Globallashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarda tarbiyaga
ta’siri
Normurotova Aziza Karim qizi
azizanormurodova68@gmail.com
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Boshlang`ich ta`lim kafedrasi 2-kurs magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari hamda uning tarbiyaga ta`sir etayotgan salbiy oqibatlari haqida so`z borildi. Yoshlar ma`naviyatiga qaratilga tahdidlarni oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish yo`llari haqida fikr yuritildi
Abstract: This article talks about the processes of globalization and its negative consequences affecting education. They discussed ways to prevent threats to the youth's spirituality and eliminate existing problems
Kalit so`zlar: global, axborot, ma`naviyat, g`arblashgan, tahdid, mafkuraviy immunitet, g`oya, ommaviy ma`daniyat, tarbiya, ijtimoiy tarmoq, internet, boshlang`ich sinf.
Krish:
Zamon shiddatli sur`atda rivojlanib borar ekan, har sohada ildam zamonaviylashib borayotgan jarayonni ko‘ramiz. Bugungi globallashuv jarayonida axborot erkinligi, internet asri hisobidan dutun dunyo bir kaft yerdek bo‘lib qolgandek go‘yo. Yerning istalgan burchagidan turib hohlagan yangiligingizni bilib olish uchun bir necha soniya vaqt ketadi xolos.
Avvalo globallashish o‘zi nima ekanligini bilib oladigan bo‘lsak, GLOBAL (frans. global — umumiy, lot. globus — shar) — 1) butun Yer sharini qamrab oluvchi; 2) har tomonlama, toʻliq, yalpi, universal degan ma`nolarni bildiradi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddns tomonidan foydalanilgan Bu аtаmа XX аsrning 90-yillаrigichа deyаrli foydаlanilmаgаn. 1985 yilgа kelib аmerikаlik sоtsiоlоg R. Rоbertsоn «glоbаllаshuv» аtаmаsigа tushunchа bergаn. Glоbаlizаtsiyа аtаmasi birinchi bо‘lib iqtisоdchi оlimlаr tomonidan 1981 yildаn beri qo‘llаnilib kelingаn. Аmmо bu sо‘zning tо‘liq mа’nоsi, kоnsepsiyаsi 1990 yilning аrmidа аmerikаlik оlim CHаrlz Tаz Rаssel tоmоnidаn tо‘liq оchib berilgаn.
“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chоp qilgаn mаqоlаsidа qо`llаngаn. T.Levitt yirik trаnsmilliy kоrpоrаtsiyаlar ishlаb chiqаradigаn turli-tumаn mаhsulоt bоzоrlаrining birlаshuv jаrаyоnlаrini “glоbаllаshuv” deb аtаgаn.Bugungi kun yoshlari har tomonlama teran fikrli, salohiyatli, zamonaviy dunyoqarashga ega ekanligi hech kimga sir emas. Dunyo bo‘ylab 2 milliardan ortiq aholini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu juda katta kuchdir. Umuman olganda yer kurrasi, uning kelajakdagi taqdiri qaysidir ma`noda mana shu yoshlar qo‘lida ekanligi ayni haqiqatdir. Shunday ekan qaysi davlat, qaysi millat bo‘lishidan qat`iy nazar bugungi kundagi eng oliy maqsadi yoshlarining milliy an`analariga sodiq, o‘zligini yo‘qotmagan avlod etib tarbiyalashdir.
Hech kimga sir emaski qator rivojlangan davlatlarda o‘z gemafoni kamayib bormoqda. Yoshlar oilaga, farzand va qarindoshlik rishtalariga yengil qarshmoqda. Bunday fikrlashga turtki bo‘layotgan salbiy fikrlarni ong ostiga singdirayotgan, yot g‘oyalarni juda sezilmaydigan tarzda ongimizga joylamoqqa urunayotgan g‘ariz niyyatli kishilar uchun axborot, so‘z erkinligi ayni muddao.
Yoshlar bugun hoh uyda, hoh maktabda bo‘lishsin hohlagan axborotini televidiniya, radio, internet va boshqa OAV lardan bemalol olishlari mumkin. Ota - onalar ham bemalol bunday axborotlarni farzandlari ko‘r-ko‘rona suiste`mol qilishlariga qo‘yib berishmoqda. To‘g‘ri biz rivojlangan XXI asrda yashayapmiz. Bugungi kunda har qadamda axborotlar bilan to‘la. Biz bundan himoyalanmaganmiz va buni inkor ham etaolmaymiz. Mashhur hind dinishmandi Indira Gandi aytganidek “Men toza havo kirsin deb derazamni ochib qo‘yaman, ammo, tashqaridan chang va g‘ubor kirishini ham inkor eta olmayman”.
Bugungi kunda hayotimizga axborotlar kirib kelishini ham aynan yuqoridagi fikrlarga qiyos etishimiz mumkin. Biz yangilik va turli axborotlarga kunda ehtiyoj sezamiz. Sababi bizning rivojlanib borayotgan turmush tarzimiz shuni taqazo etadi. Ammo bular orasida milliyligimizga, qadryatlarimizga zid bo‘lgan g‘oyalar sezdirilmay singdirilishiga urinilayotgan holatlarga ko‘zimiz tushadi.
