MODELLASHTIRISH VA PROGNOZLASH
Sakiyeva O.B., TerDU
Аннотация: Maqolada hududlarda kichik sanoat zonalari ishlab chiqarish samaradorligini ekonometrik modellashtirish va qisqa muddatli procnozlash keltirilgan.
Kalit so’zlar: kichik sanoat zonalari (KSZ), mavsumiy vaqtli qator, adaptive model, Holt-Winters modeli, korrelyatsion matritsa, model parametrlari, kichik tadbirkorlik subyektlari, prognoz qiymatlar
Аннотация: В статье представлено эконометрическое моделирование и краткосрочное прогнозирование эффективности производства малых промышленных зон в регионах.
Ключевые слова: малые промышленные зоны (МПЗ), сезонный временной ряд, адаптивная модель, модель Холта-Уинтерса, корреляционная матрица, параметры модели, субъекты малого предпринимательства, прогнозные значения
Abstact: The article presents econometric modeling and short-term forecasting of production efficiency of small industrial zones in the regions
Keywords: small industrial zones (SIZ), seasonal time series, adaptive model, Holt-Winters model, correlation matrix, model parameters, small business entities, forecast values
Respublikada barpo etilgan va faoliyat yuritaѐtgan KSZlar soni 500 tadan ortiq bo’lishiga qaramay, ularni barpo etishning yagona ilmiy jihatdan asoslangan tashkiliy-iqtisodiy modeli ishlab chiqilmagan. Ayrim hududlarda sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha malakali kadrlar еtishmasligi, ilg‘or xorijiy uskuna va texnologiya asosida biznesni boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ еtishmasligi (bu muammo KSZlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlariga ham tegishli), hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga ko‘ra, KSZlarni turlarga ajratish asosida hududlar bo‘yicha joylashtirishning ilmiy asoslangan tartib-qoidasi mavjud emasligi, KSZlar ichida loyihalarni tanlov asosida joylashtirishda ularning texnik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini e’tiborga olinuvchi yagona mezonlar tizimi ishlab chiqilmagan. Bu muammolar KSZ larni tashkil etish va boshqarish borasidagi asosiy muammolar sanaladi [5]. Kichik sanoat zonalari faoliyati ilmiy manbalarda kam o’rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida KSZlar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi dinamikasi to‘g‘risida ma’lumotlar deyarli yo‘q bo‘lganligi sababli va ularning mahsuloti KBXT sanoat mahsulotida hamda respublika sanoat mahsuloti takibiga qo‘shilishini e’tiborga olib, iqtisodchi olimlardan B. Salimov1 KBXT sanoat mahsuloti va respublika sanoat mahsulotini prognozlash modellari ishlab chiqilgan. B. Salimov tomonidan O’zbekistonda KSZ larni barpo etish va rivojlantirish omillarini tahlil qilib, ularni rivojlantirishning konseptual modeli, ko‘p omilli ekonometrik modellashtirish asosida ishlab chiqiladi, bunda natijaviy omil – kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar sifatida sanoat sohasidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari asosiy kapitaliga kiritilgan investitsiyalar va sanoat sohasidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo‘lgan ishchilar soni olindi.
Adaptiv modellar yordamida prognoz qilishning asosini vaqtli qatorlar tashkil qiladi. Vaqtli qatorlarni tekislash hamda vaqt asosida prognozlashning xilma-xil usullari mavjud bo’lib, eng ko’p qo’llaniladigan usullar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1 Салимов Б.Т., Салимов Б.Б. “Кичик саноат зоналарини барпо этиш ва ривожлантиришнинг ташкилий-иқтисодий асосларини такомиллаштириш”. – Т.: Иқтисодиѐт, 2020. – 135 б.
