ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

HARBIY XIZMATCHILARNI BOSHQARUVCHANLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

초록

Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari talabalarning boshqaruvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu jarayonda uchrayotgan muammolar borasida fikr yuritilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari talabalarning boshqaruvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu jarayonda uchrayotgan muammolar borasida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar: ta’lim, boshqaruvchanlik qobiliyati,, tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiya, zamonaviy yondoshuvlar.

Kirish

Ma’lumki, har bir mamlakatning yuksalishi, rivojlanishi yoki aksincha, inqirozga yuz tutishi o‘sha mamlakatdagi ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liqdir.

Hozirda yangilanayotgan jamiyat uchun hamda erkinlashayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar uchun, avvalo, shu sifatlarga mos tarzda faoliyat ko‘rsatishga qodir ta’lim tizimi zarur.

Shuning uchun ham ta’lim tizimiga O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yunalish deb yondashiladi.

“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimi aks ettirilgan [2].

Shuningdek, mazkur muammolarni tizimli hal qilish borasida Respublikada huquqiy meyoriy asoslar yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF4947-sonli Farmoni [6], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

podpolkovnik Abdullayev Umarbek Ibragimovich,

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti

Qurollanish va otish kafedrasi tank bo‘linmalari otish

tayyorgarligi sikli katta o‘qituvchisi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni [1], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori [3], shuningdek, mustaqil ish talqiniga bo‘lgan yondashuvlarni tahlil qila turib, shuni aytish mumkinki, o‘quv jarayonida uning ahamiyatini avvaldan anglab yetganlarini ko‘rish mumkin.

F.A.Disterveg o‘quvchilarni aqliy kuchlarini rivojlantirish g‘oyasini ko‘rib chiqib, shuni ta’kidlagan: “rivojlanish va ta’lim hech bir insonga berilishi va yetkazilishi mumkin emas. Har kim bunga shaxsiy faoliyati bilan erishishi kerak.

Inson o‘zining mustaqil yo‘l bilan egallamagani - uniki hisoblanmaydi” deb fikr bildirgan [9].

Buyuk mutafakkirimiz Abdulla Avloniyning fikricha, - «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan taqdir(orzu) qilib kelingan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan va vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir.

Fikr insonni sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘lur»- deb yozadi o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida.

Yana shu asarida badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi.

Uning takidlashicha, fikr tarbiyasi “ muallimning yordamiga so‘ng darajada muxtojdir” va inson hayotida muhim ahamiyatga ega: “Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bo‘lur o‘tkur.

Fikrning oynasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o‘lur benur” deb aytib o‘tganlar [10].

L.V.Golish va D.M.Fayzullayevalar o‘zining olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har bir elementlarning muvaffaqiyatli rejalashtirish, tashkillashtirish, monitoring va baholash zarur ekanligini asoslab berishgan [7].

M.Barakayevning ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlarini o‘rganib, “Mustaqil ta’lim – oliy ta’lim tizimida ta’limning shunday bir shaklidirki, bunda talabalarning o‘quv faoliyati pedagog tomonidan boshqarilib, topshiriqlar beriladi, maslahatlar uyushtiriladi va bajarilishi nazorat qilinadi” deb ta’kidlaydi [8].

Tadkikot metodologiyasi Mazkur ishda oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ishlash faoliyatini rivojlantirish omillaridan foydalanishning mazmuni maksadi, vazifalari va tamoyillari o‘rganildi.

Tadkikot davomida tizimli yondashuv va tahlil kilish usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash,

zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan 3-bobining “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish” deb nomlangan 1-§ da “Mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quvuslubiy materiallarni keng joriy etish”[1] masalalarida ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlash malakalarini uzluksiz oshirish orqali mutaxassislarning zaruriy kompetensiyalarini, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bugungi kundagi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar talabalarni mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir.

Oliy ta’lim muassasalarida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim soatlari ulushini kamligi, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllanmaganligi, o‘quv jarayonidatalabalarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar qatoriga kiradi.

