Chet tili darsida madaniyatlararo aloqani o’rnatish
Xodjayev Dilshod Xamidxonovich
NamDU doktoranti
kosonsoydilshod@gmail.com
Anotatsiya: ushbu maqolada o’zga xalqlarni madaniyatini o’rganish, ularning urf odatlari va etiqodlarini tushunish xalqlar o’rtasida madaniy aloqalarni yolga qoyishning ijobiy jihatlari yoritib berilgan. Bunda asosan chet tilini o’rganish jarayonida o’sha tilda o’z ona tili sifatida so’zlashuvchi xalqning madaniyatini paralel ravishda o’rganib borish uchun chet tili o’qituvchilarga bir nechta tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: madaniyat, simbioz, metotizm, sub’yekt, ob’yekt, dialog, ekstrapragmatik, kulturatsiya, qiyoslash, to’qnash, metodologiya.
Межкультурный диалог на уроках иностранного языка
Ходжаев Дилшод Хамидхонович
Докторант НамДУ
kosonsoydilshod@gmail.com
Аннотация: в данной статье освещаются положительные стороны изучения культуры других народов, понимания их обычаев и вероисповедание, при этом улучшение культурных связях между народами. Учителям иностранного языка дается ряд рекомендаций по параллельному изучению языка и культуры народов, говорящих на этом языке как на родном.
Ключевые слова: культура, симбиоз, методизм, субъект, объект, диалог, экстрапрагматика, аккультурация, сравнение, столкновение, методология.
Intercultural dialogue in a foreign language lessons
Khodjaev Dilshod Khamidkhonovich
Doctoral student of NamSU
kosonsoydilshod@gmail.com
Abstract: this article highlights the positive aspects of studying the culture of other nations, understanding their customs and beliefs, establish cultural relations between national cultures. Several recommendations are given to foreign language teachers in order to study the language and the culture of the nations who speak that language as their mother tongue in parallel.
Key words: culture, symbiosis, Methodism, subject, object, dialogue, extra pragmatic, acculturation, comparison, clash, methodology.
Xalq madaniyati an'anaviy madaniyat bo'lib, qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo'lgan turli davrlarning madaniy qatlamlarini o'z ichiga oladi, uning sub'yekti xalq - jamoaviy shaxs bo'lib, madaniy aloqalar va mexanizmlarning umumiyligi bilan jamoaning barcha shaxslarini umumiy bir madaniyat vakili sifatida namoyon bo’ladi. Xalq madaniyat qoidalari biron bir xujjatda yozilmaganligi sababli an’ana va urf odat jamiyat uchun muhim ma'lumotlarni uzatish usuli sifatida katta rol o'ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, madaniyat ob'ektiv kuzatishga mos keladigan inson ruhiyatining ifodasidir. Bu bizning xotiramizda mas balkim ramzlarda bizga namoyon bo’ladi. Madaniyat (lotincha “cultura” — yetishtirish, tarbiyalash, hurmat qilish) — sunʼiy obʼyektlar olami (ideal va moddiy obʼyektlar; obʼyektiv harakatlar va munosabatlar), tabiatni o'rganish jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan, inson hayotiga moslashtirilgan va tarkibiy, funktsional va dinamik naqshlarga ega (umumiy va maxsus). Madaniyat tushunchasi ma'lum bir mahoratning mukammallik darajasini va uning ekstrapragmatik qiymatini bildirish uchun ham qo'llaniladi. Madaniyat gumanitar fanlar majmuasi tomonidan o‘rganadi; birinchi navbatda madaniyatshunoslik, madaniyat falsafasi, etnografiya, madaniy antropologiya, sotsiologiya, psixologiya va tarix. Madaniyatning muhim xususiyati shundaki, uning ob'ektiv tuzilmalari har doim shaxsning undagi qonun-qoidalarini qabul qilish (yoki rad etish), talqin qilish, ko'paytirish va o'zgartirishga yaqin bo'ladi. Madaniyatni qabul qilish yoki uning qoidalariga bo’ysinish (kulturatsiya) madaniyat mexanizmlari bilan "avtomatik ravishda" ta'minlanishi mumkin, lekin u axloqiy va ijodiy harakatlarni talab qiladigan muammo ham bo'lishi mumkin. Bu odatda turli xil madaniyatlar to'qnashganda yoki avlodlar, dunyoqarashlar to'qnashuvi mavjud bo'lganda sodir bo'ladi. Hozirgi kunda dunyoda axborot almashuvi tezlashganligi sababli ko’plab madaniyatlar bir biriga qaramaqarshi qo’yiladi yoki aksincha integratsialanishini kuzatishimiz mumkun. Shunday qilib, o'zini madaniyat bilan bog'lash yoki madaniyatni o’ziga singdirish balki rad etish shaxsning asosiy xususiyatlaridan biridir. Madaniyat jamiyatning mavjud bo’lgan barcha davrlarida, ibtidoiy jamiyatdan tortib to tsivilizatsiyagacha bo'lgan davrda jamiyatning o'zini o'zi belgilashi uchun bir xil darajada muhimdir. Tarixiy shakl sifatida madaniyat doimo xulq-atvor, marosimlar va urf-odatlar, ijtimoiy normalar, axloqiy va diniy qadriyatlar, dunyoqarash va maqsadlarni belgilashning o'ziga xos mahalliy simbiozi shaklida mavjud. Ushbu tizimning yaxlitligi madaniyatning ob'ektivlashtirilgan mahsulotlarining yig'indisi va uning "tili", ya'ni ma'lum bir madaniyat doirasida nisbatan tushunarli bo'lgan belgi metatizimi bilan beriladi.
