ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

초록

Ushbu maqolada Imom al-Buxoriyning ilm olishga oid hadislar, ularni insonlar hayotida tutgan o’rni, yoshlar ma’naviyatini shaklllantirishda ularning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati keng yoritilib berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Imom Buxoriyning ilm olishga oid hadislari haqida

About Imam Bukhari’s hadiths about learning

О хадисах Имама Бухари об обучении

Imam Buhari’nin ilim ile ilgili hadisleri hakkinda

Ilmiy rahbar:X.U.Samatov

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Samarqand filiali talabalari

Davranov Mirziyod Jalolliddin O’g’li

Abdurashidova Mohinur O’tkir qizi

Telefon raqami :+998997499079

Pochta manzili: mohinurabdurashidova58@gmail.com

Pochta manzili: ddddmirziyod@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqolada Imom al-Buxoriyning ilm olishga oid hadislar, ularni insonlar hayotida tutgan o’rni, yoshlar ma’naviyatini shaklllantirishda ularning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati keng yoritilib berilgan.

Kalit so’zlar:Din,Qur’oni karim,Alloh taolo,hadis,ilm,iymon.

Bugungi kunda yurtimiz allomalarining me’rosiga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib bormoqda. Ma’lumki xalqimiz azaldan butun dunyo svilizatsiya va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shib keladi. Buyuk alloma va mutafakkirlarimizning yutuqlari haqida so’z yuritar ekanmiz eng avvalo ularning tarixiga nazar tashlashamiz lozimdir.

Albatta jahonda hech bir din ilm olishni ibodat darajasiga ko’targan yoki talabi ilmning har bir erkak va ayol uchun farz qilgan emas. Ulamolar qonini shahidlar qoniga tenglashtirgan emas. Islom esa aynan shu ishlarni qildi.

Alloh Taolo ilm izlashni va o’rganishni barcha bandalariga buyurgan. Alloh o’z kalomi Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “…Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja (martaba)larga ko’tarur, Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir”.

Buyuk mutafakkir allomalarimizning jahon svilizatsiyasiga qo’shgan o’rni haqida so’z yuritar ekanmiz eng avvalo musulmon olamida Muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan buyuk bobomiz imom al-Buhoriy nomlarini hurmat ila tilga olamiz.

Bu muborak imomni to’liq ismlari Abu Abdulloh ibn abdul Hasan Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’iyra ibn Bardizba Jo’fiy al-Buxoriy hijriy 109 va milodiy 809 yilning shavvol oyiga o’n uch kun qolganda juma kunida Xartang qishlog‘ida dunyoga kelganlar. Islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham e’tirof etilganlar.16 yoshlarida onalari va akalari bilan haj safariga boradilar va o’sha yerda qolib ketadilar.Imom Buhoriy juda parhezkor va Rasulullohning hadislarini ulug’laydigan zot edilar. Barcha hadislarni tahorat va poklik holidagina rivoyat qilganlar.Imom Buxoriy umrlari bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullanganlar, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Imom Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plaganlar, shundan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadisni yoddan bilganlar.Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning «AlJomi’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir.shuningdek «Al-Jomi’ al-kabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq af’ol al-ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «Al-Musnad al-kabiyr» («Katta tayanch»), «At-tafsir al-kabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson haqida kitob») va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan.Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasalarda payg‘ambarimiz sollolohu alayhi vasallamning sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik sifatida qo‘llanma hisoblanadi1.

Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy juda koʻp ilmiy sayohatlar uyushtirgan. U Balxda – Makkiy ibn Ibrohimdan hadis tinglaydi. U Muhammad ibn Ismoil alBuxoriyning katta ustozlaridan birinchisi hisoblanadi. Marvda – Abdon ibn Usmon, Ali ibn al-Hasan ibn Shaqiq va Sadaqa ibn al-Fazldan, Nishopurda – Yahyo ibn Yahyodan, Rayda – Ibrohim ibn Musodan, Bagʻdodda – Muhammad ibn Iso ibn al-Tobbaʼ, Surayj ibn an-Nuʼmon, Muhammad ibn Sobiq va Affondan, Basrada – Abu Osim an-Nubayl, al-Ansoriy, Abdurrahmon ibn Hammod ash-Shuʼusiy, Muhammad ibn Arʼara, Hajjoj 1 https://hidoya.uz/uz/news/448 ibn Minhol, Badl ibn Muhabbir va Abdulloh ibn Rajoadan, Kufada – Abdulloh ibn Muso, Abu Nuʼaym, Xolid ibn Maxlad, Tolq ibn Gʻannom va Xolid ibn Yazid alMuqriydan, Makkada – Abu Abdurrahmon al-Mukriy, Xallod ibn Yahyo, Hasson ibn Hasson al-Basriy, Abul Valid Ahmad ibn Muhammad al-Avzoʼiy va al-Humaydiydan, Madinada – Abdulaziz al-Uvaysiy, Ayyub ibn Sulaymon ibn Bilol va Ismoil ibn Abu Uvaysdan, Misrda – Saʼid ibn Abu Maryam, Ahmad ibn Ishkob, Abdulloh ibn Yusuf va Asbagʻadan, Shomda – Abul Yaman, Odam ibn Abu Iyos, Ali ibn Ayyosh, Bashr ibn Shuaʼyb, Abul Mugʻiyra Abdulquddus, Ahmad ibn Xolid al-Vahbiy, Muhammad ibn Yusuf al-Firyobiy, Abu Musʼhir va yana juda koʻpgina ilm ahlidan hadis tinglagan va taʼlim olgan.

