ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

“DEVONU LUGʻOTIT TURK”DAGI NASRIY MATNLAR BO’YICHA AYRIM MULOHAZALAR

초록

Mazkur maqolada “Devonu lugʻotit turk”da nasrning qadimgi namunasi sifatida manba boʻla oladigan namunalar ham keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar atyib o`tilgan. Shu bilan birga buni isboti sifatida Iskandar Zulqarnayn va turk xoqoni Shu qoʻshinlari toʻqnashuvi haqidagi materiallar kuzatilib, ulardan namunalar berilgan. Iskandar haqidagi rivoyatlar yozma adabiyotda keng oʻrin egallaydi. Buni tarixning turli davrlaridagi Iskandar haqidagi manbalardan ham bilib olishimiz mumkin. Ammo bu rivoyatlarda o`sha davrda yashab o`tgan ijodkorlarning ma’lum bir maqsadlari aks etganligi  shubhasiz. “Devonu lugʻotit turk”dan oʻrin olgan nasriy parchalarning e’tiborli tomoni shundaki, ular bir-birini toʻldiradi, yaxlit asarning boʻlaklari sifatida taassurot uygʻotadi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

AYRIM MULOHAZALAR

Berdiev Xusan Xolnazarovich

filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

+998991252041; e-mail: rustam_berdiyev1996@mail.ru

SamDU O’zbekiston – Finlandiya pedagogik instituti dostenti,

Botirova Oʻgʻiloy Yadigarovna

SamDU O’zbekiston – Finlandiya pedagogik instituti Magistri

+9989112983836; e-mail:: ugiloybotirova9@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada “Devonu lugʻotit turk”da nasrning qadimgi namunasi sifatida manba boʻla oladigan namunalar ham keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar atyib o`tilgan. Shu bilan birga buni isboti sifatida Iskandar Zulqarnayn va turk xoqoni Shu qoʻshinlari toʻqnashuvi haqidagi materiallar kuzatilib, ulardan namunalar berilgan.

Iskandar haqidagi rivoyatlar yozma adabiyotda keng oʻrin egallaydi. Buni tarixning turli davrlaridagi Iskandar haqidagi manbalardan ham bilib olishimiz mumkin. Ammo bu rivoyatlarda o`sha davrda yashab o`tgan ijodkorlarning ma’lum bir maqsadlari aks etganligi shubhasiz.

KALIT SO`ZLAR

“Devonu lugʻotit turk”, Iskandar Zulqarnayn, öga, ujgʻur, chigil, tutmach ,turkman, Altunxan, “Tawgʻach”, Chin, Turk xoqoni Shu.

“Devonu lugʻotit turk”da nasrning qadimgi namunasi sifatida manba boʻla oladigan namunalar ham keltirilgan. Buni Iskandar Zulqarnayn va turk xoqoni Shu qoʻshinlari toʻqnashuvi haqidagi materiallarda kuzatish mumkin.

Toʻgri, fotih Iskandar haqidagi rivoyatlarning yozma adabiyotga kirib kelish jarayoni turli davrlarda yashab oʻtgan ijodkorlarning ma’lum maqsadni koʻzda tutganligi bilan bogʻliqligi, shubhasiz. Uning zafarli yurishlari, favqulodda tadbirkorligi, ayni paytda, turklar zaminida talofat koʻrib sulh tuzishga majbur boʻlganligi haqida ham koʻplab rivoyatlar paydo boʻlgan.

Ma’lumki, Iskandar Zulqarnayn faoliyati bogʻliq rivoyatlar birinchi jilddagi öga (tajribali, aqlli, koʻp yashagan odam) (117), ujgʻur (135), chigil (374), tutmach (422); uchinchi jilddagi turkman (419-423) soʻzlari izohini berishda keltirilgan.

Nasriy parchalarning bir-biriga aloqadorligini quyidagilarda ham koʻrish mumkin:

1.Iskandar Zulqarnaynning harbiy yurishi va turk xoqoni Shu askarlari bilan toʻqnashuvi tasviri mavjudligi. Chunonchi, “Zulqarnayn Chinga kelib yetganda turklar xoni urushish uchun yosh yigitlardan iborat bir guruh askarni yoʻlladi. Ular kechasi Zulqarnaynning oldingi askarlariga hujum qildilar va yengdilar” (I t. 117). “Zulqarnayn uygʻur viloyatiga yaqinlashgach, turk xoqoni unga toʻrt ming odamni yoʻlladi” (I t. 135).

