DIQQAT VA XOTIRA PSIXOKORREKTSIYASI
Maqsuda Norbosheva
Termiz iqtisodiyot va servis universititeti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, PhD
Normurodova Amina
Termiz iqtisodiyot va servis universititeti
Tibbiyot fakulteti talabasi
Odiljonov Ozodbek Odiljonovich
Termiz iqtisodiyot va servis universititeti
Tibbiyot fakulteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqola diqqat va xotira bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularni korreksiya qilish usullariga bag‘ishlangan. Maqolada diqqat va xotiraning inson psixik rivojlanishidagi o‘rni, ular o‘zaro qanday bog‘liq ekani va bu jarayonlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mualliflar psixokorreksion usullar, jumladan, o‘yinlar, mashqlar, relaksatsion texnikalar va kognitiv terapiya metodlari orqali diqqat va xotirani rivojlantirish yo‘llarini taklif qilishadi. Maqola ta’lim jarayonida diqqatni jamlash qiyin bo‘lgan bolalar va xotira pasayishi kuzatilgan shaxslar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, psixologlar, pedagoglar hamda ota-onalar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so’zlar: Diqqat, Xotira, Psixokorreksiya, Psixologik usullar, Xotirani rivojlantirish, Diqqatni jamlash, Stressni kamaytirish, Kognitiv terapiya, Psixologik mashqlar. O‘yin texnikalari, amneziya Аннотатсия: Данная статья посвящена выявлению проблем с вниманием и памятью, а также методам их коррекции. В статье анализируется роль внимания и памяти в психическом развитии человека, как они взаимосвязаны и факторы, влияющие на эти процессы. Авторы также предлагают способы развития внимания и памяти с помощью психокоррекционных методов, включая игры, упражнения, техники релаксации и методы когнитивной терапии. Статья имеет практическое значение для детей, которым трудно сосредоточиться в процессе обучения, и лиц, у которых наблюдается снижение памяти, и содержит рекомендации для психологов, педагогов, а также родителей. Ключевые слова: Внимание,Память,Психокоррекция,Психологические методы,Развитие памяти,Концентрация внимания,Снижение стресса,Когнитивная терапия,Психологические упражнения,Игровые приемы, Амнезия Annotation: This article is devoted to methods for identifying problems with attention and memory, as well as correcting them. The article analyzes the role of attention and memory in the development of the human psyche, how they are interconnected and the factors affecting these processes. The authors also propose ways to develop attention and memory through psychocorrectional techniques, including games, exercises, relaxation techniques, and cognitive therapy techniques. The article is of practical importance for children who find it difficult to concentrate in the educational process and for individuals with memory loss, and includes recommendations for psychologists, educators, and parents. Keywords: Attention,Memory,Psychocorrection,Psychological methods,Memory development,Concentration of attention,Stress reduction,Cognitive therapy,Psychological exercises,Game techniques, amnesia. Kirish: Diqqat va xotira inson psixik faoliyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, ular kundalik hayotda, ta'lim va mehnat jarayonida muhim rol oʻynaydi. Ushbu funksiyalarning buzilishi shaxsning intellektual va hissiy rivojlanishiga salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli, diqqat va xotira bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish maqsadida psixokorreksiya usullarini qoʻllash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada diqqat va xotiraning mohiyati, ularni rivojlantirishning psixologik asoslari hamda psixokorreksion metodlar yoritiladi. Asosiy qism. Diqqat- subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday faollik ongning bir nuqtaga to planishining kuchayishi va ma'lum vaqt mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yoʻnaltirilishini saqlab turishdan iboratdir. Diqqatimiz qaratilgan obyektlar ongimizning toʻplangan «zonasida» juda aniqlik va yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu yerda yana shuni ham nazarda tutish kerakki, diqqat - idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psixik jarayon emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda koʻrinadi. Biz «shunchaki» diqqatli bo'la olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz (qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o'ylaymiz, diqqat bilan