ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Erbahor (Gentiana Olivieri Griseb.)ning farmatsevtika va tibbiyotdagi ahamiyati.

초록

Hozirgi kunda tabiiy maxsulotlardan tayyorlangan, xavsiz dori voitalariga bo’lgan talab yanada kuchaymoqda. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qaroriga asosan dori vositalarining yangi turlarini yaratish va ishlab chiqish bo’yicha bir qancha masalalar belgilab qo’yilgan.yangi dori maxsulotlarini ishlab chiqarish, ularni standartlashtirish bir qancha tadqiqotlarni o’z ichiga oladi. Tabiiy dorivor o’simliklardan biri erbahor, g‘azako‘t ( Gentiana Olivieri Griseb.) O’rta Osiyoning quruq tog’ qiyaliklarida o’sadi. Tog’ etaklaridan yuqori tog’larga qadar keng tarqalgan, ochiq joylarda, o’tli va daraxt-butali o’simlik qoplamida, 300-3700 m balandliklarida ko’proq uchratamiz.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Erbahor (Gentiana Olivieri Griseb.)ning farmatsevtika va tibbiyotdagi

ahamiyati.

Oltiboyeva Mavsuma G’ulom qizi

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrsi

assistenti

Annotatsiya.

Hozirgi kunda tabiiy maxsulotlardan tayyorlangan, xavsiz dori voitalariga bo’lgan talab yanada kuchaymoqda. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qaroriga asosan dori vositalarining yangi turlarini yaratish va ishlab chiqish bo’yicha bir qancha masalalar belgilab qo’yilgan.yangi dori maxsulotlarini ishlab chiqarish, ularni standartlashtirish bir qancha tadqiqotlarni o’z ichiga oladi. Tabiiy dorivor o’simliklardan biri erbahor, g‘azako‘t ( Gentiana Olivieri Griseb.) O’rta Osiyoning quruq tog’ qiyaliklarida o’sadi. Tog’ etaklaridan yuqori tog’larga qadar keng tarqalgan, ochiq joylarda, o’tli va daraxtbutali o’simlik qoplamida, 300-3700 m balandliklarida ko’proq uchratamiz.

Kalit so’zlar: Gentiana Olivieri Griseb., gensianin, gensioflavin, gensiotibetin, oliverin, glikozidlar, taninlar Значение горечавки (Gentiana Olivieri Griseb.) в фармацевтике и медицине.

Аннотация

В настоящее время возрастает спрос на безопасные лекарственные средства, изготовленные из натуральных продуктов. В том числе создание и разработка новых видов лекарственных средств на основании постановления Президента Республики Узбекистан №PQ-3532 от 14 февраля 2018 года о дополнительных мерах по опережающему развитию фармацевтической отрасли определен ряд вопросов y производство новых лекарственных средств, их стандартизация включает ряд исследований. Gentiana Olivieri Griseb., одно из природных лекарственных растений, произрастает на сухих горных склонах Средней Азии. Широко распространен от предгорий до высокогорий, на открытых участках, в травянистой и кустарниковой растительности, на высотах 300-3700 м.

Ключевые слова: Gentiana Olivieri Griseb., гентианин, генсиофлавин, генсиотибетин, оливерин, гликозиды, дубильные вещества.

The value of gentian (Gentiana Olivieri Griseb.) in pharmaceuticals and

medicine.

Annotation

There is an increasing demand for safe medicines made from natural products. Including the creation and development of new types of medicines on the basis of the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PQ-3532 dated February 14, 2018 on additional measures for the accelerated development of the pharmaceutical industry, a number of issues have been identified and the production of new medicines, their standardization includes a number of studies. Gentiana olivieri Griseb., one of the natural medicinal plants, grows on the dry mountain slopes of Central Asia. Widely distributed from foothills to highlands, in open areas, in herbaceous and shrubby vegetation, at altitudes of 300-3700 m.

Key words: Gentiana Olivieri Griseb., gentianin, gencioflavin, genciotibetin, oliverin, glycosides, tannins.

