ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA QASHQAR RUBOBINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

초록

KIRISH: mazkur tadqiqotda innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida qashqar rubobini o‘rgatishning nazariy-metodik asoslari hamda pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, modulli o‘qitish, differensial yondashuv va kompetensiyaviy model asosida cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Qashqar rubobi ijrochiligini o‘rgatishda raqamli platformalar, vizual-audio materiallar, multimedia vositalari hamda refleksiv baholash mexanizmlaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab beriladi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi - innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida Qashqar rubobini o‘rgatish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchilarning ijrochilik mahoratini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining samaradorligini asoslash hamda milliy cholg‘u asbobini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishdan iborat. Shuningdek, tadqiqot Qashqar rubobini o‘rgatishda o‘quvchilarning musiqiy tafakkuri, estetik didi, ijodiy qobiliyati va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodlarni ishlab chiqishni ham ko‘zda tutadi. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogika, musiqa ta’limi metodikasi va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, davlat ta’lim standartlari hamda ilg‘or pedagogik tajribalar tahlil qilindi. Quyidagi metodlardan foydalanildi. Nazariy tahlil va umumlashtirish, kuzatish va taqqoslash, tajriba-sinov ishlari, interfaol metodlar (klaster, aqliy hujum, “ustoz-shogird”, kichik guruhlarda ishlash), axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (multimedia darslari, audio-video yozuvlar, onlayn platformalar) foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar va ijro tahlili. Tajriba jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy usullar bilan olib borilgan mashg‘ulotlar bilan qiyosiy o‘rganildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash Qashqar rubobini o‘rgatish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Xususan, o‘quvchilarning darsga qiziqishi va faolligi ortadi, cholg‘u ijrochiligi texnikasi tezroq va puxta shakllanadi, musiqiy eshitish qobiliyati va ritm tuyg‘usi rivojlanadi, mustaqil mashq qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalari mustahkamlanadi, milliy musiqa merosiga hurmat va qiziqish kuchayadi. Multimedia vositalaridan foydalanish orqali rubob chalish texnikasini vizual va eshitish asosida o‘zlashtirish imkoniyati kengaydi. Interfaol metodlar esa o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va sahna madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Tajriba-sinov natijalari innovatsion yondashuv asosida ta’lim olgan guruh o‘quvchilarining ijro sifati, texnik tayyorgarligi va musiqiy ifodaviyligi yuqoriroq ekanligini ko‘rsatdi. XULOSA: innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida Qashqar rubobini o‘rgatish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning musiqiy ijrochilik mahoratini rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini ochish hamda milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim pedagogik imkoniyatlarni yaratadi. Shu bois, Qashqar rubobini o‘qitishda an’anaviy usullar bilan bir qatorda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tizimli ravishda joriy etish maqsadga muvofiqdir.


