HAJVIY MATNLAR TARJIMASINING KOGNITIV XUSUSIYATLARI
Rajabova Salima
O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy Filologiya fakulteti 2-bosqich
magistranti
rajabovasali95@gmail.com
Atoboyeva Aziza Muhiddin qizi
O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy Filologiya fakulteti 2-bosqich
talabasi
otaboyeva_a@nuu.uz
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola hajviy matn xususiyatlari, turlari va ularning chet tillarga tarjima qilish tamoyillariga xos ma’lumotlarni qamrab olgan. Hajviy matnlar tarjimasi murakkab jarayon bo’lib, avvalo matn xususiyatlari va uning stilistik qurulishini chuqur tahlil etishni talab etishi ochib berilgan. Shuningdek, kognitiv lingvistika qonuniyatlariga tayangan holda hajviy matnlar tahlil etilib, mazkur tahlil asosida tarjima tamoyillari belgilangan.
Kalit so’z: matn turlari, hajviya, satira, xususiyat, metaforik analiz, praksiologik tadqiqot, pragmatik xususiyat, hajviya tarjimasi.
Hajviya san’ati xalqlar ongidagi o’ziga xos tasavvur olami va ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabatini aks ettiruvchi yo’nalishlardan biridir. Og’zaki va yozma tarzda ifodalanuvchi hazil va mutoyibalar murakkab stilistik qurilishdan iborat bo’ladi. Ularni anglab yetishda yetarlicha pragmatik tamoyil va kognitiv tushunchalarga ega bo’lish talab etiladi. Shuning uchun ham hajviy matnlar tarjimasi alohida e’tibor va bilim asosidi amalga oshirilishi lozim bo’lgan jarayon hisoblanadi.
“Matn lingvistik tadqiqotlarning murakkab obyektlaridan biri sifatida o‘z tarkibiy elementlari, sathi va ko‘p pag‘onali shakllanishga egaligi bilan izohlanadi”1. Shu sababli matnning amaliy, lisoniy va funksional majmuaviy tasviri va tavsifida to‘g‘ridan to‘g‘ri insonning ijtimoiy hayotidagi voqealar tasvirlanadi. 1 Земская Ю.Н., Качесова И.Ю., Комиссарова Л.М., Панченко Н.В., Чувакин А.А. Теория текста: учеб. пособие. Москва; Флинта, Наука; 2010.- 71с
Matn kognitiv lingvistika, lingvomadaniyat, pragmalingvistika, semiotika, psixolingvistika kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Jumladan, matn pragmalingvistikasi matnning muallif va kitobxon o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir doirasini aniqlashga qaratilgandir. Matn pragmalingvistikasi bo‘yicha jahon tilshunosligida E.S.Lotman, Robert de Halliday, Z.Y.Turayeva, I.P.Susov kabi tilshunoslar, o‘zbek tilshunoslaridan G.Boqiyeva, Sh.Safarov, D.Ashurovalarning ishlarida o‘rganilgan. R.Shirinova, A.Mamatov, O.Mo‘minov, A.Mamantovlar esa matnni madaniyat va til o‘rtasidagi ta’sirini, bir-biriga bog‘liqligini o‘z ishlarida ko‘rsatib o‘tishgan.
E.Umarov “Estetika” o‘quv qo‘llanmasida kichik janrga oid matnlarning ko‘pchiligi komik mazmunga ega bo‘lib, “ular har xil mubolag‘alar, yolg‘onyashiriklar, hayotiy to‘qimalar ko‘rinishini oladi” – deb ta’riflagan. Kulgu xilma-xil va rang-barang qirralarga ega bo‘lib, u hazil mutoyiba hissiyotini uyg‘otishdan tortib, to ayovsiz tanqid, achchiq istehzo kayfiyatini qo‘zg‘atishga qadar amal qiladi. X. Karimov “Adabiyot nazaryasining ilmiy asoslari” o‘quv qo‘llanmasida kulgu haqida shunday deydi: “kulgi ko‘rinishlarining ko‘pchiligi ma’nolarning xilma-xilligiga bog‘liq. Bu yumor va satirada yorqin o‘z ifodasini topgan. Yumor kulgisi o‘ta ta’sirchan bo‘lishi mumkin 2”.