1. Ko’rsatkich davrini uzaytirish usuli;
2. O’rtacha sirg’aluvchi usul;
3. Eksponensial tekislash usuli;
4. Trend tenglamalari.
5. Braun usuli
6. Xolt usuli
7. Xolt-Vinters usuli
8. Teyla-Veyj usuli
Holt-Winters modeli mavsumiy vaqtli qatorlar uchun mo’jallangan bo’lib, uning modeli sifatida uning multiplikativ tarzda yuklangan trend va mavsumiy kombinatsiyasi ko'rinishidagi shakli qo'llaniladi. O’zbekiston Respublikasida kichik sanoat zonalari tomonidan 2018-2022 yillarda (4 choraklar bo’yicha) amaldagi narxlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi (mlrd. so’m) berilgan bo’lib, uni prognoz qilish uchun, dastlab kuzatuv ma’lumotlarini 1-jadval shakliga keltiriladi
1-jadval
O’zbekiston Respublikasida kichik sanoat zonalari tomonidan
2018-2022 yillarda (4 choraklar bo’yicha) amaldagi narxlarda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar hajmi
t
2018-2022 yillarda (4
choraklar bo’yicha)
Amaldagi narxlarda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar hajmi
1 I,2018 102,1
2 II,2018 414,7
3 III,2018 227
4 IV,2018 518,4
5 I,2019 472,5
6 II,2019 569,8
7 III,2019 578,7
8 IV,2019 895,6
9 I,2020 523,8
10 II,2020 497,8
11 III,2020 676,2
12 IV,2020 996,5
13 I,2021 672,4
14 II,2021 904,7
15 III,2021 1092,3
16 IV,2021 1295
17 I,2022 947,9
18 II,2022 1078
19 III,2022 1361,8
20 IV,2022 2970,6
0 5 10 15 20 25
1-rasm. O’zbekiston Respublikasida kichik sanoat zonalari tomonidan 2018-2022 yillarda (4 choraklar bo’yicha) amaldagi narxlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining o’sish dinamikasi
Mavsumiy vaqtli qatorning additive hamda multiplikativ modellar uchun eksponensial tekislanishini nazarda tutadi. Ushbu modellarning har biri uchun mavsumiylik parametri optimal qiymatni tanlash muhimdir. Agar bir necha yillar davomida dinamika va mavsumiylik ma'lum darajada kuzatilsa, ya’ni ma'lum bir davr mobaynida chastotali mavsumiylik mavjudligi sezilsa, u holda Winters usuli bir nechta parametrlarni hisobga oladi, bular:
p – mavsumiy komponent davri;
mk - bir davr uchun (odatda bir yil) seriyaning o'rtacha darajasi;
n – yillarning umumiy soni;
Mavsumiylik koeffitsientlari 𝑆1̂ , 𝑆2̂ , … , 𝑆𝑛̂ vaqtli qatorlarni mavsumiylash-
tirish orqali olinadi
Dastlabki koeffisiyentlarni 𝑎1,𝑡̂ , 𝑎2,𝑡 ̂ 𝑣𝑎 𝑆𝑡̂ hisoblash.
Bu koeffisiyentlarni hisoblash uchun dastlabki 8 ta kuzatuv ma’lumotlari asosida eng kichik kvadratlar usulini qo’llaymiz, ya’ni
𝑦𝑡 = 𝑎1,𝑡̂ + 𝑎2,𝑡 ̂ ∗ 𝑡, 𝑏𝑢 𝑦𝑒𝑟𝑑𝑎 𝑡 = 1,2, … ,8 (1)
𝑦𝑡- t vaqt momentidagi mahsulot hajmi;
𝑎1,𝑡̂ ,– dinamik qatorning dastlabki darajasi;
𝑎2,𝑡 ̂ –mahsulot hajmining o’rtacha o’sishi.
Excel dasturi yordamida 𝑎1,𝑡̂ =78.225 va 𝑎2,𝑡 ̂ =87.583 ekanligi aniqlandi (3.2.5-jadval).
Endi ular asosida 𝑆𝑡̂ mavsumiylik koeffisiyentini vaqtli qatorning dastabki qiymatini (1) tenglamaga tenglashtirilgan qiymatifa nisbati orqali aniqlaymiz.