INTRODUCTION: national musical art reflects a people’s spiritual heritage, aesthetic values, and cultural traditions. The Qashqar rubab occupies a special place in the system of Uzbek national musical instruments due to its expressiveness, melodic richness, and extensive performance traditions. In the context of globalization, teaching national musical instruments using modern pedagogical technologies has become a pressing issue. Contemporary educational paradigms are learner-centered, interactive, and competency-oriented. In this context, the use of innovative pedagogical technologies in teaching the Qashqar rubab contributes to the development of students’ performance skills, the formation of musical thinking, and the support of independent creative activity. AIM: the main purpose of this study is to identify the pedagogical potentials of teaching the Qashqar rubab using innovative pedagogical technologies, to justify the effectiveness of modern educational approaches in developing students’ performance skills, and to reveal theoretical and practical aspects of using interactive methods in teaching a national musical instrument. Furthermore, the study aims to develop innovative methods that promote the development of musical thinking, aesthetic taste, creative abilities, and independent working skills of students. MATERIALS AND METHODS: the study involved the analysis of scientific literature on pedagogy, music education methodology, and innovative technologies, as well as educational-methodical guides, state educational standards, and best pedagogical practices. The following methods were employed: theoretical analysis and generalization, observation and comparative analysis, pedagogical experimental research, interactive methods (cluster, brainstorming, “mentor-student”, small group work), use of information and communication technologies (multimedia lessons, audio and video recordings, online platforms),practical lessons and performance analysis. In the experiment, lessons organized using innovative pedagogical technologies were compared with traditional teaching methods. Results were evaluated using both qualitative and quantitative indicators. DISCUSSION AND RESULTS: the results demonstrated that the use of innovative pedagogical technologies significantly enhances the effectiveness of teaching the Qashqar rubab. Specifically: students’ interest and engagement in lessons increased, instrumental performance skills developed faster and more effectively, musical hearing and rhythm perception improved, independent practice and self-monitoring skills were strengthened, respect for and interest in national musical heritage grew. Multimedia tools expanded the possibilities of visual and auditory learning of rubab techniques. Video analysis, audio comparisons, and reflective assessments enabled students to identify and correct errors independently. Interactive methods fostered creative thinking, stage culture, and teamwork skills. Experimental group students who received instruction with innovative methods demonstrated higher performance quality, technical proficiency, and musical expressiveness compared to the control group. CONCLUSION: teaching the Qashqar rubab using innovative pedagogical technologies is a significant factor in increasing the effectiveness of the educational process. The use of modern ICT tools, interactive methods, and a competency-based approach creates substantial pedagogical opportunities for developing students’ performance skills, unlocking their creative potential, and fostering interest in national musical art. Therefore, it is advisable to systematically and purposefully implement innovative pedagogical technologies alongside traditional teaching methods when instructing students in playing the Qashqar rubab.

전체 PDF 문서

관련 논문

전문

RUBOBINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Allayarova Nargiza Narimanovna, Urganch davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, Urganch, O‘zbekiston Doschanova Yorkinoy Irkinbayevna, Urganch davlat pedagogika instituti magistranti, Urganch, O‘zbekiston

Annotatsiya

KIRISH

mazkur tadqiqotda innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida qashqar rubobini o‘rgatishning nazariy-metodik asoslari hamda pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, modulli o‘qitish, differensial yondashuv va kompetensiyaviy model asosida cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Qashqar rubobi ijrochiligini o‘rgatishda raqamli platformalar, vizual-audio materiallar, multimedia vositalari hamda refleksiv baholash mexanizmlaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab beriladi.

MAQSAD

mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi - innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida Qashqar rubobini o‘rgatish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchilarning ijrochilik mahoratini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining samaradorligini asoslash hamda milliy cholg‘u asbobini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishdan iborat. Shuningdek, tadqiqot Qashqar rubobini o‘rgatishda o‘quvchilarning musiqiy tafakkuri, estetik didi, ijodiy qobiliyati va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodlarni ishlab chiqishni ham ko‘zda tutadi.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqot jarayonida pedagogika, musiqa ta’limi metodikasi va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, davlat ta’lim standartlari hamda ilg‘or pedagogik tajribalar tahlil qilindi. Quyidagi metodlardan foydalanildi. Nazariy tahlil va umumlashtirish, kuzatish va taqqoslash, tajriba-sinov ishlari, interfaol metodlar (klaster, aqliy hujum, “ustoz-shogird”, kichik guruhlarda ishlash), axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (multimedia darslari, audio-video yozuvlar, onlayn platformalar) foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar va ijro tahlili. Tajriba jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy usullar bilan olib borilgan mashg‘ulotlar bilan qiyosiy o‘rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash Qashqar rubobini o‘rgatish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Xususan, o‘quvchilarning darsga qiziqishi va faolligi ortadi, cholg‘u ijrochiligi texnikasi tezroq va puxta shakllanadi, musiqiy eshitish qobiliyati va ritm tuyg‘usi rivojlanadi, mustaqil mashq qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalari mustahkamlanadi, milliy musiqa merosiga hurmat va qiziqish kuchayadi. Multimedia vositalaridan foydalanish orqali rubob chalish texnikasini vizual va eshitish asosida o‘zlashtirish imkoniyati kengaydi. Interfaol metodlar esa o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va sahna madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Tajriba-sinov natijalari innovatsion yondashuv asosida ta’lim olgan guruh o‘quvchilarining ijro sifati, texnik tayyorgarligi va musiqiy ifodaviyligi yuqoriroq ekanligini ko‘rsatdi.