Satira – “adabiyot va san’atda: kishidagi nuqsonlar va hayotdagi kamchiliklar, salbiy hodisalarni ayovsiz tanqid qilish, fosh etish hamda shunday mazmunda yozilgan badiiy asar”3 hisoblanadi. Satirada “asar ijtimoiy hayotning ma’lum tomoni yoki guruh va shaxslarning yaramas salbiy hislatlaridan achchiq kulib va uni tanqidiy tasvirlab yozadi4”. Bundan tashqari, “asar, kitob, film va boshqalarda biror kimsa yoki narsani tanqid qilish uchun hjvdan foydalanish va ularni kulgili qilish”5, “biror shaxs, g‘oya yoki muassasaning xato va kamchiliklarnini ko‘rsatish uchun hajvdan foydalanib tanqid qilish usuli”6 kabi tushunchalarni qamrab oladi.
Parodiya – “adabiyot va ba’zan musiqada, tasviriy san’atda: biror asarga taqlidan yaratilgan, uning zaif tomonlariga hajviy, kinoyaviyyondashilgan asar; satirik 2 Каримов Х. Адабиёт назариясининг илмий асослари.-Т.:Янги нашр,2010. -134б. 3 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.3-жилд. - Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси,2007.-Б.459. 4 Ҳотамов Н.,Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Т.:Ўқитувчи,1979. – Б.73. 5 Macmillan For Advanced Learners. Printed and Bound in Malaysia, in 2010. –P.1319. 6 Hornby A.S. Oxford Advanced Learner’s Dictionary. – Oxford: Oxford University Press, -P.1346. o‘xshatma”7. Parodiya “satirik ijodning bir turi bo‘lib, odatda, biror yozuvchi ijodi yoki alohida asarning kulgili yoki nomaqbul tomonlarini ko‘rsatuvchi she’riy yohud nasriy asar”8 hisoblanadi.
Satirik asarda esa ana shu kamchiliklarga nisbatan achchiq kulgi namoyish etiladi. Bu bilan yumor satiradan farq qiladi. Biroq satirada yumor elementi bo‘lganidek, yumorda ham satira elementi mavjuddir9.
Feleton – “kundalik hayotda ro‘y beradigan salbiy hodisalarni yoki biror kimsani o‘tkir til bilan tanqid qilib, uning ustidan kulib, dolzarb mavzuda yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi; publitsistik janr”10 va “vaqtli matbuot (asosan gazeta)ning maqola turlaridan biri bo‘lib, unda ijtimoiy hayotdagi salbiy hodisalar yoki ayrim kishilardagi bemaʼni nuqsonlar hajv qilinadi, feleton sheʼriy, nasriy shaklda, baʼzan dramaga xos dialog shaklida bo‘ladi”11.
Epigramma – “kichik hajmli, oʼtkir hajviy sheʼr”12; “satirik poeziya turlaridan biri bo‘lib, biror kishini hajv qilgan kichikroq sheʼr”13 degan ma’ nolarni anglatadi.
Yumoreska – “ijtimoiy hayotdagi yoki ayrim shaxslardagi baʼzi kamchiliklarni, kishi xarakteridagi ayrim kulgili xususiyatlarni darg‘azab bo‘lmay kulish bilan tasvirlangan kichik hikoya yoki sheʼr”14 hisoblanadi.
Hazil-mutoyiba – “o‘tkir so‘zlik, hozirjavoblik bilan yaratilgan kulgili asar. U satira va yumordan hazilomuzligi, begʼarazligi bilan farq qiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan kishilar, do‘stlar oʼzaro hazil-mutoyiba qilishadi. Hazil-mutoyiba xalq orasida keng tarqalgan askiya va chandishga yaqin turadi”15. Demak, hajviy matnlarning yuqorida taʼkidlab o‘tilgan turlari asosan biror shaxs yoki guruhning insonlarda turli 7 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.3-жилд. - Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси,2007. - Б.226. 8 Ҳотамов Н.,Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. – Т.:Ўқитувчи,1979. – Б.224. 9 Йўлдошев У.Р. Ҳажвий матнлар таржимасининг лингвостилистик ва лингвокультурологик хусусиятлари диссертацияси. 10 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.338. 11 Ҳотамов Н, Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1979. – Б.326. 12 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.43. 13 Ҳотамов Н, Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1979. – Б. 352. 14 Ҳотамов Н, Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи. 1979. – Б.361. 15 Ҳотамов Н, Саримсоқов Б.Ўша асар. – Б. 56. lingvistik birliklardan foydalanib, kulgi uyg‘otish maqsadida yozilgan matnlar sirasiga kirar ekan.