Boshlang‘ich sinf yoshidagi o‘quvchi yoshlarning aksari turli xildagi televidiniya ko‘rsatuvlariga ayniqsa, multfilmlarga qaram bo‘lib qolgani hech kimga sir emas. Bir qarashda bu holatning hech qanday salbiy holatlari ko‘zga tashlanmaydi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. G‘arb madaniyatiga yo‘g‘rilgan multfilmlarning negizida turli yot g‘oyalar singdirilishi maqsadida maxsus tayyorlangan yigirma beshinchi kadrlari borki, bular har birimizni ogoh bo‘lishga chorlaydi.
Farzandlarimiz bunday g‘arazli niyatli kishilar qarmog‘iga tushib qolmasligi uchun ularnda axborot ma`daniyatini shakllantirishimiz va kitobga mehr uyg‘otmog‘imiz lozim.
Yaponiya kunchiqar davlati qanchalik rivojlangan zamonaviy gadjetlar makoni bo‘lishiga qaramasdan, bu diyor yoshlari o‘z milliyligiga sodiq yoshlar ro‘yxatining yuqori o‘rinlarida turadi. Atrofi to‘la nanotehnalogiyalar bilan to‘lib toshgan bo‘lishiga qaramasdan yoshlari kitobga mehri bo‘lakcha hisoblanadi. Bunday bo‘lishiga sabab yaponlarning tarbiya metodlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidandir. Yaponiyada bolalar uchun ko‘p qismli multfilmlarni dastlabki bir necha qismlarini ishlab efirga uzatiladi. Keyingi qismlarini esa kitob shaklda chop etiladi. Bu esa bolalarni multfilm so‘ngini qiziqish bilan bilishga bo‘lgan talabi beixtiyor kitob o‘qishga undaydi.
Yoshlarning ma`naviyatini mustahkamlsh milliy qadryatlarga sodiq qolgan holda voyaga yetishi uchun jahonnning ilg‘or tarbiya metodlaridan tajriba orttirishimiz zarur. Jamiyat kelajagi yoshlarga bog‘liq. Shunday ekan yoshlarimizga milliylik, vatanparvarlik, halollik, ezgulik sifatlarini singdirib borishimiz zarur. Yurtboshimiz bugungi kun yoshlari haqida so‘zlar ekan yoshlar bizning, ertangi kunimizning egalari deya bot-bot ta`kidlaydilar. Darxaqiqat ular bizning ertamiz egalari hisoblanadi. Ma`naviyati buyuk yurt qudratli bo‘ladi.
Tarbiya har zamonda ham zaruriy ijtimoiy hodisa hisoblanib kelgan, ammo, bugungi shiddatli zamonda har qachongidan ham zarurroqdek nazarimda. Buyuk dahomiz Abdulla Avloniy ta`kidlaganidek “Tarbiya bizga yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” Birinchi prezidentimiz Islom Karimov ham Abdulla Avloniyning bu hikmatga aylangan gapini mushohada qilib, bu fikr ya`ni, tarbiya, “…o‘tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar dolzarb va muhim bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham muhim, dolzarb ahamiyat kasb etadi”,-deydi.
Tahdidlari kuchayib borayotgan bugungi zamonda“Ommaviy ma`daniyat” ni niqob qilib olgan “zamonaviy” yoshlarga boy davrda yashar ekanmiz yoshlarimiz ongiga faqatgina to‘g‘ri va izchil tuzib olingan tarbiya g‘oyalarini singdirish, mafkuraviy imunitetni shakllantirish, ma`naviy bo‘shliqni qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda milliy qadryatlarga muhabbat uyg‘otish bilangina bugungi asr muammolaridan himoya qila olamiz.
Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqalayotgan g‘arazli ma`lumotlar, turli xil bu`zg‘unchilikka yo‘g‘rilgan vayronkor g‘oyalar, odob - axloqni yemiruvchi, insonni manqurtlashtiradigan , asliyatiga yot bo‘lib umumat boshqa insonga aylantirishga undaydigan manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi tabiiy. Internet yordamida ishlar oson va tez bajariladi. Uning bir qancha qulay tomonlari borligi hech kimga sir emas. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borki bunga ko‘z yuma olmaymiz. Bugun har qanday ma`lumotni bir necha soniyalarda butun dunyoga tarqatish hech qiyinchilik tug‘dirmaydi. Butun dunyo bir kichkina shaharcha kabidir. Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan ma`lumot soniyalar ichida bir necha million tomoshabinlar tomonidan kuzatiladi.
Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydigan g‘arazli kimsalar globall tarmoqdan qabih maqsadda foydalanishmoqda.
