ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Current State of Forming Speech Culture in Primary School Students

초록

This article examines the current state of developing speech culture among primary school students, existing problems, and ways to solve them. The study highlights methodological approaches, modern pedagogical technologies, and interactive methods aimed at improving students’ oral and written speech in the educational process. The influence of family, school, and social environment on the formation of speech culture is also discussed. Special attention is paid to the development of independent thinking, fluent, and meaningful speech skills among students.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARI NUTQ MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHNING HOZIRGI HOLATI

Boyto‘rayeva Maftuna Musurmonqulovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlang‘ich ta'lim) mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

Ilmiy rahbar. p.f.f.d., (PhD). dots. G‘.Y.Salomov

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirishning hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol metodlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, nutq madaniyatini shakllantirishda oila, maktab va ijtimoiy muhitning ta’siri ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ravon va mazmunli nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, nutq madaniyati, og‘zaki nutq, yozma nutq, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, kommunikativ kompetensiya, til ta’limi, nutq rivoji, ta’lim samaradorligi.

Аннотация. В данной статье рассматривается современное состояние формирования культуры речи у учащихся начальных классов, существующие проблемы и пути их решения. Освещаются методические подходы, современные педагогические технологии и интерактивные методы, направленные на развитие устной и письменной речи учащихся в образовательном процессе. Также анализируется влияние семьи, школы и социальной среды на формирование культуры речи. Особое внимание уделяется развитию навыков самостоятельного мышления, грамотной и содержательной речи учащихся.

Ключевые слова: начальное образование, культура речи, устная речь, письменная речь, педагогические технологии, интерактивные методы, коммуникативная компетенция, языковое образование, развитие речи, эффективность обучения.

Abstract. This article examines the current state of developing speech culture among primary school students, existing problems, and ways to solve them. The study highlights methodological approaches, modern pedagogical technologies, and interactive methods aimed at improving students’ oral and written speech in the educational process. The influence of family, school, and social environment on the formation of speech culture is also discussed. Special attention is paid to the development of independent thinking, fluent, and meaningful speech skills among students.

Keywords: primary education, speech culture, oral speech, written speech, pedagogical technologies, interactive methods, communicative competence, language education, speech development, educational effectiveness.

Kirish. Respublikamiz ta’lim muassasaslarida о‘quvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bо‘lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini rivojlantirish, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishning moddiy-texnik bazasi yaratildi, meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlab, ilg‘or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari faoliyatiga joriy qilish uchun zamin yaratildi. Bu esa shaxsning intellektual ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi.

Mustaqillik yillarida ta’lim sohasi tubdan yangilanib, о‘qitishning ilg‘or usul va metodlarini amalda qо‘llash bо‘yicha ulkan tajriba tо‘plandi. Bugun zamon shiddatli tarzda rivojlanyapti. Umumta’lim fanlarini о‘qitishga zamon talablari asosida yondashish, ta’limda eng ilg‘or texnologiyalarni qо‘llash davr talabiga aylandi. Boshlang‘ich ta’lim umumiy о‘rta ta’limning poydevori sifatida о‘quvchilarning kelajakda komil inson bо‘lib voyaga yetishishini ta’minlovchi asosiy bо‘g‘inlardan bir hisoblanadi. Insondagi juda kо‘p psixologik jihatlar, shu jumladan, uning tafakkuri, madaniyati, xususan, nutq odobiga taalluqli ijobiy yoki salbiy xususiyatlar unga aynan shu yoshida singishi barcha tomonidan e’tirof qilinganligi ma’lum. Shu bois boshlang‘ich ta’lim mazmuni, shakli va vositalariga nihoyatda jiddiy e’tibor qaratish, xato va kamchiliklarga yо‘l qо‘ymaslik kerak bо‘ladi. Xususan, boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga maktab davrida singdirilgan nutq odobi unsurlari ularning kelajakda yuqori madaniyatli shaxs bо‘lib yetishishlari uchun mustahkam zamin yaratadi.

