IJTIMOIY XAVF OSTIDAGI OILALAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLASH
Nazarova Dilnoza Oʻrazaliyevna
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Ismatova Umida Foziljon qizi
Zarmed universiteti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada oila bilan ishlash sogʻliqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyatini qamrab olgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida olib borilishi hamda oila muammolari bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy ishchi “shaxs va oilaviy muhit”ni asosiy obyekt sifatida e’tiborga olsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni haqida yoritilgan.
Kalit soʻzlar: shaxs va oilaviy muhit, ijtimoiy moslashuv, oila bilan ishlash shaklllari, psixologik yondashuv, mehnat faoliyati, huquqiy tizim.
Аннотация. В статье обсуждается, как осуществляется работа с семьями в различных областях социальной работы, включая здравоохранение, психическое здоровье, защиту детей, геронтологию, правовую систему и занятость, и как социальный работник, занимающийся семейными проблемами, рассматривает «индивидуальную и семейную среду» как основной объект, а также процесс оценки ситуации.
Ключевые слова: Индивидуально-семейная среда, социальная адаптация, формы работы с семьей, психологический подход, трудовая деятельность, правовая система.
Abstract. This article discusses the way in which family work is carried out in various areas of social work, including health care, mental health, child welfare, gerontology, the legal system, and labor activity, and the process of assessing the situation, although the social worker dealing with family problems considers the "individual and family environment" as the main object.
Key words: Individual and family environment, social adaptation, forms of work with the family, psychological approach, labor activity, legal system.
Bugungi kunda oila bilan ishlashning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud emas. Koʻpchilik uni oilaviy terapiyaga tenglashtiradi va hatto oilaning barcha yoki bir necha a’zolarini bir butun holda koʻrib chiqishni koʻzda tutadigan alohida usullar bilan cheklaydi. Biroq hiyla keng ma’noda oilalar bilan amaliy ish olib borish kelajak nuqtai nazaridan belgilanadi. Oila bilan ishlashni insoniy mavjudotga ularning yaqin va ancha keng muhiti bilan munosabatlari doirasida yondoshish, ularning yordamga boʻlgan ehtiyojlari nuqtai nazaridan koʻrib chiqish sifatida ifodalash mumkin. Bunday yondoshuv diqqat markaziga oilani qoʻyadi va uni “qiziqishning yagona predmeti” sifatida ta’kidlaydi. Bu aslo alohida inson nimagadir boʻysunishi kerak degani emas, bu hatto ijtimoiy ishchi butun oila bilan shugʻullanishi lozim degani ham emas. Bu insonni tushunish va unga shu insonning oʻzi bir boʻlagi boʻlgan yaqin insonlarining umumiy tizimi kontekstida yordam koʻrsatish mumkin, deganidir. Bunday tizimning eng muhimi, odatda, oila boʻladi.
Oila bilan ishlash faqatgina oila va uning a’zolari, oilaviy turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi muhitni o‘rganish bilan cheklanmaydi. U nafaqat oddiy odamlar uchun, balki oila mansub bo‘lgan yirik ijtimoiy kuch va tizimlar uchun ham ahamiyatli boʻlgan odam, oila va yaqinlarining o‘zaro munosabati birmuncha muhim ekanligini koʻzda tutadi. Shuning uchun u umumiy xarakter kasb etadi. Oila bilan ishlovchi mutaxassis ko‘p vazifalarni bajarishi va turli darajadagi tizimlar bilan ishlashi mumkin. Oila bilan ishlash sogʻliqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyatini qamrab olgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida olib borilishi mumkin. Oila muammolari bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy ishchi “shaxs va oilaviy muhit” ni asosiy ob’ekt sifatida e’tiborga olsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni va aralashuvda birinchi oʻrinda oila yoki mijozning ijtimoiy muhitini inobatga oladi. Har qanday oilada tarixiy, tuzilmaviy, ekologik, kommunikativ va hatto afsonaviy jarayonlar bir vaqtning oʻzida sodir boʻladi. Ijtimoiy ishchilar ba’zi mezonlarga asoslangancha ushbu holatda qaysi aspektlarga e’tibor qaratish lozimligini va oila bilan ishlash jarayonida bir aspektdan boshqasiga urgʻu berishni qachon koʻchirishni tanlashlari mumkin. Biroq ijtimoiy ishchi muntazam ravishda oʻz ishining sifati va izchilligini kuzatib borishi zarur.