Erbahor (Gentiana Olivieri Griseb.)ko’p yillik o’simlik. Poyalari balandligi 30 sm gacha, tik turuvchi yoki ko’tarilgan, silliq, och yashil rang. Ildizpoyasi ingichka, simsimon ildizlarga ega. Poyalari asosida 5 sm gacha o’tgan yilgi barglarning tolasimon qinlarini qoldig’i bilan zich qoplangan. Ildizbo’g’zi barglari uzunligi 2-10 sm, eni 4- 8 (10) mm, cho’zinchoq lansetsimon yoki cho’zinchoq, to’mtoq, asosida toraygan, cheti tekis, poya barglarini soni 2 (3) juft, tor lansetsimon, uzunligi 1- 2 sm. Gullarini soni (1) 3-6, ko’k yoki ko’k-binafsha rangli, bog’lam bo’lib joylashgan, poyaning yuqori qismida, voronkasimon, og’iz ostida eni 9-13 mm, egilgan bo’lakning uzunligi 5-6 mm, naychadan 5 baravar qisqa, cho’zinchoq-chiziqli yoki ellipssimon, to’mtoqlashgan yoki o’tkir, burmalari bo’laklardan 2 baravar qisqa, ikki bo’lakli. Urug’chi bandda joylashgan. Ko’sak uzunligi taxminan 2 sm, cho’zinchoq. Urug’larning uzunligi taxminan 2 mm, ellipssimon, och qo’ng’irrang, 103 qanotsiz, ingichka to’rsimon. U aprel-iyul oylarida gullaydi va mevalaydi [1]. Quruq tog’ qiyaliklarida o’sadi. Tog’ etaklaridan yuqori tog’larga qadar keng tarqalgan, ochiq joylarda, o’tli va daraxt-butali o’simlik qoplamida, 300-3700 m balandlikda o’sadi. O’rta Osiyo, Kavkazning janubida tarqalgan. Dorivor xom ashyo o’simlikni hamma qismidan olinadi. Yer usti qismi (o’t) gullash davrida yig’ib olinadi, doimiy ravishda aralashtirilib, soyada quritiladi. Yig’ilgan ildizlar yaxshilab yuviladi, yoyiladi va quritiladi. Gentiana Olivieri Griseb (Erbahor ) Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida keng tarqalgan [2].

Ushbu turdan 9 ta alkaloidlar ajratilgan va aniqlangan: gensianin, gensiananin, gensianain, gensianadin, gensioflavin, gensiotibetin, oliverin, oliveramin, oliveradin, shuningdek, glikozidlar, taninlar va smolalar. Shu jumladan o’simlikdagi ksantonlar yallig’lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarni o’z iichiga olgan bir qator biologik faollokkka ega bo’lgan tabiiy birikmalardir. G’entianon mangiferin ksantonlar hisoblanadi. Secoiridoids bu- yallig’lanishga qarshi, antioksidant va saratonga qarshi xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan. Gentiopicroside va swertiamarin Gentiana Olivieri Griseb dagi secoiridoiddir. Ilmiy tibbiyot amaliyotida erbahor damlamasi ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilishida yordam berganligi tufayli o’t haydovchi vosita sifatida tavsiya etiladi. O’rta Osiyo xalq tabobatida ildizlarning qaynatmasi yo’tal, radikulit, tana og’rig’i va gonoreya, ishtaha yo’qligida, ich qotishi va ichak bo’shashganligida qo’llaniladi. Bolalarning teri kasalliklarida o’tining qaynatmasida cho’miltiriladi. Yer usti qismi choy shaklida terlatuvchi, o’t haydovchi va ovqat hazm qilishini stimullovchi vosita sifatida ishlatiladi. Yer usti qismlaridan olingan kukuni yaralarni tuzatish uchun ishlatiladi. Bu o’simlikdan diareani davolashda qo’llaniladigan yangi dori preparatlarini yaratish mumkin[1,2,4].

Gentiana Olivieri O’ta osiyodan tashqari Turkiyada, Xitoyda, Rossiya, pokiston, Eronda o’sadi va undan dori vositalarini olish va standartlashtirish ustida tadqiqotlatlar olib borilmoqda. Eronda o'sadigan Gentiana Olivieri ning standartlashtirish va ishtahani rag'batlantiruvchi ta'siri haqida tadqiqotlar taqdim etilgan. Evropa farmakopeyasiga asoslanib G.olivieri gidroetanol ekstraktidan olingan gentiopikrozid miqdori 586,6 ppm, ekanligi o’rganilgan. Bolalar va o’smirlarda xavfsiz ovqat hazm qilishga yordam beruvchi preparatlar ishlab chiqarish ustida tadqiqotlar o’tkazilmoqda [3]. Turkiyada asosan ishtaha ochuvchi maxsulot sifatida qo’llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. “O‘zbekiston dorivor o‘simliklar atlasi” o’quv qo’llanma O.K. Xojimatov, X.Q. Haydarov, D.T.Xamraeva, D.A. Imomova, A.N. Xujanov Samarqand - 2021

2. Сахобиддинов С.С. Дикорастущие лекарственные растения Средней Азии. - Ташкент: Госиздат УзССР, 1948. - 216 с.

