ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

Ingliz va o’zbek tillarida inson aqliy holatini bildiruvchi maqollarning semantik tahlili

초록

Maqola o‘zbek va ingliz tillaridagi maqollarning tahliliy tadqiqiga bag‘ishlangan. Unda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan intellektual aqliy salohiyat misolida shu xalqning o‘zigagina mansub bo`lgan milliy dunyoqarashning aks etishi boshqa leksik birliklar qatori maqollarda ham mavjudligi ko‘rsatilgan.  Har ikki tilda bu tushuncha anglatadigan mohiyat tadqiq qilinib, o‘xshashlik va tafovutlar misollar bilan dalillanadi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

Ingliz va o’zbek tillarida inson aqliy holatini bildiruvchi maqollarning

semantik tahlili

Termiz davlat universiteti

Xorijiy filologiya fakulteti

4-kurs talabasi

Boymurodova Farangiz

Annotatsiya: Maqola o‘zbek va ingliz tillaridagi maqollarning tahliliy tadqiqiga bag‘ishlangan. Unda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan intellektual aqliy salohiyat misolida shu xalqning o‘zigagina mansub bo`lgan milliy dunyoqarashning aks etishi boshqa leksik birliklar qatori maqollarda ham mavjudligi ko‘rsatilgan. Har ikki tilda bu tushuncha anglatadigan mohiyat tadqiq qilinib, o‘xshashlik va tafovutlar misollar bilan dalillanadi.

Kalit so‘zlar: Aksiologema, semantik tahlil, qiyoslash, ma’naviy qadriyat, maqol, til birligi, milliy dunyoqarash, xalq og‘zaki ijodi

Abstract: The article is devoted to the analytical study of proverbs in the Uzbek and English languages. In it, it is shown that the reflection of the national worldview belonging to this nation, as an example of the intellectual mental potential that has risen to the level of value, exists in proverbs as well as other lexical units. The meaning of this concept in both languages is studied, and the similarities and differences are demonstrated with examples.

Key words: Axiologeme, semantic analysis, comparison, spiritual value, proverb, language unity, national outlook, folklore

Xalq yaratgan ma’naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi bu albatta o‘sha xalqning maqollari hisoblanadi. Har bir xalqning og‘zaki yoki yozma yodgorligini olib qaraylik, unda bashar xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan asotir-afsonalar, uzoq tarix qa’ridagi ibtidoiy tasavvur va tushunchalar, asr-asrlar davomidagi kuzatishlardan hosil bo‘lmish hayotiy hikmatlar qaymog‘i-insoniy tafakkur tajribasining in’ikosini ko‘ramiz.1 Ingliz va o‘zbek xalq maqollari ham ana shunday 1 Ziyouz.com kutubxonasi ming yillar ichida yig‘ilib, sayqal topgan ilmiy-badiiy tafakkur hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan avlodga eng yaxshi ma’naviy meroslardan biri bo‘lib o‘tib keladi.

Keyingi yillarda jahon tilshunosligida aksiolingvistik yo‘nalish paydo bo‘ldi. Tilshunoslikda aksiologik tadqiqotlar milliy lisoniy ong, lisoniy shaxs modelini qurish imkomiyatlarini beradi. Aksiologik linvistikadagi asosiy tushunchalardan biri aksiologik yondashuv va aksiologik bahodir. Bu bilish nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib, unda insonning olam, odam haqidagi bilimlari ifodalangan bo‘ladi. Aksiologik leksika xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan maqol, matal va hikmatli so‘zlar, iboralarda o‘z aksini topishi va bu orqali xalqning ana shu tushunchaga bo‘lgan munosabatini ifodalabkeladi.

K. Tumanishvilining aksiologik leksikaning o’rganilish obyekti hisoblangan maqollarga yuksak baho bergan: “ Maqollar – bu millatning tarixiy o‘y-fikrlari natijasi bo‘lib, ularni ma’lum bir guruhning “avtobiografik“ xotirasi deb nomlaydi. Maqollar milliy shakl namunalari bo‘lib, millat ongida uyg‘unlikda va milliy fikrlash tizimi asosida joylashgandir. Bu esa etnik guruhning qirralarini tabiiy ravishda namoyon etadi. Va genetik axborot natijasida quriladi”. 2

G’arb va Sharq adabiyotidan, ingliz va o’zbek maqollarini o’xshash jihatlariga nazar solsak, ushbu ikkala millatda ham do’stlik, vatanparvarlik, hallolik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, adolat kabi tushunchalar doimo madh etilgan. Maqollarning har ikkala tilda o’rganilish jihatlarini solishtiradigan bo’lsak, maqollarni to’plam holatiga kelishi, badiiy vositalarning ishlatilish o’rnini o’rganish va umuminsoniy jihatlarini ko’rsatish kabi masalalar deyarli bir xil. Ingliz tilida maqol atamasi asosan “proverb” so’zi orqali ifoda etiladi. Folklorshunos Mayder o’z asarlarida maqollarning eng muhim ahamiyatli tomonlarini to’laligicha izohlashga harakat qilgan va u maqol haqida shunday fikrlarni bildiradi: “Proverbs are used in a wide of situations and no limits to the use of the proverb. They can be used to streghten our arguments, express certain generalitions, influence or manipulate other 2 Tumanishvili. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli Institute of Georgian Literature. Volume1, 2007. people, rationalize our own shortcomings, question certain behavioral patterns, satirize social ills, poke fun at ridiciuolous situations”.