Zamonaviy gumanitar fanda madaniyatlar dialogi quydagi usullar sifatida qaraladi: etnik-madaniy va umuminsoniy ma'nolarni uzatishning o'ziga xos mexanizmi, milliy va madaniy qadriyatlarni qiyoslash, badiiy va amaliy madaniyatni o’zaro almashish va turli milliy adabiyotlarning badiiy-estetik boyligi. Mualliflarning estetik tushunchalari, g’oyalari, syujetlari, falsafiy, an’analar va boshqa mavzular bilan boyitilgan adabiy va badiiy asarlari orqali boshqa bir madaniyat vakillariga yetkiziladi. Turli madaniyat vositalaridan foydalanish yaratilayotgan asarni nafaqat o’quvchiga jozibali qilib ko’rsatadi balki asardagi madaniyatni keng ommaga namoyon qiladi. Madaniyatlarning o'zaro to’qnash kelishi natijasida ular o’rtasida madaniy aloqa yuzaga keladi. Madaniyatlararo aloqada, birinchi navbatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yuqori o’rinda turishini ko'rish mumkin. Turli madaniyatlarni o’zaro aloqasida yozuvchilarning ijodiy yutuqlari, qahramonlarning o’ziga xos o’y hayollari, inson tafakkurining shaxsiy xususiyatlari, ongi va turli madaniy tizimlarni o’rganish va taqqoslash imkoni vujudga keladi.
Madaniyatlararo muloqotning tub manosi zamonaviy inson o'z madaniyatiga ega bo’lishi va uni tushunishi, boshqa madaniyatni tug’ri anglashini ifodalaydi. Madaniyatlararo muloqotning asosiy negizi boshqa bir madaniyat vakili tomonidan jahon madaniyati tarkibida barcha milliy madaniyatlarni qonun va qoidalarini hurmat qilishi va tan olishidir. Tadqiqot davomida madaniyatlar muloqoti hodisasining madaniy jihati ochib beriladi, badiiy madaniyatning rivojlanish jarayoni, bunda muallif tomonidan o’z madaniyatiga xos qirralari aks etgan badiiy asar, san’at asari yoki boshqa bir ijodkorlik namunasini o’zga madaniyat vakillari tomonidan o’rganishi ikki madaniyat o’rtasida aloqa yuzaga kelishidir. Madaniyatlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir metodologiyasi bir qator olimlarning asarlarida o’rganib chiqilgan, Rus olimi M.Baxtinning fikricha, madaniy dialog “o‘zaro bir birini tushunish, bu jarayonda ishtirok etish va shu bilan birga o‘z fikrida qolish, boshqa madaniyat vakillari bilan birlashish yoki masofani saqlash". Dialog –bu o’zaro ta’sirning doimo rivojlanishi. Bu har doim ajratish emas, balki birlashishdir. "Yashash - dialogik muloqot qilish demakdir. Muloqot tugagach, hamma narsa tugaydi. Shuning uchun, dialog mohiyatiga ko'ra, tugamaydi va tugamasligi kerak". Baxtinning fikricha har bir madaniyat boshqa madaniyat bilan duch kelganida va madaniyataro muloqot yuz berganda rivojlanadi, bunda bir madaniyat vakillari boshqa madaniyatga o’z qiziqishlarini ifodalashadi va undagi o’ziga xos xususiyatlarni anglashadi, shu orqali madaniyat rivojlanishni davom etadi. San'at asarlari yoki badiiy asarlar madaniyatning boshqa qismlaridan farqliroq boshqa madaniyat vakillariga keng taqdim etiladi. Masalan, A.S. Pushkin va F.M. Dostoevskiylar rus va gʻarb madaniyatlari chorrahasida shakllangan. Ularning fikricha g’arb ularning ikkinchi vatani, Evropaning tuprog’i esa muqaddasdir. Yevropa madaniyati dialogik: u boshqa madaniyatlar bilan aloqador, boshqa madaniyatni tushunish va o’ziga singdirish istagiga asoslangan. Yuqoridagi ijodkorlarning g’arb madaniyatiga intilishi ularning ta’limotida ushbu madaniyatning targ’ib qilgan fransuz tilini o’rganganligi va o’sha tildagi adabiyotlarni ko’p mutoalaa qilishgandandir.