XULOSA

innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida Qashqar rubobini o‘rgatish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning musiqiy ijrochilik mahoratini rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini ochish hamda milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim pedagogik imkoniyatlarni yaratadi. Shu bois, Qashqar rubobini o‘qitishda an’anaviy usullar bilan bir qatorda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tizimli ravishda joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Kalit so‘zlar: qashqar rubobi, interaktiv metodlar, modulli o‘qitish, differensial ta’lim, ijrochilik mahorati, multimedia vositalari, raqamli ta’lim.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ОБУЧЕНИЯ ИГРЕ НА КАШГАРСКОМ

РУБАБЕ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИННОВАЦИОННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

ТЕХНОЛОГИЙ

Аллаярoва Наргиза Наримановна, старший преподаватель Ургенчского государственного педагогического института, г. Ургенч, Узбекистан Досчанова Ёркиной Иркинбаевна, магистрант Ургенчского государственного педагогического института, г. Ургенч, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

национальное музыкальное искусство отражает духовное наследие народа, его эстетические взгляды и культурные ценности. Кашгарский рубаб занимает особое место в системе узбекских национальных музыкальных инструментов благодаря своей выразительности, мелодичности и богатым исполнительским традициям. В условиях глобализации обучение национальным музыкальным инструментам на основе современных педагогических технологий становится актуальной задачей. Современная образовательная парадигма ориентирована на личность обучающегося, предполагает интерактивность и компетентностный подход. В этом контексте использование инновационных педагогических технологий в процессе обучения игре на кашгарском рубабе способствует развитию исполнительского мастерства учащихся, формированию их музыкального мышления и поддержке самостоятельной творческой деятельности.

ЦЕЛЬ

основной целью исследования является выявление педагогических возможностей обучения игре на кашгарском рубабе с использованием инновационных педагогических технологий, обоснование эффективности современных образовательных подходов в развитии исполнительского мастерства учащихся, а также раскрытие теоретических и практических аспектов применения интерактивных методов в обучении национальному музыкальному инструменту. Кроме того, исследование направлено на разработку инновационных методов, способствующих развитию музыкального мышления, эстетического вкуса, творческих способностей и навыков самостоятельной работы учащихся.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в процессе исследования были проанализированы научные труды по педагогике, методике музыкального образования и инновационным технологиям, учебно-методические пособия, государственные образовательные стандарты и передовой педагогический опыт. В исследовании применялись следующие методы: теоретический анализ и обобщение, наблюдение и сравнительный анализ, педагогический эксперимент, интерактивные методы (кластер, мозговой штурм, «учитель–ученик», работа в малых группах), использование информационно-коммуникационных технологий (мультимедийные занятия, аудио- и видеозаписи, онлайн-платформы), практические занятия и анализ исполнительской деятельности. В ходе эксперимента занятия, организованные на основе инновационных педагогических технологий, сопоставлялись с традиционными методами обучения. Полученные результаты оценивались на основе качественных и количественных показателей.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

результаты исследования показали, что применение инновационных педагогических технологий значительно повышает эффективность обучения игре на кашгарском рубабе. В частности повышается интерес и активность учащихся на занятиях, быстрее и качественнее формируются технические исполнительские навыки, развивается музыкальный слух и чувство ритма, укрепляются навыки самостоятельной работы и самоконтроля, усиливается интерес и уважение к национальному музыкальному наследию. Использование мультимедийных средств расширило возможности визуального и слухового освоения техники игры на рубабе. Методы видеоанализа, сравнения аудиозаписей и рефлексивного оценивания способствовали формированию у учащихся навыков самостоятельного выявления и исправления ошибок. Интерактивные методы способствовали развитию творческого мышления, сценической культуры и навыков коллективной работы. Результаты педагогического эксперимента подтвердили, что учащиеся экспериментальной группы продемонстрировали более высокий уровень исполнительского качества, технической подготовки и музыкальной выразительности.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

обучение игре на кашгарском рубабе с использованием инновационных педагогических технологий является важным фактором повышения эффективности образовательного процесса. Применение современных информационно-коммуникационных средств, интерактивных методов и компетентностного подхода создаёт значительные педагогические возможности для развития исполнительского мастерства учащихся, раскрытия их творческого потенциала и формирования интереса к национальному музыкальному искусству. В связи с этим целесообразно системно и целенаправленно внедрять инновационные педагогические технологии наряду с традиционными методами обучения игре на кашгарском рубабе.

