ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

DAVLAT SEKTORIDA AUDIT JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH: XATOLIKLARNI MINIMALLASHTIRISH VA MEHNAT RESURSLARINI OPTIMALLASHTIRISH STRATEGIYALARI

초록

Ushbu maqola davlat sektorida audit jarayonlarini avtomatlashtirish masalalarini, ayniqsa, xatoliklarni aniqlash va mehnat resurslaridan samarali foydalanish jihatlarini tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida audit tizimlari ham o‘zgarishga uchramoqda. Davlat tashkilotlarida audit jarayonlarini avtomatlashtirish nafaqat inson omilini kamaytiradi, balki tekshiruv jarayonining aniqligi va tezkorligini oshiradi. Ushbu maqolada robotlashtirilgan audit vositalari (RPA), sun’iy intellekt (AI), blokcheyn, va analitik platformalarning amaliy qo‘llanilishi, ularning samaradorlikka ta’siri ko‘rib chiqiladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

OPTIMALLASHTIRISH STRATEGIYALARI

Ochilov Ilyos Keldiyorovich -

Iqtisodiyot fanlari doktori, “Moliyaviy hisob va hisobot” kafedrasi professori,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent, O‘zbekiston.

i.ochilov@tsue.uz, ilyos040171@gmail.com., ilyos0471@mail.ru,

ORCID: 0000-0002-3350-0891

Annotatsiya: Ushbu maqola davlat sektorida audit jarayonlarini avtomatlashtirish masalalarini, ayniqsa, xatoliklarni aniqlash va mehnat resurslaridan samarali foydalanish jihatlarini tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida audit tizimlari ham o‘zgarishga uchramoqda. Davlat tashkilotlarida audit jarayonlarini avtomatlashtirish nafaqat inson omilini kamaytiradi, balki tekshiruv jarayonining aniqligi va tezkorligini oshiradi. Ushbu maqolada robotlashtirilgan audit vositalari (RPA), sun’iy intellekt (AI), blokcheyn, va analitik platformalarning amaliy qo‘llanilishi, ularning samaradorlikka ta’siri ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizimlarning yordamida ortiqcha ishchi o‘rinlari qisqarishi va bu orqali davlat xarajatlarining kamayishi ham tahlil qilinadi. Mualliflar O‘zbekiston va boshqa davlat sektorlarida joriy etilgan texnologik yechimlar asosida real holatlarni tahlil qilib, muammolar va imkoniyatlarni ajratib ko‘rsatadilar. Jadval va grafiklar orqali avtomatlashtirish darajasining samaradorlikka ta’siri ko‘rsatilib, xulosalarda konkret ilmiy va amaliy tavsiyalar beriladi.

Maqola natijalari davlat sektoridagi audit tizimlarini modernizatsiya qilishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: Audit avtomatlashtirish, davlat sektori, RPA, sun’iy intellekt, mehnat resurslari, xatoliklarni aniqlash, blokcheyn, moliyaviy tekshiruv, samaradorlik, raqamli texnologiyalar, audit tizimlari, ma’lumotlar analitikasi, hujjatlashtirish. Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы автоматизации аудиторских процессов в государственном секторе, в частности, аспекты выявления ошибок и эффективного использования трудовых ресурсов. Стремительное развитие цифровых технологий существенно трансформирует аудиторские системы. Автоматизация аудиторских процессов в государственных учреждениях не только снижает влияние человеческого фактора, но и повышает точность и оперативность проверок. В статье рассматривается практическое применение роботизированной автоматизации процессов (RPA), искусственного интеллекта (ИИ), блокчейна и аналитических платформ, а также оценивается их влияние на эффективность аудита.

Кроме того, исследуется, как автоматизация может привести к сокращению избыточных рабочих мест и, как следствие, к снижению государственных расходов. На основе анализа реальных кейсов внедрения технологических решений в Узбекистане и других странах авторы выделяют ключевые проблемы и возможности. С помощью таблиц и графиков демонстрируется взаимосвязь между уровнем автоматизации и эффективностью аудита.

Результаты данного исследования могут служить важной методологической основой для модернизации аудиторских систем в государственном секторе. Ключевые слова: автоматизация аудита, государственный сектор, RPA, искусственный интеллект, трудовые ресурсы, выявление ошибок, блокчейн, финансовая проверка, эффективность, цифровые технологии, аудиторские системы, анализ данных, документооборот. Abstract: This article analyzes the issues related to the automation of audit processes in the public sector, with particular emphasis on error detection and the efficient use of human resources. The rapid advancement of digital technologies is significantly transforming audit systems. Automating audit processes in public institutions not only reduces human involvement but also increases the accuracy and speed of inspections. The article explores the practical application of robotic process automation (RPA), artificial intelligence (AI), blockchain, and analytical platforms, and evaluates their impact on audit efficiency.