Madaniyatni o'qitishning maqsadlari
Madaniyatni o'rgatish - ushbu tilda so’zlasha olishdan ko’ra ko’p vaqt va murakkab jarayon. Ushbu amaliyotni amalga oshirishdan maqsad, talabalarning tili o’rganilayotgan mamlakatlarning madaniyatidan xabardorligini oshirish, madaniyatga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish va o'zlari mustaqil tarzda madaniyatlar o'rtasidagi farq va o’ziga xos xususiyatlarni tahlil qilishga yordam beradi. Madaniyatlarni taqqoslash biron bir madaniytni kamchiligini topish yoki uni kamsitish emas, balki u madaniyat orqali o’quvchilarning til o’rganishga qiziqishini oshirish, madaniyatning tadbiq qilgan holda ularning o’rganilayotgan tilda tajribasini oshirish va mustahkamlash. Madaniyat elementlarini o’rganish jarayonida ularning globallashuvi kuzatilmoqda, biroq ularni o’rtasida hali ham xilma-xillik mavjud. Bu xilma-xillik o’quvchlar tomonidan tug’ri qabul qilinishi lozim, uni ustudan kulish yoki kamsitilmaslik kerak. Chet tili ustozlari tomonidan o’rgatilayotgan chet tilida so’zlashuvchi xalqlarning madaniyati til o’rganish bilan birgalikda malumotlar bera borish lozim. Pedagog Seelye tomonidan talabaning erishgan yutug’i, qobiliyati va o’zga madaniyatga munosabat va tushunchasini kuzatish lozimligini takidlaydi. Talaba o’zining jismoniy va psixologik ehtiyojini qondirishda jamiyatdagi boshqa odamlar kabi hatti harakat qilishlari, va bu bilan u jamiyatdagi qoidalarga amal qilishi unga g’ayritabiiy tuyulmasa, demak u madaniyatni o’ziga singdirgan hisoblanadi. O’quvchi nafaqat o’zi yashayotgan madaniy muhitda balki o’zga madaniyatda ham yosh, jins, ijtimoiy toifa va yashash joyi kabi ijtimoiy o'zgaruvchi holatlar madaniyatga ta'sir qilishini va o’zgarishlar sodir bo’lishini his qiladi. Bunday tafovutlarni o’quvchilar o’zga madaniyat vakillarini hayotini tasvirlovchi badiiy asar yoki filmlarda kuzatishlari mumkin. Yaqqol farq boy va qambag’al, keksa va yosh, shaxar aholisi va qishloq aholisi o’rtasidagi madaniy qarashlarda seziladi. O’quvchi til o’rganish jarayonida odamlarning oddiy va inqirozli vaziyatlarda qanday harakat qilishlarini bilib oladi va o’zlari sezmagan holda ularning hatti harakatlarini takrorlay boshlashadi. Bunday misollarni ingliz tilini o’rganayotgan yoshlarda yaqqol sezish mumkin, ingliz tilini biroz chuqurroq o’rgangan yoshlar suhbat jarayonida qo’l harakatlaridan ko’proq foydalanishadi. O’quvchilar o’zlari qiziqqan o’zga xalqlarni madaniyatini kuzatish va malumot olish, zarur ko’nikmalarini rivojlantirish uchun mustaqil yoki jamoaviy tarzda unga oid materiallarni kutubxonadan, ommaviy axborot vositalari va shaxsiy kuzatuvlaridan foydalanishsa bo’ladi. Ular intilgan madaniyatni o’rganish jarayonida ushbu madaniyat vakillariga iliq yoki aksincha sovuq munosabat paydo bo’ladi.