3.Mohammad Azadbakht, Elham Nayebi, Reza Enayati Fard, Fatemeh Khaleghi ,,Standardization and formulation of an herbal appetite-stimulating drug from Gentiana olivieri” Journal of Herbal Medicine Volume 19, February 2020, 100306

4. Роль растения gentiana olivieri griseb в медицине и народной медицине, анализ противодиарейных препаратов в ассортименте лекарственных средств, применяемых в Республики Узбекистан Тоштемирова Ч.Т., Турабоев.А. А., Гулямова Д. Р., Камилова Г. С., Хошимбоева М. М. журнал Universum: медицина и фармакология 2021

5. Oltiboyeva Mavsuma G’ulom qizi. (2023). Biologik faol moddalarning foydasi va zarari. JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH, 1(6), 764- 768. https://doi.org/10.5281/zenodo.8061555

6.SALVIA O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI. JF Alikovna, AA

Shukrullayevich JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND

EDUCATIONAL RESEARCH 6 (2), 217-218

7. Hypotensive properties of the plant salvia submutica AM Gulyamovna, AS Sadriddinovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 51-52

8. The relevance of the meaning of plantain in folk medicine AS Sadriddinovna, AM Gulyamovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 49-50 2023

9. MEDICINAL PROPERTIES OF SEA BUCKTHORN (Hippophae

Rhamnoides L.) OIL PLANT O Mavsuma Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence 2 (3), 1-3

10. Azizxonovna N. M. GULXAYRI OSIMLIGINING DORIVOR

XUSUSIYATLARI //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 6. – С. 769-772.

11. Nabieva, F. S., Narzullayeva, M. A., & Bo’Riyev, M. (2022). YUQUMLI

KASALLIKLARNI TASHXISLASHDA IMMUNOFERMENT TAHLILINING

AHAMIYATI. Research Focus, 1(4), 161-164.

12. Azizkhonovna N. M., Madullaevich I. O. Uses of sea buckthorn and its beneficial properties in medicine //Eurasian Medical Research Periodical. – 2023. – Т. 19. – С. 57-59.

13. Нарзуллаева М. и др. ЛЕКАРСТВЕННОЕ РАСТЕНИЕ ОБЛЕПИХА И

ЕГО ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА В МЕДИЦИНЕ //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 68-70.

14. Sobirjonovna B. N. et al. CHAKANDA O’SIMLIGIGA ZAMONAVIY QARASHLAR //journal of innovations in scientific and educational research. – 2023. – Т. 6. – №. 2. – С. 209-211.

15.Sobirjonovna B. N., Kurakbaevna T. S. Clinical dynamics of chronic nephritic syndrome in children //Eurasian Medical Research Periodical. – 2023. – Т. 19. – С. 53- 56.

16.Kudratova Zebo Erkinovna, & Tuychiyeva Saboxat Kurakbayeana. (2023).

THE OPPORTUNITIES OF SIMULATION TRAINING AT THE MEDICAL

UNIVERSITY. Open Access Repository, 4(2), 98–101.

17.Куракбаевна, Т. С. (2023). ОСОБЕННОСТИ ДИАБЕТИЧЕСКОЙ

НЕФРОПАТИИ В ХРОНИЧЕСКИХ ОСЛОЖНЕНИЯХ САХАРНОГО

ДИАБЕТА. Scientific Impulse, 1(7), 87–91. Retrieved from

18.Туйчиева С. К., Бобобекова З., Эгамбердиева Х. ПРИМЕНЕНИЯ

ШИПОВНИКА КАК ПРИРОДНОГО АНТИОКСИДАНТА //JOURNAL OF

INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2023. – Т.

6. – №. 2. – С. 212-214.

19.ЗНАЧЕНИЕ ПОДДОРОЖНИКА В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ Н

Бозорова, Ш Анорбаева, Л Назарова Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 2 (10), 5-6

20.Tuychieva Sabohat Quraqboevna. (2023). BOLALARDA SURUNKALI

NEFRITIK SINDROM HAQIDA ZAMONAVIY QARASHLAR. JOURNAL OF

UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH, 1(6), 773–777.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.