ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ILK O’RGANUVCHILARDA (MAKTABGACHA VA 1-4-SINFLAR)DA INGILZ TILINI TEZ VA OSON O’RGANISH MEDODIKASI USULLARINI KO’RIB CHIQISH

초록

Ushbu maqolada ilk o’rganuvchilarda ingliz tilini o’rganuvchilar uchun medodikaviy sullari.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

KO’RIB CHIQISH

Abdunabiyeva Nozima

Termiz davlat universiteti filiologiya tillarni o’qitish: ingliz tili fakulteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ilk o’rganuvchilarda ingliz tilini o’rganuvchilar uchun medodikaviy sullari.

KALIT SO’ZLAR

Medodikalar , topishmoqlar, maqollar, turli xil qo’shiqlar , o’yinlar , ko’rgazmali qurollar.

KIRISH

Bilamizki, bolalar qiziquvchan, shu sababli kichik yoshidagi bolalarga chet tilini o'qitishda asosan o'yin , rasmlar , qo'shiq va she'rlardan , multfillardan foydalanish samarali usul hisoblanadi . Chunki ulardagi asosiy tushuncha miyasida rasmli holda tasvirlanadi . Bu esa o'z navbatida bizdan barcha o'rgatiladigan narsalarni shunga ko'ra tasvirlashni talab etadi . Maktabgacha ta'limda hamda boshlangʻich sinflarda taʼlim olayotgan bolalarning psixikasi qizqish va yoqtirish kategoriyasiga asoslangan . Yosh bolalar tabiatan yorqin va chiroyli narsalarga juda ham qiziqishadi va ko'p e'tibor berishadi. Shuning uchun ustoz va murabbiylar koʻproq oʻyin metodlaridan foydalanishi samarali usul hisoblanadi. Biz yashayotgan hozirgi zamonaviy hayotimizda nafaqat maktab, litsey, kollej o'quvchilari va oliy o'quv yurtlari talabalariga, balki maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va turli sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tilini, xususan, ingliz tilini o'rgatish yo'lga qo'yilgan. Sababi iqtisodiy, fan va madaniy jihatdan rivojlangan davlatlarning tillarini o'rganish jahon ilm- fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh omilidir.

CHET TILLARNI O‘RGANISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-

TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Qayd etib o‘tilsinki, mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5 — 9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab: respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi; Ingilis tilini keng miqyosda o’rganish tobora jadallashib borilayotganini yuqoridagi qaror orqali ham ko’rishimiz mumkun. Chet tillar o‘qitish metodikasining atoqli namoyandalaridan Garvard universiteti professori Uilga M. Rivers fikricha, savodli bo‘lish — o‘qish va yozuvni bilish, degan ma’noni anglatadi.[1 Wilga M. Rivers. Teaching Foreign-Language Skills. 2nd ed. — Chicago and London: The University of Chicago Press, 1981, p].Til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liqdir. Olimlar va psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtiradilar. Shuni e'tiborga olish kerakki, 6– 7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'rgatishni grammatik mavzulani oʻrganishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o'rgatishning dastlabki bosqichdayoq qiziqishini so'ndirib qo'yish mumkin.Shunday ekan,kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli vazifa hisoblanadi.Kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: - harakatlar, amaliy mashgʻulotlar masalan:turli xil oziq-ovqatlarni va mevalarni tatib koʻrish, hidlab koʻrish. Bu oʻyin orqali bolajonlardan inglizcha maʼlumotlar berishini soʻrash lozim. Murabbiylar banan mevasini tatib koʻrish jarayonida uning rangi sariq (yellow), ta'mi shirin (tasty), shakli uzunchoq (oblong) hidi xushboʻy (fragrant) kabi maʼlumotlarni soʻraydi hamda bu usul esda qolish uchun samarali usul hisoblanadi. Ilk tilni o’rganyotganlarga biz quyidagilar o’rqali tilni yanada soddaroq tushuntira olishimiz mumkun: - qo'g'irchoq teatri sahnalari; - tasvirlar; doskadagi chizmalari; - ko'rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali; - imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; - multfilmlar tomosha qilish ; Bolalar inglizcha multfilmlarni toʻliq tushunmasliklari mumkin. Ammo qiziqarli multfilm qahramonlari nomlari, ular ishlatadigan jumlalar tezda yodida qoladi. Chunki bolalar qiziquvchan va taqlidga moyil boʻlishadi; - topishmoqlar; Bolalar topishmoqlarning javobini topishga qiziqishadi. Shuning uchun o'qituvchi topishmoqni ingliz yoki o'zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so'zlarni tez o'rganishadi; - ob'ektlarga ishora qilish; Bu jarayonda oʻqituvchi xonadagi buyumlardan foydalangan holda savollar beriladi. What is it? (Bu nima?) This is a apple ( Bu olma), This is a table (Bu stol) doskaga qarang(look at the blackboard) kabi gaplarda imo- ishoralardan foydalansa bolaga tushunarli bo'ladi ; - ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish. Masalan:eshik(door), kitob(book), stol(table), doska(blackboard), oyna(window) va shu kabilarga yozish. Bunday narsa-buyumlar doimo ko'zga tushib turishi va amliyotda ko'p qo'llanishi bois, bola bu so'zlarni ixtiyorsiz tarzda o'rganadi Til o'rganish ham yosh davrlariga bog'liq. Psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtiradilar. Bolalarda til o'rganishga bo'lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko'pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e'tiborga olish kerakki, 6–7 yoshli bolalar ma'lumotlar ma'nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Tez yodda qolish uchun qo’shiq, she’rlar, rol ijro etish amalda o’yinlar orqali o’rgatish. - qo'shiq va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin. - aqliy va jismoniy harakatlar bilan bo'g'liq bo'lgan o'yinlar; - rol ijro etish(role play) o'qituvchi biror ma'lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o'rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol uchun: bir o'quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini ko'rsatib bersa, boshqa bir o'quvchi bu tovushlar qaysi hayvon ekanligini ko'rsatish mumkin. - mavzuga oid muhit; O'qituvchi mavzusiga qarab o'sha muhitni yaratib bera olsa, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar. Traveling (sayohat) mavzusida o'qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish (Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma'lumot beradi. Bu hol o'quvchilarning so'z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o'stiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 30 - sentabrdagi " Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida " gi PQ - 3955 - sonli qarori . 2. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 8 - maydagi " O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'riida " gi PQ - 4312 - sonli qarorI 3. John Adams ‖ Analysis of retirement age in different countries of the world.London 2017. 4 ―Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to‘g‘risida (PQ-1875- son)‖Xalq so‘zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr. 5. J. Jalolov . ―ingliz tilini o‘qitish metodlari‖ ―O‘qituvchi‖ nashiryoti Toshkent To‘Xtasinova, N. R. Q., & Soibjonova, M. T. O. Q. (2022). TAGMA’NO VA

PRESUPPOZITSIYA HODISASINING PRAGMATIK TADQIQI (Abdulla Qahhor asarlari

misolida). Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(4), 141-146

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.