2.Zulqarnayn nomining keltirilishi. “Devonu lugʻotit turk ” asari I t., 117-betda toʻrt marta, 422- betide ikki marta, shuningdek,III t., 419-423- betlarda oʻn bir marta Zulqarnayn, Iskandar Zulqarnayn shakllarida uchraydi ( koʻrsatilgan sahifalarning barchasida rivoyat keltirilgan).

3. Ba’zi joy, urugʻ-qabila, xalq, taom, (va b.) nomlari paydo boʻlishining Iskandar yurishlari bilan bogʻlab talqin qilinishi. “Turk askarlaridan biri Zulqarnayn askaridan birini qilich bilan urib kindigigacha ikkiga ajratib yubordi. “Oʻlgan askarning belbogʻida oltin hamyon bor edi. Hamyonga qilich tegib kesildi. Undan qonga boʻyalgan oltinlar yerga sochildi. Ertasi ertalab turk askarlari qonga boʻyalgan oltinlarni koʻrib, bir-birlariga “bu nima?” deyishar va altun qon- “qonli oltin” deb aytishar edi”. Bu joydagi katta togʻ shu ism bilan ataldi ( I t., 117). Bu nomning keyinroq Altunxan deb ketilgani shu rivoyatga bogʻliq boshqa bir parchada ham ta’kidlangan (Qarang: Koshgʻariy, III t., 422), “Uygʻur-Zulqarnayn turk shohi bilan sulh qilganda qurgan besh shaharlik viloyat ismi” (I t., 135). Chigil soʻzi haqida shunday deyiladi: “Zulqarnayn argʻular shahriga yetganda qattiq yomgʻir yogʻib, yerlar loy, botqoq boʻlib ketgan va Iskandar yurolmay qiynalgan. U xafa boʻlib, forscha “in chi gil ast” – bu qanday loy, bundan qutulolmaymiz deb gʻazablangan. Soʻng u yerda bir bino qurishga buyurdi, soʻng bu kunlarda chigil deb ataluvchi qoʻrgʻon bino qilindi. Shu yerda yashovchi turkiy qabilalar ham shu nom bilan (chigiliy) deb ataldilar” (I t., 374)

Turkman soʻzi haqida. “Turkman- bular oʻgʻuzlardir. Bu nom bilan atalishida ularda bir hikoya rivoyat bor: Zulqarnayn kelgach, bular unga idrokli odamlar koʻrindi. Ularda turklarning nishonasi bor edi. Ulardan soʻramasdan ilgariroq turkmonand, dedi. Bular turklarga oʻxshashdir, demakdir. Shundan soʻng bu nom bu kungacha ularga nom boʻlib qoldi” (III t., 422).

Tutmach soʻzi haqida. “Tutmach – turklarning mashhur ovqati. Bu ovqat Iskandar Zulqarnaynga nisbatli ovqatdir. Shundayki, Iskandar zulmatdan chiqqach, oziqlari kamayib qolgan odamlar ochlikdan qoʻrqib, unga: bizni och qoʻyma, och tutma mazmunida tutma ach, qoʻyib yubor, bizlar yurtimizga ketaylik, deganlar. Iskandar bilimdonlar bilan kengashgan va ular shu ovqatni tayyorlaganlar” (I t., 422).

4.Sulh haqidagi e’tiroflar. “Shundan soʻng Zulqarnayn turk shohi bilan sulh tuzdi” (I t., 117). “Zulqarnayn turk shohi bilan sulh qilganda qurgan besh shaharlik viloyat” (I t., 135). “Soʻng Zulqarnayn shu nom bilan sulh tuzdi” (III t., 422).

5.Uygʻur shaharlarining paydo boʻlishi ta’rifi. Eslatilganidek, sulh tuzilgandan keyin besh shaharlik viloyat vujudga keltiriladi. M.Koshgʻariyning yozishicha, Sulmi, Kuju, Beshbaliq, Janbaliq, Yangibaliq shaharlari shunda paydo boʻlgan (I t., 136). Bu ma’lumot asarning III tom 422- betidagi parchada “Zulqarnayn Shu bilan sulh tuzdi. Soʻng uygʻur shaharlarini bino qildi” tarzida uchraydi.

