ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

DAVLATNING BYUDJETDAN TASHQARI MAQSADLI JAMG’ARMALARI FAOLIYATI SAMARODORLIGINI OSHIRISH YONALISHLARI. (PENSIYA JAMG’ARMASI MISOLIDA)

초록

Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida davlat maqsadli fondlarining roli ortib borar ekan, undan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi.Bugungi kunda har qanday davlatda tashkil etiladigan turli xil fondlar, xususan, byudjetdan tashqari jamg‘armalar shu mamlakat iqtisodiyotida eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy o‘sishning sifatiga va mamlakat aholisining ijtimoiy farovonlik darajasiga bevosita o’z ta’sirini ko‘rsatadi. Aynan shuning uchun ham keying yillarda Davlat byudjeti masalalariga (o’z ornida, muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

НАПРАВЛЕНИЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

ГОСУДАРСТВЕННЫХ ВНЕБЮДЖЕТНЫХ ЦЕЛЕВЫХ ФОНДОВ.

(НА ПРИМЕРЕ ПЕНСИОННОГО ФОНДА)

CONTRAINDICATIONS TO INCREASING THE EFFECTIVENESS OF THE

ACTIVITIES OF NON-BUDGETARY TARGET FUNDS OF THE STATE.

(ON THE EXAMPLE OF A PENSION FUND)

Aslonova Mohinur Rustam qizi

TDIU, Moliya fakulteti 2-kurs talabasi.

Rahimova Nozimaxon

TDIU, Moliya kafedrasi o’qituvchisi

rahimovanozimaxon83@gmail.com

Annotatsiya. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida davlat maqsadli fondlarining roli ortib borar ekan, undan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi.Bugungi kunda har qanday davlatda tashkil etiladigan turli xil fondlar, xususan, byudjetdan tashqari jamg‘armalar shu mamlakat iqtisodiyotida eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiy o‘sishning sifatiga va mamlakat aholisining ijtimoiy farovonlik darajasiga bevosita o’z ta’sirini ko‘rsatadi. Aynan shuning uchun ham keying yillarda Davlat byudjeti masalalariga (o’z ornida, muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti.

Аннотация. Поскольку роль государственных целевых фондов возрастает в условиях модернизации экономики, их эффективное использование обеспечивает возникновение экономико-социальной стабильности внутри страны, оказывая при этом положительное влияние на развитие народного хозяйства. Сегодня различные фонды, в частности внебюджетные фонды, созданные в любом государстве, являются одними из важнейших институтов в экономике этой страны. Их эффективное функционирование напрямую влияет на качество экономического роста и уровень социального благосостояния населения страны. Именно поэтому в последующие годы большое внимание уделяется вопросам государственного бюджета.

Annotation. As the role of State target funds increases in the conditions of modernization of the economy, its effective use ensures the emergence of economic and social stability within the country, while positively affecting the development of the national economy. Today, the various funds that are established in any state, in particular, extra-budgetary funds, are one of the most important institutions in the economy of this country. Their effective functioning directly affects the quality of economic growth and the level of social welfare of the country's population. It is for this reason that in the coming years, a lot of attention is paid to the issues of the state budget (among themselves, to their problems).

Kalit so’zlar. Davlat moliyasi, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari fondlari, ijtimoiy fondlar, iqtisodiy fondlar, jamlanma byudjet, pensiya jamg’armasi, maqsadli jamg’armalar, maqsadli jamg’armalar daromadlari.

Ключевые слова. Государственные финансы, государственные целевые и внебюджетные фонды, социальные фонды, экономические фонды, консолидированный бюджет, Пенсионный фонд, целевые фонды, доходы целевых фондов.

Keywords. Income from Public Finance, State targeted and non-budgetary funds, social funds, Economic funds, consolidated budget, pension fund, targeted funds, targeted funds.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning kuchli tomonlaridan biri uning ijtimoiy yo`naltirilganligidir. Hukumatimiz respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq islohatlaning aholini xususan, uning ehtiyojmand qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va shu yo`ldan boqmoqda. Ijtimoiy sohani rivojlantirish 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining muhim bir yo`nalishi sifatida qabul qilinishi mazkur soha taraqqiyotini ta`minlash masalasining dolzarbligini ifodalaydi.1

Byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar — davlatning davlat byudjetiga kiritmaydigan va aniq maqsadlarga moʻljallangan pul mablagʻlari. Oʻzbekistonning bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida moliya-byudjet tizimining takomillashtirilishi, byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar tarkibini shakllantirdi. Bularga, masalan, davlat pensiya jamgʻarmasi, bandlikka yordam jamgʻarmasi, davlat sugʻurta jamgʻarmasi va boshqalar kiradi.

Davlat moliyasi tarkibida alohida o’rinni egallaydigan byudjetdan tashqari maqsadli fondlar tegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’liq bo’lmaydi va ko’pgina mamlakatlarda yuridik shaxs huquqiga ega. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi. Davlat moliyasi va mahaliy moliya:

-Davlat byudjeti;

-Davlat krediti;

-Davlat maqsadli fondlari.