2-jadval
Mavsumiylik koeffisiyentlari
t yil chorak 𝑦𝑡 𝑦𝑡̂ 𝑆𝑡̂
1 2018 1 102,1 165,8 0,62
2 2 414,7 253,4 1,64
3 3 227 341,0 0,67
4 4 518,4 428,6 1,21
5 2019 1 472,5 516,1
6 2 569,8 603,7
7 3 578,7 691,3
8 4 895,6 778,9
9 2020 1 523,8
10 2 497,8
11 3 676,2
12 4 996,5
13 2021 1 672,4
14 2 904,7
15 3 1092,3
16 4 1295
17 2022 1 947,9
18 2 1078
19 3 1361,8
20 4 2970,6
Vintersning multiplikativ modeliga asoslangan prognozlashda t vaqtning h bosqichlida quyidagi formuladan foydalaniladi:
𝑦̂𝑡,ℎ = (𝑎̂1,𝑡 + 𝑎̂ 2,𝑡 ∗ ℎ)𝑆̂𝑡+ℎ−𝑝, −1 ≤ ℎ ≤ 𝑝 (2)
𝑦̂𝑡,ℎ = (𝑎̂1,𝑡 + 𝑎̂ 2,𝑡 ∗ ℎ)𝑆̂𝑡+ℎ−𝑘𝑝, −1 ≤ ℎ ≤ 𝑘𝑝 (3)
Bu еrda k- 2 dan katta natural son. Keyingi mavsumiylik koeffifisiyentlarini aniqlash va ularni bosqichma bosqich tuzatish quyidagi rekurrenr formulalar asosida amalga oshiriladi:
𝑎1,𝑡̂ = 𝛼 ( 𝑦𝑡
𝑆𝑡−𝑝̂ ) + (1 − 𝛼)(𝑎1,𝑡−1̂ + 𝑎2,𝑡−1̂ ) (4)
𝑎2,𝑡̂ = 𝛽(𝑎1,𝑡̂ − 𝑎1,𝑡−1̂ ) + (1 − 𝛽)𝑎2,𝑡−1̂ (5)
𝑆𝑡̂ = 𝛾 ( 𝑦𝑡
𝑎1,𝑡̂ ) + (1 − 𝛾)(𝑆̂𝑡−𝑝) (6)
bu еrda α, β, γ lar 0 dan 1 oralig’idagi sonlar bo’lib, dastlab 𝛼 = 𝛽 = 0.3 𝑣𝑎 𝛾 = 0.5 deb olindi va Excel ilovasi orqali α, β, γ larning qiymatlari optimallashtirilib, 𝛼 = 0.32, 𝛽 = 0.01 𝑣𝑎 𝛾 = 0.99 ga teng ekanligi aniqlandi, t=1 uchun tuzatilgan koeffisiyentlar quyidagicha bo’ladi:
𝑎1,𝑡̂ = 65.4
𝑎2,𝑡̂ = 87.6
𝑆𝑡̂ = 0.617
Shu tartibda qolgan Vinters modeli koeffisiyentlari ham tuzatiladi, hisoblash natijalai 6-jadvalda berilgan.
3-jadval
Vinters modeli koeffisiyentlarini tuzatish
t 𝑦𝑡 𝑦𝑡̂ a1,t a2,t 𝑆𝑡̂ Vinters usuli
bilan
dinamik
qator
darajalarini
tuzatish
Vinters
usuli
bo’yicha
prognoz
0 0,62
0 1,64
0 0,67
0 78,2 87,6 1,21 I,2018 1 102,1 165,8 165,436 87,596 0,6172 102,796 II,2018 2 414,7 253,4 253,0 87,596 1,6393 414,9726
III,2018 3 227 341 340,0 87,590 0,6677 228,1845
IV,2018 4 518,4 428,6 427,9 87,593 1,2116 517,3842 I,2019 5 472,5 516,1 596,6 88,404 0,7902 318,1322 II,2019 6 569,8 603,7 575,5 87,309 0,9965 1122,952
III,2019 7 578,7 691,3 729,0 87,971 0,7926 442,5531
IV,2019 8 895,6 778,9 791,7 87,719 1,1320 989,8397 I,2020 9 523,8 809,2 87,016 0,6488 694,9529 II,2020 10 497,8 767,5 85,729 0,6521 893,0887
III,2020 11 676,2 853,2 85,729 0,7926 676,2002
IV,2020 12 996,5 919,9 85,538 1,0838 1062,842 I,2021 13 672,4 1015,5 85,639 0,6620 652,2877 II,2021 14 904,7 1194,0 86,568 0,7566 718,0651
III,2021 15 1092,3 1312,3 86,885 0,8320 1014,934
IV,2021 16 1295 1332,9 86,222 0,9727 1516,337 I,2022 17 947,9 1423,2 86,263 0,6660 939,4449 II,2022 18 1078 1482,0 85,988 0,7277 1142,147
III,2022 19 1361,8 1590,3 86,212 0,8561 1304,526
IV,2022 20 2970,6 2123,52 90,682 1,3946 1630,775 I,2023 21 1474,614 II,2023 22 1677,256