Zahabiyning taʼkidlashicha, “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tahsilini tamomlab kitob yozishga va hadis rivoyat qilishga boshlagan paytida hali yuzida bir tuk chiqmagan oʻspirin edi”2. Faqat kitob yozishga kirishishi hadis talabini soʻngiga yetganini bildirmaydi. “Kishi oʻzidan katta boʻlganlardan, tengdoshlaridan va oʻzidan kichik boʻlganlardan ilm olmaguncha kamolga erishmaydi”, degan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 1080 ta kishidan hadis tinglab, ilm oʻrgangan.3

Ilm – Abadiy Dasturning sobit yo‘nalishidir. “Ilm” o‘zagi va undan yasalgan so‘zlarni hisoblash jarayonida men lol qoldim: ular 779 marta kelgan edi, Qur’on suralaridan salkam yetti marotaba ko‘p edi! Men faqat “ilm” so‘zi va undan yasalgan so‘zlarni hisobladim, bunga ma’nosi yaqin so‘zlar ko‘p. Payg‘ambar sunnatida kelgan “ilm” so‘zini sanab adog‘iga yetish mushkul. Ilm so‘zi “Sahihul Buxoriy”da 300 martadan ko‘p kelgan. Vaholanki, bu asar hajmi uncha katta emas, boshqa kitoblar undan bir necha barobar ko‘p hadislarni o‘z ichiga oladi.

Quyida Imom Buxoriy kitoblaridan olingan ilmning fazilati to`g`risidagi hadislaridan keltirib o`tamiz. Alloh taolo Qur`oni karimda:” Alloh taolo sizlarning orangizdagi imon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug` qilg`aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir”,-deyilgan. Yana boshqa oyati karimasida esa: ”Yo Rabbiy, ilmimni ziyoda qilg`aysen, deb ayt!”-deyilgan. 2 Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyaru Aʼlami an-Nubalai. Bayrut. Muassasatu ar-Risalati. 1412 h.y./1992 m.y. 12-juz. B. 399. 3 Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Sahih Buxoriy. Bayrut-Livan. Darul Qalam. 1407h.y./1987m.y. 1-jild. B. 22.

Rasullulloh sollallohu alayhi vassallam aytganlar: “Alloh taolo menga yuborgan hidoyat singari ilm ham ko`p yog`gan yomg`irga o`xshaydi. Ba`zi yer sof, unumdor bo`lib, yomg`irni o`ziga singdiradi-da, har-xil o`simliklar va ko`katlarni o`stiradi va ba`zi yer qurg`oq qattiq bo`lib, suvni emmasdan, o`ziga to`playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi. Odamlar suvdan ichadi, hayvonlarni va ekinlarni sug`oradi. Ba`zi yer esa, tekis bo`lib suvni o`zida tutib qolmaydi, ko`katni ham ko`kartirmaydi. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o`rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi. Va Alloh buyurgan hidoyatni o`zi o`rganib, o`zgalarga ham o`rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o`rganib, odamlarga ham o`rgatadi. Ammo o`zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o`zi ham o`rganmaydi, o`zgalarga ham o`rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo`min, ikkinchisi fosiq va uchinchisi kofirdir”.4 “Dunyo va undagi narsalar la’natlangandir, faqat Allohning zikri, unga oshno bo‘lish, ilm o‘rgatish, ilm o‘rganish yaxshidir”. Ilmsiz hayot mazmunsizdir. Ilm yo‘qolishi qiyomat yaqinlashganidan belgidir. Shu haqda Buxoriy va Muslim rivoyatida Payg‘ambar alayhissalom deydilar: “Ilmning ko‘tarilib ketishi, johillik tarqalishi, mast qiluvchi ichimliklar ichilishi, zino avj olishi – qiyomat alomatlaridandir”. Ilm ko‘tarilishi qalblardan o‘chib ketish bilan bo‘lmaydi, balki ulamolar o‘lishi bilan bo‘ladi. Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vassallam shunday deganlarini eshitdim: “Alloh ilmni bandalardan tortib olmaydi, lekin olimlarni olish bilan oladi. Olim qolmagandan keyin odamlar ilmsiz, johil kimsalarni boshliq qilib oladilar. Ulardan savol so‘raganlarida, ilmsizlar fatvo berib o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham adashtiradilar” (Buxoriy, Muslim rivoyati).5