O’zbek adabiyotida keng tarqalgan hajviy matnlardan biri bu, albatta, Afandi latifalaridir. Mazkur latifalar o’zbek milliy madaniyatining bir namunasi sifatida tanilgan bo’lib, bugungi kunda ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda. Xususan, Afandi latifalarining fransuz tiliga tarjima qilinishi mazkur hajviy matnlarga bo’lgan qiziqishni yanada oshishiga sabab bo’ldi. 2022-yil dekabr oyida bo’lib o’tgan UNESCOning 17-sessiyasida Afandi latifalari ham nomoddiy madaniy me’roslar ro’yxatiga kiritildi. Avvalroq “Askiya” ham mazkur ro’yxatdan joy olganligi bizga ma’lum. Bundan ko’rinib turiptiki, o’zbek hajviyasidagi falsafiy mohiyat dunyo madaniyati uchun ham muhim o’ringa ega. Mazkur hajvlardagi haqiqiy umuminsoniy qadriyatlarga mos keluvchi ma’no-mazmunni chet tillarga yetkazilishini ta’minlash tarjimonlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
Аfandi — turkiy xalqlar ogʼzaki ijodidagi obraz. Ismi Xo‘ja Nasriddin, lekin uning laqabi Afandi bo‘lgan. U o‘zbeklarda Аfandi yoki Nasriddin Afandi, turklarda Xoja Nasriddin, qozoqlarda Xo‘ja Nosir, ozarbayjonlarda Mulla Nasriddindir. Аfandi barcha latifalarda mard, to‘g‘ri so‘z, haqiqatgo‘y, adolatni ulug‘lovchi, kambag‘al, beva-bechoralarning homiysi, shuningdek, shaxs va jamiyat kamchiliklari ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U baʼzi adolatsiz amaldorlar, qozilarning, so‘zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etgan, ularga bo‘lgan munosabatini yengil mutoyiba yoki achchiq hajv orqali ixcham va obrazli tarzda ifodalagan. Аfandi haqidagi xalq ijodi bo‘lmish latifalar to‘plam holida bir necha bor nashr etilgan16.
Farangzabonlar uchun Nasriddin Afandi latifalari o‘zbek tilidan fransuz tiliga tarjima qilindi. “Une jour Nasreddine” deb nomlangn mazkur to’plam Murodxon Ergashev va Jean-Jacque Gatélar tomonidan birgalikda tarjima qilindi. Hajvga usta fransuz xalqi uchun bunday matnni tarjima qilish va uning mohiyatini yetkazish tarjimondan katta mas’uliyatni talab etadi. Quyidagi misollarda o’zbekona hajvning fransuz tilida berilgan namunalari bilan qiyosiy tahlil etib o’rganamiz: 16 https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/afandi-uz/um
Afanda katta ariq yaqinida tahorat qilar edi. Oyog‘iga masx tortayotganida bir kovushi suvga tushib ketdi. Ko‘rdiki, kavshini suv oqizib borur edi. Darhol shitob bilan orqasini o‘girib: “Ol tahoratingni, ber kovushimni” – deb yel chiqarib yubordi.
En sautant un canal où le courant est rapide, la chaussure de Nasreddine tombe à l’eau. Nasreddine court le long du canal espérant la rattraper, mais sans succés. Alors, il lance à sa chaussure :
- Je t’avais pourtant bien dit de ne pas me serrer le pied! Eh bien, tant pis pour toi, je ne lèverai pas le petit doigt pour t’aider!
Yuqoridagi latifada inson fe’lidagi sustkashlik, dangasalik va qiyinchilikda tez taslim bo’lish kabi illatlar qisqa mutoyiba orqali ochib berilgan. Matnning asliyati va tarjimasidagi voqealarda qisman o’zgarish mavjud bo’lsada, asosiy mohiyat yetrlicha ochib berilgan. Latifalar xalq og’zaki ijodiga tegishli bo’lganligi uchun, ularning turli talqinlarini uchratish mumkin, biroq hangomadan ko’zlangan maqsad faqat bitta bo’ladi va bu yomon illatlarni bartaraf qilishga qaratilgan. Asliyatdagi matnda mavjud bo’lgan “tahorat”, “kovush” va “masx” kabi so’zlar tarjimada berilmagan. Bunda tarjimon pragmatik moslashuvchanlik yo’lidan borib, vaziyat yuzasidan matnni xulosalagan.