III,2023 23 2050,766
IV,2023 24 3467,423 I,2024 25 1716,182 II,2024 26 1941,211
III,2024 27 2361,285
IV,2024 28 3973,295 I,2025 29 1957,75 II,2025 30 2205,166
III,2025 31 2671,803
IV,2025 32 4479,168
3-jadvalda keltirlgan har bir t uchun tuzatilgan dinamik qator darajalari oldingi davr 𝑎1,𝑡va 𝑎2,𝑡 lar qiymatlari yig’indisini mos mavsumiylik koeffisiyenti 𝑆𝑡−𝑝̂ ga ko’paytmasiga teng ekan, ya’ni
𝑦𝑡̂ = (𝑎1,𝑡̂ + 𝑎2,𝑡̂ ) ∗ 𝑆𝑡−𝑝̂ (7)
𝑦1̂ = 102.796 = 102.8
𝑦2̂ = 414.966 = 414,97
va h.k.
Keyingi choraklar uchun prognoz qiymatlari quyidagicha hisoblanadi:
𝑦𝑡,ℎ̂ = (𝑎1,𝑡̂ + 𝑎2,𝑡̂ ∗ ℎ) ∗ 𝑆𝑡−𝑝̂ (8)
bu еrda h-yetakchilik davri.
2025yil I choragi uchun
𝑦𝑡,1̂ = 1957,75;
II choragi uchun
𝑦𝑡,2̂ = 2205,166;
III choragi uchun
𝑦𝑡,3̂ = 2671,803;
IV choragi uchun
𝑦𝑡,4̂ = 4479,168;
Vinters modeli bo’yicha prognoz qiymatlari 3.2.3-rasmda keltirilgan. 2-rasm. Vintersning multiplikativ modeli bo’yicha vaqtli qator dastlabki,
tekislangan va prognoz qiymatlari
Xulosa qilsak, O’zbekiston Respublikasida kichik sanoat zonalari tomonidan 2018-2022 yillarda (4 choraklar bo’yicha) amaldagi narxlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining 2023-2025 yillardagi prognoz qiymatlariga ko’ra 2025 yilning 4-choragiga kelib 2018 yilning 4 – choragiga nisbatan 8.64 barobarga, 2019 yilning 4 –choragiga nisbatan 623,9 barobarga, 2020 yilning 4 –choragiga nisbatan 4.5 barobarga, 2021 yilning 4 –choragiga nisbatan 3.5 barobarga, 2022 yilning 4 –choragiga nisbatan 1.5 barobarga oshishi kutilmoqda.
Surxondaryo viloyatida KSZlar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi dinamikasi to‘g‘risida ma’lumotlar еtarli bo‘lmaganligi sababli va ularning mahsuloti kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT) sanoat mahsulotida hamda viloyat sanoat mahsuloti takibiga qo‘shilishini e’tiborga olib [6], dastlab ko’p omilli ekonometrik modelda viloyatdagi sanoat mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (Y) va unga ta’sir etuvchi omillar sifatida kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat
0 5 10 15 20 25 30 35
Haqiqiy qiymqtlar Nazariy qiymatlar Prognoz qiymatlar mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (X1) va kichik sanoat zonalari ishlab chiqargan mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (X2) olindi. Ko‘p omilli ekonometrik modelda qatnashuvchi omillar sifatida – natijaviy omil – Surxondaryo viloyatidagi sanoat mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (Y) unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasida quyidagi ko‘rinishda korrelyatsion matritsa hisoblandi (3.2.7-javdal).
