ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

IJTIMOIY RIVOJLANISHNING GENEZISI SIFATIDA O‘ZEBKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING O’RNI

초록

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning yaratilishi, amaldagi va yangi tahrirdagi o‘rtasidagi farqlari va oʻzgarishlari toʻgʻrisida fikr hamda takliflar toʻgʻrisida boradi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING O’RNI

Nurullayeva L. X.

TDAU “Huquq va turizm” fakulteti 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Axunov Sh. A.

TDAU “Gumanitar va huquq” kafedrasi assistenti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaning yaratilishi, amaldagi va yangi tahrirdagi o‘rtasidagi farqlari va oʻzgarishlari toʻgʻrisida fikr hamda takliflar toʻgʻrisida boradi.

Kalit so‘zlar: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, konstitutsiyaning yaratilishi, qaror, moddalar, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

Аннотация: В этой статье обсуждается создание конституции, различия и изменения между действующей и новой конституцией Республики Узбекистан, а также мнения и предложения.

Ключевые слова: Конституция Республики Узбекистан, создание конституции, постановление, статьи, новая редакция конституции.

Abstract: This article discusses the creation of the constitution, the differences and changes between the current and the new constitution of the Republic of Uzbekistan, opinions and suggestions.

Key word: Constitution of the Republic of Uzbekistan, creation of the constitution, decision, articles, new version of the constitution.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 6-noyabrdagi inauguratsiya marosimidagi nutqida “Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz. Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”1 deb ta’kidlab o‘tgandi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda Konstitutsiyani zamonaviy hayotga moslashtirishni davrning o‘zi taqozo etar edi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”ni amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Referendum ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilganligining ishonchli ifodasi bo‘ldi.

Xususan, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi. Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi hamda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasini hisobga olgan holda, Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati o‘rtasida vakolatlar qayta taqsimlandi. Joylarda hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modeli nazarda tutildi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi.

Ta’kidlash lozim, “ijtimoiy axloq” tushunchasi O‘zbekiston qonunchiligiga yangi o‘zgarishlardan biri bo‘lib, ushbu tushunchaniga Konstitutsiyada ko‘rsatib o‘tilishi ijtimoiy normalarning mustahkamlanganligini belgisi sifatida namoyon bo‘ldi2.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qonunchilik faoliyati, ularni ishlab chiqish va tasdiqlashda qo‘shimcha vakolatlarga ega bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat tomonidan qonun loyihasini ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida 60 kun ichida qaror qabul qilmagan taqdirda, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yubora oladi. Qonunchilik hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi va e’lon qilinishi uchun belgilangan muddat 30 kundan 60 kunga uzaytirildi. 1Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. https://president.uz/oz/lists/view/4743 2O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi:

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi bilan oldingi Konstitutsiyada boʻlgan asosiy oʻzgarish va farqlar haqida soʻz yuritilsa, jumladan, 1-moddasida O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb o‘zgartirildi.

Shu bilan birgalikda, avvalgi Konstitutsiyaning 15-moddasida “Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi” jumlasi bilan birinchi band yakunlanar edi, yangi tahrirda esa quyidagicha o‘zgartirildi: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi”.

Agar qonunchilikda noaniqlik mavjud bo‘lsa, bu holatda inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida, inson foydasiga hal etilishi ko‘rsatib o‘tildi, ya’ni, “Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi”.

Jumladan, turli hujjatlarni yuritishda davlat organlari tomonidan xatokamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, misol uchun pensiya tayinlashda tegishli hujjatlar bazadan topilmay, noaniqlik yuzaga kelganida ham vaziyat fuqaro foydasiga hal etilishi kerak bo‘ladi.

Bunga qadar 1992-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasining Konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, Bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman olganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 65 foizga yangilangan3.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, amaldagi Konstitutsiyasining yangilanishi rivojlanib borayotgan zamonga moslashish, oʻzgayotgan vaziyatlarga mos kelib qarorlarni ham yangilash deb aytsak boʻladi, ushbu oʻzgarilishi demokratik jamiyat va xalq farovonligini oshirish uchun koʻzlangan maqsadlar oʻzini amalini va tadbiq qilinishi uchun barchaning burchi hisoblanadi. Yangilangan Konstitutsiyada xalq manfaatlari yana bir bor birinchi oʻringa qoʻyildi, kiritilgan o‘zgarishlar esa demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida qilingan qadam boʻladi. 3 https://constitution.uz Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mamatkulov, D. M., & Abdupattaev, H. A. (2021, October). MODERN

REQUIREMENTS FOR TEACHING ACTIVITIES TO INCREASE THE

EFFECTIVENESS OF NATIONAL IDEOLOGY. In International journal of

conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 1, No. 1).

2. Mamatkulov, D. M. (2019). THE UNITY OF SPIRITUAL AND

EDUCATIONAL EDUCATION IN YOUTH. Scientific Bulletin of Namangan

State University, 1(9), 211-215.

3. Маматқулов, Д. М. (2018). Малака ошириш жараёнида тингловчиларда

шаклланган кўникма ва малакаларни баҳолаш механизмларини

такомиллаштириш масаласи. Современное образование (Узбекистан), (7),

3-10.

4. Mamatkulov, D. M. (2017). Issues of Improving Teaching Quality in the

Institutions Enhancing the Skills of Educational Workers through Modern

Requirements. Eastern European Scientific Journal, (5).

5. Маматқулов, Д. М. (2016). Семья в качестве идеологического

учреждения. Ученый XXI века, 30.

6. Маматкулов, Д. М. (2016). Проблема повышения эффективности

пропаганды национальной идеологии в учреждениях повышения

квалификации и переподготовки работников народного

образования. ГОСУДАРСТВО И ШКОЛА, 142.

7. Маматқулов, Д. М. (2016). «Миллий истиқлол ғояси ва маънавият

асослари» фанини мутахассис ўқитувчилар билан таъминлаш

муаммолари. Современное образование (Узбекистан), (11), 65-72.

8. Маматқулов, Д. М. (2015). Мафкура тушунчаси, унда ғоя ва

категорияларнинг тутган ўрни. Современное образование (Узбекистан),

(11), 3-9.

9. Маматкулов, Д. (2010). Сиёсий онг ва тарихий мафкура. Жамият ва

бошкарув.

10.Шукуров, Р. Э. (2020). NEGATIVE AND POSITIVE ASPECTS OF

PSYCHOLOGICAL DEFENSE MECHANISMS. Наука и мир, 2(8), 72-74.

11.Шукуров, Р. Э. (2020). ОНГСИЗЛИК ПСИХОЛОГИЯСИДА ҲИМОЯ

МЕХАНИЗМЛАРИНИНГ ЎРГАНИЛИШИ (ОЛИЙ ЎҚУВ

МУАССАСАЛАРИ ТАЛАБАЛАРИ МИСОЛИДА). Современное

образование (Узбекистан), (8 (93)), 38-44.

12.Eshonkulovich, S. R. (2019). TYPES OF RELIGIOUSNESS AS AN OBJECT

OF PSYCHOLOGICAL RESEARCH. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 7(8).

13.ШУКУРОВ, Р. Э. ШАХСНИНГ ИНДИВИДУАЛ ДИНДОРЛИК ТИПЛАРИ

ВА ПСИХОЛОГИК ҲИМОЯ МЕҲАНИЗМЛАРИНИНГ ЎЗАРО

БОҒЛИҚЛИГИ. PSIXOLOGIYA Учредители: Бухарский государственный

университет, (3), 116-124.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.