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, chet tili fani o‘qituvchilari bir paytda chet madaniyatini o’quvchilariga mos va ijobiy tomonlarini targ’ibotchisi, uni amalda tajriba va tahlil qiluvchi hisoblanishadi. Ushbu tahlil jarayonlarida “advantage or dissadvantage” usullaridan foydalanish o’quvchilarda tanqidiy fikrlash, taqqoslash qobiliyatini oshiradi. Bu usulda guruhdagi o’quvchilar o’rtasida fikrlar keskin farq qilishi va bu farq ular o’rtasida bahs munozara paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ushbu jarayonda guruhdagi passiv o’quvchilar ham o’z qarashlari bilan bahs munozarada ishtirok etishadi, natijada darsning eng yuqori maqsadi bo’lmish o’quvchilarni faollashtirish va muloqot kompeyensiyasini yaxshilashga erishiladi. Albatta chet tili o’qituvchilari uqitilayotgan tilga tegishli madaniyatdan xabardor bo’lishi, yoki o’quvchilarning madaniyatini bilishi lozim(native speaker tomonidan dars berilganda). Ona tilida so'zlashuvchi yoki chet tili o'qituvchilari, til o’rgatish bilan bir paytda boshqa madaniyatni o’quvchilariga taqdim etish istagida bo’lgan ustozlar imkon qadar madaniyatlararo tushuncha va ularni rivojlanish tarixi haqida tushuncha va bilimga ega bo’lishlari lozim. Ustoz o’quvchilarga taqdim etilayotgan madaniy ta’limotlarni, undagi qadriyatlar tizimi, institutlari, shaxslararo munosabatlarini bilishi, tushunishi va hurmat qilishi lozim. Agarda imkoni bo'lsa, o'qituvchilar o'rgatilishi kerak bo'lgan har ikkala madaniyatda ham bir muddat yashagan bo’lishi maqsadga muvofiq. Agar buning iloji bo'lmasa, ustozlar haqqoniy madaniy muhitni badiiy adabiyotlarni o’qish orqali o’rnini to’ldirishlari lozim. Biroq hozirgi kunda badiiy adabiyotlarni mutoala qilish ijtimoiy tarmoqlar va video filmlar bilan siqib chiqarilmoqda. Tili o’rganilayotgan mamlakatda o’z xalqi uchun chop etilayotgan kitoblar, gazetalar, va jurnallarni o'qish, imkoni bo’lganda radio va televizion ko’rsatuvlarni tinglash, o’sha xalqning oddiy insonlarining turmush tarzini yorituvchi filmlarni tomosha qilish yod madaniyatni anglashga va tushunishga ko’mak bo’ladi. O'zimizn va o’quvchilarni madaniy talqinda tarbiyalashimiz uchun biz o’rganayotgan chet tilini o’z onatili sifatida gaplashuvchi shaxslar bilan turli mavzularda suhbat olibborishimiz lozim. O’qituvchi o’zga madaniyatning qonun qoidalari yuzasida o’quvchilar bilan tahlil yoki tushuncha berayotganda “qoralovchi yoki oqlovchi” pozitsiyasidan qochmog’i lozim, bunda o’quvchini o’z shaxsiy fikri bo’lgani maqul. O’qituvchi va o’quvchilar bir madaniyat vakillari bo’lishiga qaramay ularning har birining dunyo qarashi farq qiladi. Masalan g’arb mamlakatlarida ota ona voyaga yetgan farzandlaridan alohida istiqomat qilishi, yoki hindlar madaniyatida sigirlarni muqaddas sanalishi o’zbek yoshlari o’rtasida turlicha fikr va bahslar sababi bo’ladi. O'qituvchilar o'quvchilarning o'zlari va boshqa madaniyatga bo'lgan munosabalarini, kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirishlari kerak. Eng muhimi, ona tili va chet tili o'qituvchilari bir madaniyatning boshqasidan ustunligini ko'rsatish o’quvchilar tarbiyasida hato ekanligini doimo esda tutishlari lozim.
Chet tilni o’rganayotganda o’sha tilda gapiruvchi xalqlarni madaniyatini dars davomida o’rganish usullari.
