ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

GIPERTONIYA SHAROITIDA KO‘Z TO‘R PARDASI TOMIRLARINING STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLARI VA FITOTERAPEVTIK YONDASHUVLAR

초록

Bugungi kunda arterial gipertoniya eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo‘lib, u nafaqat yurak va buyraklarga, balki ko‘zning mikrosirkulyator tizimiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gipertonik retinopiya — arterial bosimning oshishi natijasida to‘r parda (retina) tomirlarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar majmuasidir. Bu holat o‘z vaqtida aniqlanmasa yoki davolanmasa, ko‘rish qobiliyatining pasayishi va hatto ko‘rlikka olib kelishi mumkin. An’anaviy terapiya bilan bir qatorda, so‘nggi yillarda fitoterapevtik usullar keng qo`llanilmoqda. Fitopreparatlarning antioksidant, angioprotektiv va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari ularni retinal tomir o‘zgarishlarini oldini olish va korreksiya qilishda istiqbolli vositalar sifatida ahamiyatga ega.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

FITOTERAPEVTIK YONDASHUVLAR

Yuldasheva Nozima Mirolimovna

Oftalmologiya” kafedrasi, 2 bocqich magistranti.

Ilmiy rahbar: Boboeva R. R.,PhD dotsent

Ilmiy konsultant: Raxmatova M.R., PhD dotsent

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti. O‘zbekiston. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda arterial gipertoniya eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo‘lib, u nafaqat yurak va buyraklarga, balki ko‘zning mikrosirkulyator tizimiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gipertonik retinopiya — arterial bosimning oshishi natijasida to‘r parda (retina) tomirlarida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar majmuasidir. Bu holat o‘z vaqtida aniqlanmasa yoki davolanmasa, ko‘rish qobiliyatining pasayishi va hatto ko‘rlikka olib kelishi mumkin. An’anaviy terapiya bilan bir qatorda, so‘nggi yillarda fitoterapevtik usullar keng qo`llanilmoqda. Fitopreparatlarning antioksidant, angioprotektiv va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari ularni retinal tomir o‘zgarishlarini oldini olish va korreksiya qilishda istiqbolli vositalar sifatida ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi: Gipertoniya sharoitida ko‘z to‘r pardasi tomirlarining strukturaviy o‘zgarishlarini o‘rganish va ushbu o‘zgarishlarga fitoterapevtik yondashuvlarning ta’sirini baholash. Materiallar va metodlar: Tadqiqotga arterial gipertoniya tashxisi qo‘yilgan 40 nafar bemor (20 nafari fitoterapiya guruhi, 20 nafari nazorat guruhi) va shartli sog‘lom 20 nafar shaxs jalb etildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 45–65 yosh oralig‘ida bo‘lib, ularning hammasi klinik va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazildi. Ko‘z to‘r pardasi tomirlarining holati oftalmoskopiya, fundus-fotografiya va optik koherens tomografiya (OCT) usullari orqali baholandi. Morfometrik ko‘rsatkichlar sifatida tomir diametri, devor qalinligi, AV nisbat va mikroanevrizmalar mavjudligi hisobga olindi. Fitoterapevtik yondashuv sifatida antioksidant va angioprotektiv xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simlik preparatlari (Qizilmiya (Arctium lappa) damlamasi 100 ml dan 2 mahal, shuningdek qizilmiya+moychechak tarkibli “RetinaHerb” ko`z uchun komres kuniga 3 mahal) 8 hafta davomida qo‘llanildi. Tadqiqot davomida bemorlar klinik kuzatuv va laborator tekshiruvlar orqali monitoring qilindi. Natijalar va ularning tahlili: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fitoterapevtik guruhda ("Retina Herb" kompressi qo`llanilgan va Qizilmiya damlamasi qabul qilgan bemorlar) ko‘z to‘r pardasi tomirlarining morfometrik ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tadqiqot yakunida fitoterapiya guruhi (Qizilmiya damlamasi va “RetinaHerb” kompressi olgan 20 bemor) va nazorat guruhi o‘rtasida ko‘z to‘r pardasi tomirlarining morfometrik ko‘rsatkichlarida quyidagi farqlar kuzatildi: Tomir diametri (μm) 105 ± 10 120 ± 8 107 ± 9 Devor qalinligi (μm) 24 ± 3 18 ± 2 23 ± 2

“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI

DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”

AV nisbat (arteriya/vena) 0.72 ± 0.05 0.85 ± 0.04 0.74 ± 0.06 Mikroanevrizmalar soni (o‘rtacha) 3–5 ta 0–2 ta 4–6 ta Sub’ektiv shikoyatlar kamayishi: Fitoguruhda bemorlarning 85%ida ko‘zdagi charchoq, xiralashish va bosim hissi kamaygani kuzatildi, nazorat guruhida esa bu o‘zgarishlar 30%dan oshmadi. OCT va fundus-fotografiya ma’lumotlariga asoslanib, fitoterapiya guruhi bemorlarida quyidagi natijalar qayd etildi: Tomir diametri normallashishga yaqinlashdi (avval 105±10 mkm, so‘ng 120±8 mkm gacha kengaydi; p<0.05); Devor qalinligi biroz kamaydi, bu esa tomir elastikligi yaxshilanganini ko‘rsatadi; AV nisbat (arteriya/vena nisbati) 0.72 dan 0.85 gacha yaxshilandi, bu retina mikrosirkulyatsiyasining tiklanayotganidan dalolat beradi; Mikroanevrizmalar va yengil gemorragik o‘choqlar soni sezilarli kamaydi yoki butunlay yo‘qoldi (ba’zi hollarda 70–80% gacha). Nazorat guruhida esa morfometrik ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi, ayrim hollarda patologik belgilar kuchaygani ham aniqlandi. Shuningdek, fitoterapiya guruhi bemorlarida sub’ektiv shikoyatlar (ko‘rishda xiralashish, ko‘zda charchoq, bosim sezilishi) kamaygan, umumiy holat esa barqarorlashgan. Xulosa: Fitoterapevtik yondashuv, xususan, Qizilmiya damlamasi va “Retina Herb” kompressi, gipertoniya fonida yuzaga kelgan retinal tomir o‘zgarishlarini yumshatishda va mikrosirkulyatsiyani yaxshilashda samarali bo‘lganligi kuzatildi.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.