muhokama yuritamiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta'minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat oʻqish ishining ham zaruriy shartidir. O'quvchilarning dars materiallarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtirishlari, dastavval diqqatning mavjud boʻlishiga bog'liqdir. K. D. Ushinskiyning aytishicha: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali oʻtib kiradi». Ayrim oʻquvchilarda uchraydigan oʻzlashtira olmaslik holatining sa- babini, avvalo, ular diqqatining yetarli emasligidan qidirish kerak. Xotiraning boʻshligi, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishning boʻshligi, asosan, diqqatning boʻshligidan kelib chiqadi. Diqqatning fiziologik asoslari- Diqqatning fiziologik asosini bosh miya poʻsti qismidagi «optimal qoʻzg'alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib koʻrsatish uchun I. P. Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda uning ichidagi miya ko'rinadigan bo'lsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal qoʻzgʻalish uchun eng yaxshi sharoit tug'ilgan nuqtasi yiltillab ko'rinadigan boʻlsa edi, ongi sog'lom boʻlib, bir narsani o'ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda gʻalati jimjimador shakl boʻlib, surati va hajmi har lahzada bir oʻzgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug narsaning u yoqdan-bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug' narsa atrofidagi boshqa yerlari birmuncha xira tortib turganini ko'rar edi» (Полное собрание сочинений, III tom, 1-kitob, 248-bet). Optimal qoʻzgʻalish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko'ra, bosh miya poʻstining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi. «Miya yarim sharlarining optimal qoʻzg'alishga ega boʻlgan qismida, deydi I. P. Pavlov, - yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil boʻladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo boʻladi. Shunday qilib, optimal qoʻzg'alishga ega boʻlgan joy ayni chog'da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim sharlarining sust qoʻzg'algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog'dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo'zg'ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir. Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb ataydigan subyektiv faoliyatdan iboratdir» Bosh miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta'sir qiluvchi qo'zg'ovchilar idrok va tasavvurning yorqin obrazlarini tugʻdira olmaydi. Miya poʻstining optimal qoʻzg'algan joyi («yiltillab turgan nuqtasi») o'z o'rnini almashtirib turishi diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko'chishini va shuning bilan birga, ongimizning ma'lum narsa, ma'lum faoliyat turiga qarata yoʻnaltirilishi va toʻplanishini shartlaydi. Diqqatning fiziologik asosi boʻlmish optimal qo'zg'alish oʻchog'i haqidagi I. P. Pavlov ta'limoti bilan akademik A. A. Uxtomskiyning olib borgan tekshirishlari bir-biriga toʻg'ri keldi. Bu tekshirishlar natijasida quyidagilar ma'lum bo'ldi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qoʻzg'ovchilar bir vaqtda ta'sir etsa, bosh miya poʻstida shu onning o'zida bir necha qoʻzgalish oʻchoqlari paydo boʻladi. Shu bilan birga, har bir qo'zg'alish o'chog'i bosh miya poʻstining hamma yeriga tarqalishga, irradiatsiyalanishga moyildir. Diqqat dastavval oʻzining faolligi jihatidan - ixtiyorsiz va ixtiyoriy deb farqlanadi. Diqqat asosan uch turga, ya'ni ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqat, muvofiqlashgan diqqat turiga ajratiladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning xohishimizdan tashqari hosil boʻladigan diqqatni ixtiyorsiz diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatni tug diruvchi sabablar, avvalo, bizga ta'sir qiluvchi qoʻzg'ovchilarning qandaydir mashhur xususiyatlaridir: chunonchi, ularning go'zalligi, yorqinligi, kuchi, kattaligi, harakatchanligi, uzoq da- vom etishi, toʻsatdan sodir boʻlishi, kontrastligi va hokazo. Masalan, shiqildoqli chiroyli va yaltiroq o'yinchoq bog'cha yoshigacha bo'lgan bolalarning diqqatini oʻziga jalb qiladi. Bundan tashqari, ixtiyorsiz diqqat bizning faoliyatimiz, turmush tajri- bamiz bilan bog'liq boʻlgan va ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimizga javob bera oluvchi hamda bizda ma'lum bir hissiyot uyg'ota oluvchi narsalarning ta'siri bilan ham vujudga keladi. Ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishi odamning ayni chog dagi hola- tiga ham bogʻliq. Bir xil narsalar va hodisalar diqqatimizni oʻziga tortishi mumkin va mutlaqo tortmasligi ham mumkin. Bu narsa odamning ayni chog'dagi holati bilan bogʻliq boʻladi. Ixtiyorsiz diqqatning dastlabki fiziologik asosi oriyentirovka yoki tekshirish reflekslaridan iborat. Diqqatimiz qaratilishi lozim boʻlgan narsani oldin belgilab olib, ongli ravishda qoʻyilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat deyiladi. Bu diqqatning boshlanishi va, ko'pincha, butun qilinayotgan ish mobaynida davom ettirilishi kuch va zo'r berishni, ya'ni irodaning ishtirokini talab qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Ixtiyorsiz diqqatning kuchi asosan qiyinchiliklarni yengish bilan bogʻliq boʻlgan irodaviy zo'r berish darajasi bilan xarakterlanadi. Ixtiyoriy diqqat fiziologik tomondan, asosan, ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan belgilanadi. O'quvchining tushuntirilayotgan yangi darsni eshitib oʻtirishi shu ixtiyoriy diqqat bilan ishlashning misoli bo'la oladi. Bunda oʻquvchi «eshitib oʻtiraman deb, ilgaridan o'z oldiga maqsad qoʻyadi va o'z diqqatini faqatgina oʻqituvchining soʻziga qaratish uchun kuch sarf qiladi. Shuning bilan birga, o'quvchi beixtiyor ravishda paydo boʻlib, o'qituvchining so'zini eshitishga xalaqit beruvchi idrok, fikr, hissiyot, xayol kabi boshqa psixik jarayonlarni yo'qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi. Ixtiyoriy diqqat, masalan, ninaga ip taqish kabi juda oddiy ishda, ayniqsa, ochiq ko'rinadi.Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqgat turlari oʻrtasidagi farq shundan ibo- ratki, ixtiyorsiz digqat bilan qilinadigan faoliyat ko'pincha unchalik zo'r bermay, ancha yengillik bilan va deyarli toliqmasdan amalga oshiriladi; ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat esa an- chagina zo'r berishni talab qiladi va birmuncha toliqarli boʻladi. Ixtiyorsiz diqqat ham, ixtiyoriy diqqat ham o'zining yoʻnalishiga ko'ra tashqi va ichki boʻlishi mumkin. Manbayi bizning ongimizdan tashqarida boʻlgan diqqatga tashqi diqqar deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon boʻladi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo'ladigan diqqat tashqi diqqatga misol boʻla oladi. Oʻquvchining o'qituvchi bayonini tinglashdagi, kitob oʻqishdagi, suratlarni koʻrishdagi va tabiat hodisalarini kuzatishdagi diqqati ham tashqi diqqatdir. Narsa va hodisalarni qaysi sezgi a'zoimiz bilan idrok qilayotgani- mizga qarab, tashqi diqqatni koʻrish, eshitish va shuning bilan birga, tuyish, hid bilish va ta'm bilish turlariga ajratish mumkin. Tashqi diqqat faqat idrok qilishimiz jarayonidagina namoyon boʻladi deb hisoblab bo'lmaydi. Tashqi diqqat biz tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan narsalarimizga ham qaratilishi mumkin. Masalan, muhandis o'z xonasida ishlab oʻtirib, ko'rilayotgan binoning koʻrinishini tasavvur qilayotganda va bu binoning qurilishi bilan bogʻliq bo'lgan matematik hisoblarni chiqarayotganda uning diqqati tashqi diqqat tarzida namo- mayllarimizdan iborat bo'lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. yon boʻladi. Manbayi bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va Biz ongimizning o'zida sodir bo'layotgan jarayonlarni kuzatayotga- nimizda, ya'ni o'z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shu- ning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon boʻladi. Ma salan, biz oʻz fikrlarimizni kuzatayotganimizda, bu fikrlarni tekshirayot- ganimizda, pushaymon qilish hissini boshimizdan kechirayotganimizda, o'zoʻzimizni tanqid qilayotganimizda va o'z istaklarimizni mulohaza qilayotganimizda ichki diqqat namoyon boʻladi. Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning yana bir turini qayd etib oʻtish lozim. Bu diqqat ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan boʻlib lekin irodaviy zo'r berishni talab qilmaydi. U ixtiyoriy diqqatdan boshlanadi va ixtiyorsiz diqqatga aylanadi. Diqqatning koʻlami - konsentratsiyalanish va boʻlinishlik har qanday diqqatga xos bo'lgan xususiyatdir. Boʻlingan diqqat aynan bir vaqtning oʻzida bir necha narsalarga qaratilgan bo'lmasa kerak, deb o'ylash lozim. Bo'lingan diqqat bu diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tezlik bilan ko chishidir. Inson diqqatining ijobiy xususiyati o'z diqqatini bir narsa ustida to'play olish va faoliyat xarakteriga qarab, uni