Ya’ni: “Maqollar juda keng ko’lamda qo’llanilib ularni qo’llashda chegara yo’q. Maqollar bizning dalillarimizni mustahkamlash, umumiy aniq fikrlarimizni mustahkamlash, umumiy va aniq fikrlarimizni ifodalash, boshqa insonlarni boshqarish yoki ularga ta’sir o’tqazish, jamiyatdagi illatlarni satirik tarzda ifodalashdir”.3

Ingliz folklorshunosligida o’zgacha o’rin egallagan bu janr, o’zbek adabiyotida ham ko’plab izlanishlarga sabab bo’lgan. Keyinchalik maqollarning ichki strukturaviy tuzilishi va boshqa tillar bilan qiyosiy o’rganish ya’ni maqollar bo’yicha tarjimashunoslik ishlari boshlangan. Maqollarni o’rganish jarayonida uning tuzulishi, qanday ko’rinishdagi sintaktik butunliklar orqali tashkil topgani muhim omildir. Maqollar ko’pincha darak gap shaklida bo’ladi. Aynan shu tomonlari bilan o’zbek va ingliz xalq maqollari juda o’xshashdir. Maqollar mavzu jihatidan juda boydir, unda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan intellektual aqliy salohiyat misolida shu xalqning o‘zigagina mansub bo`lgan milliy dunyoqarash aks etadi. Quyidagi maqollarda donolik va nodonlik xalqning milliy- madaniy o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda tasvirlangan bo‘lib, ularni tahlil qilish jarayonida xalq hayotidagi qadriyatlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.

- Art is long, life is short.

- Ilmsiz — bir yashar, ilmli — ming yashar4

-All asses wag their ears- Ahmoq aql o'rgatar.

-Long hair and short wit.

a)Sochi uzun, aqli kalta b)Aqlli boshda soch turmas.

-Invention breeds invention-Topqirlik topqirlikni yaratadi

SHuni aytib o‘tish kerakki, ko‘plab maqollarning har xil tillardagi shakllarida ham shaklan, ham ma’no jihatdan yoki umumiy bajarayotgan funksiyalaridan 3 Axmedova.U.K. Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari. Urganch, 2014. 41-bet. 4 Raxmatullayeva S.J Ingliz va o’zbek maqollari haqida nazariy qarashlar. 77-bet o‘xshashlik topsa bo‘ladi. O‘zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz maqollariga funksional jihatdan mos keladi. Masalan, First think, then speak maqolini o‘zbek tilidagi muqobil varianti Avval o‘yla - keyin so‘yla maqoliga to‘g‘ri keladi, chunki bu maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma’noga ega hamda uning grammatik tizimi ham ancha yaqin.

SHu bilan birga, ma’lum bir tildan ikkinchi tilga berilgan o‘girishlarda maqollarning aynan o‘xshashini topish qiyin bo‘ladi. SHunda izohlarga yoki ikkinchi bir adekvat variantga murojaat qilinadi. O‘zbek tilidagi maqollarning ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning o‘zbek tilidagi muqobil variantini topish ancha mushkul, bu borada maqollarga o‘rni kelganda izoh berib o‘tish tarjimaga putur etkazmaydi balki uni to‘ldiradi va boyitadi.

So‘zlaguvchi nodon bo‘lsa, eshitguvchi dano bo‘lsin maqolinining aynan nusxasi inglizchada yo‘q bo‘lgani holda bu maqolni uning yaqinroq ekvivalenti bilan berish mumkin. Lekin uni If speaker is fool listener should be wise deb tarjima qilinsa uning o‘zbekcha koloriti saqlanib qoladi va bu hammaga tushunarli bo‘ladi.

Aql – odamning ko‘rki- Mind is the sight of a person5

Ushbu maqolda aql inson uchun muhim bo‘lgan qobiliyat, xususiyat sifatida e’tirof etilgan.

Bilimlidan aql chiqar, aqllidan naql chiqar- Knowledgeable mind take it out, take it out of the mind

Bu maqolda egallagan bilimidan oqilona foydalanish, ilmini yaxshilik yo‘lida sarf qilish yuqori baholangan.

Xulosa qilib aytganda, ingliz va o’zbek xalq maqollari bu xalqlarning madaniy merosidir. Ularda ingliz va o’zbek xalqning barcha o’y – fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe’l – atvori va e’tiqodi aks etadi. Har bir millat o’ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Hatto ayrim ingliz va o’zbek maqollardagi mavzular o’xshash bo’lsada, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi 5 K.M.Karomatova va H.S. Karomatovlar.”Proverbs.Maqollar. Пословицы” Mehnatkashlar. Buxoro 2000 bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi milliy bo’yoqdorlikni ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Ziyouz.com kutubxonasi

2. Tumanishvili. The specific and the Universal in the Proverb Genre / Rustaveli Institute of Georgian Literature. Volume1, 2007.

3.Axmedova.U.K. Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari. Urganch, 2014. 41-bet.

4. Raxmatullayeva S.J Ingliz va o’zbek maqollari haqida nazariy qarashlar. 77- bet

5. K.M.Karomatova va H.S. Karomatovlar.”Proverbs.Maqollar. Пословицы” Mehnatkashlar. Buxoro 2000

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.