ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

DUAL TA’LIM TIZIMINING AHAMIYATI

초록

Maqolada professional ta’lim tizimining ustuvor yo’nalishlari xususan dual ta’lim yo’nalishida jahonning rivojlangan davlatlari erishgan yutuqlari va ularning tajribasini o’rgangan holda yurtimizda professional ta’limda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy qilish istiqbollari berilgan.


In the article, the priority directions of the professional education system, especially the achievements of the developed countries of the world in the direction of dual education, and the prospects of introducing modern educational methods in professional education in our country are given.

전체 PDF 문서

관련 논문

전문

DUAL TA’LIM TIZIMINING AHAMIYATI

Jo'raqulova Gulxayo Rizo qizi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi

Annotatsiya. Maqolada professional ta’lim tizimining ustuvor yo’nalishlari xususan dual ta’lim yo’nalishida jahonning rivojlangan davlatlari erishgan yutuqlari va ularning tajribasini o’rgangan holda yurtimizda professional ta’limda zamonaviy ta’lim metodlarini joriy qilish istiqbollari berilgan.

Kalit so’zlar: dual ta’lim, professional ta’lim, integratsiya,ish beruvchi, dual ta’lim, jahon tajribasi,o’qitish metodlari, kompetensiya.

THE IMPORTANCE OF THE DUAL EDUCATION SYSTEM

Abstract. In the article, the priority directions of the professional education system, especially the achievements of the developed countries of the world in the direction of dual education, and the prospects of introducing modern educational methods in professional education in our country are given.

Key words: dual education, professional education, integration, employer, dual education, world experience, teaching methods, competence.

ВАЖНОСТЬ ДУАЛЬНОЙ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. В статье приведены приоритетные направления системы профессионального образования, особенности достижений развитых стран мира в направлении дуального образования, а также перспективы внедрения современных образовательных методов в профессиональное образование в нашей стране.

Ключевые слова: дуальное образование, профессиональное образование, интеграция, работодатель, дуальное образование, мировой опыт, методы обучения, компетентность.

Professional ta’lim tizimi har bir mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi vositalardan biridir. U kasbiy o'sishni xohlovchi yoshlar va kattalar uchun muqobil ta'lim yo'lini taklif etadi va shu bilan birga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida zarur bo'lgan malakali kadrlar bilan ta'minlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga ko’ra ham, o’rta-maxsus va professional ta’limni rivojlantirish orqali 2030 yilga kelib bandlik, munosib ish o‘rinlari va tadbirkorlik uchun tegishli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yoshlar va kattalar sonini sezilarli darajada oshirish asosiy maqsad qilib olingan[1].

Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20- noyabrdagi 841-son “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorida ham quyidagi muhim bandlar keltirilgan [2]:

 2030-yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun arzon va sifatli o‘rta maxsus, oliy, kasb-hunar hamda qo‘shimcha ta’limdan teng foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

 2030-yilgacha ishga joylashish, munosib ishga ega bo‘lish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ko‘nikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda ko‘paytirish.

 Ta’lim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bolalarning manfaatlarini hisobga oladigan darajada yaxshilash bilan nogironlar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali o‘qitish muhitini ta’minlash.

 2030-yilgacha barcha o‘quvchilar va talabalarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlash.

 O‘quv muassasalarining barcha uchun xavfsiz va samarali o‘quv muhitini ta’minlaydigan shart-sharoitlarini yaxshilash

 2020-yilgacha ishlamayotgan, o‘qimayotgan va kasbiy malakalarni egallamayotgan yoshlarning ulushini jiddiy ravishda qisqartirish.

Umuman olganda professional ta’limni rivojlantirish uni ishlab chiqarish bilan integratsiyani ta’minlash yaxshi ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kalit bo‘ladi. Bunda albatta eng asosiy faktorlardan biri ta’lim sifatining yuqoriligini ta’minlay olish, o’qitish jarayonlarida zamon bilan hamnafas olib boorish, ta’lim jarayonlarida eng so’nggi innovatsion metodlarni qo’llash va muhim omillardan yana biri mehnat bozoridagi ish beruvchilarning talablarini o’rgangan holda kadrlar tayyorlash tizimini yo’lga qo’yishdir.

Bu sohadagi jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi va ular bosib o’tgan taraqqiyot strategiyalarini o’rganish ayniqsa dolzarb masaladir. Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashda deyarli barcha Yevropa davlatlari so’nggi o’n yillikda ilg’or innovatsiyalarni joriy, milliy malaka tizimi, ta’lim sifatini ta'minlash tizimlari joriy etish orqali yuksak rivojlanish darajalari va salomoqli yutuqlarga erishdilar.

Ayniqsa, Germaniya, Avstriya va Shvetsariya xususiy sektor va hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan muvaffaqiyatli o’rta-maxsus ta’lim tizimi modellari bilan eng oldingi o’rinlarda turadi. Ushbu mamlakatlarda qoʻllaniladigan dual taʼlim tizimi kompaniyadagi shogirdlikni kasb-hunar maktabidagi taʼlimni bitta kursda birlashtiradi. Mazkur muvaffaqiyatli professional ta’lim modellarini eksport qilish qiyin, chunki ular o'ziga xos iqtisodiy va madaniy kontekstga asoslangan. Bunda mazkur modellar tajribasini milliy o’ziga xoslikga asoslangan holda foydalanish kerak bo’ladi [3].

Chunki an'anaviy shogirdlik sxemalari yo'q bo'lib ketgan Yevropa mamlakatlari uchun professional ta’limda dual ta’lim tizimini joriy etish "yangi shogirdlik tizimini yaratishning yangicha metodi”dir [4].

Xulosa. Sharq mamlakatlarida xususan yurtimizda ustoz-shogirdlik asriy an’analardan biri va milliy mentalitetimizning ajralmas qismidir. Endilikda faqatgina buni ta’limdagi innovatsion metod va zamonaviy mehnat bozor talablaridan kelib chiqib takomillashtirish va yangi bosqichga olib chiqish zarur hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. https://uzbekistan.un.org/index.php/uz/sdgs

2. https://lex.uz/docs/-4013356

3. https://www.newworldencyclopedia.org/entry/Vocational_education

4. Alavutdinova, N., & Abdurahmonova, M. Ijodiy fikrlash ko ‘nikmasini shakllantirish muammolari. O ‘ZBEKIST, 87.

5. Israilova, S. (2023). THE PRAGMATIC OCCURRENCE AND

MENTAL PROPERTIES OF COLOR COMPONENT UNITS IN CONTEXT.

Interpretation and researches, 1(5).

6. Bekzodovna, J. M., & Akbarovna, D. G. (2023). INNOVATIVE METHODS AND TOOLS IN HIGHER EDUCATION. Science and Innovation, 2(11), 708-715.

7. Ergashevna, S. N. Pedagogical Aspects of Improving the System of Distance Training of Public Education Workers. JournalNX, 107-110.

8. Clarke, Linda. 2007. Vocational Education: International Perspectives and Development. Routledge. ISBN 978-0415380614

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.