METODI
Buxoro Inovatsiyalar Universiteti
2 –bosqich magistranti
Teshayev Javohir Nurali O'g'li
Annotatsiya: Maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar avlodu ajdodlarimizning qadim ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, urf-odatlari, an’analari, madaniyati, Halq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish on tili, tarixi badiiy falsafiy jihatdan o‘ziga xos tarzda aks ettiriladigan halq pedagogikasi nihoyatda boy va hilma-hilligi ko‘rsatilgan. Xalq pedagogikasi, halq og‘zaki ijodi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning manbai topishmoq, matal, qo‘shiq, ertak, rivoyat kabilar yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: xalq og‘zaki ijodi, ma’naviy-ahloqiy, rivoyat, doston, xalq ijodi, qadriyat, ertak, topishmoq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, jamiyatda yuksak axloqiy–ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy meros, tarixiy an’analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Zero, mamlakat va xalqning taqdiri kelajagimiz vorisi bo‘lgan ana shu yoshlarning hayotga qay darajada tayyorgarligiga bog‘liq
O‘zbek folklorshunosligi ko‘p tarmoqli fan yo‘nalishi bo‘lib, hozirgi kunda uning eposshunoslik, ertakshunoslik, qo‘shiqshunosik, musiqa folklorshunosligi kabi bir qator fundamental tadqiqot yo‘nalishlariga ega. Shuningdek, hozirga qadar mifologiya va qadimgi davr folklori, o‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyoti, marosim folklori, bolalar folklori, xalq lirikasi, folklor va yozma adabiyot munosabati, o‘zbek folklorining epik janrlar tizimi, xalq dostonchiligi, dostonchilik maktablari va ularning epik an’analari, turkiy xalqlar folklorining o‘zaro aloqalari va folklorda janrlararo munosabatlar, og‘zaki teatr va xalq tomosha san’ati, xalq musiqasi va an’anaviy raqs san’atini o‘rganishga doir qator tadqiqotlar silsilasi yuzaga kelgan. Halq og’zaki ijodifolklor termini inglizcha folk-halq va lore-donolik so’zlaridan yasalgan bo’lib, xalq donishmandligi, donoligi, hunarmandligi,
san’atkorligi ma’nolarini anglatadi. Qadimgi ilk kishilar yozuvni bilmagan zamonlarda o’z fikrlarini og’zaki bayon etganlar. Shundan ularning og’zaki badiiy ijodi paydo bo’lgan. U o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan so’z san’ati bo’lib, uning barcha namunalari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Shuning uchun so’z va kuy omuxtaligi ustun bo’lsa, ayrimlarida sahna san’ati harakatlari ustun turadi. Folklor barcha san’at turlari ko’rinishlarini o’ziga mujassamlashtirgan. Folklorning bir talay namunalari so’z va kuy uyg’unligida ijro etiladi. Doston va termalarni do’mbira jo’rligida kuylash an’anaviy bo’lsa, qo’shiqlar dutor va doira jo’rligida, chog’uchilar ansambli jo’rligida kuylangan.
Boshqa bir folklor asarlarida so’z yetakchi o’rinni egallaydi. Ertak, afsona rivoyat, lof, naql, latifa, topishmoq va maqol janrlari shunday xarakterga ega. Folklor urug’, qabila, elat yoki xalqning milliy og’zaki badiiy ijodiyoti bo’lib,o’sha qabila, urug’, elat, xalq yoki millatning mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Unda voqyelikni ifodalashning doston, ertak, maqol, qo’shiq, lapar, topishmoq singari xilmaxil janrlari shakllangan. Xalq og’zaki badiiy ijodi asarlari uzoq muddatli ijodiy jarayonda, og’izdan-og’izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib yuzaga keladi va yashaydi, ularning aniq bir muallifi noma’lumdir. Shuni aytish o’rinliki, folklor musiqa san’ati qadim zamonlarda jamoaning ommaviy ijodi sifatida yuzaga kelib, uning ilk namunalari jamoa ijrosiga mo’ljallangan. o’sha davrlarda yakka ijrochilar jamoa ijrochilaridan ajralib chiqmagan edi. Biroq davr o’tishi bilan, ijrochilik mahoratlari oshishi bilan jamoalar orasidan yakka ijrochilar ajralib chiqa boshladilar.