4-jadval
Omillar o‘rtasida bog‘lanishlarning korrelyatsion matritsasi
Y X1 X2
Y 1
X1 0,991035 1
X2 0,640482 0,579863 1
3.2.7-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, xususiy korrelyatsiya koeffitsientlari, ya’ni natijaviy omil (Y) va ta’sir etuvchi kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (X1) o‘rtasida uzviy aloqa (0,991) mavjud ekan. Natijaviy omil (Y) hamda kichik sanoat zonalari ishlab chiqargan mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (X2) o‘rtasida ham uzviy aloqa biroz sustroq (0,641) mavjud. Surxondaryo viloyatidagi sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar bilan ko‘p omilli ekonometrik model tuzamiz va u quyidagi ko‘rinishga ega:
𝒚 = 𝟏. 𝟖𝟖𝟗𝒙𝟏 + 𝟕. 𝟗𝟒𝟒𝒙𝟐 + 𝟐𝟕𝟔. 𝟓𝟑 (9)
(𝟑𝟏. 𝟗𝟔𝟑) (𝟑. 𝟑𝟗𝟓) (𝟑. 𝟐𝟐𝟕)
Qavslar ichida keltirilgan qiymatlar har bir omilning ishonchliligini aniqlovchi t-Styudent mezonining hisoblangan qiymatlari. Tuzilgan ushbu ko‘p omilli ekonometrik modelga ko‘ra, kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi (X1) 1 mlrd. so‘mga oshsa, viloyatning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 1.889 mlrd. so‘mga ortishi mumkin ekan. kichik sanoat zonalari ishlab chiqargan mahsuloti hajmi (X2) 1 mlrd. so‘mga oshsa, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 7.944 mlrd. so‘mga ortishi mumkin. Olingan natijada koeffitsient miqdorlarini ifodalovchi R2 determinatsiya koeffitsienti 0,9943 ga teng bo‘ldi [7]. Bu esa natijaviy omil tanlangan omillar bilan еtarlicha kuchli aloqada ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni viloyatning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 99,43 foizga ko‘p omilli ekonometrik modelga kiritilgan kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (X1)) va kichik sanoat zonalari ishlab chiqargan mahsuloti hajmi (mlrd. so‘m (X2)) ga bog’liq ekan.
F-mezonning hisoblangan qiymati Fhisob 873.08 ga teng. Fmezonning jadval qiymatini ahamiyatlik darajasi 0,05 va ozodlik darajalari k1 2 va k2 23 2 120 dan kelib chiqib, F-mezonning jadval qiymati Fjadval 3.49 ga teng. Fhisob>Fjadval shartni qanoatlantiradi, bu esa F-mezonning hisoblangan qiymati jadvaldagi qiymatidan katta ekanligi hamda statistik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. Aproksimatsiya xatoligi A=5.6609 ga teng.
5-jadval
Model parametrlarini baholash natijalari
Model 1: OLS, using observations 2018:1-2023:3 (T = 23)
Dependent variable: y
Coefficient Std. Error t-ratio p-value
const 276.532 85.6904 3.227 0.0042 ***
x1 1.88864 0.0590877 31.96 <0.0001 ***
x2 7.94417 2.33991 3.395 0.0029 ***
Mean dependent var 3137.909 S.D. dependent var 1941.397
Sum squared resid 938966.3 S.E. of regression 216.6756
R-squared 0.988676 Adjusted R-squared 0.987544
F(2, 20) 873.0829 P-value(F) 3.47e-20
Log-likelihood −154.7316 Akaike criterion 315.4631
Schwarz criterion 318.8696 Hannan-Quinn 316.3198
rho 0.507044 Durbin-Watson 0.986569 Forecast evaluation statistics using 23 observations
Mean Error 6.0798e-013
Root Mean Squared Error 202.05
Mean Absolute Error 161.59
Mean Percentage Error -0.84065
Mean Absolute Percentage Error 5.6609
Theil's U2 0.12653