Bugun maktab o‘quvchilarining deyarli barchasida uyali telefon bor, ularning aksariyati internetga ulangan. Bu mitti matoh yordamida dunyoni kaftda ko‘rgandek kuzatish mumkin. Biroq global tuzoqlardan biriga ilinib qolish xavfi juda katta. Shu tariqa har xil ma`lumotlar bola ongini zaharlaydi. Unda zo‘ravonlikka moyillik uyg‘onadi, tajavuzkor, berahim insonga aylana boshlaydi. Bir qaraganda bu darhol ko‘zga tashlanmaydi. Ammo sekin sekin bola ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Fanda me`yordan og‘ish tushunchasi mavjud. Ana o‘sha og‘ishlarga sabab zo‘ravonlikka undovchi axborotlar ekanligi shubhasiz. Inson, uning joni, hayoti eng aziz tushuncha aslida. Alloh tomonidan berilgan eng ulug‘ ne`mat tiriklik ne`mati, ammo so‘ngi vaqtlarda inson hayoti qadrsiz bir matohdek bo‘lib bormoqda unga hech ikkilanmasdan nuqta qo‘yishga bo‘lgan urunish bobora ortmoqda. Inson o‘z joniga suiqasd qilish barcha dinlarda ham qoralangan. Katta gunohlar qatoriga kiritilgan. O‘z joniga qasd qilish 15 yoshdan 29 yosh oralig‘idagi bo‘lgan yoshlar orasidagi o‘limga sabab bo‘luvchi ikkinchi yirik omildir. Mutaxassislar virtual dunyo orqali ro‘y berayotgan tahdid - haqoratlar va ijtimoiy tarmoqlar vositasida tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalar bu muammoni yanada ortib borishiga sabab bo‘layotganini aytishmoqda.
O‘zbekistonda har yili ikki mingdan ortiq odam suisit qurboni bo‘lmoqda. Buning yanada achinarli tomoni shundaki ularning aksari yoshlar ekanligi. Inson bu qarorga bir kunda kelib qolmaydi bunga bir qancha vaqt tayyorlangan va bu eng so‘ngi qarori hisoblanadi. Buni qarangki shu qarorga targ‘ib qiluvchi internet o‘yinlar ham bunga asosiy sabablar qatoriga kirar ekan. Bugun axborot iste`mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson o‘zida uni iste`mol qilish ma`daniyatini tarbiyalashi lizim. Yoshlar shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi foydalanilayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur.
Axborot is`temoli ma`daniyati, eng umumiy ma`noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma`lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiluvchi bilimlar qobilyat va malaka tizimini anglatadi.
Bugungi axborotlashgan asrda bir zum ham ogohlikni qo‘ldan boy bermaslik kerak. Zero farzandlarimiz ongiga majburan singdirishga urinayotgan tahdidchilarning g‘arazli niyatlari tom ma`noda davlatimizga qarshi ochilgan siyosiy urushning yashirin ko‘rinishidir.
Bugun zamon ancha ildamlashib ketdi. Internet rivojlangandan rivojlanmoqda. Zamonaviy gadjetlar bugungi kun yoshlarining ajralmas hamrohi bo‘lib bormoqda. Buning ijobiy tomonlari ham bor albatta. Ular bilan ilm olish, fanning so‘ngi yangiliklarini soniylar ichida bilish, masofadan turib ta`lim olishga imkon beradi.
Lekin odamzot tafakkurining yuksak va namoyoni bo‘lgan bunday yutuqlar ayni paytda katta kuch - quvvat va moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan ayrim siyosiy kuchlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida ishlatilayotganini ham e`tibordan chetda qoldirib bo‘lmayd. Odamlarning birinchi navbatda yoshlarning ongu tafakkurini, ma`naviy olamini izdan chiqarishga qaratilgan bunday urinishlarning asl mohiyatini, ularning uzoq va davomli, salbiy oqibatlarini anlash va bunday xavf - xatarlarning oldini olish bugungi kunda o‘ta muhim ahamiyat kasb etib bormoqda”,- deb yozadi Muhtaram Prezidentimiz o‘zining “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish” kitobida.
Yoshlarning turli oqimlarning ta`siriga tushib qolmasliklari uchun internetdan foydalanishda quyidagi zaruriy ko‘rsatmalarga ahamiyat berishi tavsiya etiladi:
-Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish bilan o‘tkazishi xatodir. Chunki, xech narsa jonli, haqiqiy va real muloqotlar o‘rnini bosa olmaydi.;
-Internetdan foydalanuvchilar shaxsiy ma`lumotlarini turli ijtimoiy tarmoqlar, bloglarga, electron pochtalarga kiritishlari, g‘arazli maqsaddagi kishilarga ayni muddao bo‘lib xizmat qiladi;
-“O‘rgimchak to‘ri”da aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi saytlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday tahlikali zamonda yoshlarga faqat “uz” domenidagi saytlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qomus.info online kutubxona \qomus.info\oz\encyclopedia\global
2. Шахрай С.М. Глобаллизатция в современном мире: политикопрововые аспекты.-СПб:Фонд поддержки науки и образования в области правоохранительной деятелности «Университет»ю 2004.С.6
3. Что такая глобализация? По сайту
4. 4. Umarоv B. Glоballashuv ziddiyatlari. – T.: Ma`naviyat, 2006. 8-b.
5. I. A. Karimov Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch. -Toshkent: Ma`naviyat, 2008.
6. Ma`naviyatshunoslik. Masharipova G. K. Xo`janova T. J. Fan ziyosi 2022. 232-bet
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.