfaatlarini hisobga olish, haqni nohaqdan ajrata olish kabi xislatlarni jamlaydi. Istalgan qo‘shin, jamiyatda vatanparvarlik tuyg‘usi kamolga yetmas ekan, uning ixtiyoriga eng zamonaviy qurol berilganda ham foydasi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Vatan himoyasida, avvalo, inson omili yetakchi o‘rinda turadi. Respublikamiz prezidenti Sh.Mirziyoyev o‘z nutqlaridan birida ma’naviyma’rifiy tarbiya o‘ta muhim, nozik va hal qiluvchi masala ekanligini ta’kidlab, bugungi yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida ulardagi vatanparvarlik sifatlarini voyaga yetkazishning yangicha tizimini ishlab chiqish vazifalarini kun tartibiga qo‘ydilar. Yurtboshimiz bu jarayonda tarixiy an’analar hamda xorijiy mamlakatlar tajribalari umumlashtirib, zamonaviy ilmiy asosda yurtimizda bolalar va o‘smirlarning vatanparvarlik tashkilotlarini tuzish kabi tavsiyalarni berdi. Yoshlarning harbiy hayot, jismoniytarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishida qog‘ozbozlik, yuzakilik va sustkashlikka yo‘l qo‘yish katta xato ekanligi ta’kidlandi, shuning uchun talaba-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangicha pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha yangicha metodologiyani ishlab chiqish bugungi ilmiy tadqiqotlarning bosh maqsadiga aylanib ulgurdi.Shuningdek, O‘zbekston Respublikasi ta’limi sohasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilangan vazifalarning to‘laqonli amalga oshirishga erishish ham yoshlarda vatanparvarlik sifatlarini va fidoyilik xususiyatini shakllantirishda muhim omil bo‘ladi. Harbiy vatanparvarlik insondan sabrli, chidamli, qat’iyatli, matonatli, jasurlik va mardlik fazilatlariga ega bo‘lishni shart qilib qo‘yish orqali u mohiyatan insonning kundalik mayda tashvishlardan ulug‘vorlikka olib chiqadi. Ya’ni inson harbiy vatanparvarlik orqali xudbinona vatanni sevishdan, vatan oldidagi axloqiy burchini anglashga o‘tadi, ulg‘ayadi. Talabalar uchun vatanparvarlik tarbiyasining muhimligi mamlakatimiz xavfsizligi, mudofaa quvvatini mustahkamlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash zaruriyati bilan ham belgilanadi. Shu sababli talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta’limtarbiya ishlari oldida turgan ulug‘vor, mas’uliyatli vazifa bo‘lib qolmoqda. Mustaqil davlatimizning bugungi bosh vazifalaridan biri –yurtim, elim deb kuyib, yonib yashaydigan vatanparvar komil insonni tarbiyalashdir. Pedagogik jarayonda talabalarni vatanparvarligi, vatanga muhabbat tuyg‘usining chinakam e’tiqodga, chinakam aqidaga aylanishi uchun ularda tarixiy shaxslarni vatanparvarligi, vatan oldidagi qahramonligi o‘rgatish, psixologik ta’sir ko‘rsatib mardlik va jasorat sifatlarini rivojlantirish mumkin. Misol uchun, Shayx Najmiddin Kubro o‘zi bosh bo‘lib, xalqdan lashkar tuzib, Urganch fuqarosini dushmanga qarshi jangga ruhlantiradi. Beomon jangda Shayx bayroqni baland ko‘targan holda to so‘nggi nafasiga qadar uni qo‘lda tutib boradi. Dushmanlar bayroqni olish uchun shayxning barmoqlarini bir-bir kesib olishga majbur bo‘lgan ekanlar.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi insonda yuqori mudofaa ongini, Vatanning qurolli himoyasi uchun zarur bo‘lgan g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-psixologik va axloqiy sifatlarni shakllantirish bo‘yicha tizimli, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Talabalarda vatanparvarlikni rivojlantirishda pedagogik-psixologik tayyorgarlikni ahamiyati juda yuqori hisoblanadi. Jamiyatda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nafaqat pedagogik-psixologik asoslarga, balki ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy asoslarga bog‘liq ekanligiga e’tibor berish zarur. Shubhasiz, yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik ishlarini kuchaytirish bo‘yicha faoliyat bugungi kunda mahalliy, hududiy xususiyatlarni, shuningdek foydalaniladigan kuchlar va vositalarni avvalgidan ko‘ra ko‘proq kengaytirish maqsadga muvofiq. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida barcha sohalar kabi ma’naviy sohada hamyangicha yondashuvlar va munosabatlar shakllanmoqda. Zero, bu sohada bajariladigan ishlar, tadqiq qilishga muhtoj muammolar ancha yillardan beri yig‘ilib kelmoqda edi. Bunday dolzarb vazifalardan biri vatanparvarlik tarbiyasidir. Yoshlarni turli zararli diniy oqimlardan, «ommaviy madaniyat» niqobi ostida kirib kelayotgan buzg‘unchi va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish maqsadida olib borilayotgan ishlar biz kutgan natijani bermayapti. Shuning uchun ham yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vatanparvarlik tarbiyasi muhim ekanligini, uni shakllantirish va takomillashtirish insonning tug‘ilishidan to umrining oxirigacha davom etadigan jarayon ekanligini uqtirib o‘rgatib borishimiz lozim. Yoshlarni Vatan va millat oldidagi burch va mas’uliyatini his qilishga o‘rgatish, qonunlarga rioya etish fazilatlarini qaror toptirishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Anvar Khanimkulov Rahimkulovich. (2022). Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo ‘nalishi talabalarini harbiy vatanparvarligi ruhida tarbiyalashni takomillashtirish. Conference Zone, 66–68. Retrieved from

2. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining metodologik nazariy asoslari

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi // Xalq so'zi, 3-soni. - 2017 yil. 10 yanvar.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevral kuni tasdiqlangan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontsepsiya" Vatanparvar gazetasining № 9 (2760) – soni, 2018 yil 2 mart.

5. Mirziyoev Sh.M. Jismoniy va ma'naviy etuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir // www.prezident.uz.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.