Afandi mulla bolalardan iborat shogirtlari bilan shahardan tashqari bog‘larni tomosha qilishga bormoqchi bo‘lib, otga teskari minib oldi. Shogirtlari piyoda edilar. Ular aytdilarki : “ey ustoz nima uchun ulovingizga teskari o‘tirib oldingiz?” Afandi aytdi : “To‘g‘ri minsam orqam sizlarga bo‘ladi, chunki sizlar mening orqamdasizlar, agar sizlar ilgari yursangiz, orqalaring manga bo‘ladiki, bu beadablik qilganlaring bo‘lur, bas mundog‘ bo‘lsa, ushbu tariqa minmog‘im eng to‘g‘rirog‘idir”,- dedi.
Tarjimasi :
Nasreddin devait faire la route de Boukhara à Samarkand accompagné de ses disciples. Il monte sur son âne à l’envers, le dos vers le col, tourné vers la queque. Les dosciples sont surpris et demandent :
Maître, quelle est la raison de monter sur votre âne de cette manière?
Si je montais sur mon âne normalement, je vous tournerais le dos et ce ne serait pas poli. Er si vous avanciez devant moi, vous tourneriez les dos à votre Maître, ce qui serait dix foix pire!
Afandi latifalarining yana bir muhim va nozik jihatlari shundaki, ularda bid’atlarga bo’lgan keskin munosabatni ham anglash mumkin. Insonlarga mutlaqo noqulay vaziyatni taqozo etuvchi ayrim ijtimoiy qoidalarni tanqid ostiga olgan. Ot ustida teskari o’tirish haqidagi latifada ham ana shunday bid’atlar ustidan kinoya qilingan. Biroq bunday qisqa matn va jumlalardan asosiy fikrni yetkazish juda murakkabdir. Mazkur matn ba’zi kitobxonlar uchun izohlar qoldirishni talab etadi. Tarjimada jumlalarga o’zgartirish kiritilmagan, faqatgina “ot” so’zi fransuz tilida “âne”, ya’ni “eshshak” tarzida berilgan. Mazkur tarjimada tarjimonning topqirligi, muammoga hajviy bo’yoqdorlik berishga harakat qilgani yaqqol namoyon bo’ladi. Shuningdek, ushbu tarjimada kognitiv tahlildan keng foydalanilganini ko’rish mumkin. Tasvir va tasavvur uyg’unligini oshirishda grammatik vositalar, xususan, zamonlar moslashuvi va sifat darajalari orqali voqe’likka alohida urg’u berilgan.
Qozonig tug‘di! Ul kishi xushnudlik bilan olib qoldi. Yana bir kuni Afandi andin qazon so‘rab erdi, dediki: - Ey Afandi, qozonimni qorni to‘qqiz oylik Xasan-Xusan bolasi bordur, mabodo tug‘sa bolalari bilan keltirib berursiz. Afandi qabul qilib olib bordi. Aslo keltirib bermadi. Ul kishi bir-ikki hafta o‘tgandan so‘ng nochor o‘zi borib qozonin o‘zi talab qildi. Afandi dediki: - Barakallo, donishingg‘akim, qozonimni ichida Xasan-Xusan bolasi der eding. Rost ekankim, bolasi ikki adadlik sababadin tug‘ilmayin o‘ldi. O‘lg‘uvchi qazon bo‘lsun, o‘zing omon bo‘l! – dedi o‘ldi. Hamsoyasi aytdi: - Ey Afandi qozon ham o‘lurmu? Bul tariqa yolg‘on so‘zni so‘lama! Tez bo‘l qozonimni ber, - dedi. Afandi aytdi: - Tug‘oniga ishonursan, ulg‘onig‘a nechuk ishonmassan! Tez bo‘l, qayondin kelsang, shuyon ket! – deb so‘ziga quloq solmasdin uyiga kirib ketdi.
Tarjima:
Une jour Nasreddine demande à son voisin de lui prêter sa marmite. Quelques jours plus tard Nasreddine rand la marmite accompagnée d’une autre, plus petite. Son voisin, étonné, lui demande pourquoi deux marmites.
La petite, c’est son enfant. Figure-toi qu’elle a accouché chez nous.
Le voisin, habitué aux excentricités de Nasreddine ne pipe mot et prend les deux marmites. Deux semaines plus tard, Nasreddine, emprunte à nouveau la marmite du voisin. Celui-ci s’empresse de la lui confier espérant faire à nouveau une bonne affaire. Mais cette fois, il attend longtemps que Nasreddine ne la lui rend. En fin de compte, le voisin se rend chez Nasreddine.
Je viens chercher ma marmite, dit-il.