Ключевые слова: кашгарский рубаб, инновационные педагогические технологии, интерактивные методы, модульное обучение, дифференцированное обучение, компетентностный подход, исполнительское мастерство, мультимедийные средства, цифровое образование.

PEDAGOGICAL POTENTIALS OF TEACHING QASHQAR RUBAB USING

INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

Allayarova Nargiza Narimanovna, Senior Lecturer, Urgench State Pedagogical Institute, Urgench, Uzbekistan Doschanova Yorkinoy Irkinbayevna, Master’s Student, Urgench State Pedagogical Institute, Urgench, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION

national musical art reflects a people’s spiritual heritage, aesthetic values, and cultural traditions. The Qashqar rubab occupies a special place in the system of Uzbek national musical instruments due to its expressiveness, melodic richness, and extensive performance traditions. In the context of globalization, teaching national musical instruments using modern pedagogical technologies has become a pressing issue. Contemporary educational paradigms are learner-centered, interactive, and competency-oriented. In this context, the use of innovative pedagogical technologies in teaching the Qashqar rubab contributes to the development of students’ performance skills, the formation of musical thinking, and the support of independent creative activity.

AIM

the main purpose of this study is to identify the pedagogical potentials of teaching the Qashqar rubab using innovative pedagogical technologies, to justify the effectiveness of modern educational approaches in developing students’ performance skills, and to reveal theoretical and practical aspects of using interactive methods in teaching a national musical instrument. Furthermore, the study aims to develop innovative methods that promote the development of musical thinking, aesthetic taste, creative abilities, and independent working skills of students.

MATERIALS AND METHODS

the study involved the analysis of scientific literature on pedagogy, music education methodology, and innovative technologies, as well as educational-methodical guides, state educational standards, and best pedagogical practices. The following methods were employed: theoretical analysis and generalization, observation and comparative analysis, pedagogical experimental research, interactive methods (cluster, brainstorming, “mentor-student”, small group work), use of information and communication technologies (multimedia lessons, audio and video recordings, online platforms),practical lessons and performance analysis. In the experiment, lessons organized using innovative pedagogical technologies were compared with traditional teaching methods. Results were evaluated using both qualitative and quantitative indicators.

DISCUSSION AND RESULTS

the results demonstrated that the use of innovative pedagogical technologies significantly enhances the effectiveness of teaching the Qashqar rubab. Specifically: students’ interest and engagement in lessons increased, instrumental performance skills developed faster and more effectively, musical hearing and rhythm perception improved, independent practice and self-monitoring skills were strengthened, respect for and interest in national musical heritage grew. Multimedia tools expanded the possibilities of visual and auditory learning of rubab techniques. Video analysis, audio comparisons, and reflective assessments enabled students to identify and correct errors independently. Interactive methods fostered creative thinking, stage culture, and teamwork skills. Experimental group students who received instruction with innovative methods demonstrated higher performance quality, technical proficiency, and musical expressiveness compared to the control group.

CONCLUSION

teaching the Qashqar rubab using innovative pedagogical technologies is a significant factor in increasing the effectiveness of the educational process. The use of modern ICT tools, interactive methods, and a competency-based approach creates substantial pedagogical opportunities for developing students’ performance skills, unlocking their creative potential, and fostering interest in national musical art. Therefore, it is advisable to systematically and purposefully implement innovative pedagogical technologies alongside traditional teaching methods when instructing students in playing the Qashqar rubab.

Keywords: qashqar rubab, interactive methods, modular teaching, differentiated instruction, performance skills, multimedia tools, digital education.

Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida milliy musiqa merosini asrabavaylash hamda uni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida yosh avlodga yetkazish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, o‘zbek xalq cholg‘ulari orasida o‘zining ohangdorligi, tembr boyligi va ijrochilik imkoniyatlari bilan ajralib turadigan qashqar rubobi ijrochiligini o‘rgatish jarayonini takomillashtirish bugungi musiqa ta’limining muhim vazifalaridan hisoblanadi. An’anaviy ustoz-shogird tizimi asosida shakllangan ijrochilik maktabi o‘z tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, zamonaviy ta’lim muhitida innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda yangi metodik yondashuvlarni talab etmoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuv, interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, modulli va differensial o‘qitish tizimlari keng joriy etilmoqda. Ushbu jarayon musiqa ta’limi, xususan, qashqar rubobini o‘rgatish metodikasiga ham yangicha qarashni taqozo etadi. Endilikda cholg‘u ijrochiligini o‘rgatish faqatgina texnik ko‘nikmalarni shakllantirish bilan cheklanmay, balki talabada mustaqil musiqiy tafakkur, ijodiy yondashuv, sahna madaniyati, estetik did va refleksiv tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Bu esa o‘qituvchidan innovatsion pedagogik texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishni, ta’lim jarayonini raqamli vositalar va interaktiv shakllar bilan boyitishni talab qiladi.

Qashqar rubobini o‘rgatishda multimedia darslari, audio-vizual tahlil, raqamli notatsiya dasturlari, onlayn platformalar, virtual mahorat darslari kabi vositalardan foydalanish ijrochilik jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Bunday yondashuv o‘quvchining eshitish qobiliyatini rivojlantirish, murakkab texnik usullarni tezroq o‘zlashtirish va mustaqil mashq jarayonini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar orqali individual yondashuvni ta’minlash, har bir talabaning ijrochilik darajasi va qobiliyatiga mos metodlarni qo‘llash imkoniyati kengayadi. Ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, milliy cholg‘u ijrochiligini zamonaviy pedagogik konsepsiyalar bilan uyg‘unlashtirish orqali musiqa ta’limining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi. Bu esa milliy musiqa merosini zamon talablari asosida rivojlantirish hamda kelajak avlod ijrochilarini yuqori kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

Musiqa ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning amaliy jihatlari.