Natija va muhokamalar. О‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini bahramand qilish boshlang‘ich ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Ona tili dasturi tilshunoslikning bir qancha bо‘limlarini qamrab olgan. Bu bо‘limlar о‘zaro ichki bog‘lanishda bо‘lib, boshlang‘ich sinflarda ularni о‘rganish tilni bir butun sistema sifatida о‘zlashtirishni ta’minlasa-da, о‘ziga xos murakkabliklarni ham keltirib chiqaradi. Xususan, tilshunoslikning “Fonetika”, “Grafika”, “Orfoepiya”, “Orfografiya” bо‘limlari materiallari boshlang‘ich ta’limda birgina “Tovushlar va harflar” bо‘limiga, barcha sо‘z turkumlari birgina “Sо‘z“ bо‘limiga, butun sintaksis “Gap“ bо‘limiga birlashtirilgan. Bundan tashqari, tilning barcha bо‘limlarini nazariy о‘rganish jarayonida leksika va imloni о‘zlashtirib borish nazarda tutiladi.

Boshlang‘ich ta’limda – о‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq meyorlariga rioya qilishga о‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili о‘quv dasturi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi:

1. Savod о‘rgatish va nutq о‘stirish.

2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq о‘stirish.

Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga о‘rgatish davridanoq, о‘quvchilar nutqini yangi sо‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.

Boshang‘ich sinf “Ona tili” fani darsliklari tahlilida nutq madaniyatini shakllantirish tushunchasi asosida yotadigan ikki talabga asoslanildi:

1) til hodisalaridan: fonetik, leksik, grammatik birliklardan maqsadga muvofiq foydalana olish;

2) о‘quvchilarning mavjud nutqiy kо‘nikmalarini turli topshiriqlar va usullar asosida о‘stirish, rivojlantirish.

Ushbu talablardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflar uchun amaldagi “Ona tili” fani darsliklari nutq madaniyatini shakllantirishning quyidagi uch yо‘nalish asosida tahlil qilindi:

1. О‘quvchilar nutqini lug‘aviy birliklar bilan boyitish imkoniyati.

2. О‘quvchilarni sо‘zlardan fikr ifodasida tо‘g‘ri foydalana olishlariga tayyorlash imkoniyati.

3. О‘quvchilar og‘zaki va yozma madaniy-badiiy nutqi savodlilik darajasini ta’minlash imkoniyati.

Boshlang‘ich sinflarda о‘quvchilarga ta’lim berish jarayonida nutq madaniyatini shakllantirishda darslik materiallari muhim о‘rin tutadi. Shu bois, avvalo, darslik materiallari borasida boy imkoniyatlarga ega bо‘lishi, о‘quvchini о‘ziga ta’sirchanligi bilan jalb eta olishi, ikkinchidan, til materiallari ustida ishlash bо‘yicha topshiriqlar о‘quvchilarni nutqiy faoliyatga yо‘llashga qaratilgan bо‘lishi zarur.

Ta’lim jarayonida darslik eng muhim о‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinf darsliklari shunday tuzilishi kerakki, uning tarkibi va mazmuni о‘quvchilarni о‘quv materiallari bilan muloqotga kirishishga undashi lozim. Natijada о‘quvchilar о‘quv-tarbiya jarayonida о‘zaro hamkorlik qilish, mashqlar ustida ishlash, ijodiy faoliyat kо‘rsatish imkoniyatiga ega bо‘lishlari kerak.

4-sinf “Ona tili” darsligida berilgan mashqlar о‘quvchilarning fikrini og‘zaki va yozma bayon etish kо‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 30-31-mashqlarni bajarish orqali о‘quvchilar gapda sо‘zlar о‘zaro ma’no jihatdan bog‘langan bо‘lishi haqidagi bilimlarini esga oladilar va matndagi ma’no jihatdan bog‘lanmagan sо‘zlarni boshqa sо‘z bilan almashtiradilar [1].