Inson ongining musaffoligi, jamiyatning yetukligi, shaxs ma’naviyat dunyosining boyligini ta’minlashda folklor musiqaning ahamiyati juda kattadir. Shuning uchun ham folklor musiqa san’atini o’rganish talabalarda milliy qadriyatlar hisoblanmish ming yillik tarixga ega bo’lgan urf-odatlar, udumlar, marosimlarimizga nisbatan mehr-muhabbat va hurmat uyg’otadi. Folklor musiqa san’ati, folklor etnagrafik ansambllari, xalq udumlari, urf-odatlar, mavsumiy marosimlar an’anaviyligi, turli-tuman hodisalarni tabiat hodisalariga ta’sir ko’rsatishiga intilishi bilan ijtimoiy hayotda katta o’rin tutadi. Marosimlarni o’tkazish paytida ijro etiladigan qo’shiq va aytimlar marosimlar folklorini tashkil etadi. Ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan udum va marosimlarni halqqa olib chiqib, yana ularni zamonaviy talqinda namoiysh etishga folklor san’ati va uning tuganmas merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.O’zbek folklori xilma-xil shakllardan tarkib topgan og’zaki so’z san’ati bo’lib, o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi.
Folklor musiqa o’qitish metodikasi fanini o’rganish orqali talaba qadimiy urfodatlarimiz, udumlarimiz, mehnat-marosim qo’shiqlari va kuylariga havas, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanadi va milliy musiqa san’atimizni chuqur, mukammal o’rganadi. Bolalar folklor qo‘shiqlarini 20-asrning 20-yillari o‘rtalaridataniqli rus folklorshunosi G.S. Vinogradov ilk bora fanga qo‘llagan, 60- yillarga kelib o‘zbek folklorshunosligi ham qo‘llana boshlandi. Ota-bobolarimizdan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bolalar folklor qo‘shiqlari o‘yin va raqslarini kelajak avlodlarga etkazish bizning burchimizdir. Bolalar folklor qo‘shiklarini to‘plash uni umumiy o‘rta ta’lim maktablari musiqa darslarida qo‘llash uchun ko‘pgina olimlarimiztadqiqot ishlari olib bormoqda. Tadqiqot ishimizni Buxoro shahridan 8 km uzoqlikda joylashgan qishloqlardan biri Ko‘chkumar qishlog‘iga olib mbordik, bu maskan odamlarinig mehmon do‘stligi, shirin so‘zlgi, insonparvarligi, mevalarini shirinligiyu farzandlarinig bilimi
bilan Respublikaga tanilgan. 1930 yilda tug‘ilgan 8 ta farzandning onasi 30 dan ziyod nevara evaraning buvisi Atoeva Maxfirat, u kishing qizlari 1955 yilda tug‘ilgan Rustamova Muxlisa onaning aytishlaricha, bolani tarbiyalash va uni sir asrorlarini, bola ovutish va erkalatadigan qo‘shiqlarni bolalikdan boshlab onalaridan o‘rgangan ekanlar va bu qo‘shiqlarni xozirgacha to‘rtinchi avlodlari yoddan ijro etib kelmoqda. Bolalar folklor qo‘shiklarini yoshi ulug‘ insonlardan o‘rganib, bu qo‘shiqlarni nota yozuviga olib va ijro yo‘llarini yoshlarga o‘rgatsak, bunday noyob asarlarni unitilib ketishini oldini olgan bo‘lar edik. Har bir bola chaqaloqligidan boshlab mehr bilan aytilgan xalq qo‘shiqlarni tinglab ulg‘aysa kelajakda komil inson bo‘lib etishadi. Buxoroda hozirga qadar bolalarni erkalab uni ovutish uchun ko‘pgina qo‘shiqlar ijrosi meros bo‘lib kelmoqda va bu qo‘shiqlarni o‘ziga xos ijro metodlari bor, bular bolani tizzasiga qo‘yib, havoga tashlab olib bolani kuldirib ijro etadigan qiziqmachoq, suyish, qiqillamalardan iborat. Bola tarbiyasida folklor kuy qo‘shiqlari juda katta rol o‘ynaydi, bu bolalar folklor o‘yin qo‘shiqlari, o‘ziga xos xarakter hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega.O‘quvchilarni estetik tarbiyalashning shakl, vosita va usullari yordamida tashkil etishda musiqa o‘qituvchilarining chuqur mutaxassislik bilimlari, shuningdek, yuksak kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq musiqa o‘qituvchilari faoliyatlari va tajribalarini o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ldiki, ularning aksariyati mavrigi va taronalarini nazariy jihatdan etarli bilmaydilar, ularni ijro uslublarida kemtikliklar namoyon bo‘ldi.