tegishli ravishda boʻla olishdadir. Ayrim kishilar bu jihatdan bir-biridan shu bilan farq qiladilarki, ularning bittasida asosan, konsentratsiyalashgan diqqat taraqqiy qilgan bo'lsa, boshqasida boʻlingan diqqat taraqqiy qilgan boʻladi. Odamlar diqqatidagi bu ayirma har bir kishining qiladigan faoliyati va kasbiga garab, amaliy ish jarayonida hosil bo'ladi. Diqqatning koʻlami - diqqatga eng qisqa vaqt ichida (go'yoki bir- daniga) sig'ishi mumkin bo'lgan narsalar soni bilan belgilanadi. Diqqat koʻlami jihatidan tor yoki keng boʻlishi mumkin. Tajriba qilib tekshirishda diqqatning koʻlami, odatda, tekshirilayotgan odamga ayni bir vaqtning o'zida bir qancha oʻzaro bog'lanmagan harf- larni, so'zlarni, narsalarni va turli shakllarni koʻrsatish yoʻli bilan aniq- lanadi. Tekshirilayotgan kishi bu narsalardan ayni vaqtda qanchalik ko'pini birdaniga idrok eta olsa (diqqat doirasiga sig'dira olsa), uning diqqat doirasi shunchalik keng boʻladi. Diqqatning koʻlamini aniqlash uchun taxistoskop degan maxsus as- bob qo'llaniladi. Bu asbob yordamida kishiga idrok ettiriladigan narsalar juda tez koʻrsatiladi. Bunda idrok qilinadigan narsalar taxistoskopning ekranidagi teshikdan koʻrsatiladi va bu teshik juda qisqa vaqt ichida bekilib qoladi. Diqqatning barqarorligi- diqqat ma'lum darajada barqaror va beqaror bo'lishi mumkin. Uzoq muddatgacha bir narsaning oʻziga qaratib tura oladigan diqgat barqaror diqqat deyiladi. Agar diqqat biron-bir faoliyat jarayonida boshqa narsalarga, keraksiz narsalarga chalg'iyversa yoki tez sustlashib va so'nib qolsa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi. Masalan, oʻquvchi butun dars davomida darsning borishiga diqqat qilib o'qituvchining tushunti- rishlarini boshqa narsalarga chalg'imay tinglab borsa, biz o'quvchining diqqatini barqaror diqqat deymiz. Bordi-yu, o'quvchi oʻqituvchining tushuntirishlariga avval boshda quloq solib borib, lekin 10-15 daqiqadan keyin boshqa narsa bilan shug'ullansa, yoki boshqa narsalar to'g'risida xayolga berilib ketsa, yoki o'qituvchining tushuntirishidagi ayrim mo- mentlarni «eshita olmay qolibman desa, yo boʻlmasa kitob o'qisa-yu, uning mazmunining ayrim momentlariga «e'tibor bermabman desa, bunday diqqat beqaror diqqat deyiladi. Xotira-id rok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi. Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Farobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan. Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira koʻlami, axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli xotirada axborotlar bir necha daqiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (masalan, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Qisqa muddatli xotira asta sekin uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl-atvori va shu kabilar bilan uzviy bogʻliq. Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional xotira (histuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz-mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz-oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan samaraliroq. Diqqat va xotira psixokorreksiyasi Diqqat va xotiraning psixologik xususiyatlari Diqqat – bu psixikaning muayyan obyektga yo‘naltirilishi va shu obyektni aniq idrok etish jarayoni. U turlarga ajratiladi: ixtiyoriy, ixtiyorsiz va postixtiyoriy. Xotira esa bilim va tajribalarni saqlash, eslash va qayta tiklash qobiliyatidir. Xotira qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira kabi shakllarga ega. Diqqat va xotira bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: diqqatni jamlash orqali xotira jarayonlari samaradorligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, stress, motivatsiya yetishmasligi, jismoniy va psixologik charchoq bu funksiyalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Psixokorreksiyaning ahamiyati Psixokorreksiya diqqat va xotira muammolarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus metodlar va texnikalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayon quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: Diqqatni jamlash qobiliyatini oshirish. Xotira hajmi va sifatini yaxshilash. Psixologik barqarorlikni ta’minlash. Psixokorreksion usullar 1. O‘yin texnikalari Bolalar va kattalar uchun maxsus psixologik o‘yinlar diqqatni rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Masalan, "O‘xshashlik va farqlarni topish", "Eslab qol va takrorla" o‘yinlari xotirani mustahkamlaydi. 