Mon pauvre ami, je n’osais te l’annoncer : C’est fort triste, mais ta marmite est décédée, répond tristement Nasreddine.
Décédée ! Nasreddine, tu te fiches de moi ! comment une marmite peut-elle décéder ? crie le voisin.
Ah, mon ami, une marmite qui est capable d’accoucher peut malheureusement décéder !
Afandining uyiga o‘g‘ri kirgan edi. Afandi sandiqqa kirib berkindi. O‘g‘ri uyni axtarib qo‘lga kirgulik hech narsa topmay, sandiqni ochdi u Afandini ko‘rib:
Xo‘sh sandiqning ichida nima qilib yotibsiz? – dedi.
Uyda senbop hech narsa yo‘q, shunga hijolat bo‘lganimdan berkinib oldim, - dedi Afandi.
Une joue un cambrioleur rentre chez Nasreddine. Il regarde dans tous les coins de la maison, mais, malheureusement pour lui, il n’y a rien à voler. Avant de quitter la maison, il aperçoit un coffre dans un coin sombre.
Enfin, mesefforts vont être récompensés, se dit-il en ouvrant le coffre.
Mais, il a tellement peur qu’il manque de perdre connaissance en voyand Nasreddine, qui était caché dans le coffre.
Comment ?! tu étais là ?! s’exclame le voleur.
Oui. Comme il n’y a rien à voler chez moi, j’ai eu trop bonte et je me suis caché, repond Nasreddine.
Afandiga bir kuni xabar berdilar. Qaynonangiz daryo labida kir yuvib o‘tirib suvga tushib, cho‘kib ketibdi. Haligacha o‘ligini topolmayaptilar.
Afandi yugurib daryoga bordi-da, qaynonasi yiqilgan joyning yuqorisini axtara boshladi. Daryo labiga to‘plangan odamlar taajublanib unga aytdilar : O‘likni suv oqizib ketgan. Daryoning etagini qarash kerak-da ! Ey-y sizlar mening qaynonamni bilmaysizlar: u shunday qaysar ediki, doim odamning aytganiga yurmay, teskarisiga yurar edi. U daryoga cho‘kib ketganda ham suv yuradigan tomonga oqmay, teskarisiga oqadi. Bu – turgan gap.
On annonce une mauvaise nouvelle à Nareddine: Quel Malheur, Nasreddine! Votre belle-mère était en train de faire le lessive au bord de la rivière, et tout d’un coup, elle est tombée et s’est noyée. On n’a pas encore retrouvé son corps!
Nasreddine court vite au bord de la rivière et commence à chercher le corps de sa belle-mère plus haut que le lieu où celle-ci est tombée. Les gens disent à Nareddine: Elle est tombée plus bas, vous ne cherchez pas au bon endroit. On voit bien que vous ne connaissez pas ma belle-mère: elle n’est jamais là où elle devrait être! Répond Nasreddine.
Afandining tishi og‘rib qoldi. Sartarosh tishini ko‘rib, sug‘urish kerakligini aytdi. Bitta tishni sug‘urish bir tanga ekan. Afandiga bu qimmatlik qildi, biroq sug‘urtirishdan boshqa iloj yo‘q edi. “Mayli, - dedi Afandi ichida, - lekin men buni boplayman!” sartarosh og‘riq tishni sug‘urishi bilan Afandi irg‘ib turibuni shapaloq bilan qo‘yib yubordi. Ahmoq, bitta tishni bir tangaga sug‘urganing yetmay, yana sog‘ tishimni sug‘urasanmi?
Sartarosh Afandiga uzr aytib boshqa tishiga ombur soldi. Tish sug‘urilgach, Afandi yana shovqin soldi: Yana sog‘ini sug‘urding, ko‘r ekansan! Sartaroshlik qilib nima qilasan?
Sartarosh yana uzr aytib, yalinib-yolvorib uchinchi tishini sug‘urgandan keyin Afandi xursand bo‘lib jo‘nadi.
Yo‘l-yo‘lakay qon tupurib, iljayib ketayotgan Afandini ko‘rgan bir oshnasi: Ha, Afandi, - dedi.
Afandi o‘zida yo‘q xursand javob berdi:
Asti so‘rama, umrimda birovni aldagan emas edim, bir aldadimu birakay aldadim: bir tangaga uchta tish sug‘urtirib kelayotibman. Og‘zingdan chiqara ko‘rma!