Zamonaviy ta’lim makonida musiqa darsi endilikda faqatgina nota o‘qish, kuy ijro etish yoki nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni emas, balki ko‘p qirrali, interaktiv va texnologik jihatdan boyitilgan pedagogik tizimga aylanmoqda. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish musiqa ta’limining mazmunini chuqurlashtirib, uni shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va ijodkorlikka asoslangan jarayonga aylantiradi. Ayniqsa, cholg‘u ijrochiligi, vokal mashg‘ulotlari va musiqa nazariyasi darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning musiqiy tafakkurini kengaytiradi hamda ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Amaliy jihatdan qaralganda, musiqa ta’limida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash avvalo multimedia vositalari orqali namoyon bo‘ladi. Dars jarayonida professional ijrochilarning videoyozuvlarini tahlil qilish, asarlarning turli ijro variantlarini solishtirish, audio yozuvlar asosida eshituv mashqlarini bajarish o‘quvchining musiqiy idrokini chuqurlashtiradi. Masalan, talaba o‘z ijrosini video formatda yozib, uni pedagog bilan birgalikda tahlil qilishi refleksiv yondashuvni shakllantiradi. Bu jarayon nafaqat texnik xatolarni aniqlashga, balki sahna madaniyati, ijro ifodaliligi va dinamika ustida ishlashga ham xizmat qiladi. Raqamli notatsiya dasturlari va mobil ilovalardan foydalanish ham musiqa ta’limining muhim amaliy yo‘nalishlaridan biridir. Talaba mustaqil ravishda nota yozish, temp va ritm ustida ishlash, metronom yordamida mashq qilish orqali nazariy bilimlarini amaliy ijro bilan uyg‘unlashtiradi. Bu jarayon o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ijodkorga aylantiradi. Ayniqsa, yosh avlodning raqamli muhitga moslashganligini inobatga olsak, bunday texnologiyalar ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Interaktiv metodlar – “aqliy hujum”, “klaster”, “rol o‘ynash”, “case-study” kabi yondashuvlar musiqa mashg‘ulotlarini jonlantiradi. Masalan, ansambl mashg‘ulotlarida har bir talaba muayyan rolni bajarishi (ijrochi, tahlilchi, tinglovchi) orqali jamoaviy mas’uliyatni his qiladi. Muammoli vaziyatlarni sahnalashtirish, sahnada hayajonni yengish bo‘yicha trening mashg‘ulotlari o‘quvchilarning psixologik tayyorgarligini mustahkamlaydi. Bu esa musiqiy ijrochilikning nafaqat texnik, balki ruhiy-emosional jihatlarini ham rivojlantiradi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida differensial va individual yondashuvni qo‘llash ham amaliy ishlarning muhim qismidir. Har bir o‘quvchining qobiliyati, ijro darajasi va musiqiy eshituviga qarab mashqlar tizimini ishlab chiqish o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Rivojlanish monitoringi, elektron portfolio yuritish va o‘z-o‘zini baholash mexanizmlari talabaning kasbiy o‘sishini tizimli ravishda kuzatishga imkon beradi. Masofaviy va gibrid ta’lim shakllari ham bugungi musiqa ta’limining ajralmas qismiga aylangan. Onlayn mahorat darslari, virtual ansambl loyihalari, raqamli platformalarda topshiriqlarni yuklash va tahlil qilish – bularning barchasi musiqa o‘rganish jarayonini makon va vaqt bilan cheklanmagan tizimga aylantiradi. Natijada o‘quvchining mustaqil ta’lim olish kompetensiyasi shakllanadi, u o‘z ustida ishlashni o‘rganadi. Musiqa ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi. Bu yondashuv nafaqat ijrochilik mahoratini oshiradi, balki o‘quvchining ijodiy tafakkuri, estetik didi va kasbiy kompetensiyalarini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi. Natijada musiqa ta’limi an’anaviy chegaralardan chiqib, zamonaviy, interaktiv va samarali pedagogik tizimga aylanadi. Musiqa ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash masalasi, avvalo, ta’lim nazariyasining zamonaviy paradigmalari bilan bevosita bog‘liqdir. So‘nggi yillarda pedagogik jarayon mazmunan bilim berishdan ko‘ra, kompetensiya shakllantirishga yo‘naltirilgan tizim sifatida talqin qilinmoqda. Bu esa musiqa ta’limi, xususan, milliy cholg‘u ijrochiligini o‘rgatish metodikasini ham yangicha nazariy asoslarda ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar nafaqat metodik vosita, balki ta’lim falsafasining yangi ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Nazariy jihatdan qaralganda, musiqa ta’limi konstruktivistik yondashuv tamoyillariga asoslanishi maqsadga muvofiqdir. Konstruktivizmga ko‘ra, bilim tayyor holda berilmaydi, balki o‘quvchi tomonidan faol o‘zlashtirish jarayonida “quriladi”. Musiqa ijrochiligi jarayonida bu holat ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi: talaba kuy matnini nafaqat o‘qiydi yoki ijro etadi, balki uni ichki musiqiy idroki, emotsional tajribasi va shaxsiy talqini orqali qayta yaratadi. Innovatsion texnologiyalar, jumladan multimedia, interaktiv platformalar va refleksiv baholash mexanizmlari ana shu konstruktiv jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuv nazariyasi musiqa ta’limining mazmunini aniqlashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kompetensiya – bu faqat bilim va ko‘nikmalar majmui emas, balki ularni amaliy vaziyatda qo‘llay olish qobiliyatidir. Musiqa ta’limida bu ijrochilik, eshituv, tahlil, sahna madaniyati va ijodiy tafakkur kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ushbu ko‘p qirrali kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, raqamli yozuvlarni tahlil qilish o‘quvchining analitik tafakkurini rivojlantirsa, o‘z ijrosini video orqali kuzatish refleksiv kompetensiyani shakllantiradi.