Additionally, the study examines how automation can lead to a reduction in redundant job positions, thereby decreasing public expenditures. Based on technological solutions implemented in Uzbekistan and other countries, the authors analyze real-world scenarios and highlight key challenges and opportunities. The use of tables and graphs illustrates the correlation between the level of automation and audit effectiveness.

The findings of this study may serve as a valuable methodological basis for the modernization of audit systems in the public sector. Keywords: Audit automation, public sector, RPA, artificial intelligence, human resources, error detection, blockchain, financial inspection, efficiency, digital technologies, audit systems, data analytics, documentation.

Kirish

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgani sababli ko‘plab sohalarda, jumladan, davlat sektorida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, audit tizimlarining avtomatlashtirilishi davlat moliyaviy boshqaruvi sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va xatoliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy audit amaliyotlari ko‘plab inson resurslarini jalb etishni, ko‘p vaqt va xarajat talab qiladigan jarayonlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bugungi texnologik rivoj bu sohada tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.

Avtomatlashtirilgan audit vositalari yordamida tekshiruv jarayonlari real vaqt rejimida amalga oshirilishi, har qanday moliyaviy harakat avtomatik tarzda nazorat qilinishi, va audit izlari to‘liq hujjatlashtirilishi mumkin. Shu bilan birga, RPA (Robotic Process Automation), AI (Artificial Intelligence) va big data texnologiyalarining joriy etilishi orqali inson omilining kamayishi va audit jarayonlarining takroriy qismlarini avtomatlashtirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa nafaqat ish samaradorligini oshiradi, balki ortiqcha ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni ham kamaytiradi.

Davlat tashkilotlarida byudjet mablag‘lari harakati, davlat xaridlari, grant va subsidiyalar, ijtimoiy to‘lovlar kabi moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni kuchaytirish muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun audit tizimlarining zamonaviylashtirilishi, ular orqali olingan ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi davlat boshqaruvi sifatini belgilovchi omillardan biri sifatida qaralmoqda.

Mazkur maqolada audit jarayonlarini avtomatlashtirishning nazariy va amaliy jihatlari, texnologik vositalarning imkoniyatlari, O‘zbekiston va xorij tajribasi, xatoliklarni aniqlashda raqamli vositalarning roli va mehnat resurslarini optimallashtirish strategiyalari chuqur yoritiladi.

Adabiyotlar sharhi

Audit jarayonlarining avtomatlashtirilishi so‘nggi yillarda ilmiy tadqiqotlar va amaliyotda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya audit faoliyatini yangicha bosqichga olib chiqmoqda. Ayniqsa, davlat sektorida bu jarayon strategik ahamiyat kasb etadi.

Misol uchun, Bierstaker et al. (2014) tomonidan olib borilgan tadqiqotda ko’ra sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili auditda xatoliklarni aniqlash va oldindan ogohlantirish imkonini berishi qayd etilgan. Ular avtomatlashtirish orqali insoniy xatoliklar soni sezilarli darajada kamayishini va audit izlarining yanada shaffof bo‘lishini ko‘rsatadilar [1].

Moffitt, Rozario va Vasarhelyi (2018): auditda robotlashtirilgan jarayonlar (RPA) orqali takroriy operatsiyalarni avtomatik bajarish imkoniyatlarini o‘rgangan bo‘lib, davlat moliyaviy tizimida bu texnologiya orqali xarajatlarni 30–50% ga qisqartirish mumkinligini aniqlashgan[2].

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan olib borilgan loyiha doirasida esa davlat xarajatlari ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida raqamli audit vositalari joriy etilmoqda. Ushbu tajriba O‘zbekiston davlat sektorida avtomatlashtirishga oid amaliy qadamlarni yoritishda muhim manba hisoblanadi.

Ernst & Young va Deloitte kabi yirik audit kompaniyalari ham davlat sektoridagi audit xizmatlarida RPA va AI vositalarini faol qo‘llay boshlagan. Ularning hisobotlarida avtomatlashtirishning hujjatlashtirish jarayonini soddalashtirish, real vaqt monitoringi, va firibgarliklarni erta aniqlashdagi afzalliklari ta’kidlangan.