Yuqoridagi (9) regressiya tenglamasi asosida viloyat sanoat mahsuloti hajmi (Y), kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi (X1) va kichik sanoat zonalari ishlab chiqargan mahsuloti hajmi (X2) ning prognoz qiymatlarini aniqlash uchun har bir ta’sir etuvchi omilning vaqt bo‘yicha trend modellarini tuzamiz. Ya’ni natijaviy omil Y ga ta’sir etuvchi X1 va X2 omillarni vaqtga bog‘liq deb olamiz. Vaqtga bog‘liq modellar trend modeli deb ataladi. Ularning ko‘rinishi quyidagicha:
1) Kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi uchun
𝑦𝑡,ℎ̂ = (2140,29 + 87,6 ∗ ℎ) ∗ 𝑆𝑡−𝑝̂ (10)
bu еrda h-yetakchilik davri, p-mavsumiy komponenta davri, uning
𝑆1̂ = 0,66, 𝑆2̂ = 0,73, 𝑆3̂ = 0,85, 𝑆4̂ = 1,39
2) Kichik sanoat zonalari ishlab chiqargan mahsuloti hajmi uchun
𝑦 = 0.1355 ∗ 𝑒0.2567𝑥 ∗∗ 𝑆𝑡̂ /100 (11)
bu еrda 𝑆𝑡̂ navsumiyli indekslari bo’lib,
𝑆1̂ = 34,78, 𝑆2̂ = 56,53, 𝑆3̂ = 98,67, 𝑆4̂ = 193,73
6-jadval Surxondaryo viloyati sanoat tarmog’i asosiy ko’rsatkichlarining 2018 yil 1-choragi -2023 yil 3-choragi dagi dinamikasi va 2023 yil 4-choragi-
2025 yil 4-choragi uchun prognoz qiymatlari
Yil va choraklar
Viloyat sanoat
mahsuloti ishlab
chiqarish hajmi
Viloyat kichik
tadbirkorlik subyektlari
sanoat mahsuloti ishlab
chiqarish hajmi
Viloyat kichik sanoat
zonalari mahsulot ishlab
chiqarish hajmi (mlrd.
so’m)
I,2018 680 220,7 0,0322
II,2018 1280,3 528,8 0,5259
III,2018 2003,2 937,1 1,2463
IV,2018 3222,5 1518,4 3,2269
I,2019 757,4 344,4 0,1327
II,2019 1801,7 891 0,6466
III,2019 2882,6 1476,3 0,8759
IV,2019 4402,8 2331,5 1,5541
I,2020 1226,6 497,1 0,4728
II,2020 2445,9 1115,7 0,6764
III,2020 3414,3 1431,8 1,5023
IV,2020 5515,9 2608,2 4,3378
I,2021 1166,6 434,2 1,7614
II,2021 2642,1 1119,9 4,2174
III,2021 4722 2286,4 9,4081
IV,2021 6785,9 3488,2 16,5861
I,2022 1269,5 475,2 3,7288
II,2022 2686,2 1140,9 10,3592
III,2022 4670,1 2191,7 13,5675
IV,2022 7298,7 3128,8 98,6435
I,2023 1780,2 764,8 23,0313
II,2023 3586,1 1784,2 43,6482
III,2023 5931,3 2853,3 63,5233
IV,2023 10267,991 4767,12 124,379
I,2024 2394,284 999,91 28,862
II,2024 4836,82 2159,5 60,645
III,2024 8006,21 3517,17 136,831
IV,2024 14018,375 5815,29 347,281
I,2025 3198,778 1208,31 80,585
II,2025 6508,152 2587,29 169,327
III,2025 11208,052 4181,03 382,049
IV,2025 20942,2 6863,47 969,648
6-jadvalda keltirilgan prognoz qiymatlarga ko‘ra, 2025 yilning 4- choragiga kelib Surxondaryo viloyatining sanoat mahsuloti hajmi 2018 yilning 4 –choragiga nisbatan 6,49 barobarga, 2019 yilning 4 –choragiga nisbatan 4,76 barobarga, 2020 yilning 4 –choragiga nisbatan 3,8 barobarga, 2021 yilning 4 –choragiga nisbatan 3,09 barobarga, 2022 yilning 4 – choragiga nisbatan 2,87 barobarga oshishi kutilmoqda. Viloyat sanoat mahsuloti hajmining o‘rtacha o‘sish surati 123 % ni tashkil etishi
3-rasm. Surxondaryo viloyati sanoat mahsuloti hajmining 2018- 2023 yillarda (4 choraklar bo’yicha) o’sish dinamikasi va 2025 yilgacha prognoz qiymatlari
Xuddi shu kabi Surxondaryo viloyatining kichik tadbirkorlik subyektlari sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2025 yilning 4- choragiga kelib 2018 yilning 4 –choragiga nisbatan 4,52 barobarga, 2019 yilning 4 –choragiga nisbatan 2,94 barobarga, 2020 yilning 4 –choragiga nisbatan 2,63 barobarga, 2021 yilning 4 –choragiga nisbatan 1,97 barobarga, 2022 yilning 4 –choragiga nisbatan 2,19 barobarga oshishi kutilmoqda. Viloyat kichik tadbirkorlik subyektlari sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining o‘rtacha o‘sish surati 122,25 % ni tashkil etishi
