ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ERTA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL RIVOJLANISHGA OILAVIY MUHITNING PSIXOLOGIK TAʼSIRI

초록

Tezisda erta yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga oilaviy muhitning psixologik taʼsiri tahlil qilinadi. Tadqiqot bolalarning emotsional reaksiyalari, oilaviy munosabatlar va ota-ona bilan oʻzaro aloqalar orqali ijtimoiy koʻnikmalarini shakllantirish jarayonlariga qaratilgan. Shuningdek, oilaviy muhitni rivojlantirish orqali emotsional barqarorlikni oshirish, empatiya va ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy psixologik va pedagogik metodlar, jumladan, oʻyin terapiyasi, muloqotga yoʻnaltirilgan yondashuvlar va emotsional intellektni rivojlantirish strategiyalari yoritiladi


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 157 ⊰⊰--

OILAVIY MUHITNING PSIXOLOGIK TAʼSIRI

Baymirzeva Dilshoda Kamolodinovna

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani 3 DMTT

direktor oʻrinbosari

Annotatsiya. Tezisda erta yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga oilaviy muhitning psixologik taʼsiri tahlil qilinadi. Tadqiqot bolalarning emotsional reaksiyalari, oilaviy munosabatlar va ota-ona bilan oʻzaro aloqalar orqali ijtimoiy koʻnikmalarini shakllantirish jarayonlariga qaratilgan. Shuningdek, oilaviy muhitni rivojlantirish orqali emotsional barqarorlikni oshirish, empatiya va ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy psixologik va pedagogik metodlar, jumladan, oʻyin terapiyasi, muloqotga yoʻnaltirilgan yondashuvlar va emotsional intellektni rivojlantirish strategiyalari yoritiladi.

Kalit soʻzlar: ijtimoiy-emotsional rivojlanish, erta yoshdagi bolalar, oilaviy muhit, psixologik metodlar, emotsional intellekt, oʻyin terapiyasi, empatiya.

Abstract: The thesis examines the psychological impact of family environment on socialemotional development in early childhood. The study focuses on childrenʼs emotional responses, parent-child interactions, and the development of social skills within the family context. Modern psychological and pedagogical methods aimed at enhancing emotional stability, empathy, and social adaptation through family support, including play therapy, communication-oriented approaches, and strategies for developing emotional intelligence, are highlighted.

Keywords: social-emotional development, early childhood, family environment, psychological methods, emotional intelligence, play therapy, empathy.

Аннотация. В тезисе рассматривается психологическое влияние семейной среды на социально-эмоциональное развитие детей раннего возраста. Исследование сосредоточено на эмоциональных реакциях детей, взаимодействии с родителями и формировании социальных навыков в семейном контексте. Рассматриваются современные психологические и педагогические методы, направленные на повышение эмоциональной устойчивости, развитие эмпатии и социальной адаптации через поддержку семьи, включая игровую терапию, коммуникативные подходы и стратегии развития эмоционального интеллекта.

Ключевые слова: социально-эмоциональное развитие, дети раннего возраста, семейная среда, психологические методы, эмоциональный интеллект, игровая терапия, эмпатия.

Kirish

Erta yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi ularning psixologik va shaxsiy kamolotining asosiy tarkibiy qismidir. Bu davrda bola atrof-muhitni idrok etish, hissiyotlarini anglash, boshqalar bilan muloqot qilish va ijtimoiy normalarni oʻzlashtirish jarayonlarini bosqichmabosqich shakllantiradi. Ayniqsa, emotsional tajribalar va bola tomonidan namoyon qilinadigan hissiy reaksiyalar uning kelajakdagi psixologik barqarorligiga, ijtimoiy moslashuviga va kommunikativ koʻnikmalariga bevosita taʼsir qiladi. Shu sababli, erta yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash va uni boshqarishning psixologik metodlarini oʻrganish maktabgacha taʼlim sohasi uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

--⊱⊱ 158 ⊰⊰--

Ijtimoiy-emotsional rivojlanish bolalarning oʻzlarini va boshqalarni anglash, emotsiyalarni ifodalash va boshqarish, hamkorlik qilish, empatiya koʻrsatish va muammolarni konstruktiv hal etish kabi koʻnikmalarni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, erta yoshda emotsional tajribalar yetarlicha qoʻllab-quvvatlanmasa, bolalarda ijtimoiy chekinish, qoʻrquvchanlik, agressiv xulq, impulsivlik kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, emotsional rivojlanishni barqarorlashtirishga qaratilgan psixologik yondashuvlar, oʻyin faoliyati, konstruktiv muloqot va artterapiya metodlaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega.

Bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga taʼsir etuvchi asosiy omillar qatoriga oilaviy muhit, pedagogik jarayonning sifat darajasi, tengdoshlar bilan muloqot, bolaning temperament turi va psixologik barqarorlik darajasi kiradi. Oila muhitidagi hissiy iliqlik va qoʻllab-quvvatlash bolaga oʻz emotsiyalarini toʻgʻri idrok etish va boshqarishda yordam beradi. Aksincha, keskinlik va beqarorlik hukmron boʻlgan oilalarda bolalarda emotsional beqarorlik, xavotirlanish va moslashuv qiyinchiliklari kuzatiladi.

Pedagogik muhit bolaga ijtimoiy tajriba toʻplash, oʻzini erkin ifoda etish va ijobiy xulq modellarini oʻzlashtirishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, ijtimoiy muhitning, jumladan tengdoshlar bilan oʻyin va muloqot jarayonining taʼsiri bolalarning emotsional boshqaruv va ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashning psixologik metodlariga art-terapiya, musiqiy-terapiya, rolli oʻyinlar, dramatizatsiya, muloqot mashqlari, emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar kiradi. Ushbu metodlar bolaga oʻz his-tuygʻularini tan olish, nomlash va sogʻlom ifodalash, shuningdek boshqalarning emotsiyalarini anglash imkonini beradi. Masalan, rolli oʻyinlar bolalarga turli ijtimoiy vaziyatlarni modellashtirib, emotsional reaksiyalarni boshqarishni amaliy oʻrganish imkonini beradi. Art-terapiya esa bolalarga emotsiyalarini soʻzsiz ifodalash imkoniyatini berib, ichki kechinmalarni yumshatadi.

Pedagoglarning emotsional kompetensiyasi ham muhim boʻlib, bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni shakllantirishda alohida rol oʻynaydi. Mehribon, sabrli va empatiyali pedagog bola ichki barqarorligini oshiradi. Shu bilan birga, ota-onalar bilan hamkorlik, ularning tarbiyaviy yondashuvlari, munosabati va bolaga ajratadigan hissiy eʼtibori emotsional rivojlanishning barqaror shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Erta yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash murakkab, ammo zarur jarayon boʻlib, u psixologik, pedagogik va oilaviy yondashuvlarning uygʻunligini talab qiladi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Abduxamidova N. Emotsional intellektni rivojlantirish va bolalarda hissiyotlarni boshqarish metodlari. – Toshkent, 2022.

2. Choriyeva S., Raxmonova D. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emotsional koʻnikmalarni shakllantirish. – Toshkent, 2021.

3. Эльконин Д.Б. Детская психология. – Moskva, 2008.

4. Mirqosimova M., Qosimova Z., Rasulova F. Umumiy pedagogika va psixologiya. – Toshkent, 2022.

5. Shodmonova Sh. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi. – Toshkent, 2008.

6. Umarov B.M. Psixologiya. – Toshkent, 2012.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.