1. Madaniyatni ta’riflash va tushuntirish.
Albatda o’qituvchi bitta darsning o’zida o’quvchilarga begona bo’lgan madaniyatni to’la qonli yoritib bera olmaydi. Bu jarayon o’quv kursi davomida sekin asta o’quvchilarning qiziqishini inobatga olib yoritib boriladi. O’quv mashg’ulotlari davomida o’qish uchun berilgan materiallardagi malumotlardan foydalanish ikki taraflama foyda bo’ladi.
2. Chet tilida o’sha xalqning madaniyatidan o’quvchilar tomonidan lavhalar tashkillash.
Bu jarayonda o’quvchilar madaniyatni xorijiy tildan foydalanish orqali his qilishadi. Bu lavhalar oila va jamiyatdagi o’zaro suhbatlar, biron bir anananing nishonlanishi yoki biron bir tarixiy voqea bo’lishi mumkin.
3. Dialoglar va mini dramalar.
Dialog va mini dramalar o’quvchilarni nafaqat turli vaziyatlarda chet tilida ravon so’zlashishni, balki ularni o’sha til sohibi kabi o’zini tutishni va his qilishni ham o’rgatadi.
4. Madaniyat doirasidagi tadbirlarda qatnashish yoki ularni tashkil etish.
Konsullik yoki madaniyat uylari tomonidan tashkil qilinadigan tadbirlarda ishtirok etish, bunday tadbirlarning internetdagi video yozuvlarini o’uvchilar bilan kuzatib borish o’quvchilarda keng qiziqish o’yg’atadi. Maktabda badiiy kechalar tashkil etib, unda o’rganilayotgan chet tilida sherlar,qo'shiqlar ijro etish, chet el milliy raqslar, liboslar tanlovi yoki devoriy ko’rgazmalarni tashkillash o’quvchilarni chet el madaniyatiga qiziqishini ortiradi.
5. Chet tilida o’z ona tili sifatida so'zlashuvchilarni dars yoki darsdan tashqari mashg’ulotlarga taklif qilish.
Bu jarayon o’quvchilarda juda katta ta’surot qoldiradi, chunki o’rganayotgan chet tilida jonli suhbat qilish chekka tumanlardagi o’quvchilarda har kuni ham imkoni bo’lmaydi. Bunday uchrashuvlarda o’quvchilar nafaqat kelgan mehmonning chet tilida so’zlashishi balki ko’proq uning o’zining tutishi, gapirish usuli kiyinish odobidan ham andoza oladilar.
O’rganilgan va ko’rib chiqilgan fikr va tavsiyalardan quydagilarni hulosa qildik.
1. Yuqoridagi qoidalarga amal qilgan holda o’quvchilarga o’zga madaniyatlar tug’risida bilim va malumot berilsa, hali teran mustaqil fikrga ega bo’lmagan yoshlar albatda dunyo halqlarini madaniyatini, ularning qadr qimmatini hurmat qiladigan shaxs bo’lib voyaga yetadi.
2. Dunyo halqlarning madaniyati turli tumanki ularni o’rganish bizning yoshlarning dunyo qarashini va tafakkur ongini rivojlantiradi. Chunki ilm-fan, iqtisodiyot va mamlakatning taraqiyoti negizida o’sha halqning madaniyati katta ahamiyatga egadir.
3. Madaniyat bilan hamnafas tarzda chet tilini o’rganish, ushbu tilda so’zlashibgina qolmay balki shu til egalari kabi tafakkur qilishni o’rgatadi. Darslar faqatgina o’quv jarayoni emas balki madaniy tadbirlar tarzda o’tilsa o’quvchilarda o’rganilayotgan tilga muhabbatlari oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "Диалогизм" М.М.Бахтина как проблема гуманитарной культуры XX века // "Бахтинский сборник". Книга 1 I Под ред. В.Л.Махлина и Д.Куюнжича. — М.: "Прометей", 1990.
2. Что такое диалогизм? (рецензия) // "Диалог. Карнавал. Хронотоп", 1993, 1(2).
3. Seeley, K. Competencies for teachers of gifted and talented children. Journal for the Education of the Gifted, 2003, 3/ 1, pp. 7–13.
4. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi.-T.:
O‘qituvchi, 1996.
5. Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot: Ilmiy ishlar to‘plami /Muharrir
A.Umarov.-T.: O‘zbekiston, 1997.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.