XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
INDAU (ERUCA SATIVA MILL.)NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Eshdavlatova Dilfuza Bekmurodovna
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
Farmakologiya va klinik farmakologiya” kafedrasi assistenti
Termiz shahri, O‘zbekiston Annotatsiya.Ushbu tezisda indau o‘simligining morfobiologik xususiyatlari va dorivorlik xususiyatlari keltirilgan bo‘lib, indau o‘simligining hozirgi kunda dunyo miqyosida foydalanilib kelinayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Eruca sativa Mill., antioksidantlar, vitaminlar, karotin, flavanoidlar, retinol, gemisellyuloza, sellyuloza lignin. Аннотация. В этом тезисе излагаются морфобиологические свойства и лечебные свойства растения индау, а также приводится информация о том, что растение индау в настоящее время используется во всем мире. Ключевые слова. Eruca Sativa Mill., антиоксиданты, витамины, каротин, флаваноиды, ретинол, гемицеллюлоза, лигнин целлюлозы. Annotation. This thesis cited the morphobiological properties and medicinal properties of the indau plant, and provided data on the current worldwide use of the indau plant. Keywords. Eruca sativa Mill., antioxidants, vitamins, carotene, flavanoids, retinol, hemicellulose, cellulose lignin. Kirish. Indau (Eruca sativa Mill.) – Karamguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlikdir. Eruca sativa Mill. haqidagi dastlabki ma'lumot birinchi marta 1753-yilda Brassica vesicaria nomi bilan Karl Linney tomonidan Plantarum turlari, 2-jild, 668-betida keltirilgan. Shundan keyin Eruca avlodi nomi 1754 yilda Filipp Miller tomonidan The Gardeners Dictionary..., 4-nashr, 1-jildida nashr etilgan. Eruca avlodining tavsifi 1802 yilda Antonio Jose Kavanilles tomonidan “descripción de las Plantas” asarida keltirilgan. Oʻsimlikning binar nomidagi lotincha sativa sifatdoshi satumdan olingan boʻlib, sero fe’lining sinonimi boʻlib, “ekmoq” ma’nosini bildiradi. Bu esa indauning urugʻlari bogʻlarga ekilganligidan dalolat beradi. Ba’zi botaniklar uni Eruca vesicarianing kenja turi deb hisoblashadi. Yana boshqalar esa bu ikkisini farqlay olmaydilar. Hozirgi zamon qarashlariga koʻra indau: Eukariotlar olami, Oʻsimliklar dunyosi, Gulli oʻsimliklar boʻlimi, Ikki pallalilar sinfi, Karamdoshlar oilasi, Indau Sabzavotlar tarkibi jihatidan provitamin A–karotinga boyligi bilan inson hayotida muhim oʻrin tutadi. Karotin inson va hayvon organizmida retinolga aylanib turli kasalliklarga chalinishining oldini olishda yordam beradi . Indauning kimyoviy tarkibi juda boy. 100 g yangi bargida 60-120 mg% S vitamini, 50 mg B9 va 1,8 mg A vitamini, 8 mkg/kg yod, 40 mg magniy, 80 mg kalsiy, 220 mg
“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
kaliy, 0,5-0,6 mg temir, mineral va dubil moddalar, flavonoidlar – glyukozidlar, kempferol, kversetin, izoramnetin kabi moddalar mavjud . Barglarida 100 g hoʻl massasida 363 mg K, 5 mg Na, 47 mg Sa, 18 mg Mg, 0,5 mg Fe, 0,4 Mn, 0,04 mg Cu, 0,33 mg Zn mavjud . Esiok D. va b.q. (2010) ma'lumotlariga koʻra barglarida quyidagi moddalar uchraydi (mg/g): 2,41-N, 0,48-P, 5,48-K, 0,81-Ca, 0,62-Mg, 0,63-Na; (mg/kg): 114,12-Fe, 7,70- Cu, 43,58-Zn, 46,86-Mn . M.A. Levinskiy, V.N. Sichev, O.B. Signalov va boshqalar (2001) ma'lumotlariga koʻra indau bargi tarkibida 146,5 mg% askorbin kislotasi mavjud boʻlib, bu boshqa karamdoshlar oilasiga kiruvchi ekinlarga nisbatan juda yuqori hisoblanadi. Uning tarkibida bundan tashqari 11,9 % quruq moddalar, 212,3 mg% nitratlar mavjud . Urugʻlari moyga boy (26-34%) kampesterin, brassikasterin, xolesterin kabi steroidlarga boy. Ularning tarkibida antioksidant aktivligiga ega boʻlgan glyukoerusin, izotiosianat tioglyukozidlari va alkaloidlar mavjud . Urugʻining tarkibida 26-34% gacha moy boʻlib, unda eruka kislotasi 20-44%, linol kislotasi 12,0-24,9%, linolen kislotasi 17,0%, olein kislotasi 18% gacha boʻladi. Gʻarbiy Osiyo, Pokiston va Shimoliy Hindistonda Eruca urugʻidan taramira yogʻi tayyorlash uchun foydalaniladi . Hind olimlari Samar P.S., Rajput O.P., (1993), Mailwal P.L. (1985) tomonidan erta muddatda etishtirilgan indau urugʻlarida protein va moy miqdori yuqori boʻlishini isbotlashgan. Urugʻlarida moy miqdorining koʻpligi (28-30%) qurgʻoqchilikka va kasalliklarga chidamliligi, zararkunandalar bilan deyarli zararlanmasligi indauni istiqbolli ekinlar guruhiga kiritishga asos boʻla oladi .
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1.Биткова Н.П. Эрука посевная-новая салатная культура Приамурья / Н.П.Биткова // Проблемы экологии и рaционального использования придодных ресурсов в Дальневосточном регионе / Благовещенский гос.пед.ун-т. Том 1. Благовещенск, 2004. – С. 173-175. 2. Лудилов В.А., Иванова М.И., Куршева Ж.В. Влияние срока и схемы посева на урожайность зелени и семян зеленных овошных культур семейства Капустные. В сб.: Сборник научных трудов по овощеводству и бахчеводству: к 80- летию со дня основания ГНУ ВНИИО. М., 2011. – С. 405-412. 3. Muqimov B., Aramov M. Indau- introduksiya uchun istiqbollosabzavot ekini// J: Agrokimyo himoya va o‘simliklar karantini. 2021, №2. – B 90-93. 4. Синская Е.Н. Индау. Малоизвестное масличное и салатное растение (Eruca sativa Lam.) /E.Н.Синская // Ж: Труды по прикладной ботанике и селекции.Том 14. – Л.,1925. – С. 149-176.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.