88-89-mashqlarda berilgan gaplarning mazmuniga mosini о‘z о‘rniga qо‘yib, matn tuzish va sarlavha qо‘yish topshirig‘i о‘quvchilarga fikrni mantiqiy izchilikda ifodalashga, matn haqidagi nazariy ma’lumotlarini amalda qо‘llash uchun berilgan. Bunday shartli mashqlar о‘quvchilarni insho yozishga tayyorlaydi [1]. 81-mashq orqali о‘quvchilarga “Kuzda” mavzusida insho yozishga tayyorlanishlari va material tо‘plashlari uchun topshiriq berilgan [1]. 90-mashqda esa о‘quvchilarning yashab turgan shahar, qishloqlaridagi kuz kо‘rinishini tasvirlab “Kuzda” sarlavhali insho yozish talab etiladi. Mavzuni yoritish uchun darslikda Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’ri va rasmdan, kuzatishlari asosida tо‘plagan materiallaridan foydalanishlari, berilgan reja asosida fikrlarini bayon etishlari kerak [1]. Darslikdagi 320, 445-mashqlarda qish va bahor mavsumiga mos rasm va reja asosida insho yozish topshirig‘ining berilishi о‘quvchilarda tabiat hodisalariga qiziqishni va kuzatuvchanlikni oshirishga, tasvirda tilning ifoda vositalarni qо‘llashga о‘rgatadi [1]. О‘quvchilarning fikrini bayon etishida insonlar mehnati, mavsumiy bolalar о‘yinlar va bolalarning muomala odobiga e’tibor qaratiladi.

О‘quvchilar 33, 99, 253, 427- mashqlarda rasm asosida va tayanch sо‘zlardan foydalanib matn tuzadilar [1]. Tayanch sо‘z sifatida matnda qatnashishi lozim bо‘lgan, ammo о‘quvchi kam ishlatadigan sо‘zlar, о‘rganilayotgan grammatik mavzuga mos sо‘zlar, imlosi qiyin sо‘zlar beriladi. 33-mashqda “Qovun sayli” sarlavhali rasm va tayanch sо‘zlar berilgan. О‘quvchilar rasm asosida hikoya tuzishdan oldin о‘qish darsida о‘qigan hikoyalarini eslashlari talab etiladi, sо‘ngra rasmni diqqat bilan kuzatib, tayanch sо‘zlardan foydalangan holda hikoya tuzadilar [1]. “Uyushiq bо‘lakli gaplar” mavzusi orqali о‘quvchilar fikrni ravon va aniq ifodalashga о‘rganadilar. 41, 42, 45, 46, 48, 49- mashqlar nazariy ma’lumotni amaliy mustahkamlaydi. Masalan, 48-mashqda berilgan gaplardagi takrorlanib kelgan sо‘zlarni tushirib qoldirib, gapni qayta tuzish, uyushib kelgan bо‘lakni aytish kerak [1].

Xulosa qilib aytganda, 4-sinf “Ona tili” darsligida berilgan mashqlar fikrni yozma shaklda bayon etish, ijodiy matn yaratish malakasini shakllantirishga xizmat qiladi.

О‘quvchilar nutq madaniyatini shakllantirish murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bо‘lib, muntazam va tizimli ish olib borishni talab etadi.

Sо‘z fikr ifodalashda asosiy til vositasidir. Fikrni tо‘g‘ri, aniq ifodalash uchun о‘quvchi sо‘z ma’nosini bilishi, uni “о‘ziniki” qilib olishi zarur. Buyuk pedagog K.D. Ushinskiy: “Sо‘z ma’nosini tushunmagan yoki tо‘liq anglab yetmagan bola undan о‘z nutqida foydalana olmaydi va fanlarni о‘zlashtirishda ham qiynaladi”,- deb yozgan edi [2].

Sо‘z ma’nosini bilishga qiziqish bolada maktabga kelgunga qadar paydo bо‘ladi. Maktabga kelgach, bu ish har bir darsda, ayniqsa ona tili va о‘qish darslarida amaliy tarzda amalga oshirib boriladi. Chunki, boshlang‘ich sinflarda “Leksikologiya” bо‘limi alohida о‘rganilmaydi. О‘quvchilar sо‘z ma’nolariga oid bilimlarni lug‘aviy mashqlar yordamida amaliy о‘zlashtiradilar. Lug‘aviy mashqlar grammatika va imloni о‘rganish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Shu nuqtai nazardan 1-4- sinf “Ona tili” darsliklarini tahlil qilar ekanmiz, lug‘aviy mashqlar ikki xil shaklda berilganini kuzatamiz.