Davlat byudjetidan tashqari jamg’armalar tashkil etish uchun quyidagi omillar ta’sir etadi:

• Iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari ortiqcha moliyaviy resurslar hisobidan yangi shakldagi qo’shimcha Davlat fondlarini tashkil etish;

• Davlatning byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muommoni bartaraf etish yoxud mavjud muommolari ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli yo’nalishga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug’uladi;

• Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha mablag’lardan 1 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O`zbekiston Rewspublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi PF-4947-sonli Farmoni Davlat byudjeti defitsitini kredit shaklda qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada ko’paytiradi.

Davlat pensiyalarining turlari:

1. yoshga doir pensiya;

2. nogironlik pensiyasi;

3. boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.

1-rasm.Pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar soni, ming kishi.2

2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida Pensiya va nafaqa oluvchi soni 4240,8 ming nafarni tashkil etgan bo‘lib, 2019- yilda bu ko‘rsatkich 3601,9 ming nafarni tashkil etgan. 2022- yil oxiriga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 638,9 ming kishiga yoki 1,2 baravarga ko‘paygan.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

-erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

-ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.

Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda respublikada pensiya oluvchilar soni 3 million 839 ming 508 nafarni, nafaqa oluvchilar 608 ming 89 nafarni tashkil qilmoqda. 2 Stat.uz malumotlari asosida muallif tomonida tayyorlandi.

2017-yil 2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil

3225,9 3412,9 3601,9 4240,8 3947,3 3744,3

P E N S I YA VA N A FA Q A O L U V C H I S H A X S L A R

S O N I . ( M I N G K I S H I )

 yoshga doir pensiya oluvchilar 3 millon 182 ming 617 nafar,

 nogironlik pensiyasini oluvchilar 426 ming 532 nafar,

 boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar 230 ming 359

nafardir.

2-rasm.Pensiya ta՚ minotining asosiy ko‘rsatkichlari.3

Byudjetdan tashqari fondlar ikkita asosiy vazifani bajaradi:

 iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo’shimcha mablag’lar Bilan ta’minlash;

 aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.

Dunyo mamlakatlari pensiya tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi erta pensiyaga chiqish (imtiyozlar)ni kamaytirish, kech pensiyaga chiqishni rag'batlantirish va eng muhimi pensiya yoshini oshirishga qaratilgan. O'zbekistonda ham pensiya islohotlari boshlangan bo'lib, asosiy masala pensiya miqdorlarini ideksatsiyalash, jumladan minimal pensiya miqdorlarini minimal iste'mol xarajatlariga tenglashtirish, pensiya hisoblash uchun hisobga olinadigan o'rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish orqali pensiya hisoblash mehanizmini takomillashtirish, 3 Stat.uz malumotlari asosida muallif tomonida tayyorlandi.

o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan foizda

Yoshga doir pensiyalarning eng kam miqdori,

ming so‘m

o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan foizda

Tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya miqdori,

ming so‘m

o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan foizda

103,9

513,4

117,7

848,5

115,7

105,6

121,3

963,6

113,6

107,6

1080,8

112,2

PENSIYA TA՚MINOTINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI.

2022-yil 2021-yil 2020-yil ko'p darajali pensiya tizimiga o'tish hamda pensiya sohasini raqamlashtirishga qaratilmoqda. Dunyoda o'rtacha umr ko'rish yoshining o'sib borayotganligi, o'rtacha pensiya yoshining yuqoriligiga qaramasdan pensiya yoshini oshirish masalasi islohotlarda zarur chora sifatida ko'rilmayapti.Pensiyalarni hisoblashda mehnat stajiga e'tibor qaratish va pensiya yoshini belgilash bo'yicha mamlakatga xos va mos bo'lgan xorij tajribalarini o'rganish va amalda qo'llash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

So'nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodchi-olimlari tomonidan pensiya ta'minotini tadqiq qilish, uning moliyaviy barqarorligini ta'minlash yuzasidan keng ko'lamli nazariy va amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ko'plab iqtisodchilar pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta'minlash va samarali faoliyat ko'rsatishining muhim ko'rsatkichi sifatida "bog'liqlik koeffitsiyenti"ni ko'rsatadi4

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O`zbekiston Rewspublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi PF-4947-sonli Farmoni.

2. Xaitov A., Ziyadulaev M. O’zbekistonda pensiya ta’minoti va xorijiy tajribasi. O’quv qo’llanma. -T.: “Adolat”. 2009.

3. Sholdarov D., Tursunov J. O'zbekistonda davlat pensiya ta'minoti tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish. "Moliya" ilmiy jurnali. 2018-yil 1-son.

4. https://www.stat.uz(O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Statistika agentligi). 4 Sholdarov D., Tursunov J. O'zbekistonda davlat pensiya ta'minoti tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish. "Moliya" ilmiy jurnali. 2018-yil 1-son. 107 b.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.