Rivoyat qilishlaricha, Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad Zuhaliy Imom Buxoriyga odam yuborib, saroyga kelib, amir va amaldorlarning farzandlariga dars berishni taklif qiladi. Buxoriy bundan bosh tortadi. Xolid yana elchi yuborib, kitoblari bilan tezda amir huzuriga kelishini buyuradi. Buxoriy esa: “Ilm izlab bormaydi, ilmni izlab keladilar”, deb javob beradi. Shu ma’noda bundan buyon yurtimizga nafaqat sayohat qilish, balki ilm o‘rganish maqsadida tashrif buyuruvchilar soni yanada ortishi shubhasiz. 6 4 https://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/1079/933 5 contest.yandex.ru/contest/47997/enter/?nc=7l0jv7wU 6 https://zarnews.uz/uz/post/ilm-izlab-bormaydi-ilmni-izlab-keladilar

Buxoriy 600 ming hadisni tadqiq etib, “Ilmdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmaydi ham” degan xulosaga kelgan. Uni biz shu vaqtgacha muhaddis, deb bilardik. Lekin Buxoriy katta muarrix, buyuk mufassir ham edi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida shu kabi qimmatli ma’lumotlarni chuqur o‘rganishga katta e’tibor qaratiladi. Jumladan, Qur’oni karim oyatlarini qiroat bilan o‘qish, to‘g‘ri talaffuz etish, arab imlosida yozish – kalligrafiya bo‘yicha mamlakatning yetakchi olimlari darslarini yo‘lga qo‘yishdan tashqari, xorijlik tadqiqotchilar uchun malaka oshirishlar tashkil etiladi. Markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarning ilmiy merosini o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plash, ularni xalqimiz hamda jahon jamoatchiligiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi. Buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulug‘ faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining mutafakkirlari Abu Mansur Al-Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlarimiz boy merosini o‘rganish va ilmning shu sohalari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.7

Xulosa qilib aytganda, Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida paygʻambar (a.s) sunnatlari boʻyicha asosiy darslik, qoʻllanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Imom Buxoriyning ilmiy jasoratlarini va shuhratlari u kishining asarlari va hadis ilmiga qoʻshgan buyuk hissalari barchani ilm yoʻliga kirishga va sobit qolishga undaydi: Vaholanki, Paygʻambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam oʻz muborak hadislarida shunday marhamat qiladilar: “Mening soʻzimni eshitib, uni anglab, yod olib, soʻng uni boshqalarga oʻzi eshitgandek yetkazgan kishini Alloh yorlaqasin, yuzini yorugʻ qilsin” Alloh taolo vaʼdalarga xilof qilguvchi zot emas, shu sababli ushbu hadisning himoyasi ila bu muborak ishning boshida turgan Hazrat imom Buxoriy va yozgan ulkan ilmiy meroslarini hamda bu manbalarni bizga yetkazganlarni ulkan ajrlar bulogʻiga burkab siylasin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. https://hidoya.uz/uz/news/448 7 https://zarnews.uz/uz/post/ilm-izlab-bormaydi-ilmni-izlab-keladilar

2. Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyaru Aʼlami an-Nubalai. Bayrut. Muassasatu ar-Risalati. 1412 h.y./1992 m.y. 12-juz. B. 399.

3. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Sahih Buxoriy. Bayrut-Livan. Darul Qalam. 1407h.y./1987m.y. 1-jild. B. 22.

4. https://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/1079/933

5. contest.yandex.ru/contest/47997/enter/?nc=7l0jv7wU

6. https://zarnews.uz/uz/post/ilm-izlab-bormaydi-ilmni-izlab-keladilar.

7. https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/107-hadisi-sharif

8. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning „Al-Jomi’- asSahih“ kitobidan hadis namunalari (Wayback Machine saytida 29-may 2012-yil sanasida arxivlangan)

9. https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.cieuz.al_jome_as_sahih &hl=uz

10. https://kitobxon.com/oz/kitob/imom_al_buhoriy_muhaddislar_sultoni

11. https://www.bukhari.uz/?p=25469&lang=oz

12. Samatov K. Issues Naqshbandi teaching peace and harmony in society //Theoretical & Applied Science. – 2016. – №. 2. – С. 175-179.

13. Samatov, Khurshid. "Issues Naqshbandi teaching peace and harmony in society." Theoretical & Applied Science 2 (2016): 175-179.

14. Samatov, K. (2016). Issues Naqshbandi teaching peace and harmony in society. Theoretical & Applied Science, (2), 175-179.

15. Ulmasjonovich K. S. Mystical and philosophical foundations of human interaction. – 2021.

16. Ulmasjonovich, Khurshid Samatov. "Mystical and philosophical foundations of human interaction." (2021).

17. Ulmasjonovich, K. S. (2021). Mystical and philosophical foundations of human interaction.

18. Ulmasjonovich K. S. Mystical and philosophical foundations of human interaction (based on the teachings of makhdumi Azami Kasani) //European Scholar Journal. – 2021. – Т. 2. – №. 11. – С. 45-48.

19. Ulmasjonovich, Khurshid Samatov. "Mystical and philosophical foundations of human interaction (based on the teachings of makhdumi Azami Kasani)." European Scholar Journal 2.11 (2021): 45-48.

20. Ulmasjonovich, K. S. (2021). Mystical and philosophical foundations of human interaction (based on the teachings of makhdumi Azami Kasani). European Scholar Journal, 2(11), 45-48.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.