1. Lug‘at ishiga oid maxsus о‘quv topshiriqlari berilgan. Chunonchi, 3-sinfda “Sifat” mavzusiga oid 262-mashqda qarama-qarshi ma’noli sifatlar topib yozish, 292-mashqda esa yaqin ma’noli sо‘zlardan mosini qо‘yib gaplarni yozish asosiy о‘quv topshirig‘i qilib berilgan.

2. Lug‘at ishiga oid topshiriq asosiy о‘quv topshiriqlariga qо‘shimcha qilib berilgan. Bu tur ishga quyidagilarni kiritish mumkin. “Zamin” sо‘zini qaysi sо‘z bilan almashtirish mumkin? (1- sinf), qarg‘aydi sо‘zining ma’nosini qanday tushunasiz? (1-sinf), matndagi og‘iz sо‘zi qaysi ma’noda qо‘llangan? (4-sinf) va hakazo. 1-4-sinflarda lug‘at ishini tashkil etish yuzasidan darsliklarni tahlil qilish natijasida о‘quv-biluv topshiriqlarini quyidagi guruhlarga ajratdik: 1) sо‘z ma’nosini izohlash; 2) sо‘zga ma’nodosh sо‘zlar topish; 3) sо‘zga qarama-qarshi ma’noli sо‘z topish; 4) shakli bir xil sо‘zlarning ma’nosini izohlash; 5) kо‘p ma’noli sо‘zlarga oid topshiriqlar.

Demak, boshlang‘ich sinf о‘quvchisi diqqatiga havola qilinadigan matnlar ularda til sezgirligini, tafakkurini о‘stirishga, ona tilining grammatik qurilishi va uslubiyatini amaliy о‘zlashtirishga va oxiroqibat ijodiy matn yaratishga о‘rgatishi zarur. Namunaviy matnlarning ilmiy-nazariy, tarbiyaviy ahamiyatini e’tirof etgan holda, boshlang‘ich sinf “Ona tili” fani darsligida berilgan matnlar xususida tо‘xtalamiz.

K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne’matovalar hammuallifligida yozilgan 2-sinf “Ona tili” darsligi о‘quv materiallari dastur mazmuniga mos bо‘lsa-da, fonetik va grammatik bilimlarni egallash uchun berilgan mashq materiallarining aksariyati sо‘zlardan iborat. Kо‘pgina matnlar adabiy sо‘zlashuv tilida mualliflar tomonidan soddalashtirilgan, tilning jozibasini, ta’sirchanligini kо‘rsatib turadigan, kitobiy va badiiy nutqni egallashga yordam beradigan matnlar deyarli yо‘q. Mashq matnlarida о‘quvchilar kundalik hayotida ishlatib yurgan oddiy til birliklari qо‘llangan [4].

Bu holatni 3-sinf “Ona tili” darsligida ham kо‘rish mumkin. Darslikdagi о‘quv topshiriqlari grammatik bilimlarni shakllantirishga, mashq topshiriqlari grammatik hodisalarni aniqlash va izohlashga qaratilgan [3].

M.Qodirov, X.Ne’matov, M.Abduraimova, R.Sayfullayevalar hammuallifligida yaratilgan “Ona tili” 8-sinf darsligida ijodiy matn atamasi qо‘llangan va u haqida quyidagi nazariy ma’lumotlar berilgan:

1. Ma’lumotnoma (xabar) matn.

Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot kо‘rinishida yaratilgan matn ma’lumotnoma matn deyiladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor:

a) sо‘zlar о‘z ma’nolarida qо‘llanadi;

b) tilda mavjud bо‘lgan badiiy-tasviriy vositalardan deyarli foydalanilmaydi;

v) yuz bergan voqea-hodisalar oddiy sо‘zlar vositasida tasvirlanadi.

2. Ijodiy-tavsifiy matn.

Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy-tavsifiy bayonni aks ettiruvchi matn ijodiy-tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor:

a) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr-mulohaza bayon qilinadi;

b) tilning badiiy – tasviriy vositalaridan unumli foydalaniladi;

v) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli tarzda aks ettiriladi;

Bu matn turiga ilmiy, badiy va ommabop uslublarda yaratilgan matnlarni, shuningdek, inshoni kiritish mumkin [5].