Oila bilan ekologik ishning asosiy maqsadi oila va uning muhiti orasidagi munosabatda oʻzgarish hosil qilish, ya’ni oila a’zolari oʻz hayotlarining asosiy sohalari ustidan nazorat va katta hukmronlikka ega boʻlishlari hisoblanadi. Masalan, ba’zi yomon uyushgan oila koʻpincha xuddi shunday – yomon uyushgan borliq va vaqtda yashaydilar. Mutaxassis oila va uning muhiti orasida turgʻun oʻzaro munosabat mavjudligini aniqlab, oilaga uning atrofidagi tizimga quyidagi tarzda ta’sir koʻrsatishda yordamlashishi mumkin: - noteng yoki javobsiz munosabatni oshkor etib; xizmatlar toʻgʻrisidagi muzokaralarni olib borib; - boshqa odamlar va ijtimoiy muhit bilan potensial tarzda murosa qilmaydigan zaif yoki noteng aloqalarni mustahkamlab; - oilaga uni oʻrab turgan jamiyat va odamlarning afzalliklaridan foydalanishda yordam berib, masalan, vaqt va imkoniyatni rejalashtirish; - oila va oiladagi kelishuvni muayyan oilaviy tamoyillar asosida mustahkamlash. Oʻrganishda yana bir muhim yoʻnalish oilada saqlangan avlodlar orasidagi aloqalar tizimi hisoblanadi. Inson va uning bugungi kundagi oilasiga koʻp hollarda shu aloqalar ta’sir koʻrsatishidan kelib chiqilsa, bu ta’sirlarni oʻrganish oilaning bugungi holati va hayotidagi muammolar sababini yuzaga chiqaradi. Keyin avlodlar orasidagi aloqalar va ularning imkoniyatlari oilada ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga safarbar etilishi mumkin.
Avlodlar orasidagi aloqalar toʻgʻrisidagi axborot genogramma orqali oʻrganilishi maqsadga muvofiqdir. U oilaning bor tarixi, qondoshlik aloqalari aks etgan oilaviy xarita hisoblanadi. Xarita mukammal tuzilganda, u boʻyicha oila hayotidagi barcha asosiy hodisalarni kuzatish imkonini beradi. Genogramma turli avlodlarning e’tiqodlari va qarashlari, hayotiy tamoyillari va oilaning atrof olamga qarashi tizimini aks ettiruvchi soʻrovnoma usuli bilan yaratiladi va kengaytiriladi. Etnografik tadqiqotlar usuliga oʻxshab soʻrovnoma usuli oila a’zolarini oʻzlari va oʻz olamlarini anglashlarida yordamlashuvchi oilaviy madaniyatni bilish va qoʻllab-quvvatlashga undashi lozim. Bunday soʻrovnomalar ushbu oilada ustuvor va hatto faqat bu oilaga tushunarli boʻlgan muloqotning oʻziga xos tili hisoblanuvchi oilaviy afsonalar, rivoyatlar, tamoyillar, ba’zi ramziy harakatlar, shuningdek, fikrlash tarzi va e’tiqodlarni diqqat bilan tadqiq etish imkonini berishi mumkin (Dj.Leard, 1984).
Garchi tadqiqotning bu aspektlari har qanday oila uchun foydali boʻlsa-da, ular ijtimoiy ishchi uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki bu tadqiqotlar orqali hayotiy pozitsiyalar, har bir oilada deyarli turlicha boʻlgan qadriyatlar tizimi toʻgʻrisida koʻproq ma’lumotga ega boʻlish mumkin. Er-xotin juftligi, oilalar yoki odamlarning bir butun guruhi bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar ularga tadqiqotchi, ba’zida esa oʻz shaxsiy oilalari genealogiyasining eksperti boʻlishlariga yordamlashadilar. Oilalar afsonalar, rivoyatlar, oʻz oilasining sirlarini oʻrganadilar, tarixiy xatolarni fosh etadilar va h.k. Bu turdagi tadqiqotlar natijasida mijozlar oila ichidagi mavjud munosabatlarni qanday oʻzgartirish mumkinligini belgilaydilar. Ijtimoiy ishchi mijozlarga axloqning turli imkoniyatlarini oʻrganishda yordamlashadi, oila a’zolari bilan munosabatni oʻzgartirishning turli strategiyalarini taklif qiladi, qoʻllab-quvvatlashni ta’minlaydi va natijasini kuzatishga koʻmaklashadi. «Ekoxarita» – Attenev (Atteneave, 1976) va Xartmanlar (Hartman, 1979) tomonlaridan taklif etilgan texnika. Uning maqsadi – oilani sxematik tasvirlash va uning ehtiyojlarini hamda boshqa oilalar, ijtimoiy tashkilotlar va institutlar bilan aloqalarini oʻrganish. Ekoxaritani tuzish uchun mijozlar atrofida haqiqatda oilaviy muammolarni hal qilishda yordam koʻrsatishlari mumkin boʻlgan, ammo oila turli sabablarga koʻra ularga murojaat etmagan insonlar (qarindoshlari, qoʻshnilari, hamkasblari) borligini aniqlab olish kerak.