Shuni hisobga olgan holda har bir o‘qituvchi oldiga murakkabroq vazifalar qo‘yishni nazarda tutib, ular bilan ma’lum ishlar ol borilgandan keyingi savollarga talab qilingan darajada bir qadar aniqroq javoblar bera boshladilar. Bu esa o‘quvchilar bilan o‘zbek musiqa folklori namunalarini o‘rgatish ustida alohida ish olib borish zarurligini ko‘rsatdi.
ADABIYOTLAR
1. Mirziyoev. Sh. 2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konstepstiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5712-son Farmoni.
2. Ibragimova M. – Oilada bolalarni ma’naviy ahloqiy tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari. T. Avtoref. dis. ped fan. nom. 1998 yil 37 b.
3. Hikmataliev D. – O‘quv jarayonida o‘quvchilarning kasbiy madaniyatini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish. Avtoref. dis. ped fan. nom. 2003 yil.
4. Ражабов, Т. И. (2020). Педагогические возможности использования детских фольклорных песен в духовно-нравственном воспитании младших школьников. Вестник науки и образования, (5-2 (83)), 34-37.
5. Раджабов, Т. И. (2019). Описание вековых ценностей в песне” тутовое дерево-балх” и его место в воспитании учащейся молодежи. In РоссияУзбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 70-71).
6. Ражабов, Д. З., & Ражабов, Т. И. (2018). Формирование и развитие узбекской народной лирики. In Международная образовательная деятельность как фактор развития и сотрудничества высших учебных заведений в современном поликультурном мире (pp. 207-212).
7. Ражабов, Т. И. (2023). Совершенствование Механизма ДуховноНравственного Формирования Учащихся Через Узбекские Народные Песни. Miasto Przyszłości, 33, 167-176.
8. Ражабов, Т. И. (2021). Ўкувчи-ёшларга ўзбек миллий мусиқа фольклори намуналари воситасида эстетик тарбия бериш. Science and Education, 2(11), 1094-1103.
9. Тўхтасин, Р. И. (2022). ЎЗБЕК ХАЛҚ ҚЎШИҚЛАРИ ВА
ИЖРОЛАРИ ҲАҚИДА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), (Special issue), 64-71.
10. Rajabov, T. I. The Mechanism of Teaching Uzbek Musical Folklore. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences ISSN, 2795(546X),
11. Ражабов, Т. (2023). O ‘zbek bolalar musiqiy o ‘yin folklorining mavzuviy tasnifi. Общество и инновации, 4(5/S), 340-345.
12. Ражабов, Т. И. (2022). Совершенствование Механизма ДуховноНравственного Формирования Учащихся Через Народные Музыки И Песни. Miasto Przyszłości, 29, 363-367.
13. Rajabov, T. I. (2023). Distinctive Features of Folk Songs that Serve in the Spiritual and Moral Formation of Bukhara Pupils. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 2(3), 59-68.
14. Rajabov, T. I. (2022). The role of bukhara folklore songs in youth education in the system of continuous education.
15. Rajabov, T. I. The Mechanism of Teaching Uzbek Musical Folklore. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences ISSN, 2795(546X), 1
16. Rajabov, T. I. (2023). Distinctive Features of Folk Songs that Serve in the Spiritual and Moral Formation of Bukhara Pupils. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 2(3), 59-68.
17. Madrimov, B. K., & Rajabov, T. I. (2022). Uzbek Ceremonial Folklore and its Characteristics. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 1(4), 53-56.
18. Rajabov, T. (2022). UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA O ‘ZBEK MUSIQA
FOLKLORINI O ‘RGATISH DOLZARAB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
IJODKOR O’QITUVCHI, 2(21), 21-31.
19. Ibodovich, T. R. (2022). PRACTICAL SITUATION OF TEACHING
UZBEK MUSICAL FOLKLORE IN THE CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM.
International Journal of Early Childhood Special Education, 14(6).
20. Ibodovich, R. T. (2021). EDUCATIONAL IMPORTANCE OF
CHILDREN’S FOLKLORE SONGS IN MUSIC CULTURE CLASSES. Thematics
Journal of Arts and Culture, 5(1).
21. Ibodovich, R. T. (2020). Аesthetic education of students through national values (on the example of bukhara children’s folklore). European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8, 237-240.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.