Shunday ekan, oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quvuslubiy materiallarni keng joriy etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda.

Yuksak malakali mutaxassislarni iste’molchilar talablariga qarab tayyorlanishi, talabalarni tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o‘rgatilishi ta’minlanishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida: “Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamqorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy xamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish ...” [3] ta’kidlanib, muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiyta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish asosiy muammolar qatorida va ushbu muaamolardan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etilgan yangi avlodini yaratish, magistratura ilmiyta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish bosh maqsad bo‘lib qolmoqda.

Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tatbiq qilish, ko‘proq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilg‘or tajribalardan saboq berishning turli yo‘llaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Yana bir jihati muhimki, oliy ta’lim tizimida ta’lim olayotgan talabalarning tanlagan kasbiga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun maxsus fanlarni o‘qitishni samarali tashkil qilishni ta’minlash lozim.

Har qanday jamiyatda bo‘lganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy muammo hisoblanadi.

Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning sifat va samaradorligini oshirish borasida ham so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar qilindi va qilinmoqda.

Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Ta’lim muassasalarida mustaqil ishni qanday bajarishni har bir talabaning o‘zi amalga oshiradi.

Muvafaqqiyatga erishish uchun talabaning o‘zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo‘rqmay o‘z ustida ishlashi kerak.

Buni esa talabaning o‘zi rejalashtiradi va amalga oshiradi [4].

Jamiyatning barcha jabhalaridagi muammolar, o‘zgarishlar oliy ta’lim muassalarida talabalarini tayyorlash jarayoniga ham ta’sir qilib va yangidan yangi talablarni qo‘yadi.

Hozirgi paytda ham nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega, o‘zgarishlarga moslanuvchan, erkin fikrlaydigan, kasbiy hamda hayotiy muammolarini mustaqil hal qila oladigan mutaxassislarga, kadrlarga ehtiyoj katta.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassalarida talabalaridan har tomonlama bilimdonlik, mustaqil fikrlay oladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega shaxs darajasini talab etadi.

Bunday talablarning bajarilishi albatta ularni butun hayoti davomida bilim olishga o‘rgatish orqali ta’minlanadi.

Faol ta’lim sharoitida o‘zlashtirilgan bilim, egallangan ko‘nikma va malakalar mazmunan tizimli va mantiqan tugallangan tarzda shakllantirilib turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo‘llanishga imkon beradi.

Ta’lim oluvchilarni faollashtirish ularning mustaqil o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida 2030 yilga qadar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 o‘quv yilining o‘zida 33 ta oliy ta’lim dargohini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tildi.

Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi.

Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir.

Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan.

Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan deb aytish mumkin.

Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi.

Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi.

Talaba esa yo‘naltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi.

Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi.

Xulosa va takliflari quyidagicha beradi:

Oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayonida talabalarning boshqaruvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy masalardan hisoblanadi.

Bu borada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Birinchidan, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar negizida ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligini oshirish uchun o‘qitish jarayoni shunday tashkil etish kerakki, bunda talabalar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq texnikasini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’minlashga e’tibor qaratish.

Ikkinchidan, ushbu sohada muvaffaqiyatlarga erishgan novator o‘qituvchilarning ishlarini ommalashtirish, tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yiishlab chiqish.

Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlarga asoslangan holda aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini amalga oshirishda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, talabalarni mustaqil ishlashga o‘rgatish ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy - siyosiy hayotda mustaqil ravishda o‘z o‘rnini topa olish malakasiga ega bo‘lgan, istiqboliy vazifalarni qo‘yish va hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga asos bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi. 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni. https://lex.uz/

2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr.

3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. “Xalq so‘zi” gazetasi. 2017-yil, 21 aprel, № 79 (6773).

4. Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. - T.: Fanva texnologiya, 2007. -271 b.

5. Sh.Mirziyoyev. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi. 2016-yil, 15-dekabr. https://kun.uz/

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF4947-sonli Farmoni. https://lex.uz/

7. Golish L.V., Fayzullayeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. – T.: TDIU, 2014.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.