Bu oilaga yordam koʻrsatuvchi mutaxassislar – oʻqituvchilar, ijtimoiy xodimlar, shifokorlarga ham taalluqli – ular odatda bir-birlariga ishora qiladilar, ammo hech qachon uchrashmaydilar. Oilaning tashqi dunyo bilan munosabatlari xaritasini tuzishda mijozlar uchun hissiy muhim, shu jumladan, hozirda yonlarida boʻlmagan insonlar aniqlanadi. Mijozlarda bu emotsional qiyinchiliklar tugʻdirsa va «ahamiyatli boshqalar» roʻyxatini tuzishdan koʻra ancha ahamiyatli boshqa narsadan iborat boʻlsa ham oila a’zolari oʻrtasidagi munosabatlar oʻrganilishi mumkin. Agar oila a’zolari ijtimoiy ishchi ularning munosabatlari murakkabligi va chalkashligini tushunayotganligini anglab etsalar, ular oʻz hayotlari toʻgʻrisidagi koʻngillaridagi fikrlarini unga bajonidil aytib beradilar. Oilaning ekoxaritasini tuzar ekan ijtimoiy ishchi u bilan birlashadi, uning a’zosi boʻlib qoladi, goʻyo oila bilan bir umumiy loyiha ustida ishlaydi. Alohida e’tiborni talab qiluvchi yana bir yoʻnalish oila tizimining zamonaviy holati hisoblanadi.
Mijozning muammosini aniqlash, ularni yechish lozim boʻlgan muddatlarni belgilash uchun ijtimoiy ishchining tajribasi va nazariy bilimlari bilan bir qatorda, oilaning ehtiyoji, tajribasi, madaniy darajasi, qanday sinfga mansubligi, ijtimoiy xizmatlar bilan aloqasi, oilaning tuzilmasini inobatga olish zarur. Oiladagi oʻzgarishlar zaruriy hisoblanadi, agar: - oila yomon uyushgan; - oila va atrof olam yoki oila a’zolari, turli avlod, turli jins vakillari orasida kerak boʻlmagan yoki notoʻgʻri chegaralar mavjud; - oilada ierarxiyaning parchalanishi kuzatilsa; - noan’anaviy uchburchak yoki ittifoq yaratilgan, masalan, agar bola er-xotinlik tizimida kattalardan birining oʻrnini bosayotgan boʻlsa. Odatda, oila va er-xotin juftligi muammosiga yechim topishda, oiladagi oʻzaro munosabat va muloqotga alohida e’tibor qaratish orqali yordam berish mumkin. Qat’iy tartibli yoki oila a’zolaridan biri ekstremal, shafqatsiz axloqli boʻlgan oiladagi vaziyatni oʻzgartirish uchun murakkab yondoshuvlar zarur. Oila tizimi uning tuzilmaviy, tashkiliy va kommunikativ tomonlarini kuzatish va boshqa usullar yordamida baholanadi. Oʻz faoliyatining asosiy sohasi oila deb hisoblovchi ijtimoiy ishchilar mijozlar bilan muloqotda oilaviy aloqalarning stereotipiga ta’sir koʻrsatishga xarakat qilar ekanlar, mijozlar bilan rasmiy uchrashuvlarda va uyga tashrif buyurishda ham faol va insoniy boʻlishga intiladilar. Ijtimoiy ishchining muammoga yangicha yondoshuvi oilani tashvishga soluvchi holatga oila a’zolari tomonidan boshqa jihatdan yondashishiga undaydi.
Oila a’zolari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish natijasida oiladagi munosabatlar toʻgʻrisidagi mavjud tasavvurlarni shubha ostiga qoʻyishi mumkin boʻlgan yangi axborot aniqlanadi. Doiraviy yoki tizimlashtirilgan soʻrovnoma texnikasi yuzaga kelgan muammolarga munosabatni oʻzgartirishga yordamlashadi. Agar dastlab muammoni anglash bir odamning simptomlariga asoslangan boʻlsa, bunday soʻrovnomadan keyin oila a’zolarining bir birlariga munosabati va muloqot kabi aspektlar inobatga olinadi, shuningdek, oilada kelishuvga erishishga yordamlashuvchi yoʻllar aniqlanadi. Muammo oilaviy oʻzaro munosabatlarning murakkab tizimi sifatida ifodalanadi. So‘rovnomalar oila ichida oʻzaro munosabatlarni oʻrganishni oʻz ichiga oladi va kelgusida muammoga hamda oila amal qilgan qoidalarni oʻzgartirishga olib keladi. Ijtimoiy ishchi, masalan, oila a’zolariga ushbu oilaning oʻziga xosligidan foydalangancha ularning hayotlaridan ba’zi sahnalarni oʻynashni taklif qiladi va shu bilan mijozlar shaxsiy tajribalarida oʻz oilalarining hissiy muhitini oʻrganadilar.
Oʻzaro munosabatlar tizimini oʻrganish doiraviy soʻrovnomaga javobda ham namoyon boʻladi. Ijtimoiy ishchi oʻz mijozlaridan muayyan vazifani mashgʻulot vaqtida bajarishni iltimos qilishlari yoki bu vazifani uyga topshiriq qilib berishlari mumkin. Bu usul, odatda, oilaning tuzilmasi va tashkillashuvini oʻzgartirish uchun qoʻllanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. “Bolalar va yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ta’minoti” oʻquv – uslubiy majmua. Namangan-2024 2. Bolalarni himoya qilish. Parlament a’zolari uchun qo‘llanma. T.: YUNISEF, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006 3. Bola huquqlari monitoringi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma Mas’ul muharrir A.X.Saidov. –T.: Inson huquqlari bo‘yiyaa O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2011. 4. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga sharhlar» / Mas’ul muharrir A.X.Saidov – Toshkent: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2008 – 135 b.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.