Hozirgi oʻzbek tilida polifunksionallik
Ataxanova Asaloy Alisher qizi Urganch davlat universiteti Lingvistika: oʻzbek tili yoʻnalishi 1- bosqish magistranti
Annotatsiya. Hozirgi oʻzbek tilida soʻzlarning funksional imkoniyatlarini oʻrganish, ularni koʻp ma’nolilikdan farqlash muhim masalalardan biri boʻlib kelmoqda. Tadqiqot manbayi polifunksional soʻzlarning anglatayotgan ma’nolarini oʻrganish, chuqur tahlil qilishni talab qiladi.
Kalit soʻzlar: polifunksionallik, koʻp ma’nolilik, birlamchi ma’no, hosila ma’no, grammatik shakl.
Abstract. Studying the functional possibilities of words in the current Uzbek language and distinguishing them from polysemy is one of the most important issues. The source of research requires the study and deep analysis of the meanings of polyfunctional words.
Key words: polyfunctionality, polysemy, primary meaning, derived meaning, grammatical form.
Polifunksional soʻz tushunchasi jahon tilshunosligining dolzarb masalalaridan bir boʻlib, asosan, rus, ingliz, xitoy, tatar, oʻzbek tillarida koʻp uchraydi. Jahonning yirik tilshunos olimlari polifunksionallik hodisasini omonimiya bilan bogʻliqlikda tadqiq qilishgan. Yevropa tillari doirasida ham bu masala omonimiya va polisemiya bilan bogʻliqlikda oʻrganiladi. Mazkur maqolada oʻzbek va jahon tilshunosligida mavjud boʻlgan qarashlarni umumlashtirib, hozirgi oʻzbek tilidagi grammatik shakllarning polifunksionallik xususiyatlari borasidagi fikrlarni bayon qilishga harakat qilindi.
Polifunksionallik tilning leksik imkoniyatlari bilan bevosita bogʻliq holda voqelanadi. Grammatik shakllarning funksional imkoniyatlarining kengayishi, ya’ni polifunksionallik xususiyati oʻzbek va jahon tilshunosligida keng tadqiq qilingan boʻlishiga qaramay polifunksional soʻz masalasi jahon tilshunosligida toʻliq yechim topgan deyish qiyin. Tilshunos olimlar polifunksionallikni grammatik shaklning oʻz tabiatiga mos boʻlmagan mohiyat kasb etishi deya baholashadi1. Polifunksionallik hodisasi turkiy tillarda, asosan oʻzbek tilida koʻp kuzatiladi. Hozirgi oʻzbek tilida mavjud grammatik shakllarning koʻpchilik qismi polifunksionallik xususiyatiga ega.
1 Botirova A. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining birlamchi vazifalari. T., “Turklad., 2018.- 429b Grammatik shakllarning funksional imkoniyatlari kengayishi natijasida, ularda birlamchi va ikkilamchi ma’nolar farqlanadi. Tilshunos olim Kurilovich oʻz tadqiqotlarida grammatik shaklning bosh ma’nosi birlamchi funksiya, Grammatik shaklning hosila holatiga esa ikkilamchi funksiya muvofiq kelishini ta’kidlab oʻtgan2. Grammatik shaklning birlamchi ma’nosi ham, hosila ma’nosi ham, umuman olganda har qanday ma’no kontekstda vujudga keladi3. Shuni anglashimisz kerakki, grammatik shaklning funksional imkoniyatlarining kengayishi kontekst muhitidagina amalga oshadi. Soʻzning birlamchi va ikkilamchi ma’nolarini farqlash uchun nutq sharoiti muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Grammatik shaklga xos boʻlgan hech bir ma’no kontekstdan ajralgan holda polifunksionallik xususiyatiga ega boʻla olmaydi.
Tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlarni kuzatadigan boʻlsak, polifunksionallik hodisasi sof turkona soʻzlargagina xos xususiyat sifatida qaraladi. Shu oʻrinda Hindyevropa tillari, jumladan, ingliz tilida polifunksional soʻzlarni koʻrib oʻtsak. Ingliz tilida mavjud can modal fe’li polifunksional soʻzlarning mazkur tildagi namunasi boʻla oladi:
Can- qila olmoq, uddalay olmoq. (modal fe’l)
Can - bidon, kanserva bankasi
Can - kanservalamoq
Лучше - yaxshiroq
Лучше - qaraganda
Bu roʻyxatni kares, xitoy, fransuz, nemis tillari misolida ham davom qildirishimiz mumkin. Bundan anglashiladiki, polifunksionallik nafaqat turkiy tillar, balki barcha tillarga xos boʻlgan muhim xususiyat hisobanadi.