Shuningdek, ISO 19011:2018 standarti audit jarayonlarini optimallashtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha metodologik yo‘riqnomalarni o‘z ichiga oladi. Bu xalqaro standart davlat tashkilotlari uchun audit jarayonlarini raqamlashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur adabiyotlar tahlili asosida aytish mumkinki, auditni avtomatlashtirish bo‘yicha mavjud yondashuvlar nafaqat audit sifati va tezkorligini oshiradi, balki davlat sektorida mehnat resurslarini optimal taqsimlash, ortiqcha byurokratik bosqichlarni qisqartirish hamda moliyaviy intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.

METODOLOGIYA

1. Tadqiqotning maqsadi va yondashuvi

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi davlat sektorida audit jarayonlarini avtomatlashtirishning samaradorligini o‘rganish, xatoliklarni aniqlash va mehnat resurslaridan foydalanishni optimallashtirish imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda kompleks (ya'ni sifat va miqdoriy) yondashuv qo‘llanilgan bo‘lib, bu yondashuv davlat sektoridagi real holatni chuqur anglash va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuningdek, tadqiqotda eksperimental, kuzatuv va diagnostik metodlar uyg‘unlashgan holda qo‘llanildi. 2. Tadqiqot ob’ekti va predmeti

Tadqiqot ob’ekti — O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat sektoridagi auditorlik xizmatlari.

Tadqiqot predmeti — Audit jarayonlarining raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan shaklda tashkil etilishi, xususan:

• Xatoliklarni aniqlash texnologiyalari;

• Avtomatik hujjatlashtirish vositalari;

• Mehnat resurslarini tejovchi avtomatlashtirilgan platformalar;

• Audit bo‘yicha qaror qabul qilish tizimlariga sun’iy intellekt joriy etilishi. 3. Tadqiqot usullari

Tadqiqotda quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar va tahlil usullari qo‘llanilgan:

1. SWOT tahlil — Davlat sektorida audit avtomatlashtirishining kuchli va zaif

tomonlari, imkoniyatlar va tahdidlar tahlil qilindi.

2. Comparative analysis (taqqoslov tahlil) — O‘zbekiston tajribasi Estoniya,

Singapur, Janubiy Koreya kabi davlatlar bilan solishtirildi.

3. Survey (so‘rovnoma) — 50 ta davlat tashkiloti xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan

so‘rovnoma orqali mavjud audit tizimlari holati baholandi. Bu so‘rovnoma Google

Forms orqali tuzilgan bo‘lib, auditorlar, moliyachilar va IT xodimlardan iborat

respondentlar tanlandi.

4. Regression analysis — Audit avtomatlashtirish darajasi bilan xatoliklar soni,

ishchi soatlari va sarf-xarajatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Bu yerda

Python va SPSS dasturlaridan foydalanildi.

5. Case study (amaliy misollar) — Davlat moliyaviy nazorati tashkilotlarida joriy

etilgan avtomatlashtirish loyihalari misolida amaliy tahlil olib borildi. Xususan,

Hisob palatasi va Soliq qo‘mitasi tizimlaridagi pilot loyihalar ko‘rib chiqildi.

6. Scenario analysis — Turli avtomatlashtirish darajalari (to‘liq, qisman, qo‘lda)

uchun samaradorlik, xatoliklar va mehnat resurslari ta’siri tahlil qilindi. 4. Ma’lumotlar manbalari Tadqiqotda quyidagi manbalar asosiy ma’lumot manbalari sifatida ishlatilgan:

• O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligining yillik hisobotlari

(2018–2023);

• Jahon banki, IMF, OECD tomonidan audit va raqamli transformatsiya bo‘yicha

chop etilgan statistik va analitik ma’lumotlar;

• Audit xizmatlari bo‘yicha yirik kompaniyalar (PwC, Deloitte, EY, KPMG)ning

global tahlil hisobotlari;

• Ilmiy maqolalar, Scopus va Web of Science bazalarida chop etilgan maqolalar;

• Raqamli boshqaruv va elektron hukumat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti qarorlari va Hukumat qarorlari. 5. Tadqiqot bosqichlari

Bosqich Amalga oshirilgan ishlar

1-

bosqich

Ilmiy manbalarni tahlil qilish va nazariy asoslar ishlab

chiqish

2-

bosqich

So‘rovnoma shakllantirish, intervyular va tajriba

tanlash

3-

bosqich Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, kodlash va tozalash

4-

bosqich Tahlil usullari orqali ma’lumotlarni qayta ishlash

5-

bosqich

Grafik, diagramma va jadval orqali natijalarni

vizualizatsiya qilish

6-

bosqich Ilmiy tahlil asosida xulosa va takliflarni ishlab chiqish 6. Ishlatilgan vositalar va dasturiy ta’minot

• Python — Pandas, NumPy, Matplotlib kutubxonalari yordamida regressiya tahlili

va grafiklar yaratildi.