Nasreddine a mal aux dents. A cette époque, on allait chez le barbier pour se faire arracher les dents. Arrache-moi ma dent malade, s’il te plait! Dit-il au barbier. Ça te coutera duex dinars, répond celui-ci. Je ne peux payer qu’un dinar, essaie de marchande Nasreddine.
Mais le barbier reste inflexible. Nasreddine paie donc deux dinars mais, au lieu de lui montrer la dent malade, lui montre celle d’à coté qui est saine. Le barbier l’arrache donc. Nasreddine se met à hurler et accuse le barbier de s’être trompé: Tu vois bien que cette dent n’avait rien! C’est celle d’à coté qui me fait mal!
En fin de compte, le barbier l’arrache aussi. Nasreddine, ravi, dit au barbier: Ah! Tu as voulu me faire payer deux dinars pour une dent mais je t’ai eu: je t’ai oblige à en arracher deux pour ce prix là!
Afandi qorni ochib kelib, xotiniga: Xotin, biroz suzma bilan non olib kel. Suzma ko‘p yaxshi narsa – ishtahani ochib, medani baquvvat qiladi, - dedi. Suzma kecha tamom bo‘lgan edi, - javob berdi xotini. Tamom bo‘lgani yaxshi bo‘libdi, - dedi Afandi, - suzma tish va qoringa ziyon qiladi. Bu so‘zlaringizning qaysi biriga ishonay? – dedi xotini. Bo‘lsa – avvalgisiniga, bo‘lmasa – keyingisiga, - deb javob berdi Afandi.
Il fait très chaud. Nasreddine rentre chez lui et crie à sa femme: Apporte-moi vite un bol de yaourt! C’est bon pour la santé quand il fait chaud.
Sa femme lui répond: Un bol? La belle affaire! Je serais heureuse d’avoir même une cuillère de yaourt dans cette maison! Bah! C’est aussi bien, répond NAsreddine, le yaourt est mauvais pour la santé! Quele bon bizar vous faites! Tantôt vous affirmez “C’est bon!”, tantôt: “C’est mauvais”. Et moi? Que dois-je croire de vos paroles? Ah, femme! C’est pourtant bien simple! Quande il y a du yaourt à la maison, c’est bon! Quand il n’y en a pas, c’est mauvais!
Misollarni tahlil qilish va o’rganish jarayonida
Tarjima nazariyasini kognitiv lingvistika e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Tarjimon faol bilish sub’ekti, bilimlarni tarjimoni bo‘lganligi sababli tarjimonlik faoliyati kognitiv xarakterga ega. Shuning uchun tarjima jarayonida tarjimonning bilim tizimi uning kasbiy faoliyati davomida to‘plangan ma'lumot va bilimlarni qayta ishlashning asosiy namunasi sifatida ishlaydi. Bu holda kognitiv fanning e'tibori tarjimonning tushunishni, til vositalarini tanlashni va tarjima matnini yaratishda qo'llashni belgilaydigan aqliy operatsiyalarini o‘rganishga qaratilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Земская Ю.Н., Качесова И.Ю., Комиссарова Л.М., Панченко Н.В., Чувакин А.А. Теория текста: учеб. пособие. Москва; Флинта, Наука; 2010.- 71с
2. Каримов Х. Адабиёт назариясининг илмий асослари.-Т.:Янги нашр,2010. -134б.
3. Ўзбек тилининг изоҳли луғати.3-жилд. - Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси,2007.-Б.459.
4. Ҳотамов Н.,Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русчаўзбекча изоҳли луғати. – Т.:Ўқитувчи,1979. – Б.73.
5. Macmillan For Advanced Learners. Printed and Bound in Malaysia, in 2010. –P.1319.
6. Hornby A.S. Oxford Advanced Learner’s Dictionary. – Oxford: Oxford University Press, -P.1346.
7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати.3-жилд. - Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси,2007. - Б.226.
8. Ҳотамов Н.,Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русчаўзбекча изоҳли луғати. – Т.:Ўқитувчи,1979. – Б.224.
9. Йўлдошев У.Р. Ҳажвий матнлар таржимасининг лингвостилистик ва лингвокультурологик хусусиятлари диссертацияси.
10. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.338.
11. Ҳотамов Н, Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русчаўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1979. – Б.326.
12. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилд. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2007. – Б.43.
13. Ҳотамов Н, Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русчаўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1979. – Б. 352.
14. Ҳотамов Н, Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русчаўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи. 1979. – Б.361.
15. Ҳотамов Н, Саримсоқов Б.Ўша асар. – Б. 56.
16. https://qomus.info/encyclopedia/cat-a/afandi-uz/u
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.