Elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish.
Ixtiyor Adurazzakov,
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Biznes huquqi yo‘nalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya: ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish, shuningdek, elektron tijoratni amalga oshirishda iste’molchilarning sudga murojaat qilish masalalari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: javobgarlik choralari, fuqarolik muomalasining noprofessional ishtirokchilari, fuqarolik-huquqiy vositalar, ommaviy-huquqiy instrumentlar, elektron xabar, ma’naviy zarar.
XX asr o‘rtalaridan boshlab dunyo hamjamiyatidan axborot komunikatsiyalari texnologiyalarini uzluksiz rivojlanib borishi va internet tarmog‘ining ommalashuv jaroyaonio amalga oshirilgan bo‘lsa, XXI asrning dastlabki yillaridan ijtimoiy-iqtisodiy hayotda elektron hukumat, elektron davlat, elektron biznes yuritish degan jumlalar jadallik bilan kirib keldi. Milliy qonunchiligimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning turli yuridik mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu mexanizmlarning samarali va oqilona ishlashida davlat organlari va mansabdor shaxslar bevosita mas’ul hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bunda birinchi navbatda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda hamda buzilgan huquqlarini tiklashda sud hokimiyati alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, kundalik hayotimizda zarur bo‘lgan mahsulotlarni elektron tijorat yordamida buyurtma berish va qabul qilib olish bir muncha qulayliklar yaratadi. Shunday mahsulot va xizmatlar borki, ularni yetkazib berishda ayrim talablarni o‘rnatish iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan asoslanadi. Bunda iste’molchilarni huquqlarini himoya qilishiga qaratilgan qonun hujjatlari orqali ularning huquq va manfaatlari himoya qilinadi.
Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning maqsadli yo‘naltirilganligi kontragent bilan noteng holatda bo‘lgan iste’molchi-fuqaroning huquqlari va manfaatlariga rioya etishning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini iqtisodiy sharoit, ta’lim darajasi, harid qilish layoqatidan kelib chiqib yaratishdan iborat hisoblanadi. O‘zining mazmuniga ko‘ra, fuqarolik huquqi tenglik va adolatlilik negizini nafaqat huquqiy munosabatda huquq va majburiyatlarning shakllanishida, balki javobgarlik choralarini belgilash va huquq buzilishi sodir etilganida himoyani o‘rnatishni ham ta’minlaydi. Bu vaziyatdagi muhim jihatlardan biri iste’molchi-fuqaro, iqtisodiy jihatdan zaif va himoyalanmagan fuqarolik muomalasining noprofessional ishtirokchilari uchun ochiq va teng himoyani ta’minlash hisoblanadi. Huquqiy munosabatning nisbatan zaif tomoni huquqlarini himoya qilish maqsadiga fuqarolikhuquqiy tartibga solishning xususiyati (ommaviy huquq normalariga xos bo‘lgan hokimiyat va bo‘ysunish mavjud emasligi)dan kelib chiqib, o‘ziga xos ommaviy negizlarni kiritish vositasida erishiladi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmi nafaqat fuqarolik-huquqiy vositalarni, balki ommaviy-huquqiy instrumentlarni o‘zida ifodalaydiki, bular orasidan fuqarolik huquqlarini sud va ma’muriy tartibda himoya qilish alohida o‘rin tutadi.
Fuqarolarning elektron tijorat tovarlarini olishi orqali ham mulk huquqi vujudga keladi. Bundan tashqari shunday munosabatlar borki, tovarlar, ishlar hamda xizmatlarni fuqarolar tomonidan tadbirkorlik maqsadini ko‘zlamagan holda elektron tijorat orqali realizatsiya qiladi hamda iste’molchi sifatida huquqiy maqomga ega bo‘ladi. Biroq, shunday holatlar yuzaga keladiki, fuqarolarning elektron tijoratni amalga oshirish iste’molchi sifatida huquqlari buzilishi mumkin. Bunda iste’molchi vakolatli davlat organlari yoki bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Iste’molchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan bo‘lib, iste’molchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy zararlarning xususiyatiga, shuningdek, tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Eng avvalo, shuni ta’kidlash joizki, Fuqarolik kodeksining 1-moddasiga asosan, fuqarolik qonunchiligi ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasida ham qayd qilinganidek, har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 3-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqli.
Shu bilan birga, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish iste’molchilarning asosiy huquqlaridan biri hisoblanishi belgilangan. Shuningdek, Qonunning 29-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Demak, iste’molchilar o‘z huquqlarini himoya qilish va buzilgan huquqlarini tiklashni so‘rab sudga shikoyat qilishlari mumukin. Fuqarolar Fuqarolik protsessual kodeksining 145-moddasida belgilanganidek, javobgarning doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi, tashkilotlarga nisbatan ariza esa ularning organlari joylashgan hududdagi sudga beriladi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 29- moddasi ikkinchi qismiga asosan, iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga asosan, iste’molchilar – o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan hamda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari – iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab beriladigan da’volar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinishi belgilangan. Qonunchilik orqali iste’molchilar shunday imkoniyatlar berilganki, iste’molchi sifatida buzilgan huquqlari yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi. Mazkur amaliyot yuqoridagi mavzularda ta’kidlaganimizdek, davlat iste’molchilarning huquqlarini kafolatlashi kabi vazifalarining amaldagi asosi hisoblanadi.
Shubhasiz, davlat elektron tijoratda iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish huquqiy asoslari yetarli darajada ta’minlagan. Ahamiyatli jihati iste’molchilar o‘z huquqlarini himoya qilib yoki buzilgan huquqlarini tiklashni so‘rab, bevosita mustaqil ravishda sudga murojaat qilishi, agar sudga murojaat qilish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda esa uning manfaatlarini himoya qilib davlat organi tomonidan amalga oshirish mumkin.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.