• SPSS — Tahliliy statistik modellarni tuzish va natijalarni verifikatsiya qilishda.

• Google Forms va Microsoft Excel — So‘rovnoma, dastlabki tahlil va grafik qurish

uchun.

• Power BI va Tableau — Interaktiv grafik va dashboardlar tayyorlashda.

• NVivo — Matnli javoblar tahlili uchun (intervyu va ochiq so‘rov). 7. Etika va ishonchlilik

Tadqiqotda barcha respondentlarning roziligi yozma shaklda olingan, so‘rovnoma anonim bo‘lib, natijalar umumlashtirilgan holda taqdim etilgan. Ma’lumotlar krossverifikatsiya va double-check metodlari yordamida ishonchliligi ta’minlangan.

AMALIY TAHLIL: MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR

1. Audit jarayonlarida uchraydigan asosiy muammolar

Audit jarayonlarini avtomatlashtirish jarayonida davlat sektorida quyidagi asosiy muammolar aniqlangan:

1. Texnologik infrastrukturadagi nomukammallik — Ko‘plab davlat

tashkilotlarida zaruriy serverlar, dasturiy ta’minot va internet tezligi yetarli darajada

emas.

2. Kadrlar malakasining pastligi — IT ko‘nikmalarga ega auditorlar yetishmaydi.

Ko‘pchilik an’anaviy (qog‘ozli) audit uslublariga tayanadi.

3. Axborot tizimlari o‘rtasidagi integratsiya muammolari — Soliq, kadastr,

moliyaviy va buxgalteriya tizimlari o‘zaro to‘liq integratsiyalanmagan.

4. Huquqiy-tashkiliy cheklovlar — Avtomatlashtirish bilan bog‘liq aniq

reglamentlar va metodik ko‘rsatmalar yetarli emas. Jadval. Avtomatlashtirish darajasi va xatoliklar soni o‘rtasidagi bog‘liqlik (2019–2023)

Yil Avtomatlashtirish darajasi

(%) Aniqlangan xatoliklar soni

2019 15% 987

2020 28% 765

2021 43% 512

2022 62% 290

2023 75% 182 Tahlil: Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, avtomatlashtirish darajasi oshgan sari xatoliklar sezilarli kamaymoqda. Bu audit vositalarining xatoliklarni erta aniqlash imkonini berayotganini ko‘rsatadi. Audit avtomatlashtirishining imkoniyatlari

1. Mehnat samaradorligini oshirish — Oddiy audit hujjatlarini avtomatik to‘ldirish

orqali auditorlarning ish hajmi kamayadi.

2. Xatoliklarni real vaqt rejimida aniqlash — Sun’iy intellekt yordamida

tranzaktsiyalar avtomatik ravishda tekshiriladi.

3. Auditorlik xarajatlarini kamaytirish — Inson mehnati kamaygan sari byudjet

xarajatlari ham qisqaradi.

4. Audit sifati oshadi — Objektivlik, tezlik va aniqlik jihatlari sezilarli darajada

yaxshilanadi. Jadval: Avtomatlashtirishning ishchi soatlariga ta’siri (o‘rtacha 100 ta audit hisobotiga)

Audit bosqichi Qo‘lda (soat) Avtomatlashtirilgan (soat)

Ma’lumot yig‘ish 120 30

Hujjatlashtirish 80 15

Tahlil va xulosa 100 50

Jami 300 95 Natija: Avtomatlashtirish orqali o‘rtacha 68% ishchi soatlar tejalmoqda. Bu esa auditorlik bo‘linmalarida mehnat resurslarini qayta taqsimlash imkonini beradi. 3. Amaliy misollar

• Hisob palatasi 2022-yildan buyon auditning ba’zi bosqichlariga RPA (robotic

process automation) texnologiyasini joriy qilgan. Bu orqali 18% ko‘p aniqlikda

xatoliklar aniqlangan.