4-rasm. Surxondaryo viloyati kichik tadbirkorlik subyektlari sanoat
mahsuloti ishlab chiqarish hajmining 2018-2023 yillarda (4 choraklar
bo’yicha) o’sish dinamikasi va 2025 yilgacha prognoz qiymatlari
Shu jumladan Surxondaryo viloyati kichik sanoat zonalari mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2025 yilning 4-choragiga kelib 2018 yilning 4 – choragiga nisbatan 300 barobarga, 2019 yilning 4 –choragiga nisbatan 623,9 barobarga, 2020 yilning 4 –choragiga nisbatan 223,5 barobarga, 2021 yilning 4 –choragiga nisbatan 58,46 barobarga, 2022 yilning 4 – choragiga nisbatan 9,83 barobarga oshishi kutilmoqda. Viloyat kichik sanoat zonalari tashkil etilganligiga ko’p vaqt bo’lmaganligi sababli mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish suratlari turli yillarda notekis o’sgan, masalan 2019 yilda deyarli 50 foizga pasayib, 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 279 foizga oshgan, 2021 yilda esa 2020 yilga nisbatan 382 foizga oshgan, 2022 yilda esa 2021 yilga nisbatan 594 foizga oshgan.
5-rasm. Surxondaryo viloyati kichik sanoat zonalari mahsulot ishlab
chiqarish hajmining 2018-2023 yillarda (4 choraklar bo’yicha) o’sish
dinamikasi va 2025 yilgacha prognoz qiymatlari
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, kichik sanoat zonalari faoliyati Surxondaryo viloyatida viloyat sanoatini, hudud iqtisodiy holatini, aholi bandligini oshiruvchi vositalardan hisoblanadi. KSZ lar faoliyati viloyatda to’liq ishga tushgani yo’q, hali amalga oshmagam loyihalar bilan birga mavjud KSZ lar hududlarida infratuzilmaviy jarayonlarda muammoli holatlar kam emas. Shu tufayli KSZ larga oid statistik ma’lumotlar to’liq bo’lmaganligi yoki to’liq bo’lsa ham, ma’lumotlarda dinamik jarayon bo’lmaganligi uchun prognoz qiymatlarni aniqlash biroz qiyin bo’ldi. KSZ lar faoliyati to’liq yo’lga qo’yilsa, sanoat ishlab chiqarishini oshiradi va hududning rivojlanishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 21.06.2019 yildagi PQ-4363-son
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 29.03.2018 yildagi PQ-3636-son
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori, 09.03.2020 yildagi 134-son
4. “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 12.11.2020 yildagi PF-6109-son
5. Сакиева, О. Б. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИ
ФАОЛИЯТИ САМАРАДОРЛИГИ МОНИТОРИНГИНИ ТАШКИЛ
ҚИЛИШ ВА УЛАРНИ БАҲОЛАШ КЎРСАТКИЧЛАР
ТИЗИМИ. Gospodarka i Innowacje., 35, 608-614.
6. Салимов Б.Т., Салимов Б.Б. “Кичик саноат зоналарини барпо этиш ва ривожлантиришнинг ташкилий-иқтисодий асосларини такомиллаштириш”. – Т.: Иқтисодиѐт, 2020. – 135 б.
7. Sakieva, O. B. (2022). CORRELATION-REGRESSION
ANALYSIS OF FACTORS AFFECTING THE COMPETITIVENESS OF
PRODUCTS MANUFACTURED IN SMALL INDUSTRY ZONES.
In НАУКА, ИННОВАЦИИ, ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ
ВОПРОСЫ XXI ВЕКА (pp. 75-77).
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.