Nazariy muhokamada yana bir muhim jihat – bu integrativ yondashuvdir. Musiqa ta’limi faqat estetik tarbiya emas, balki psixologik, madaniy va texnologik jarayonlarning kesishgan nuqtasidir. Musiqiy eshituvni rivojlantirish psixologik mexanizmlarga, ijodiy tafakkur esa kognitiv jarayonlarga tayanadi. Innovatsion texnologiyalar ana shu fanlararo integratsiyani kuchaytiradi. Masalan, neyropsixologik tadqiqotlar musiqaning miyada qay tarzda qayta ishlanishini ko‘rsatadi, raqamli vositalar esa ushbu jarayonni tezlashtirish va tizimlashtirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, innovatsion pedagogik texnologiyalar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasiga hamohangdir. Har bir o‘quvchi o‘zining musiqiy qobiliyati, eshituv darajasi va texnik imkoniyatlari bilan boshqalardan farqlanadi. An’anaviy yondashuvda bunday individual farqlar yetarli darajada inobatga olinmagan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar differensial ta’limni ta’minlash imkonini beradi. Individual rivojlanish xaritalari, elektron portfoliolar va adaptiv mashqlar tizimi shaxsiy yondashuvni amalda ro‘yobga chiqaradi.

Nazariy jihatdan yana bir muhim masala – bu an’anaviy va innovatsion metodlar o‘rtasidagi uyg‘unlikdir. Musiqa ta’limi, ayniqsa milliy cholg‘u ijrochiligi, asrlar davomida ustoz-shogird an’anasiga tayangan holda rivojlangan. Innovatsion texnologiyalar esa ushbu an’anani inkor etmaydi, aksincha uni zamonaviy vositalar bilan boyitadi. Ya’ni, pedagogning bevosita ko‘rsatmasi va shaxsiy namunasini multimedia vositalari, audiovizual tahlil va onlayn platformalar bilan uyg‘unlashtirish ta’lim samaradorligini oshiradi.

Musiqa ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bugungi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik yondashuvlar – konstruktivistik ta’lim modeli, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan va differensial ta’lim tamoyillari – musiqa o‘qitish jarayonini mazmunan boyitadi hamda uning samaradorligini oshiradi. Innovatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilarda nafaqat texnik ijrochilik mahorati, balki musiqiy tafakkur, eshituv, sahna madaniyati, refleksiv tahlil va ijodiy yondashuv kabi muhim kasbiy kompetensiyalar shakllanadi. Shuningdek, multimedia vositalari, raqamli notatsiya dasturlari, onlayn platformalar va interaktiv metodlar musiqa mashg‘ulotlarini faol, qiziqarli va natijador shaklga keltiradi. Bu jarayonda o‘qituvchi innovatsion tashkilotchi va metodik boshqaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi, talaba esa faol ijodkor va mustaqil izlanish olib boruvchi subyektga aylanadi. Natijada ta’lim jarayoni an’anaviy “o‘qituvchi–tinglovchi” modelidan “hamkorlik va hamijodkorlik” modeliga o‘tadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Азизходжаева Н. Н. Педагогические технологии и педагогическое

мастерство. – Ташкент: ТДПУ, 2006. – 192 с.

2. Зимняя И. А. Ключевые компетенции – новая парадигма результата

образования // Высшее образование сегодня. – 2003. – № 5. – С. 34–42.

3. Ишмухамедов Р. Ж., Абдуқодиров А. А., Пардаев А. Инновационные

технологии в образовании. – Ташкент: Истеъдод, 2008. – 180 с.

4. Қодиров Р. Ҳ. Мусиқа педагогикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 2005. – 240 б.

5. Махмудов Ю. Ўзбек халқ мусиқа ижрочилиги тарихи. – Тошкент: Ғафур

Ғулом номидаги НМИУ, 2010. – 256 б.

6. Мусин И. А. Методика преподавания музыки в школе. – М.: Владос, 2004. –

176 с.

7. To‘xtasinov N. Musiqa ta’limi metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. –

220 b.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.