• Davlat moliyaviy nazorati agentligi bulutli audit platformasiga o‘tganidan so‘ng

auditning o‘rtacha davomiyligi 22 kunga qisqargan (avval 38 kun edi). Jadval: Auditda qo‘llanilayotgan avtomatlashtirish vositalari va ularning funksional ta’siri Vosita Funksiya Natija Sun’iy intellekt modullari Tranzaktsiyalarni real vaqt

tekshirish Tezlik + aniqlik

OCR va NLP

texnologiyalari Skanerlangan hujjatlarni o‘qish Vaqtni tejash, xatolik

kamayishi Blokcheyn asosli audit zanjiri

O‘zgarmas ma’lumotlar bazasi

yaratish Ishonchlilik, shaffoflik BI vositalari (Power BI) Tahlil natijalarini vizuallashtirish Qaror qabul qilishda

tezkorlik

Xulosa va takliflar

Davlat sektorida audit jarayonlarini avtomatlashtirishning ahamiyati so‘nggi yillarda keskin oshdi. Ushbu maqolada olib borilgan tahlillar asosida quyidagi xulosalar chiqarildi:

1. Avtomatlashtirish xatoliklarni kamaytiradi: Statistik va amaliy dalillar shuni

ko‘rsatadiki, avtomatlashtirish vositalari yordamida auditda aniqlanadigan

xatoliklar soni sezilarli darajada qisqarmoqda.

2. Mehnat samaradorligi oshadi: Audit bo‘limlari ishchi soatlarining 60–70 foizi

tejalmoqda. Bu esa resurslarni boshqa strategik vazifalarga yo‘naltirish imkonini

beradi.

3. Sifat va tezlik o‘sadi: Sun’iy intellekt, OCR, BI vositalari va blokcheyn asosidagi

tizimlar yordamida audit jarayonlari shaffof, izchil va ishonchli bo‘lmoqda. Tavsiyalar

1. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish: Davlat byudjetidan alohida mablag'

ajratilib, server, bulutli texnologiyalar, xavfsizlik tizimlari yangilanishi zarur.

2. Kadrlar salohiyatini oshirish: Auditorlar uchun doimiy IT, raqamli audit, sun’iy

intellekt va analitik vositalar bo‘yicha treninglar yo‘lga qo‘yilishi kerak.

3. Axborot tizimlari integratsiyasini kuchaytirish: Barcha moliyaviy, buxgalteriya

va soliq tizimlari yagona platformada ishlashiga erishish lozim.

4. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish: Avtomatlashtirilgan audit bo‘yicha

aniq standartlar, ko‘rsatmalar va qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilishi lozim.

5. Pilot loyihalarni kengaytirish: Muvoffaqiyatli amaliyotlarga ega tashkilotlar

tajribasidan foydalanib, boshqa hududlarda ham sinov loyihalarini joriy etish

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Bierstaker, J., Janvrin, D., & Lowe, D. J. (2014). What factors influence auditors’

use of computer-assisted audit techniques? Advances in Accounting, 30(1), 67–74.

2. Moffitt, Kevin C.; Rozario, Andrea M.; Vasarhelyi, Miklos A. Journal of Emerging

Technologies in Accounting, 2018, Vol 15, Issue 1, p1

3. Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The Second Machine Age: Work, Progress,

and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. W. W. Norton & Company.

4. International Federation of Accountants (IFAC). (2020). The Impact of Technology

on Audit. IFAC Report.

5. Deloitte. (2021). Audit Innovation: AI, Automation, and Analytics.

6. PwC. (2022). State of the Internal Audit Profession Study. https://www.pwc.com/

7. OECD. (2020). Digital Transformation in the Public Sector. OECD Publishing.

8. Government Accountability Office (GAO). (2019). Federal Government:

Opportunities to Improve Federal Internal Controls. GAO Reports.

9. Karim, K., & Suh, S. (2021). “Auditing in the Era of Artificial Intelligence: Benefits

and Risks,” Journal of Emerging Technologies in Accounting, 18(1), 23–45.

10.UzAudit (2023). O‘zbekiston Respublikasida davlat auditini raqamlashtirish

strategiyasi. Tashkent: UzAudit Agency.

11.KPMG. (2023). The Future of Audit: Automating Assurance. KPMG Insights.

12.EY. (2021). How AI and Automation are Transforming the Future of Auditing.

13.Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari (IFRS). (2022). IFRS va

avtomatlashtirilgan audit vositalarining integratsiyasi.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.