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari turli uslubdagi matnlar bilan amaliy tanishib boradilar, dastlab ma’lumotnoma (xabar) matn yaratishni о‘rganadilar. Asta-sekin ijodiy-tavsifiy matn yaratish malakalarini egallab boradilar. Bu tizimli ishni amalga oshirishda 3-sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan matnlar о‘quvchilarga va о‘qituvchiga yaqindan yordam beradi.

3-sinf “Ona tili” darsligida jami 365ta mashq berilgan bо‘lib, shulardan 195ta mashqdagi matnlar ma’lumotnomali va ijodiy-tavsifiy turga mansubdir. Quyida 195ta mashqda berilgan matnlarning turlarini foizlarda aks ettiramiz:

Ma’lumotnoma matni – 19%

Ijodiy-tavsifiy matn – 81%

badiiy matn – 60,5%

ilmiy matn – 7,5%

ommabop matn – 12,5%

rasmiy – 0.5%

Demak, darslikda matnlarning uslubiy jihatdan xilma-xilligiga alohida diqqat qilingan. Uslubiy jihatdan xilma-xil bо‘lgan matnlar yuzasidan turli о‘quv-biluv topshiriqlarini bajarish jarayonida о‘quvchilar matn yaratishga oid dastur talablarini ham bajara boradilar. Natijada bosqichma-bosqich badiiy, ommabop va rasmiy uslubdagi matnlarni yozishni о‘rganadilar. Darslikda о‘quvchilarni matn yaratishga о‘rgatuvchi qator о‘quv-biluv topshiriqlari ham berilgan bо‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin.

1. Berilgan matnni qayta hikoyalash;

2. Berilgan matn va reja asosida bayon yozish;

3. Berilgan matn asosida bayon yozish;

4. Berilgan savollar asosida matn tuzish;

5. Berilgan matnga reja tuzib, shu reja asosida bayon yozish;

6. Bir mavzudagi bir necha rasm asosida matn tuzish;

7. Mazmunli rasm asosida matn tuzish;

8. Berilgan mavzu va reja asosida insho yozish;

9. Berilgan mavzu asosida insho yozish.

Tahlil va kuzatishlar shuni kо‘rsatdiki, 3-sinf “Ona tili” darsligida о‘quvchilarni ijodiy matn yaratishga yо‘llovchi topshiriqlar ma’lum izchillikka rioya qilingan holda berilgan.

Xulosa. Hozirgi zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohot talablaridan kelib chiqib ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan biri о‘sib kelayotgan yosh avlodning tafakkurini rivojlantirish, ularni о‘z fikrini maqsadli aniq ifoda etishga о‘rgatish, til va nutq madaniyati borasidagi bilimlarini mukammallashtirish hisoblanadi. Bu ona tilini namunalar va maxsus mashqlar asosida amaliy, muntazam va izchil о‘rgatish orqali adabiy-badiiy nutq shaklini shakllantirib borishni taqozo qiladi.

An’anaviy va interfaol ta’limning uyg‘unligi ta’limni tashkil etishda quyidagi imkoniyatlarni: о‘quvchilarda bilimlarni о‘zlashtirishga bо‘lgan qiziqishni uyg‘otadi; ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag‘batlantiradi; о‘quv materialining puxta о‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi; mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlarini nutq madniyatiga amal qilgan holda bayon etishni ta’minlaydi.

ADABIYOTLAR

1. Ikromova R., G‘ulomova X., Yо‘ldosheva SH., Shodmonqulova D., Ona tili 4-sinf uchun darslik, - T.: О‘qituvchi, 2017, 192 b.

2. Qosimova K., S.Matchonov, X.G‘ulomova , SH.Yо‘ldosheva, SH.Sariyev, Ona tili о‘qitish metodikasi. – T.: Noshir, 2009, 352 b.

3. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yо‘ldoshevaSH., Ona tili 3-sinf uchun darslik, - T.: О‘qituvchi, 2016, 152 b.

4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A., Ona tili 2-sinf uchun darslik, -T.: CHо‘lpon, 2014, 128 b.

5. Qodirov M., Ne’matov X., Abduraimova M., Sayfullayeva R., Ona tili, 8-sinf uchun darslik, CHо‘lpon, -T.:, 2006.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.