2. Kognitiv mashqlar Diqqatni jamlash uchun mantiqiy masalalar, boshqotirmalar va asosiysini aniqlash mashqlari qo‘llanadi. Xotirani rivojlantirish uchun esa mnemotexnika usullari, jumladan, obrazli bog‘lash va assotsiatsiyalar yaratish texnikasi tavsiya etiladi. 3. Relaksatsion texnikalar Stress va charchoqni kamaytirish uchun meditatsiya, nafas mashqlari va musiqiy terapiya qo‘llaniladi. Ushbu texnikalar diqqatni tiklash va xotirani faollashtirishda yordam beradi. 4. Individul yondashuv Har bir insonning psixologik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, individual psixokorreksion dasturlar ishlab chiqiladi. Amneziya- xotiraning buzilishi Amneziya shunday holatki, bunda odam yaqinda boʻlib oʻtgan voqealarni ham, uzoq oʻtmishdagi voqealarni ham eslash qobiliyatini yoʻqotadi. Amneziya turli shakllarda namoyon boʻlishi mumkin: Retrograd amneziya - kasallik boshlanishidan oldin sodir boʻlgan voqealar haqidagi xotiralarning yoʻqolishi. Anterograd amneziya - kasallik boshlanganidan keyin yangi voqealarni eslab qola olmaslik. Korsakov sindromi - bu amneziyaning ogʻir shakli boʻlib, u ham retrograd, ham antrograd boʻlishi mumkin, koʻpincha alkogolizm va B1 vitamini tanqisligi bilan bogʻliq. Fiksatsion amneziya - yangi ma'lumotni xotirada saqlay olmaslik, bu esa uni esga tushirishni qiyinlashtiradi. Perforatsion amneziya - ma'lumotlarning qisman saqlanishi, bunda ba'zi tafsilotlar unutilishi mumkin. Dissotsiatsiyalangan amneziya - faqat bemorning shaxsiy hayoti bilan bogʻliq voqealar haqidagi xotiralarning yoʻqolishi. Amneziyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: Joyda mo'ljalni yo'qotish,Ongning chalkashligi, Xotiraning buzilishi. Amneziyani davolash quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: Neyroprotektorlar, vitaminoterapiya, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilish, jismoniy va psixologik yuklamalarni nazorat qilish, xotira yo‘qolishiga sabab bo‘lgan asosiy kasallikni davolash. Geperaktivlik sindromi- bolalarda tez-tez uchraydigan nevrologik va xulq-atvor buzilishidir. U diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar, fe’l-atvorning buzilishi va giperaktivlik bilan tavsiflanadi. Kasallik odatda maktabgacha va maktab yoshida namoyon bo‘ladi va ko‘pincha o‘g‘il bolalarda kuzatiladi. Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DYGS) sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: Irsiy moyillik, bosh miya funksiyalariga ta’sir qiluvchi neyronlar muvozanatining buzilishi,oila yoki jamoadagi salbiy vaziyat, asfiksiya yoki bosh miya jarohati kabi tug‘ruqdagi jarohatlar,homiladorlik paytida onaning olgan jarohati yoki yuqumli kasalliklari,chaqaloqlikda isitma bilan kechuvchi kasalliklar Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi (DYGS) belgilari quyidagilardan iborat: Giperaktivlik,unutuvchanlik,ortiqcha hovliqish,impulsivli,o‘tirmaslik,konsentratsiyaning yo‘qligi,yig‘loqilik,yuqori asabiylik,diqqatning pasayishi, yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar. Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromini (DYGS) davolash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: psixoaktiv preparatlar,antidepressantlar, vitaminoterapiya, psixolog bilan mashg‘ulotlar. Xulosa: Diqqat va xotira inson psixik rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan jarayonlar bo‘lib, ularning samaradorligi shaxsning intellektual, hissiy va kundalik faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur maqolada diqqat va xotira muammolarini aniqlash, psixokorreksion metodlar yordamida ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. O‘yin texnikalari, kognitiv mashqlar, relaksatsion usullar va individual yondashuvlar orqali ushbu funksiyalarni yaxshilash mumkinligi isbotlangan. Amneziya va diqqat yetishmasligi kabi buzilishlarning sabablari va davolash choralari ham keng ko‘rib chiqilgan. Diqqatni barqarorlashtirish va xotirani mustahkamlashga qaratilgan usullar bolalar va kattalar uchun psixologlar, pedagoglar hamda ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy psixologiya – Zufarova
2. www.ziyouz.com
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xotira
4. https://med24.uz/uz/bolezn/amneziya
5. https://avitsenna.uz/amneziya-sabablari-turlari-va-davolash
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Diqqat
7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.