2 Elov B, Axmedova X Oʻzbek tilidagi polifunksional soʻzlarni semantik
madaniyat. Amaliy filologiya masalalari”.,2022.- 87b
3 Botirova A. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining birlamchi vazifalari. T.,
Soʻzlar bir turkum doirasida polifunksionallik kasb etib ikkinchi bir turkumdan joy olishi mumkin4, ya’ni soʻzning birlamchi va ikkilamchi ma’nolari aynan bir turkumgagina emas, balki, turli turkumlarga oid boʻlishi ham mumkin.
Oʻzbek tilida polifunksional soʻzlarni tadqiq qilar ekanmiz, ayrim munozarali holatlarga koʻzimiz tushadi. Oʻzbek tilida ayrim soʻzlar polifunksionallik kasb etsada, ayrim oʻrinlarda ularning koʻp ma’noli soʻz sifatida baholangan oʻrinlar uchraydi (oltin, kumush, kasal). Soʻzning polifunksionalligi, uning qanday ma’noni anglatishi nutqiy omil bilan bogʻliq. Nutq vaziyatida jarayon ishtirokchilari soʻzning qanday ma’noda qoʻllanilayotganini nutq sharoitidan kelib chiqib anglaydi. Polifunksionallikni koʻp ma’nolilikdan farqlash, soʻzning funksional imkoniyatlarini oʻrganish hozirgi zamon tilshunosligining asosiy muammolaridan biri boʻlib kelmoqda. Polifunksionallik va koʻp ma’nolilikni farqlash uchun bir qancha chuqur tadqiqotlarga asoslanamiz. Lu Wang, Yahui Guo, Chengcheng Reng oʻzining ingliz tilidagi polifunksionallik hodisasi tadqiqiga bagʻishlangan maqolasida hope- umid qilmoq (fe’l), umid (ot) soʻzlari misolida asoslab bergan. Olimning fikrlariga koʻra nutqda gapning bir qancha qismiga (ma’nolariga) aloqador soʻzlar polifunksional, faqat bir qismigagina aloqador boʻlgan soʻz monofunksional ya’ni bir ma’noli soʻz deyiladi.5 Koʻp ma’nolilik masalasiga yuzlanadigan boʻlsak, Bittadan ortiq ma'no anglatish (ifodalash) hodisasiga ko‘p ma'nolilik deyiladi6.
Dunyo tillariga xos boʻlgan muhim xususiyat polifunksionallik nutq jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Polifunksionallik tilning leksik jihatdan naqadar boy ekanligidan dalolat beradi. Soʻzning birlamchi va hosila ma’nolarini anglay olish, ulardan nutq jarayonida oʻz oʻrnida unumli foydalana bilish nutqning ta’sirchan, ma’noli boʻlishiga, soʻz oʻyinlari yaratishga katta yordam beradi. Polifunksionallikni koʻp ma’nolilikdan farqlay bilish soʻzlovchining nutqiy savodxonligidan dalolat beradi. Oʻzbek tilida polifunksionallik muhim hodisalardan biri ekanligiga ona tilimizda
4 Botirova A. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining birlamchi vazifalari. T.,
5 Lu Wang, Yahui Guo, Chengcheng Reng. A quantitative study on English polifunctional words. G., University
of Trier., 2012.- 42p
6 Rahmatullayev Sh. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T., “Universitet., 2006.-55b yaratilgan nazmning goʻzal namunalarini, mohirlik bilan yaratilgan nasriy asarlarni, ijodkorlar mahoratini oʻrganishimiz jarayonida guvoh boʻlamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Lu Wang, Yahui Guo, Chengcheng Reng. A quantitative study on English
polifunctional words. G., University of Trier., 2012
2. Botirova A. Oʻzbek tilida soʻz turkumlarining birlamchi vazifalari. T.,
“Turklad., 2018.
3. Elov B, Axmedova X. Oʻzbek tilidagi polifunksional soʻzlarni semantik
madaniyat. Amaliy filologiya masalalari”.,2022
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T., “Universitet., 2006.
5. Sayfullayeva. R. R, Mengliyev.B.R, Boqiyeva.G.H, Qurbonova. M. M,
Yunusova. Z. Q, Abuzalova. M. Q. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. T., “Fan va
texnologiya., 2009.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.