6.Iskandar va turk shohi – Shu qoʻshinlari toʻqnashuvi uygʻurlarga yaqin joyda boʻlib oʻtganligi haqidagi ma’lumotlar. “Muhammad Jakir Toʻqqaxonning oʻgʻli Isrofil Toʻgʻontekin otasi0dan menga shunday xabar qildi (ya’ni otasi soʻzlab berganini aytdi): “Zulqarnayn uygʻur viloyatiga yaqinlashgach, turk xoqoni unga toʻrt ming odamni yoʻlladi” (I t., 135). “Shoh Shu Chinga yetdi. U Zulqarnayn orqasiga tushgan edi. Uygʻurlarga yaqin bir yerda Shu Zulqarnaynga askar yubordi” (III t., 422). “Devonu lugʻotit turk”ning I tom 117-betida keltirilgan rivoyatda esa, “Zulqarnayn Chinga kelib yetganda turklar xoni urushish uchun yosh yigitlardan iborat bir guruh askarni yoʻllagani” aytiladi. Bunda ham Chin deyilganda, uygʻurlar yashaydigan joy tushuniladi. Negaki, M.Koshgʻariyning “Tawgʻach” soʻziga izoh berishicha, “Chin aslida uchtadir: 1.- Yuqori Chin – bu sharqda boʻlib, bunga Tawgʻach deyiladi. 2.- Oʻrta Chin. Buni Xitoy deyiladi. 3.- Quyi Chin, buni Barxan deyiladi va u Qashqardadir, tawgʻach-uygʻur. U “tat”dir. Ular Chin, ya’ni Tawgʻachda yashaydilar. (I t., 423).

Umuman, “Devonu lugʻotit turk”da uchraydigan Iskandar Zulqarnayn bilan bogʻliq rivoyatlar qiyoslab oʻrganilganda, ularda yana bir qancha mushtarak jihatlar mavjudligi koʻzga tashlanadi. Bu- birinchidan. Ikkinchidan, ularda garchi Iskandarning bosqinchilik yurishi salbiy hodisa sifatida koʻrinsa-da, u sulh yoʻlini tutgan (majbur boʻlsa-da) va shaharlar bunyod qilgan kishi sifatida ta’riflanadi. Bu yuqoridagi manbalardan olingan parchalarni umumlashtirgan holda qaralganda ham yaqqol koʻzga tashlanadi:

Мahmud Koshg‘ariy turkiy xalqlar o‘rtasida bo‘lib, ularning urf-odati, til va adabiy boyliklarini o‘rganib yurar ekan, unga Мuhammad Jaqir To‘nqaxonning o‘g‘li Isrofil To‘g‘antegin otasidan eshitgan turk xoqoni Shu haqidagi bir rivoyatni aytib beradi. Bu rivoyatda Iskandar turkiylar mamlakatiga bostirib kelganida Shu ismli xoqon unga qarshi kurashganligi voqyealari aks etgan. Rivoyat yoki doston parchalari devonning I va III kitoblarida o‘rin olgan. Parchalar mazmunan bir biriga bog‘langanida ulardan tugal bir syujetga ega bo‘lgan asar yuzaga keladi. Bu asarni syujetni rivojlantiruvchi qahramonlar nomi bilan shartli tarzda «Turk xoqoni Shu va Iskandar» dostoni deb atash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Berdiev X., Rajabov D. “Devonu lugʻotit turk”dagi she’riy parchalarda qofiya. Monografiya. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004.

2. Berdiev X. “Devonu lugʻotit turk”dagi she’rlarning lingvopoetik tahlili. Monografiya. – Samarqand, 2020. SamISI Ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya qilingan. MChJ “Navruz Poligraf” matbaa bo’limida chop etildi. 26.11.2020. – 116 bet

3. Ziyovuddinova M. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asarida poetika (Aruz, qofiya, badiiyat ilmi istilohlari tarixiga oid). – T., 2001.

4. Asallaev A., Rahmonov V., Musurmonqulova F. Badiiy san’at jozibasi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2005.

5. Oʻzbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lugʻat (Tuzuvchilar – P.Shamsiev, S.Ibrohimov). – T., 1953.

6. Koshgʻariy M. Devonu lugʻotit turk. Uch tomlik, I tom. – Toshkent, 1960.

7. Koshgʻariy M. Devonu lugʻotit turk. Uch tomlik, III tom. – Toshkent, 1963

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.